Markgraf

Markgraf (nemischa Markgraf-ayni ma’nosi marka graf)-ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirolga bo’ysungan amaldor shaxs, markalarda keng ma’muriy, harbiy va sudlov vakolatlariga ega bo’lganlar. Markgraflik institutiga IX asr boshlarida Buyuk Karl asos solgan. Brandenburg Markgraflari 1356 yili bevosita imperiya knyazlari-kurfyuristlar maqomini olgan; Avstriya Markgraflari esa gertsog (keyinchalik ertgertsog) unvoniga ega bo’lganlar. Barcha gertsogliklar tugatilgach, hamma Markgraflar imperiya knyazlari maqomini qo’lga kiritgan. Markgraf esa unvonga aylangan.