11-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1001. Mening yaqin bir do’stim bor. Uning kasbi… keling kasbi haqida keyinroq gaplashamiz. Qisqasi u bir kuni yuk mashinasida yo’lda ketayotgan paytida, yo’l patrul xizmati xodimi to’xtatibdi. Uni o’ta sekin kelayotgani, ya’ni soatiga 25 km tezlik bilan harakatlangani uchun jarima solmoqchi bo’libdi. Shunda do’stim mashinasining yukxonasini ochib, olib ketayotgan narsasini ko’rsatibdi. Qo’li bilan yon-atrofga imo-ishoralar qilib o’zini oqlashga tushibdi. Shunda YPX xodimi uni tushunib, tabassum qilgancha uni qo’yib yuborib, kamiga yaxshi yetib olishini ham tilabdi.
Diqqat savol: do’stim nima olib ketayotgan edi va uning kasbi nima?

Javob: Asalari ini.
Izoh: uning kasbi asalarichi bo’lib, ona asalari uyini boshqa yerga olib ketayotgan edi. Sekin yurganining sababi esa mashina ortidan asalarilar to’dasi uchib kelayotgan bo’lgan. Asalarilarning eng kichik tezligi soatiga 25 km.

1002. O’rta asr Yevropa zodagonlari cho’milishni, yuvinishni yoqtirmagan. Diqqat savol: Savolni topish uchun katta yangilik qilmang va ayting, yuqoridagi holat tufayli nima sodir bo’ldi?
Javob: Amerika ochildi!
Izoh: Yevropada cho’milib yurmasdan parfyumeridan mo’l foydalanish odat tusiga kirgan. Parfyumeriya tayyorlash uchun ko’p miqdorda ziravorlar kerak edi. Ziravor makoni Hindistonga yo’lni ochish uchun yo’lga chiqqan Kolumb Amerikani ochgan. Savoldagi ,,katta yangilik qilmoq» so’zlari ,,Amerika ochmoq» iborasiga ishora.

1003. Uning vatani yurak.
Maktabi sadoqat.
Birinchi ustozi sog’inch.
Olgan ilk sabog’i mehr. Qo’rqqani hijron.
Talpingani visol.
U shaffof yoshlarga botirilgan. Kipriklar qalami ila yozilgan otashin ishq qissasi.
U- x?
X bu yerda bir filmning nomidir. Qaysi filmga TV orqali shunday ta’rif berilgan?

Javob: Samoviy ishq

1004. Yevropaliklar Avstraliyaga endi kelganida sigir sutini rosa qumsashgan. Avstraliyada sigir yo’q edi. Kelgindilar darrov chorva mollarini yangi zaminga olib kelishadi. Bu ish esa sal qolsa katta ekologik fojiani keltirib chiqarardi. Diqqat savol: Yevropaliklar muammoni bartaraf etish uchun ,,yashil qit’a» ga yana nimalarni olib kelishgan?
Javob: Go’ng qo’ng’izlarni!
Izoh: Sigirlar kelgach ularning tezagi hamma yoqni bosib ketgan. Tezak maysalarni kuydirib yubora boshlagan, chunki tez chirimagan. Go’ngqo’ng’izlar olib kelingach muammo hal bo’lgan!

1005. Kar-soqovlar kinosi aktyori Ben Terpin sug‘urtaning «ekzotik» turlariga bo‘lgan modani ochgan birinchi mijoz bo‘lgan. Topingchi, o‘tgan asrning yigirmanchi yillari boshida ushbu aktyor qaysi tana a’zosini 20 ming AQSH dollariga sug‘urtalagan?
Javob: ko’zlarini

1006. Erkak sevib qolganida uning ko‘rish qobiliyati kuchayarkan, ayollar sevib qolganida ularda qanday qobiliyat kuchayadi ?
Javob: xotira

1007. U 75 ta kimyoviy elementdan tashkil topgan bo‘lib, bu Mendeleyev davriy sistemasidagi elementlarning 2/3 qismi degani. Qizig‘i, u barchamizni qiziqtiradi, rasm ishqibozlarini esa ishtahasini ochishi ham mumkin. Gap nima haqida bormoqda ?
Javob: Iphone

1008. Qadimiy jumboq. Yunon afsonalarida aytilishicha, bu jumboq muallifi dunyoni kezib, yo‘lida uchragan yo‘lovchilarga turli boshqotirmalarni berib yuradi va javob topa olmaganlarning barchasini o‘ldirib yuboraveradi, uning quyidagi jumbog‘i tillarda doston bo‘lgan: «Menga ayting-chi, kim ertalab to‘rt oyoqda, kunduzi ikki oyoqda, kechqurun esa uch oyoqda yuradi? Yer yuzida yashaydigan mavjudotlardan hech biri unga o‘xshab o‘zgarmaydi. U to‘rt oyog‘ida yurgan vaqtda kuchsiz va kam harakatchandir». Ushbu boshqotirmaning javobini toping ?
Javob: Inson

1009. Fransuzcha sharada.
Bu so‘z zamirida kulgi yashirin,
Boshlang‘ich to‘rt harfi lazzatli, shirin.
Birinchi bo‘g‘inni olib tashlasang,
U yerda qolganda shamollash tayin. Gap qanday so‘z haqida ketayapdi?

Javob: mazah

1010. Aleksandr Poup fikri: Bu buloqdan yoki ko’p iching yoki umuman ichmang. Kam ichsangiz, miyangizni yo’ldan ozdiradi. Qoniqib ichsangizgina hushyorlik joyiga qaytadi. Diqqat savol: Poup nimaga bunday ta’rif bergan?
Javob: Bilim!
Izoh: Inson ko’p va to’liq bilimga ega bo’lishi kerak. Agar bilim chala bo’lsa, turli xatolarga olib keladi!

1011. Turistlar qoidasi: Oyoq izlaridan boshqa hech narsa qoldirmang. Vaqtdan boshqa hech narsani o’ldirmang. … dan boshqa hech nima olmang! Diqqat savol: Nuqtalar o’rnini to’ldiring?
Javob: Tushirgan rasmlaringizdan boshqa hech narsa olmang!

1012. «Xalq koriga nazar» deb nomlangan savdo-sotiq sohasiga taaluqli tanqidiy maqolalardan birida, bir-biridan bitta harfga farq qiluvchi ikki xil tildan olingan ikki so’z tilga olinadi. Maqoladagi fikrga ko’ra, A ga emas I ga tushgan daromadni qaytarish vaqti keldi.
Diqqat savol: Biz A va I o’rnida qaysi ikki so’zni berkitganimizni toping?

