10 dekabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Inson huquqlari kuni.
🌏 Xalqaro hayvonlar huquqlari kuni.
🌏 Butunjahon xor kuni.
⚽️ Butunjahon futbol kuni.
🏵 Nobel mukofotlarini topshirish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston – Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
🇺🇿 O‘zbekiston – Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni. 
🇸🇪 Shvetsiya, 🇳🇴 Norvegiya – Alfred Nobel kuni.
🇷🇺 Rossiya – Mariy yozuvi kuni.
🇺🇦 Ukraina – Xayriya kuni.
🇮🇶 Iroq – G‘alaba kuni.
🇳🇦 Namibiya – Inson huquqlari va Ayollar kuni.
🇰🇮 Kiribati – Inson huquqlari va tinchlik kuni.
🇹🇭 Tailand – Konstitutsiya kuni.
🇦🇷 Argentina – Ijtimoiy soha xodimlari kuni.
🇲🇻 Maldiv – Baliqchilar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • mil. av. 59 – Klodiy Publiy Pulxr xalq trubini lavozimiga saylandi.
  • 1520 – Martin Lyuter Papaning Exsurge Domine bullasini yoqib yubordi.
  • 1698 – Buyuk Pyotr Rossiyaning birinchi (va eng yuqori) mukofoti – “Muqaddas Havoriy Andrey Pervozvanniy” imperatorlik ordenini ta’sis etdi.
  • 1768 – Angliyada Qirollik san’at akademiyasi tashkil etildi.
  • 1817 – Missisipi AQShning 20-shtatiga aylandi.
  • 1848 – Lui Napoleon Bonapart Fransiya Respublikasining birinchi prezidenti etib saylandi.
  • 1866 – Fyodor Tyutchev «Siz ongingiz bilan Rossiyani tushunolmaysiz …» she’rini yozdi.
  • 1900 – Rossiya armiyasi Manjuriyani bosib oldi.
  • 1901 – Nobel mukofoti ilk bor egalariga topshirildi.
  • 1906 – AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
  • 1909 – Selma Lagerlyof adabiyot bo’yicha Nobel mukofotini qo’lga kiritgan birinchi ayol bo’ldi.
  • 1936 – Eduard VIII taxtdan voz kechdi.
  • 1948 – BMT Bosh Assambleyasi Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasini qabul qildi.
  • 1949 – SSSR IIV Aloqa xizmati tashkil etildi.
  • 1953 – Uinston Cherchill adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
  • 1983 – Raul Alfonsin Argentina prezidenti bo’ldi.
  • 1987 – Jozef Brodskiy adabiyot bo’yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
  • 1992 – Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
  • 1994 – Rossiya federal qo‘shinlari Chechenistonga kiritildi.
    -1997 – Qozogʻiston poytaxti Ostona shahriga ko’chirildi.
  • 2016 – Istambuldagi terroristik akt.
  • 2019 – Ostrave (Chexiya) da shifoxonadagi ommaviy qotillik.
  • 2021 – AQShda kuchli tornadolar seriyasining boshlanishi, 89 kishi halok bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1798 – Aleksandr Bryullov (1877) – rus me’mori, rassom.
  • 1804 – Yakobi Karl Gustav Yakob (1851) – nemis matematigi, fanga tetafunksiya va transsendent funksiyani kiritgan.
  • 1815 – Avgusta Lavleys (1852) – ingliz matematigi, birinchi ayol dasturchi, Bayronning qizi.
  • 1821 – Nikolay Nekrasov (1878) – rus shoiri, yozuvchi va publitsist, rus mumtoz adabiyotining vakili.
  • 1890 – Ahmad Zakiy Validiy Toʻgʻon (1970) – boshqird, turkiy xalqlar milliy ozodlik harakatining yetakchilaridan biri, sharqshunos-turkshunos olim, falsafa doktori (1935), harbiy–siyosiy arbob.
  • 1891 – Nelli Zaks (1970) – nemis shoirasi, Nobel mukofoti sohibasi (19660.
  • 1901 – Karandash, Mixail Rumyansev (1983) – sovet sirk artisti (masxaraboz), aktyor, SSSR xalq artisti.
  • 1907 – Sidney Foks – Amerikalik aktrisa
  • 1918 – Anatoliy Tarasov (1995) – sovet xokkeychisi va futbol murabbiyi, SSSRda xizmat ko’rsatgan sport ustasi.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1923 – Abdurahim Muhamedov – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
  • 1934 – Howard Martin Temin (1994) – amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1975).
  • 1944 – Sobir Karimhoji – bastakor.
  • 1944 – Nuraliyev Haydarali – Naqqosh, O’zbekiston xalq ustasi (1998).
  • 1973 – Gabriela Elena Spanik Ulterra – Venetsuelalik taniqli aktrisa.
  • 1977 – Andrea Xenkel – nemis biatlonchi ayoli, ikki karra olimpiya va 8 karra jahon chempioni.
  • 1987 – Karimjonov Rustam – Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri o’rinbosari.
  • 1987 – Gonsalo Xerardo Iguain – argentinalik futbolchi.