12-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1101. Ludovig Van Betxoven ijod qilishdan oldin bir ish qilgan, bastakor fikricha bu ish qon aylanish sistemasini yaxshilar va tasavuriy fikrlashni stimul qilar ekan. Afsuski shu ish tufayli u kar bo’lib qolgan.
Betxoven ijod oldidan nima ish qilgan?

Javob: muzlagan suvga boshini botirib olish.

1102. Zamonaviy Yevropada qishloq qaldirg’ochlarining kamayib ketishiga yo’llarning tamirlashi va ULARNING yo’qolib ketishi sababchi bo’lishi mumkin ekan. Men huddi siz kabi yoshligimda qish paytlari UNING ustidan yurib eksperement qilardim.
gap nima haqida ketayotgan ayting!

Javob: suv to’lgan chuqurlar
Izoh: asfalt qilinmagan yo’llarda chuqurlar bo’ladi, yomg’irdan so’ng u yerda suv to’ladi va qushlar suvdan ichishadi. Muzlagan suv ustida yurib sinish sinmasligini tekshirgan bo’lsangiz kerak!

1103. Mr Drof shosse chetida to’xtab turgan qimmat moshinani buzilib qolganini ko’rib unga yordam beradi. Shunda haydovchi 10$ berib rahmat deydi, ammo Janob Drof pul olmaydi va kambag’almasligini aytadi. Haydovchi unga «Uzr hamma ayb unda, uni ko’rib shunday fikrga keldim» deydi.
ayb nimada edi?

Javob: Ford avtomobilida
O’sha paytlarda eng arzon mashina Ford bo’lgan, janob Drof bu Fordning teskarimacha yozilgani edi

1104. Charlz Dikkenz yoshligi ochlikda o’tgan, faqatgina yakshanba kuni oz moz qornini to’ydirib olish mumkin edi. Qayerda unga bepul ovqat berishadi?
Javob: Qamoqxona
Otasi qamoqxonada qarzlari uchun o’tirgan va faqatgina yakshanba kuni qamoqhonada yotganlarning oilasiga bepul ovqat berilgan ekan

1105. Dante Aligeriyning ILOHIY KOMEDIYA asarida do’zah bo’limida BU TOIFA gunohkorlarning ko’zlariga temir ip o’tkazilgan deb yoziladi.
Bir maqolada esa BU TOIFADAGILARGA «boshqaning sog’ligi bilan kasallanish » deb ta’rif berilgan.
BU qanday toifadagilar?

Javob: Ko’ra olmaydiganlar
/ ichi qoralar ham qabul/

1106. Onore De Balzakdan ajoyib o’xshatish:
«Ko’pchilik BU haqida noto’g’ri fikrlaydi,…..
Axir dong’i ketgan Skripkachi turli xil musiqa ijro etishi uchun bir gina skripka ishlatishi shart emas-ku».
Balzak bu misolni nimaga tenglashtirgan bo’lishi mumkin?

Javob: Bir umr bir ayol sevish

1107. Insult kuzatilgan paytlarda bu fenomen ishga tushar ekan bu jarayonda miyaning zararlangan joylariga qonga boyroq qismlardan olinib teng taqsimlanar ekan. bu Fenomin qaysi ism familya bilan aytilishini toping!
Javob: Robin Gud

1108. Bir fantastik hikoyaga ko’ra grek kashfiyotchisi bir qurilma kashf etadi va uni Sezarga ko’rsatadi. Sezarga bu qurilma yoqib tushadi faqat BU HARF o’rniga Rim yozuvi bo’lishini taklif qiladi.
bu harfni yoki uning ma’nosini ayting?

Javob: shimol /(North/
kompasdagi N harfi/ hamma yo’llar shimolgamas rimni ko’rsatsin degan

1109. Bir kompaniya o’z mahsuloti reklamasi o’rniga oddiy oynadan foydalanib, uni metro vagonlari peshtoqlariga o’rnatadi, bundan ko’pgina erkaklar norozilik bildirishadi.
kompaniya nimani reklama qilayotgan edi?