Javob: Kassa va kissa.
Izoh: maqoladagi fikr savdo sotiqdagi tushum kassaga tushirilmay, ayrimlarning «cho’ntagiga» ketgani haqida edi.

1013. Men hozir sakrab, ta’zim bajo keltirmayman, biror kishiga tilimni ko‘rsatmayman, birovning boshiga yoki yelkasiga mushtlarim bilan urib-urib qo‘ymayman. Yoinki, hayrat ohangida «Men seni ko‘ryapman» deb hech kimga aytmayman yoki Sizlarga «Ob-havo yaxshi» demayman.
Diqqat savol: 2 daqiqadan so‘ng, men Sizlarga nima deyman ?

Javob: Salom

1014. V.A.Suxarev o‘zining “Ishbilarmon kishining etika vapsixologiyasi” nomli kitobida g‘arbiy Yevropa dorishunoslik kompaniyasifaoliyatida ro‘y bergan bir hayotiy misolni keltiradi, kompaniya Yevropamamlakatlarida yaxshigina xarid bo‘lgan og‘riq qoldiruvchi preparatni arabdavlatlariga ham sotish uchun olib borgani, ammo dastlab arab xalqlari bu preparatni umuman sotib olmaganlari haqida hikoya qilinadi, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, hamma ayb kompaniya preparatni reklamaqilishda arab xalqlari milliy o‘ziga xosligini inobatga olmaganligidaekan.
Diqqat savol: qanday sababga ko‘ra, reklama savdoga teskari ta’sir ko‘rsatgan ?

Javob: arablar o‘ngdan chapga qarab yozishi.
Izoh: uchta rasmdan iborat reklamaning birinchisida ayol kishiningog‘riqdan baqirayotgani, ikkinchisida preparatni qabul qilayotgani, uchinchisidaesa darddan forig‘ bo‘lib, yaxshi kayfiyatda turgan holati tasvirlangan, arablar esa rasmni o‘ngdan chapga qarab tushinishgan.

1015. Ko‘hna qo‘lyozmalarda Falesning xachiri bilan sodirbo‘lgan voqea hikoya qilinadi:
«Ustiga bir necha qop iksortilgan xachir daryoni kechib o‘tayotganda bexosdan toyib ketadi va xachirning yuki yengillashibqoladi. Shundan so‘ng, xachir daryodan kechib o‘tayotgandahar safar atayin suvga bir sho‘ng‘ib olishni odat qiladi, Fales xachirning bu nayrangini sezib qolib, keyingi safar xachirning ustiga igriksolingan qoplarni ortishni buyuradi. Xachir noiloj ayyorlikdan voz kechib, odatini tark etishga majbur bo‘ladi».
Diqqat savol: iks va igrikni toping ?

Javob: Tuz va jun

1016. Toshkentda 1866 yilda o‘sha davrdagi shaharning ruslar yashaydigan qismi chekkasida Yakshanba bozor (Voskresenskыy bazar) ochiladi. Savdoning asosiy qismini spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do‘konlar, mayxonalar tashkil qilgan. Mahalliy aholining ayrim boyvachchalari, bu joyga kelib kayfu safo qilib turishgan.
Diqqat savol: Mahalliy aholi ushbu bozorni nima deb nomlagan ?

Javob: Piyonbozor

1017. Topishmoq.
Qopcha,
Qopcha ichida uncha,
Uncha ichida ustuncha.
Diqqat savol: Topishmoqning javobini topinglar ?

Javob: Jiyda

1018. Bugungi kunda, ayrim xalqlarda bosh kiyimini ozgina ko‘tarib qo‘yish orqali salomlashilishini barchamiz bilamiz.
Diqqat savol: aynan ushbu usulda salomlashish kelib chiqishiga kimlar sababchi bo‘lgan ?

Javob: Harbiylar ritsarlar

1019. Priyenalik faylasuf Biantning aytishicha, ular na tirik, na o‘liklar qatoriga kiradi.
Diqqat savol: Ular deganda kimlar nazarda tutilganligini uchta so‘z bilan yozib beringlar ?

Javob: Kemada suzib borayotganlar

1020. Hayotiy voqea.
Bir kishining uyida rus millatiga mansub televizior tuzatadiganusta ishlayotgan paytda kutilmaganda uni hiqichoq tutib qoladi. Uy egasining bir savolidan ustaning jahli chiqib, “men senga yaxshilik qilgani kelsam, seni gapingni qara”, – deb televizorni tuzatmay chiqib ketadi.
Diqqat savol: Uy egasi ustaga nima deb savol bergan ?

Javob: nima o‘g‘irlading.
Izoh: o‘zbeklarda hiqichoq tutayotgan kishiga “nima o‘g‘irlading?” deb qo‘yish odati bor, qo‘qqisdan shunday deyilsa, hiqichoq birpasda bosilib qoladi.

1021. O‘zbek mumtoz adabiyotiga murojaat qilamiz:
Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,
Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.
Hayotim lolazoridin ayurding,
Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding.
Savol: Mazkur she’r kimning qabr toshiga yozilgan ? yordam tariqasida, bu inson to‘qima obraz ekanligini eslatib o‘tish mumkin.

Javob: Kumushning qabr toshiga.

1022. Topishmoq.
Og‘zi ola alomat,
Ichi qizil qiyomat,
Suv sepsam, quruq chiqar,
Yo alhazar, salomat.
Diqqat savol: Topishmoqning javobini topinglar ?

Javob: Tandir

1023. Ko‘pchilikning xabari bor, ikkinchi jahon urushidan so‘ng jahonning ko‘plab nomdor kompaniyalari inqirozga yuz tutgan. Jumladan, “BMW” ham. Bilasiz, mazkur kompaniya urushdan so‘ng aviatsiya dvigatellarini ishlab chiqaruvchi korxona sifatida inqirozga yuz tuta boshlagan edi. Ammo, kompaniya rahbariyati iks ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, shu yo‘l bilan kompaniyani saqlab qolgan. Keyinchalik esa “BMW” asta-sekin kichik tezlikdagi motosikillar, undan so‘ng esa avtomobillar ishlab chiqarishni boshlagan.
Diqqat savol: “BMW” aynan nima ishlab chiqarish orqali inqirozdan qutilib qolgan yoki iksni toping ?

