12 may kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Onalar kuni.
🌏 Xalqaro hamshiralar kuni.
🇺🇳 Xalqaro o’simliklar salomatligi kuni.
🌏 Surunkali immunologik va nevrologik kasalliklar haqida xabardor kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇷🇴 Ruminiya – Otalar kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Shashmaqom kuni.
🇫🇮 Finlyandiya – Finlyandiyaning o’ziga xosligi kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy ayollar tekshiruvi kuni.
🇷🇺 Rossiya – Ekologik ta’lim kuni.
🇧🇾 Belarus – Davlat bayrog’i va davlat gerbi kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1311 – Fransiyada inkvizitsiya Tampliyer ordeni ritsarlarining 54 taniqli a’zolarini ommaviy ravishda qatl etdi.
  • 1364 – Polshaning Krakov shahrida Yevropadigi eng qadimiy o‘quv dargohlaridan biri Yagellonskiy universiteti ochildi.
  • 1551 –  Limada Amerika qit’asidagi ilk oliy o‘quv yurti—San-Markos universitetiga asos solindi. 
  • 1731 – Ladogada kemalar qatnay boshladi.
  • 1830 – Ekvador Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
  • 1881 – Tunis ustidan Frantsiya protektorati o‘rnatildi.
  • 1888 – Shimoliy Borneo ustidan Britaniya protektorati o‘rnatildi.
  • 1918 – Hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetiga asos solindi.
  • 1926 – Polshada yuz bergan davlat toʻntaruvi natijasida Yuzef Pilsudskiy boshqaruvi hokimiyatni egalladi.
  • 1930 – OʻzSSR Ichki ishlar komissarligining gazetasi ilk bor nashrdan chiqdi.
  • 1941 – Konrad Zuse Z3  kompyuterini taqdim etdi.
  • 1965 – Germaniya – Isroil  diplomatik munosabatlari oʻrnatildi.
  • 1992 – Oʻzbek davlat jahon tillari universiteti tashkil topdi.
  • 1993 – Qirgʻiziston milliy valyutasiga ega boʻldi.
  • 1993 – Estoniya Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi.
  • 1994 – Hindistonda O‘zbekiston turizm kunlari boshlandi.
  • 1997 – Rossiya Federatsiyasi va Checheniston oʻrtasida tinchlik shartnomasi tuzildi.
  • 1999 – Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Evgeniy Maksimovich Primakov iste’foga chiqdi.
  • 2000 – Toshkentda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui ochildi.
  • 2003 – Estoniya Yevropa Ittifoqiga qabul qilindi.
  • 2008 – Xitoydagi zilzila oqibatida 70 ming kishi halok boʻldi.
  • 2009 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.
  • 2008 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Sin Sunni qabul qildi.
  • 2010 – Rossiya uchun yuqori darajadagi milliy domen .рф ishga tushirildi, bu Internetdagi birinchi kirill yozuvidagi domen bo‘ldi.
  • 2012 – “Oila davrasida” gazetasi chop etila boshladi.
  • 2017 – WannaCry tovlamachi qurti tarqalib, dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida Microsoft Windows operatsion tizimida ishlaydigan 200 mingdan ortiq kompyuterlarga ta’sir ko’rsatdi.

👉  TAVALLUDLAR:

  • 1496 – Gustav I Vasa (1560) – Shvetsiya qiroli (1523-1560).
  • 1755 – Jovanni Viotti (1824) – italyan virtuoz skripkachisi.
  • 1820 – Florens Naytingeyl (1910) – Ingliz hamshirasi, Qrim urushida (1853-1856) sanitarkalar otryadining tashkilotchisi va rahbari.
  • 1828 – Dante Gabriyel Rossetti (1882) – Ingliz rassomi va shoiri.
  • 1874 – Yakov Gakkel (1945) – rus sovet muhandisi, samolyot va teplovoz yaratuvchisi.
  • 1895 – Jiok Uilyam (1982) – amerikalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1949).
  • 1907 – Ketrin Hepburn (2003) – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1933 – Andrey Voznesenskiy (2010) – Sovet va rus shoiri, prozachi, rassom, arxitektor..
  • 1937 – Jorj Denis Patrik Karlin (2008) – amerikalik qiziqchi, yozuvchi, ijtimoiy tanqidchi va aktor. 
  • 1938 – Ayoz Mutalibov – Sovet va ozarbayjon siyosatchisi, davlat arbobi, Ozarbayjonning birinchi prezidenti (1991-1992).
  • 1944 – Muhabbat Shamayeva (asl ismi Lyuba) – xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1978). 
  • 1945 – Sa’dulla Abdullayev – rassom, O‘zbekiston Badiiyot akadimyasi haqiqiy a’zosi (1997).
  • 1966 – Stiven Bolduin – amerikalik aktyor.
  • 1977 – Maryam Mirzaxoniy (2017) – eronlik va amerikalik matematik. 
  • 1983 – Alina Kabayeva – taniqli gimnastikachi, bir necha karra jahon chempoioni.
  • 1988 – Marselo – braziliyalik futbolchi, “Real-Madrid”  jamoasi sobiq himoyachisi .