Javob: soch to’kilishi oldini oluvchi vosita

1110. Nemis olimi Gans Shepmen 1938 yil bir yo’nalishda yangilik kiritmoqchi bólib qurbaqa ustida tajriba o’tkazadi-yu, ammo kerakli natija bermaydi. Oradan yillar o’tib boshqa bir hayvon ustidagi tajriba inglizlar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Bu qanday hayvonligini emas unga berilgan ismni toping?

Javob: Dolli
Dolli qo’yi. Gap klonlashtirish haqida ketayapti

1111. 2007 yil Kembridj Universiteti proffessori Stiven Xoking vaznsiz samalyotda bir necha vaqt uchib ko’radi. Uning yonida RAMZIY narsa ham uchib turardi.
Ramziy ma’nodagi bu narsa nima?

Javob: Olma
olam tortish qonuni yo’qotgan degan ma’noda Nyutonning olmasini o’zi bilan olgan

1112. XVII asrda Laven ismli fransuz bo’lgan. U ixtrochi bo’lmagan, ammo, birinchi bo’lib parashutga o’xshash narsa yaratgan. Qiziqarlisi shundaki, ixtirosini ommaga ko’rsatishni umuman istamagan. Mabodo bilib qolishsa o’ziga yomon bo’lishini ham bilgan edi.
Laven o’z parashutin qayerda «tajriba»dan o’tkazgan?

Javob. Qamoqxonadan
bu ixtrochi mahbus qamoqdan qochishga parashut yasab baland binodan sakrab qochgan

1113. Rossiya Bolalar kanalidagi bir hayvonot olami dasturi nomi – «Berkinish bo’yicha chempion» deb nomlashib unda bir hayvon haqida gap ketadi. Bu hayvon iqtidorlari biridan paydo bo’lgan optik qurilmani ham foydalangansiz.
Aytingchi bu qaysi hayvon?

Javob. Xameleon
ranglari o’zgarishi va ko’zining harakatlanishidan

1114. 1959 yilda sayyoramizning bir nuqtasi mustaqilliyi to’g’risida butunjahon shartnoma imzolandi. U yerdan faqat ilmiy sohani rivojlantirish bo’yicha ishlar olib borish mumkin edi holos.
Bu qayer?

Javob. Antarktida

1115. Balki bu hayvon tili uzunligi bo’yicha pastroq o’rinda turar ammo uning tili og’zidan emas tomog’idan tashqariga chiqazgani uchun uni eng uzun tilga egan hayvon desa bo’ladi.
Hayvon topgan bo’lsez uning ozuqasi nima?

Javob: chumoli
Gap chumolixor haqida edi

1116. Kaspiy dengiz qirg’oq bo’yida
Qizil Og’och ( rus Кызыл-Агач) degan tabiat asrash qo’riqxonasi bor ekan. Qizil og’och tarjimasi » pushti daraxt» deb tarjima qilinadi.
Afsonaga ko’ra bu nomni nimadan olganini ayting?

Javob. Flamingo

1117. Rodjer Jelyazniyning «Rumoko proyekti» hikoyasida BIR HODISA ga shunday ta’rif beriladi:
«… shu payt huddi suvdan shlyapa kiygan chol ko’tarildi». Yana boshqa bir «Qora kuch» nomli proyektda esa «doira halqa va tagi qalin ustun» deyilgan so’zlar ta’rifda berilgan.
mantiqan fikrlab odam qo’li bilan amalga oshirilgan suniy hodisa nimaligini toping?

Javob: Atom bomba portlatilishi

1118. 1972 yil 3 yanvar Pulsar kompaniyasi savdoga bir yangilikni taqdim qildi. Reklamada uni «vaqtli kompyuter» deb nomlashgan.
Hozirda biz uni qanday ataymiz?