Javob: velosiped.

1024. Tirik organizm ma’lumotlarni qabul qiladi va qayta ishlaydi.
Diqqat savol: Mazkur jarayon nima deb nomlanadi?

Javob: Idrok.
Asos: O‘ME 4-tom 79-bet.

1025. Buxoroi sharif, dunyo shaharlari ichida o‘z o‘rni va jozibasiga ega bo‘lgan shahar. Ona shahrimizga sharif maqomi berilganligining o‘zi ham jonajon shahrimizning o‘z o‘rniga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Diqqat savol: Buxoro shahri sharif maqomini aynan qaysi allomaning xizmatlari uchun olgan ?, oldindan aytishim kerakki, Imom al-Buxoriymas.

Javob: Sayfiddin Boxarziy

1026. Rasul Hamzatovning ijodida xilma-xillik bilan birga, so‘z o‘yini ham katta o‘rin tutadi.
Uning quyidagi she’rini tinglang.
Dog‘iston osmoni ostida shu zum,
Iqror bo‘ldim, baland dovondan osha:
Shoir bo‘lish uchun erta tug‘ildim,
U bo‘lish uchun kechikdim rosa !
Diqqat savol: Rasul Hamzatovning fikricha u kim bo‘lib tug‘ilishga rosa kechikkan ?

Javob: Rasul
Izoh: Payg‘ambar bo‘lishga

1027. Topishmoq.
Ichi qora ko‘mirday,
Tishi sariq isparakday.
O‘ltirishi mulladay,
Qichqirishi tayloqday.
Diqqat savol: Topishmoqning javobini topinglar ?

Javob: samovar.

1028. Bir asar personaji «men eng yovuz xukmdor bo’lganimdagi 100 narsa » deb nomlangan reja tuzadi. Unga ko’ra u shunday deydi; – Qachonki men dushmanimni qo’lga olsam, u menga o’ldirma meni deb yalinadi. O’ldirishdan oldin meni eshit senga gapim bor deydi. Men esa yuziga qarab yo’q deymanu shartta otib tashlayman deydi. Keyinchalik esa bu qarorni ham o’ylab ko’radi va boshqacha fikrga keladi kelajakda maqsadlari haqida
Savol: dushman bilan qilinishi kerak bo’lgan o’zgargan xukmni toping?

Javob: Yaxshisi avval otib tashlaymanu keyin yuziga qarab Yo’q deyman axir u eng zolim xukmdor bo’lmoqchi

1029. Angliya, Fransiya va Turkiya uchun bu Sharqiy urush. Rossiya uchunchi bu qaysi urush?
Javob: Krim urushi!

1030. Isroilda ikkinchi jahon urishida qurbon bo’lgan yarim million yahudiy bola atab qurilgan muzey bor ekan. Muzeyga avval shu yarim million go’dakni xotirasi uchun shuncha miqdorda sham yoqib chiqmoqchi bo’lishgan. ammo ba’zi texnik sabablar tufayli bu usul o’zini oqlamagan. keyinchalik ular bu muammoni boshqa bir narsa bilan ijobiy hal qilishgan.
savol : nima yordamida hal qilingan muammo?

Javob: kuzgu yordamida

1031. Bir asar personaji aytishicha bir kuni shahar poliklinikasiga boribdi. U yerda bir qavatda 2 ta mutaxassis vrach xonasi joylashgan ekan. U uchun qizikq tuyulgan narsa BIRINCHI mutaxassis eshigi yonida IKKINCHI vrachnikiga qaraganda 16 marta ko’p bemor navbatda turgan ekan. Savol: IKKINCHi mutaxasssis vrach qabulida nechta bemor bo’lgan.?
Javob: 2 ta . Ular Stomatolog va Okulist vrachlar edi.

1032. Hayvonot dunyosi haqida ko’rsatuvda bir qushcha haqida ma’lumot bera turib o’rmon atrofida yashovchi ushbu qushchaning bir odatiga alohida to’xtalishgan edi. Bu mitti qushcha odamlar bel kurak bilan yer chopayotganida belkurak yonidan darrov qo’rqmasdan chuvalchanglarni terib ketar ekan. Ba’zilarni aytishiga ko’ra ushbu qushlar bu kabi odatni aynan ular sabab urgangan ekan.
Savol: Ular?

Javob: Cho’chqalar.. Chunki ular ham belkurak kabi yerni kovlab yuradi ozuqa qidirib.

1033. Abram Klerkning «Oy changi» asarida aytishicha bu narsa kosmosda odamni kislorod tamom bo’lgandagi kabi tez o’ldrimaydi uzoq va qiynab o’limga olib kelishi mumkin ekan. Mashhur rus qo’shiqchisining ashulasida esa janubiy sharqiy osiyoning tub aholisi Kukni aynan shu sabab tufayli yeb qo’yishgan ekan.
Savol : gap nima haqida bormoqda?

Javob : qo’shiq esa В. Высоцкийники
Но почему аборигены съели Кука? Была причина — большая скука

1034. Bir psixologning aytishicha ushbu hammamiz biladigan sinovda asosiy ishni O’SHA narsa bajarmagan. Shunchaki sinovdan o’tayotganlar kuchli hayojondan uxlay olmaganligi va stress sabab tana mushaklari taranglashishi sababli «yutkazib » qo’yishar ekan.
savol : savoldagi o’sha narsani toping?

Javob: No’hat

1035. Sug’ur soyasini ko’rmasa Ukrainada ob-havo issiq bo’lar ekan. AQSHda sug’ur soyasini ko’rsa ob-havo sovuq kelar ekan. Ruminiyada sug’urni kuzatishar ekan va qiyomat kunini kutishar ekan. Nima uchun?
Javob: Ularni sug’uri umuman soya tashlamaydi.
Sug’urni ismi Drakula . Vampirlar esa bilasizlar soya tashlamaydi

1036. Abdulla Qodiriy unga shunday ta’rif bergan: «Bu zo‘rlikniki emas, haqliknikidir, bu
zolimlarniki emas, mazlumlarnikimdir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir».
Qodiriy nimaga nisbatan shu ta’rifni bergan?

