TSITOSPOROZ

TSITOSPOROZ — mevali va o’rmon daraxtlarining qurib qolish kasalligi. Asosan, yosh danakli meva daraxtlari (o’rik, shaftoli) zararlanadi. Cytospora turkumiga mansub zamburug’lar qo’zg’atadi. Danakli meva daraxtlarining sovuq ta’sirida yoki noto’g’ri parvarish tufayli zararlangan tanasi va yo’g’on shoxlarining po’stlog’ida kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’lar o’rnashib oladi va po’stloqning zamburug’miseliylari zararlagan joylaridan o’simlik shirasi oqib chiqadi, natijada daraxtlar so’liydi va qurib qoladi. Kurash choralari: ko’chatlarni to’g’ri ekish, qurigan shox va daraxtlarni kesib tashlash; daraxtlarni mexanik va termik shikastlanishdan himoya qilish; danakli meva daraxtlariga erta bahorda 1-2% li Bordo suyuqligi, mis kuporosi, temir kuporosi eritmasini purkash.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.