Javob: elektron soat (электронные часы)
bu soatlar na kalkulyator, na qaydnomasi va hozirgi aqilli soatlarning hech bir funksiyasiga ega bo’lmagan. Pulsar soatning bir qobilyati soatni raqamli ko’rsatishi edi. O’sha paytlarda kompyuterlar katta va qo’pol bo’lgan. Kompyuter qo’lda taqib yurish o’sha paytda aqlga sig’mas edi. Soatlar narxi o’sha paytda $2100 da, bu pulga Ford Pinto mashina sotib olish mumkin edi. 1973 yilda » Yasha va o’lishga ruxsat ber» nomli Jeyms Bond filmida qahramon Pulsar soat taqib chiqqan edi.

1119. Misr xudolaridan biri Xeprini ba’zida bu jonzotning bosh qismi qo’yib tasvirlangan. Bunga sabab bu jonzotning bir harakati quyoshni osmonda harakatlanishiga o’xshatganligida edi.
Bu qanday jonzot?

Javob: go’ng qo’ng’iz

1120. Ko’pgina yevropa davlatlarida UNI Montenegro deb nomlashadi.
Montegro rus va o’zbekchasiga qanday nomlanadi?

Javob: Chernogoriya
monte – tog’, negro – qora

1121. Bilasizki sport o’yinlarida jarima qilish va o’yindan chetlatilish sabablari jamoa ruxiga o’z tasirini ko’rsatadi va bundan jamoa murabbiylari hecham foyda ko’rishmaydi aksincha ancha qiyin ahvolga tushlari ham hech gap emas.
Qaysi sport turida murabbiy o’yinchilarga vaqti kelganda ataylab jarima qilishni tayinlaydi?

Javob. Basketbol
ba’zi payt deyilganda jamoaning maglubiyatining songgi soniyalarida jarima qilib o’z jamoasiga ham vaqt ham to’pni o’z jamoasiga qaytarish imkoni bo’ladi.

1122. Bir maqolada UNI aniqlashda sizga UNING tashqi ko’rinishidagi ya’ni ko’z osti ko’karishidan, barmoqdagi ezilgan izlardan(mazol) va belidagi gematoma orqal aniqlasa bo’lar ekan.
UNI toping?

Javob. Snayper
ko’zining ko’karishi optik mo’ljalning ko’p foydlanilganidan, mazol bo’lishi esa ko’p mashqlar ortidan va beldagi gematoma esa bir mo’ljalni uzoq qimirlamasda kuzatishida ekan

1123. Tokiyst Ippadromida (ot choptirish o’yinlari bo’ladigan joy) jonli efirda yuqori sifatli HDTV televizorlari o’rnatilibti. Zamonaviy televizorning tiniq ko’rsatishi bilan hammaning ko’ngli to’ldi. Faqat ULARDAN tashqari.
Kimlarga bu yangilik xush kelmadi?

Javob: durbin sotuvchilariga

1124. Bu holat ilmiy tilda presbiopiya deb nomlanadi. Shifokorlar xazil tariqasida uni » kalta qo’llar kasali» deydilar. Bu kasalikmas shunchaki vaqtning odamga ta’siri holos.
Bu «kasallik» shifosi nima?

Javob: Ko’z oynak
yoshi o’tgan sari odam ko’rish qobilyati susayadi va kichik shriftda yozilgan so’zlarni ko’rish qiyinlashadi. Borgan sari o’ziga yaqin qilib o’qimoqchi bo’ladi-yu ammo «kalta qo’llar kasali» bo’lgani uchun uddasidan chiqolmay qolar ekan.

1125. Diqqat quyidagi ingliz maktablarida yod olinadigan gapni yozib oling:
NEVER A PLAN LIKE YOURS TO STUDY HISTORY SO WISELY
bu so’zlar angliyalik maktab o’quvchilariga nimani ketma ketlikda yod olishda yordam beradi?

Javob: Ingliz sulolalarini ketma ketlikda yod olish
I: NEVER -normandlar ,
A PLAN – plantagenetlar,
LIKE – lankasterlar,
YOURS- yorklar
TO – tyudorlar ,
STUDY- styuartlar,
HISTORY- gannoverlar, SO WISELY- vindzorlar)

1126. Peterburg shahridagi Vasilevsk orolida bir maktab bor. Maktab kiraverish peshtoqida shunday yozuv bor:
«Fransuz tilini CHUQUuuuuuR o’rgatuvchi 4- sonli maktab».
BU so’zlar yonida bir fransuzning nomi bor.
fransuz ismi sharifini ayting?