Javob: Mushtum jurnali

1037. Erkaklar jurnalining «Orzular va ishonch» nomli maqolasida erkak kishi doim intiluvchan bo’lishi, har qanday ishda ko’zlangan maqsadga yetguncha urinish lozimligi va aynan shu instinkt evaziga u kuchli jins vakili sifatida qaralishi yozilgan. Ushbu maqola uchun joylashtirilgan rasmda chiroyli ayol kamalak rang mini yubkada tasvirlangan.
Diqqat savol: rasmda mini yubka, kamalak rangdan tashqari yana nima tasvirlangan edi?

Javob: shu ayolning telefon raqami.

1038. Bir latifaga ko’ra bir odam buyrakdagi toshdan halos bo’lish uchun ko’p miqdorda UNI iste’mol qilibdi. Undan sababini so’rashganda U toshni yengadiku deb javob qaytaribdi?
Savol : Uni toping

Javob: qog’oz
Gap- tosh qaychi qog’oz o’yini haqida edi

1039. Savol:  Sherlok Holms shaharchadagi bir kichik oshxonaga kirib stolga o’tiradi va stol va stulga qarab afitsantga buyerda ko’p janjal bo’lar ekana deydi. Chindan ham shunday edi. Savol buni u qanday bilgan bo’ladi?
Javob: stol, stullar joyiga mixlab qotrilgan bo’ladi.

1040. Dunyoda har yili 5 ta odam X- tufayli halok bo’lar ekan. Sherlok Xolms serialida esa izquvar kubokni sohta yoki haqiqiy ekanini tekshirishda X dan foydalanadi. Endi esa savol biz bilgan mashhur kinoda qaysi personaj X ning bor yo’qligi haqida savol bilan murojaat qiladi?
Javob: Ippolit
«nima sizni uyizda vanna yo’qmi? Hammomda cho’milasiz. Har yili dunyoda 5 inson vannada cho’kib ketar ekan. Sherlok esa Arximed usulida kubokdagi kumush miqdorini o’lchab ko’radi suvda»

1041. Mashhur futbolchilarga tegishli buyumlar tez – tez auksionlarda qimmat narxlarda sotilib turishi ko’pchiligimizga ma’lum bo’lsa kerak. Ana shunday buyumlardan biri – Maradonaga tegishli bo’lgan sirg’alari 2009-yilda ancha qimmat narxga sotiladi.
Diqqat savol. Ushbu pullar nimaga sarflangan?

Javob. Maradonaning Italiyadagi soliq qarzdorliklarining bir qismini qoplashga.
Izoh. Maradona «Napoli» jamoasida o’ynab yurgan paytlarda juda katta miqdorda soliqlarni to’lamagan edi.

1042. Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar X ni
Diqqat savol X ni toping?

Javob: Dunyo

1043. So’ngi paytlarda Sitsiliya arxiyepiskopi mafiya a’zolariga X bo’lishni taqiqlamoqda!
Diqqat savol arxiyepiskop nima bo’lishni taqiqlagan?

Javob: Cho’qintirgan ota

1044. Shvetsiyada Yangi yil bayramida ajdodlar ruhini hurmat qilish odat tusiga kirgan.Shuning uchun9 avvalroq Shvetsiyada Yangi yil bayramining ramzi somon edi.Chunki Shvetlar yangi yil tuni X ni ajdodlari ruhiga qoldirishgan! Diqqat savol X ni toping?
Javob: Yotoq. Karovat

1045. Jokerlar «Agar yashil kichkina odamni ko’rsangiz, nima qilasiz?» Degan savolga javob beradi. oltmish kishi: «Men ichishni to’xtataman,» – o’ttizta «Men ichishni boshlayman», to’qqiztasi «Men psixiatrga boraman». Faqat bitta qiz: «Men buni boshlayman», dedi. Qiz nima qilmoqchi ekanligini topgan bo’lsangiz bunga yordam beruvchi hayvonni toping?.
Javob: Zebra
Piyodalar yo’lakchasi

1046. Qadimda sharqda juda ocharchilik bo’lgan hattoki insonlar sichqonlar uylarini kovlab ularni yeyishgan!!!Bunga raxmat tariqasida sharq xalqlari sichqonga xurmat yuzasidan bu ishni qilishgan!!! Savol nima ish?
Javob: muchal

1047. Ikkita shisha biri to’la biri yarim! Xitoy faylasuflari ularga qarab nima deyishadi?
Javob: chala bilimli va to’la bilimli insonlar!!!

1048. Ovchilar qopqonni qaynatib qaynatayotgan vaqtlarida unga o’t solib qaynatishadi!
Diqqat savol qopqonni o’rmonga olib ketayotib nima qilishadi?

Javob : Qo’lqop kiyishadi
Izoh: Hid kelmasligi un.

1049. Yoshligimda tunlarim bisyor edi
Tunlarimdan tunlarim ko’proq edi
Yoshim o’tib kunlarim ko’paydi
Kunlarim ketidan kunlarim ko’paydi!
Diqqat savol tunlar va kunlar o’rnida nima kelmoqda?

Javob: qora va oq soch!!!

1050. Oshpazlar mavzusida duplet!
1.Tajribali oshpazlar tuxum qaynaganda titilib ketmasligi uchun bu ishni qilishadi?
2.Tajribali oshpazlar lavlagi qaynaganda rangi o’chmasligi uchun unga uni qo’shishadi?

Javob: 1.Tuz 2.Sirka

1051. Qalin tayoq olib chiqildi! Shimolda baxorda cho’ponlar qo’ylarni o’tlatgani olib chiqilganda ushbu tayoqni olib chiqishadi diqqat savol nima maqsadda?
Javob: Yoqish maqsadida!

1052. K4 samalyoti 1924 yili bu yo’nalishni 36 soatda bosgan.1954 yili Tu 150 ixtiro qilingach 3-4 soat harakatlanadigan bo’ldi!
Diqqat savol bu qaysi yo’nalish?

Javob: Toshkent-Moskva

1053. Ikkita kitob bir biri bilan suxbatidan birinchisi qalin varoqlari silliq.Ikkinchi kitob varoqlari yirtilgan eski kitob .
-Birinchi ikkinchiga qarab seniham biror kim o’qiydimi dedi.
-Ikkinchi javob qaytardi ! Ikkinchining javobini eshitib birinchi uyatdan qotib qoldi!!!
Diqat savol birinchi qanaqa kitob?

