Qushlar qanday qilib uchadi?

Odam uchishni xohladi va u uchar apparatlarni yaratdi. Agar qushlar tuzilishiga sinchkovlik bilan razm solsak, tabiatning qushlar misolida mukammal uchish apparati yaratishga harakat qilgani ayon bo’ladi. Birinchidan, qushlarning qanoti bor. Qanot patlarini tutib turuvchi asosiy tirgaklar bilak suyaklariga qattiq bo’g’imlar, paylar bilan ulanadi. Qanot patlarining yordamchi tirgaklari shu tariqa yelkaga birikadi. Har bir qanot alohida mushaklar to’pi bilan boshqariladi, shu bois qush parvoz chog’i qanotlarini ayri-ayri holda nazorat qila oladi. Qanot yuqoriga silkinganda qanotning asosiy va yordamchi tirgaklari shunday qayriladiki, ularning uchi tepaga qaraydi, havo ularning orasidan bemalol o’tib turadi. Qanot pastga harakatlanganda pat tirgaklari pastga yassi bo’lib qayriladi va havo o’tkazmaydi. Bu holda qush go’yo havodan surilib borayotganday bo’ladi va uchayotib, balandlikka ko’tarila boshlaydi. Bulardan tashqari, uchayotgan tana juda yengil, ixcham va kuchli bo’lishi lozim. Shuning uchun ham qushlarning pat suyagi ichi kavak. Aksariyat qushlarning suyaklarida havo bo’shlig’i bo’ladi. Qush qovurg’alari shunday birlashganki, qanotlar pastga harakatlanganida tanani qattiq tutib turadi. Qushlarning boshi, dumi, qanot va panjalari ham juda yengil. Bosh suyaklari juda nozik pardalar bilan ajralib turadi. Qushlarning tishi yo’q, jag’i yo’q, suyak va mushaklari juda ko’p. Ularning o’rniga kavak tumshug’i bor. Qanotlarni harakatga soladigan kuchli mushaklari ko’krak qafasiga, og’irlik markaziga yaqin joyda birikadi. Qushlar issiq qonli hayvonlarga mansubligi foydali ekan, negaki, sovuq qonli hayvonlar qishda juda lanj bo’lib qoladilar. Ko’ryapsizmi, qushlarda nimaiki bo’lsa, ularning hammasi bir maqsad — uchish uchun yaratilgan!