Javob: Jak Iv KUSTO
Chuqur degan so’z signal bo’lishi mumkin

1127. XII asrda yashab o’tgan Magnus Tretiy norveg podshoxi bo’lgan, uning birqancha laqabi bo’lgan ulardan bosqinchi- ko’p yurtlarni bosib olgani uchun olgan bo’lsa, «yalang oyoq » laqabini bir yurtni bosib olgandan so’ng olgan ekan.
«yalang oyoq» – oyoq kiyimga bog’liq bo’lmagan ma’nodan kelib chiqib aytingchi u qayerda bu laqabni olgan?

Javob. Shotlandiyada
kelt- shotland yubkasiga o’xshagan kiyim kiyib jangga otlangani uchun

1128. Agar mendan – «soniyali rasm nima? » – deb so’rashsalar men – «fotorasm» – deb javob bergan bo’lardim. Ammo Diego Velaskes davrida fotoaparat bo’lmagan.
Aytingchi Diego nimaga soniyali rasm deb tarif bergan?

Javob: ko’zgu/ (oyna ham qabul)
odam o’z aksini soniyalar ichida ko’radi

1129. 1860 yilda Bostonlik bir fuqaro va Edvard Ueston o’rtasida garov bo’libdi, unga ko’ra Edvard agar Avraam Linkoln AQSH prezidenti bo’ladigan bo’lsa U BIR ISHNI QILADIGAN bo’ldi. Edvardning baxtiga qarshi shunday ham bo’libti va U BU ISHNI 1861 yil 10 kun davomida amalga oshiribdi.
Aqshda Edvard Uestonni nimani birinchi boshlab bergan inson deb hisoblashadi?

Javob: Erkin sport yurish( sportivniy xodba
Vashington shtatiga prezident Linkolnning inauguratsiyasiga piyoda borgan.

1130. 1959 yilda AQSHda Ginnes Rekordlar kitobiga «Eng uzoq davom etgan aeroplandagi parvoz» – 64 kun natijasi bilan qayd etildi. Har sutkada aeroplan usti ochiq yuk mashinasining ustidan uchib o’tib , yoqilg’i, oziq ovqat va suv olishgan ekan, yana yuk moshinada a oq kraska ham bo’lgan.
oq kraska nima uchun ularga kerak bo’lgan?

Javob. Aeroplan g’ildiraklarni bo’yash uchun
tunu kun aeroplanni kuzatish imkoni bo’lmagan. G’ildirakka suritilgan oq bo’yoq g’irromlikni oldini olgan.

1131. Bir necha yil oldin golland arxitektori Robin Stam 7ta ko’prik chizmasini rangli holatda taklif qildi va uni Gollandiyaning bir shahrida amalga oshirdi. Golland aholisi
bu ko’priklarni qo’pol va xunuk deb hisoblashardi, ammo Stam g’oyasini U YERDAN olganini aytganda hamma iliq tarzda qabul qilishdi.
Stam o’z g’oyasini qayerdan olganini ikki so’z bilan ayting?

Javob. Yevro kupyuralarida
Yevro kupyuralarining orqa tarafida soxta ko’prik tasvirlangan. Ko’priklarning har bir nominali tarixiy mavsumlarga ya’ni 20 yevrosidagi ko’prik gotik usulda,
100 barokko va rokko usulida chizilgan ko’prik ko’rish mumkin.

1132. Bir kuni Aleksandr Gennis bilan bir voqea sodir bo’ldi. O’zining tushkun ahvolini ta’riflar ekan, bir qisqa satrlarni aytib o’tadi :
» vaqtinchalik faqatgina bolalar kitobini o’qishga kunim qoldi va bolalarcha fikrlashga o’rgandim»
Gennis bn qanday voqea sodir bo’lgan?