Javob: Alifbe

1054. Diqqat savolda almashtirish bor !!Afsonaga ko’ra, imperator Dzmmu hal qiluvchi jangda g’alaba qozondi, chunki dushmanlarni «nura led » ko’r qildi. Diqqat savol gapdagi almashtirishni toping?
Javob: -1 Nura led-quyosh nuri so’zlari almashtirilgan edi.
Izoh: Dzummu yapon imperatori bo’lib u xitoyliklarga qarshi jang qilganda Xitoyliklarning ko’zi sharqdan chiqgan quyosh nuri tasirida yaxshi ko’rmagan.Natijada Dzummu g’alaba qozongan!
Shundan so’ng yapon bayrog’ida quyosh paydo bo’lgan!

1055. Suratda ko’rib turgan binoga qo’shni binolar tomonidan arz qilindi unga ko’ra ular o’zlarining X lari ko’p ishlashidan zarar ko’rishayotgan ekan!Diqqat savol X ni aniq qilib yozing?

Javob: Konditsioner.
Izoh: Ko’rib turganingizdek bino to’liq oyna bilan qoplangan unga tushgan yorug’lik qo’shni binolarga qaytishi natijasida ularni isitadi va natijada ularning konditsionerlari ko’p tok sarf qiladi.

1056. XIX asr ixtirochisi aytishiga qaraganda u X larni portlovchi moddalar bilan to’ldirilgan 40 metrli bino bilan yo’q qila olishini aytdi!!! Diqqat savol X ni aniq qilib yozib bering?
Javob : Tornado
Bu AQSHlik ixtirochi binolarni portlatish orqali uyurmalar yani tornadoni to’xtatmoqchi bo’lgan.

1057. 2016 yilda o’tkazilgan saylovga atalgan karikaturada ikki ingiliz xaritasi ko’rsatilgan!!Ularning ikkinchisining nomi «X arxipelagi»edi.Diqqat savol X ning ismini yozing?
Javob: Hilari Arxipelagi
Izoh: Karikaturachi saylovlar davomida ikkiga bo’lingan AQSH xaritasining asosiy qismini «Trump land»(Trump yeri ) hamda kichik orollar va tumanlarda yashovchi Klinton xonim tomonidagi larni «Klinton arxipelagi» deb nomlagan.

1058. Yaqinda taqdimotda uning avvalgidan ko’ra aqlli, kuchliroq va shirinroq bo’lishini ma’lum qildi. Biz yunoncha qaysi so’zni sizdan so’ramoqdamiz?
Javob: Android
Izoh: Yangi android 8.0 oreo avvalgilaridek shirinlik nomiga qo’yildi! Va u avvalgilaridan ko’ra aqilli shirin va kuchli.

1059. «Lokomotiv» va «Ural» o’rtasidagi Rossiya kubogi finali «Fisht» stadionida bo’lib o’tdi. Bir maqola sarlavhasi ostida, Fisht X ga aylangani ta’kidlangan. Agar finalda boshqa bir Moskva klubi o’ynaganda edi o’yin haqiqatda X da o’tgandek bo’lar edi bo’lsa. Savol X ni toping?
Javob: Kolizey
Izoh: O’yin o’ynashi mumkin bo’lgan jamoa Spartak

1060. Ajablanarli tarzda chizilgan bir suratda kartina hayoliy personaji asabiylashib o’ziga o’zi shunday deydi: «Men o’zimni birlashtirib, tayyor bo’lmog’im kerak.»Diqqat savol kartina personajini ikki so’z bilan ayting?
Javob: kubik rubik!!

1061. Itlar va otlar uzoq vaqtdan beri huquqni muhofaza qilish organlari uchun foydalidir. Va bizning davrimizda huquq-tartibot xodimlariga ayiqlar ham  yordam berishni boshladilar. Diqqat savol qaysi toifadagi fuqarolarni tinchlantirish uchun ayiqlarni ishlatishadi?
Javob: Bolalar
Izoh: AQSH va yevropada shunaqa qonun bor ekan

1062. Yaqinda adme.ru sayti h-57 nomli studiyaning suratlarini e’lon qildi unda mashxur shaxslarning hayotiy yo’li suratlar orqali tasvirlangan. Diqqat savol yuqoridagi suratda kimning hayoti tasvirlangan?

Javob: Brus Li

1063. Birinchi Fayzullo vodiyga borib muffaqiyatsizlikga uchradi. Ikkinchi Fayzullo Toshkentga bormoqchi bo’lib mashhurlikga erishdi. Agar Xorazm viloyatiga bormoqchi bo’lsangiz yo’lda bir nechta Fayzullolarga haykal qo’yilganini ko’rasiz!
Diqqat savol Fayzullo so’zi o’rnida almashtirilgan so’zni aniq qilib yozing?

Javob: Qahramon
Izoh: Birinchisi Qahramon Quronboyev.Ikkinchisi Shaxrisabzdan Toshkentga nogironlar aravasida chiqqan Qahramon aka. Xorazm yo’lidagi monument 3 qahramon!

1064. Bir qo’shiqchining X nomli klipi videosi qo’llarni to’g’ri yuvish tartibini o’rgatadi. Lekin afsuski shunday yaxshi targ’ibot videosi eng ko’p ko’rish bo’yicha rekordni yangilay olmadi!
DIQQAT SAVOL X NI ANIQ QILIB YOZING?

Javob: Gangnam style
Izoh: Repper Psy ning ushbu qo’shig’ ot ustida harakatlanish haqidaga o’xshaydi.Ushbu klip eng ko’p ko’rilmagan bo’lsaham eng ko’p koment qoldirilgan.

1065. Tarqatma material.
Yuqorida sizga tarqatilgan tarqatmada bir internet magazinning yarmi nomi keltirilgan. Yaqinda ushbu kompaniya ustidan juda katta sudlashuv ishlari bo’lib o’tdi chunki ushbu kompaniya nomi boshqa gigantiga juda o’xshar edi. Diqqat savol ushbu internet savdo do’koni qaysi Evropa davlatida joylashgan?.

Javob: Polsha
Izoh: kompaniya nomi A.pl arz qiluvchi esa apple

1066. Britaniyalik psixoanalist Donald Vudsning aytishicha, «Bolaga – yashirinish buyuk quvonchidir, fojia esa -uning topilmay qolishi». Diqqat savol Vinikott bolalar bilan qanday odamlarni bilan solishtirilgan?
Javob: Rassomlar

1067. «H-57» ijodiy studiyasi buyuklarning hayoti haqida plakatlar seriyasini yaratdi. Unda murakkab hikoyalar oddiy piktogramlar yordamida tasvirlangan. Diqqat savol Sizning ko’rayotgan afishada kimga bag’ishlangan piktogramma turibti?

Javob: iks va aster
Izoh: Astronomiks Faransuzcha komikslar qahramoni Asteriksning otasi.

1068. «Lift» filmida bir kompaniyaning egasi o’z xodimiga shunday dunyoda yashayotganimizni, ishchilarning unga bo’ysunishi kerakligini ko’rsatib, ishora qiladi. Diqqat savol biz «Shunday» so’zi bilan qanday so’zni almashtirdik?
Javob: Vertikal boshqaruv uslubi.
Bu yerda film nomi yordam berishi kerak edi.

1069. Britaniyada Ertalab juda boy mehmonlarga xizmat ko’rsatadigan va kechqurun uysizlar uchun bepul bo’lgan restoranlarni uning sharafiga nomlashar ekan? Diqqat savol uning ism familiyasini ayting?
Javob: Robin Gud
Izoh: Bunday umumiy ovqatlanish maskanlari shunchaki yaxshilik qiliahmoqchi bo’lishgan va daromadlarini bir qismini sadaqa qilishgan!Ammo ularning tonngi mijozlari Baxl mijozlar emas

1070. «Smombi» so’zi 2015 yilda Germaniyada yoshlar orasida mashxur so’zga aylandi. Ushbu so’z bilan ataluvchi kishilar uchun esa Augsburgda asfaltga maxsus X lar o’rnatildi. Diqqat savol X ni bir so’z bilan yozing?

Javobi: Svetofor
Izoh: Smombi so’zi Smartfon va Zombi so’zlaridan olingan va o’z smartfoniga mukkasidan ketgan yoshlar uchun yo’llarda asfaltga maxsus yerda svetaforlar o’rnatilgan!!

1071. Bir ijtimoiy reklamada yevropaninig yirik pivo ishlab chiqaruvchisi spirtli ichimlik istemol qilgan holda avtomashina boshqarmaslikga undaydi va reklama roligi uchun o’z nomidan «mashina» so’zini olib tashladi. Va reklama roligi «muzli tog’ » nomi bilan e’lon qilinadi.Diqqat savol kompaniya nomini aniq qilib yozing?
Javobi: Carlsberg
Maslahat: Sizga ham bunday issiq kunlarda spirtli ichimlik istemol qilishni tavfsiya etmaymiz!!!l

1072. Rossiya imperiyasida ilk temir yo’li ochilish sanasiga qadar faqat vagonlarni keltirishga muvaffaq bo’lindi ammo lokomativ yo’q edi. Bini qarangki muammoning yechimi topilgan va vagonlar harakatlantirilgan. Shundan kelib chiqib Ochilish marosimida watt rejadan ko’ra o’n barobar kichik ekanini aytish mumkinedi. Diqqat savol Watt so’zi o’rniga almashtirilgan ikki so’zni toping?
Javob: Ot kuchi
Izoh: Lokomativ bo’lmagandan so’ng poyezd 4 ta otda yuritilgan bu esa lokomativ quvvatidan 10 marta kam edi.Bekorga Watt so’zi bilan almashtirmadi chunki Wat quvvat o’lchov birligi.

1073. Ahmad III ning buyrug’iga binoan, elchixonalar turli xil yo’llar bilan Parij, Vena, Londonva Amsterdamdan zudlik bilan tashrif buyurib, lola surati tushurilgan urfdagi liboslarni olib kelishdi. Diqqat savol 1933 yilda tashkil etilgan qaysi kompaniya o’z obyektlarida lolalarni tushuradi.?
Javob: Turkish airlines
Izoh : Suratda 👇l

1074. Masha va Ayiq animatsion multfilimining seriyaslaridan birida Masha va Panda uni uyda qoldirishganligi sababli o’rniga tirnagich, belkurak, ketmon , supurgi va boshqa narsalar bilan o’ynashga harakat qilishadi. Diqqat savol Ular qanday o’yin o’ynashmoqchi bo’liashadi?
Javob: Golf

1075. «Marco Polo» filmida qahramonga Xitoy imperatori o’zi uchun rafiqa tanlashda yordam berishini so’raydi. Va bo’lg’usi qirolichalik uchun kelgan qizlarga quyidagi savolni beradi: «Toshbaqada qancha tish bor?» . Javoblarga asoslanib, u qizlarni uch guruhga ajratadi.
1-guruh qizlar bilishmaydi lekin ma’lum bir raqamni aytishdi.
2-guruh qizlar esa toshbaqaning tishlari yo’qligini aytishdi.
3-guruh qizlar bilmayman deb javob beradi
Diqqat savol aytingchi Marco Polo qaysi toifa qizlarni imperatorga uylanish uchun maslaxat bergan va nima sababdan?

Javobi: 3-toifa qizlarga uylanishni maslaxat beradi.
Izoh: Birinchi toifa ayollar yolg’on gapirishgan tabiyki imperatorga yolg’onchi ayollar mos emas!
Ikkinchi toifa ayollar esa savol javobini topishgan haqiqatda toshbaqaning tishi yo’q lekin juda aqilli ayollar ham imperatorga mos emas!!
Uchinchi tifa ayollar esa eng to’g’ri javobni berishgan «bilmayman»bu esa kamtarlik va oqillik belgisidir va Polo shu toifa ayollarni tanlagan!!!

1076. Bir nom bilan ma’lum bo’lgan 5600 kilometrlik «it devori» yirtqich dingo itlarning qo’ylarga hujum qilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qurilgan? Diqqat savol agar devorning nomi undan ancha yosh katta bo’lgan «aka» sidan bir so’zga farq qilsa devor nomini 3 so’z bilan aniq qilib yozib bering?

Javob: Buyuk Avstraliya devori!
Izoh: Devor haqiqatda zamonamizning eng uzun devori bo’lgan! Savoldaham akasidan ancha kichik deyilgandi gap Buyuk Xitoy devori haqida ketmoqda edi yangi devorning yoshi anchagina kichkina axir!!!