Javob. ko’z oynagini sindirib qo’ygan/ yo’qotib qo’ygan
ko’zi yaxshi ko’rmay qolgach, katta shriftda yozilgan yozuvli ya’ni » bolalar kitobini o’qishimga to’g’ri keldi» demoqchi.

1133. Petr I ning chiqazgan qarorlarida quyidagi misralar ham bor edi:
«Yangi harbiy kitelning (harbiylar ustki kiyimi) yenglarini tugmalar bilan chiqazilsin»
Diqqat savol: bundan maqsad nima edi?

Javob: yomon odatdan qutilish
Izoh: rus askarlari oddiy oiladan chiqqan uchun yenglarini huddi darsmolcha sifatida ishlatib doim kir qilib yurishgan. Shuning uchun yenglarga tugma qo’yilib, so’ngra yonida darsmolcha olib yurishga o’rgatilgan.

1134. Apple kompaniyasi injinerlari Stiv Jobsga birinchi iPod ko’rsatganlarida, Stiv uni akvariumga tashlaydi va suv yuzasiga pufaklar chiqayotganini kòradi.
Diqqat savol: Stiv injinerlariga nima qilishni buyurgan?

Javob : ixchamlashtirishni
Izoh: pufak chiqyaptimi demak bo’sh joy bor, demak yana ixcham qilsa bo’ladi

1135. Antarktidagi Don Juan ko’li bir xususiyati bilan ajralib turadi. Bu xususiyati uni xech qachon muzlatmas ekan.
Diqqat savol: nima uchun Don Juan ko’li -53°da ham xecham muzlamaydi?

Javob: o’ta sho’r ko’l bo’lgani uchun

1136. Buyuk Fransuz revolutsiyasi payti ayollar modasida yangilik kiritildi. Qirollik oilasiga mansub Sharlotte Karde gilotina jazosi e’lon qilindi. Karde tarafdor ayollari bunga qarshilik bildirishib kiyimga yangi aksessuar taqib yurish boshladilar.
Diqqat savol: qanday yangilik?

Javob: qizil choker (qizil bo’yinbog’)
Izoh: gilotina pichogi tushadigan joyni bo’yindagi qizil bo’yinbog’ bilan ko’rsatib yurishgan.
Izoh 2 rasmda

1137. Antarktikaning ba’zi hudularida vertolyotda uchib o’tish qatiyan taqiqlanadi. Bu qonun hayvonlarni ximoya qiluvchi guruh kiritgan.
Diqqat savol: nima uchun antarktika bazi hududlarida vertolyot bilan uchib o’tish taqiqlanadi?

Javob: pingvinlar vertolyot tomosha qilaman deb kichkina bo’yinlarini tepaga qaratib orqasi bilan yiqilib tushar xatto dominoga o’xshab ham bir birini qulatib yuborishi mumkin. Pingvinlar yiqilsalar tashqi yordamsiz qayta turishi olmaydi.

1138. Bu 1951 yilda olingan Merlin Monro rasmi. Shu rasmdan keyin bir maxsulot ishlab chiqaruvchilar statistika o’tkazadilar. Natijadan xulosa qilib mahsulot narxi oshirmasdan turib, maxsulot qadoqlariga o’zgartirish kiritish va qadoq sifatini yaxshilaganlar.
Diqqat savol: qanday mahsulot haqida gap ketayapti?

Javob: un
Izoh: un qoplarini kambag’al oilalar bolalari uchun kiyim sifatida tikib berishardi

1139. Qiziqarli faktlar telegram kanalida yozilishicha
Kuniga yer 100 tonnaga og’irlashar ekan.
Diqqat savol: yerning og’irlashiga sabab nima?

Javob: kosmik changlar hisobiga

1140. Ikki bir xil narsa ostida o’suvchi, o’zini nobud qiluvchi gul.
Diqqat Savol: yuqoridagilarni inobatga olgan holda siz menga XIX asrda yashagan rus yozuvchining bir asaridagi qahramoning familyasini ayting?

Javob: Karenina
Izoh: ikki bir xil narsa bu rels, nobud bo’luvchi gullar bu poezd ostida qolgan ayollar. Anna Karenina asarida ayol o’zini poezd ostiga tashlab nobud qiladi.

1141. Avliyo Valentin bayram kunida Bavariyadagi ba’zi «uylarni» gul va lentalar bilan bezash odati bor.
Diqqat savol: Bu qanday «uylar»?

Javob: Jinnixona

1142. Inglizlarning aytishicha:
«Uning 6 ta yuzi va 21 ta ko’zi bor.
Diqqat savol: U nima?

Javob: O’yin toshlari🎲

1143. Qadimgi Rimda vaqt xudosi Yonus bo’lgan.
Uning o’ng qo’lidagi uchta barmog’ida
» C C C» harfi bo’lgan.
Diqqat savol: Uning chap qo’lida qaysi uchta harf bo’lgan?

Javob: LXV
Izoh: Bu rim raqamlari edi. Bunda CCC=300, LXV=65. Ya’ni bu 1 yil hisobi edi.

1144. Diqqat Zakovat sandiqchasi.
Sandiqchadagi U hech qachon o’zidan uy boshlig’i bo’lishni talab qilmaydi. U sizning ish kareyerangizni unga xizmat qilish uchun tashlashingizni talab qilmaydi. U har dam yorqin bo’lib yuradi. U sizning qancha «kg» ligingiz, «makiyajsiz» bo’lishingizga e’tibor bermaydi. Unga dugonalaringiz har dam hayrat va ko’rolmasdan boqadi. Lekin u sizga e’tiborsiz bo’ladi. Chunki, u qattiq va hammaga ham nasib qilavermaydi. Agar u sizni joningizga tegsa, bemalol almashtira olasiz.
Diqqat savol: Sandiqchada nima bor?

Javob: Brilliant

1145. F. Kuper romanidagi Qadimgi hindular qabilalar orasidagi nizoni bartaraf etish yo’li tasvirlangan. Uning uchun ikki qabila boshliqlari bir tinchlik trubkasidan tamaki chekishi kerak edi.
Ammo Slavyan xalqlarida esa qabila boshliqlar sal boshqacharoq yarashishar ekan. Albatta bir taraf dasturxon yozib, unga ikkinchi tomonni chaqiradi.
Diqqat savol: Slavyan xalqi boshliqlari qanday qilib yarashishgan?

Javob: Bir tovoqdan ovqat yeyishi kerak.

1146. Bir rassom talabalariga dars o’tayapti: «Tasavvur qiling qorong’u tun, keng maydonda yuribsiz, birdan osmondan chaqmoq chaqib yashin urdi. Endi siz hamma ko’rganingizni yozib bering. Bu … bo’ladi».
Diqqat savol: rassom o’quvchilariga nimani chuntiryapti?

Javob: impressionizm

1147. Yapon teatri » Mo» da asosan erkaklar rol ijro etishgan. Hamma aktyorlar gunohkor rolini o’ynashgan, ya’ni oddiy odamlarni. Faqatgina imperator rolini o’ynashga begunoh hisoblangan bir odamni taklif qilishgan.
Diqqat savol: Kimni?

Javob: Bolani

1148. Bernar Verber hayoliy dunyosida BUni kabutarlar tashib yurishgan.
Diqqat savol: kabutarlar nima tashishganini abriviatura yordamida ayting?

Javob: Sms

1149. UNING omad yo’li bunday ketmaketlikda ifodalash mumkin:
A, A, D, A, C, A, D, D, A.
Diqqat savol: BU personajni topgan bo’lsangiz, film nomini uch so’z bilan ayting?

Javob: «Harobadan chiqan millioner»

1150. Bir injinerning ixtirosiga ko’ra, BU QURILMA sizning qarshingizda joylashgan bo’lib, unga qarab o’tirganingizda sizga trubka(trubkali tamaki) va cho’pli so’rg’ichlar tavsiya etilmaydi.
Diqqat savol: Bu qanday qurilma?