1077. Savol: Sportchilar buni nima uchun qilishlari haqida bir necha variantlar mavjud. Ulardan biriga ko’ra, ularning bu harakati qaroqchilar bilan taqqoslangan, ikkinchisi esa bu harakatni shodlik g’alaba ta’mi bilan izohlaydi. Olimpiada tarixchilarining xalqaro hamjamiyati prezidenti Devid Valcheinskiyning so’zlariga ko’ra, «Bu ish bo’lishiga fotograflar aybdor». Diqqat savol gap qaysi ish haqida ketmoqda?
Javobi: Ba’zilar, garchi garovgirlar singari, sportchilar ham oltinning haqiqiyligini tekshirishadi. Boshqalar esa, sportchilarning g’alaba qozonishning shirin ta’midan rohatlanishini ta’kidlashadi. Olimpiya tarixchilarining xalqaro hamjamiyati prezidenti Devid Valechinskiyning fikriga ko’ra, tashvishlangan chempionlar faqatgina fotosuratchilarning talablarini qondirishadi va ularning kuboklarini stereotipnik tarzda tishlamoqdalar. «Bu fotograflar orasida haqiqiy jinnilikka aylandi, – deydi Vallezinskiy, – ular sotilishi mumkin bo’lgan asar sifatida qarashadi, men barcha g’oliblar tishlarini mukofotlashni o’ylamayman».

1078. Yuqorida ko’rsatilgan suratda Yaponiyada juda ommalashgan fotosuratlar «pozitsiyasi» keltirilgan. Bir hikoyaning qahramonida ham ular bor edi va uni afyun foyda bermagach , iskandan foydalanib yo’qotdi. Ushbu pozitsiya nomini ikki so’z bilan ayting?

Javob: Og’riq tishlar yoki tish og’rig’i javoblari qabul qilinadi!!!
Izoh: Hikoya qahramoni tishini davolash uchun afyundan foydalanadi uning ta’siri yo’qolgach tishini iskana yordamida sug’urib oladi!!!

1079. Hazil savol 😂
Bir internet foydalanuvchisi yoningizdan uchib o’tayotgan chivin (shevada pashsha) ni o’ldirmaslikni maslaxat beradi!!! Sababi esa endi unda x bo’lishi mumkinligini aytadi!!!
Diqqat savol x ni ikki so’z bilan yozing?

Javob: Sizning qoningiz!!!
Izoh: Chivin sizni hozirgina chaqqan bo’lishi va unda endi sizning qoningiz bor 😂😂😂😂

1080. Surat markazida yosh Vitor Borba Ferreira, keyinchalik Rivaldo nomi bolan jahon futbolining yulduziga aylangan bolakay turibti. Hech kim o’ylab ko’rmagan edi shu ko’rimsiz , beso’naqay, uysiz omadsiz bolakay barchasini uddaladi va u tengsiz bo’ldi deb . Rivaldoning «100 ta buyuk futbolchilar» kitobida boshida u o’zi haqida eslab Gans Kristian Andersonga tegishli bir mashxur hikoya qahramonini aytib o’tadi. Diqqat savol hikoya qahramonini ikki so’z bilan ayting?

Javob: Irkit o’rdakcha .
Izoh : Rivaldo o’zining yoshligini irkit o’rdakchaga o’xshatgan

1081. «Jazzda faqat qizlar» komediyasida ekssentrik millioner bu kasallikga chalinadi. Ovidning fikriga ko’ra, Apollon ham bu kasallikga chalingan, chunki Afrodittaning o’g’li Erot uning yuragiga ilohiy o’q otadi. Diqqat savol «bi ish» so’zlarini bilan qanday so’zlar bilan almashtirdik?
Javob: Sevib qolishgan.
Izoh:Sizu biz bilgan yurakka qadalgan o’q aynan Erot tomonidan amalga oshirilgan!

1082. Protivagaz (Zaxarli gazlardan saqlanish uchun niqob) ixtirochisi Zelinskiyning aytishiga qaraganda «O’zgalar tomonidan berilgan har qanday dono maslaxatlar undan ustun bo’la olmaydi». Diqqat savol uzoq yillik hayotiy tajribaga ega akademik Zelinskiy nimani nazarda tutgan?
Javob: Shaxsiy Tajriba
Koment: Savolda bekorga Zelinskiyning tajribasi katta ekanligi eslanmagan!!!

1083. Rossiyadagi jahon chempionati haqida
Jahon chempionati muxlislarining aytishicha Xorvatiyada Jahon chempionati davrida 4 xil vaqt mavjud bo’larkan
1-O’tmish
2-Hozir
3-
4-
Diqqat savol 3-va 4- vaqtlarni aniq qilib yozing?

Javob: Kelajak, qo’shimcha vaqt.

1084. Rossiyada jahon chempionato haqida
Bir futbol muxlisining facebook saxifasidagi komentida «Jahon chempionati finalida u boshqalarga nisbatan gavda jihatdan kichik bo’lsaham haqiqiy shaxzodalardek harakat qildi» deya fikr qoldirgan! Diqqat savol bu futbolchi kimligini aniq qilib yozing?

Javob: Grizman (Antuan).
Izoh: savolda bekorga kichkina va shaxzoda so’zlari ishlatilmagan!!!(Antuan de sent Exuperi).Muxlisimiz Fransiyaning ashaddiy ishqibozi

1085. Afsonaga ko’ra Louis Armstrong juda kambag’al bo’lgan lekin u ishlaydigan korxona tartibli bo’lganligi bois u ishga kech qolmasligi kerak edi. Shu sababdan u tunda uyqudan to’satdan uyg’onib xonasi bo’ylab baland ovozda qo’shiq aytib raqsga tushgan. Diqqat savol Armstrong nima uchun bu ishni qilgan.?
Javob: Lui Armstrong judaham kambag’al bo’lgan uning hatto soat olishgaham puli bo’lmagan! Shu sababdab u raqsga tushib to’polon qilganida qo’shnilari dodlab » Soat necha bo’lganligni» aytishgan!!!😄

1086. Yevropa chempionlar ligasi doirasida o’tgan Spartak -Liverpul uchrashuvida «Spartak» «Liverpul» dan uchinchi javobsiz to’p o’tkazgandan so’ng, sharhlovchining ta’kidlashicha, «Spartak»ga «Raketa» juda zarur bo’lib qoldi. Diqqat savol «Raketa» so’zi o’rnida biz qaysi so’zni yashirdik?
Javob: Tez yordam !!!
Izoh: Hisob 0:3 bo’lganda tez yordamdan boshqasi yordam bera olmasdi!!!
Afsuski shu kuni tez yordam umuman kelmadi chunki yakuniy hisob 0:7 !!!

1087. «Boshga tabiatdan juda qiziqarli fikrlar keladi» deydi bir karikatura qahramoni! Diqqat savol ushbu karikatura qahramonini toping?
Javob: Isaak Nyuton

1088. «Qirol sher «multfilmining davomi sifatida olingan II qismda Simbaning qizi Shramning o’g’li bilan uchrashadi va ular o’rtasida sevgi paydo bo’ladi multfilm davomida esa qizning akasi vafot etadi. Mulfilm katta ekranlarda namoish etilgach u haqida chop etilgan maqola sarlavhasida ikki oila eslanadi. Diqqat savol ushbu ikki oilani yozing?
Javob: Monteki va Kopuletti.
Izoh: Multfimning ikkinchi qismi Rameo va Julyetta tragedik asariga juda o’xshash syujet asosida boradi. Ammo multfilmda asardagidan farqli hammasi yaxshilik bilan tugaydi!!!

1089. Televizor oldida juda uzoq o’tirgan tomoshabinlarga bir serial qahramoni «Shunday odamlar dunyosiga qayt» deya maslaxat beradi. Diqqat savolga bir son va bir harfdan foydalanib javob bering?
Javob: 3D (Uch o’lchamli)
Izoh: Televizorda hamma narsa 2D (agar sizning uyda 3D televizoringiz bo’lmasa

1090. Sergey Simonov kitobida yozilishicha , SSSR butun dunyoda tinchlik tarafdori bo’lib o’zining kosmik dasturiga kichik o’zgarish kiritdi .Diqqat savol Tarixda ilk jonzot bilan parvozni amalga oshirgan suborbital kosmik qurilmaning birinchi yo’lovchisi nomi nima edi?
Javob: Leopold
Izoh: Leopold doimo ahil inoq bo’lib yashashga chaqiradi. Sergey Simonov kosmosga Leopoldni chiqarib dunyoga tinchlik taklif etmoqchi edi!!!

1091. Artemiy Lebedevning fikriga ko’ra , kinofilmlar namoishida qilingan tejamkorlik tomoshabinga ijobiy ta’sir ko’rsatadi yani ular deyarli bepul ta’lim olishlari mumkin. Diqqat savol gap qanday tejamkorlik haqida bormoqda?
Javob: Dublyaj da subtitrlardan foydalanish!!!
Izoh: Filmlar To’g’ridan to’g’ri ovoz orqali dublyaj qilinadigan mamlaktlar hamda subtitrlar orqali tarjima qilingan filmlarni namoish etuvchi mamlakatlar aholisining til o’rganish borasidagi savodxonligi juda katta farq qilar ekan.

1092. Diqqat savolda almashtirish bor!!!
Yuqorida aholisi soni 100 mingda oshmaydigan mamlakat bayrog’i va gerbi ko’rsatilgan. Ushbu mamlakatda yashovchilar o’zlarining uzoqroq bir qo’shnilari haqida aytiladigan fikrga qarshi chiqib aslida «Chiroq ixtiro qilingan yurt» o’zlarining mamlakati ekanligini aytishadi?
Diqqat savol biz qanday so’zlarni » Chiroq ixtiro qilingan yurt» so’zlariga almashtirdik?

Javob : Kunchiqar yurt.
Izoh: Biz bayrog’i va gerbini keltirgan mamlakat bu Kiribati bo’lib Tinch okeanining Yaponiyaga yaqin qismida joylashgan!! Haqiqatdan ham Yaponiyadan avval ularda kun chiqadi!!!

1093. Yuqoridagi mashxur karikaturada Enshteyn va Pifogor bir belgining kvadrati uchun kurashmoqda !!! Diqqat savol bu qaysi belgi?

Javob: C

1094. Qaysi voqeaga atalgan poster?

Javob: Sezarning o’limi.

1095. Yaqinda bir tashkilot tomonidan e’lon qilingan ro’yxatda o’nlik son, Ezgulik va mustaqillik monumenti, Sherdor, Xalqaro anjumanlar saroyi o’rin olgan. Diqqat savol gap qaysi ro’yxat haqida ketayotganini aniq qilib yozing?
Javob: 50, 100, 200, 500 so’mli tangalar!!!

1096. Bir mashxur o’zbek jurnalistuning fikriga qaraganda » U yerda osmon to’rtburchak » ekan !! Diqqat savol gap qanday joy haqida ketmoqda ?
Javob: Qamoqxona.
Izoh: Ushbu so’zlar muallifi taniqli sport jurnalisti Xayrulla Xamidov.

1097. Bu yorug’ olamda ilk azon aytuvchi bo’lmish Bilol (U kishining terilari rangi qora bo’lgan) dan saxobalar so’rashibti:
– Bilol sening tanang buncha qora otang kim o’zi?
-Mening otam shunday insonki unga barcha farishtalar tazim qilishadi!
Diqqat savol Bilol o’zining otasi deya kimni nazarda tutgan?

Javob: Odam ato
Izoh: Odam ato yaratilganida samodagi barcha farishtalar unga ta’zim qilgan ekan!!! Dunyodagi barcha irqlar ham odam ato va momo havo farzandlaridir.

1098. Koko Shanel moda qirolichasi aynan krizis yillari (1950-57 )ayollarga uzun ko’ynaklarni kiyishni tavsiya qilgan ekan.
Bunga sabab nima?

Javob: yirtilgan kalgotkalar yashirish uchun.

1099. Italiyada 1987 va 2011 yillarda referendumlar bo’lib o’tadi, bir savolga «Biz qarshimiz! » degan javob olinadi. Referendum natijasiga ko’ra Italiyada qanday obyekt qurilmaydi?
Javob: AES
Izoh 1987 yilda ChAES avariyasi, 2011 yilda Fukusima avariya bo’lgani uchun. AES qurilishiga qarshi chiqishdi.

1100. Ludovig Van Betxoven ijod qilishdan oldin bir ish qilgan, bastakor fikricha bu ish qon aylanish sistemasini yaxshilar va tasavuriy fikrlashni stimul qilar ekan. Afsuski shu ish tufayli u kar bo’lib qolgan.
Betxoven ijod oldidan nima ish qilgan?

Javob: muzlagan suvga boshini botirib olish.