Javob: Airbag / himoya yostig’i/

1151. BU so’z qadimgi grek tilidan kelgan bo’lib tarjimasi «kleylangan birinchi varoq» bo’lib, kitobning kirish qismi hisoblangan. Bu so’zdan hozirgi kunda yuristlar hamda dasturchilari foydalanishadi. BU so’zning uchunchi bo’g’ini alohida aytsangiz, qadimgi vampirlarni o’ldirish quroli hosil bòladi.
Diqqat savol: Bu qaysi so’z ?

Javob: PROTOKOL
Izox: «kol» bu yog’ochdan qilingan qin, vampirni yuragiga sanchilish yordamida o’ldiriladi.

1152. Bir kuni Rossiyalik kinorejissor kino olmoqchi bo’libdi. Senariy jarayonida operator va postanovkachi rejissor BIRGALASHIB syujet tuzishni boshlashibdi. Shunda rejissor, agar shu tarzda ishlaydigan bo’lishsa, sovet mutfilmdagi chalkash bir kadrga olib kelishi va shuning uchun avtor bitta bo’lishi shartligini aytadi.
Savol: bu qaysi chalkash kadr yoki multfilm nomini ayting?

Javob: Prostokvashina/ xat yozish epizodidak
Izoh: xatni bola ota onasiga yozishni boshlaydi uni mushuk davom ettiradi, kuchuk yakunlaydi.

1153. Bir rus xonimcha bir mashhur klassik asarni o’qiyotib o’zini huddi Fransiyadagi Monreal Pravoslav cherkovida sayr qilayotganday his qilar ekan. Bu cherkovda rus imigrantlari fransuz tilida gaplashadilar.
Diqqat savol: Bu qaysi asar?

Javob: «Urush va tinchlik» romani
L. Tolstoy

1154. Amerika shimolida yashovchi Franklin shunday yozadi: «To’ldirib qavat qavat kiyinsangiz ham, tunda isina olmaysiz. Ammo OCH RANGDA bo’lsangiz, bu boshqa gap». Anarxasis hayron bo’lardi, bazm boshida Elin xalqi kichik bokallardan boshlashardiyu, OCH RANG bo’lganlarida katta bokalga o’tishardi.
Diqqar savol: «och rang» qanday so’zlar bilan almashtirilgan?

Javob: To’q qoringa

1155. 2007 yilda NTV +(plyus) telekompaniyasi bir oyga Sport va Kino kanallarini bepul ulanish taklif etadi. Uning reklamasi uchun bir futbolchining darvozaga qarab tepayotganini va darvozada esa CHAYON turganini ko’rsatadi.
Diqqat savol: chayon so’z ostida, qaysi ikki so’z yashirdik?

Javob: o’rgimchak odam

1156. Bir reklama slogonida quyidagi so’zlar yozilgan edi:
«Hech bir odam eskirgan oyoq kiyimlari bilan hali mashhurlikka erishmagan, lek faqatgina bir odamdan tashqari»
Diqqat savol: reklamada shu so’zlardan so’ng, qaysi mashhur odamning rasmi turibdi?

Javob: Charli Chaplin

1157. Savolni topishingizda tasavvuringizni ishlatishingiz kerak bo’ladi. Hozirgi o’rnatilayotgan oynali binolarning oynalari bir necha qavatdan iborat. Siz u biz oddiy qarashda ham oynlar nechi qavatligini bilishimiz mumkin, buning uchun bir maxsus shart emas. Qo’limizga tushgan xohlagan U yordamida bilib olar ekanmiz.
Diqqat savol: oynalar qatlamining soni bilishimiz uchun nima bizga yordam bera oladi?

Javob: yoritguvchi uskunalar(fonar,lazer,zajigalka)

1158. Chexiya davlatining tog’li hududlarining manzarasi juda ham chiroyli, ayniqsa qishning o’rtalariyu va bahorning boshlarida. Chexiyadagi maktablar qish ta’tiliga navbatma navbat chiqishadi.
Diqqat savol: nima uchun qish ta’tili barcha maktablari uchun har xil qilib belgilangan?

Javob: chang’i kurortlar ko’p odamlarni sig’dira olmaganlari uchun.
Izoh: Ta’til paytida ko’pgina oilalar bolalari bilan tog’li hududlarga dam olgani boradilar. Bu esa kurort hodimlariga sifatli xizmat ko’rsatishlariga mushkullik tug’duradi.

1159. Walt Disney o’z multfilm qahramonlaridan (Mikki Maus, Donald Dak va boshqalardan) UNI olib tashlagan. Hisob kitob qilishganda, U kompaniyaga ortiqcha moliyaviy tarafdan sarf xarajat va vaqt ketgan ekan.
Diqqat savol: Uni toping?

Javob: beshinchi barmoq

1160. Otalariyu onalari va ularning bollari kiyimlari tangadan?
Javob: Baliq

1161. Kambag’alniki suvda, boyniki devorda?
Javob: Ko’zgu oyna

1162. Qanoti bor uchmaydi, ko’zi bor yummaydi, oyog’i yo’q yetolmaysan?
Javob: Baliq

1163. Fransiya sartaroshlari mijozlari uchun bir qulaylikni kiritishdi. Bu qulaylik tufayli mijozlar soch olish paytida elektron qurilmalardan bemalol foydalanishi mumkin boladi.
Diqqat Savol: bu qanday qulaylik?

Javob: yopinchig’ida to’rtburchak shaffof qismi borligi.
Izoh: gadjetlarning ekrani ko’rinadigan bo’ladi.

1164. Bir paytlar germaniyalik qo’yboqar Verner Kiber, qo’ylarini bir maqsadda kelganlar uchun ijaraga berib turar ekan.
Diqqat savol: Janob Verberning qo’ylarini ijaraga so’rab kegan odamlar qanday maqsad ko’zlab kelishgan?

Javob: gazon kestirish uchun.
Izoh: u paytlarda stadiondagi o’tlarni olish uchun mahsus texnika bo’lmagan. Shunda qo’ylarni ijaraga olib turishgan.

1165. Agar Gruziya – Misr bilan
Armeniya- Marokko bilan
Azerbayjon -JAR bilan mos kelsa,
Diqqat savol:
Ukraina – …….
qaysi davlat bilan mos keladi?

PS: Savolda mantiq qayerdaligini topsangiz, internetdan foydalanishga hojat qolmaydi.
Javob: Avstraliya
Izoh: gap davlat domenlari haqida
.ge – .eg Gruziya – Misr
.am – .ma Armeniya -Marokko
.az – .za Azerbayjon -JAR
.ua – .au Ukraina – Avstraliya

1166. Tomas Jeffersonga Fransiyada mahalliy ustalar tomonidan bir sovg’a topshirildi. Sovg’aning mahsuloti afrikadan keltirilgan. Eksponat hozirgacha saqlanib qolingan lekin butunlayin emas, undan ataylab ikki element olib qo’yishgan, sababi sovg’a egasini noqulay ahvolga solmaslik un.
Savol: Qani aytingchi bu olinib qo’yilgan ikki deyarli bir xil element nima?

Javob: shaxmatdagi qora va oq qirol donachalari.

1167. «Komsomolskaya pravda » gazetasining reklama bo’lagi, tanishuvlar bo’limida erkaklar nafaqat o’zining IKKINCHI juftini topa oladilar hatto…
Diqqat savol: sizga maqolani davom ettiring demaynan shunchaki bu kimlarga mo’ljallangan?

Javob: arab musulmonlarga
Izoh: ko’p xotinlik ma’nosida,
uchinchi va to’rtinchi juft

1168. Djon Karpenter otasiga qo’ng’iroq qilganda uzoq suhbatlashish imkoni bo’lmagan, Djon unga yordam kerakmasligini, Richard Nikson bir amerika serialdagi kichkina rol o’ynaganini eslaganini va bir kotta sonni aytishga ulguradi.
Diqqat savol: Siz bu raqamni ayting?

Javob: Million
Izoh: «Kim milloner bo’lmoqchi?» TV ko’rsatuvidan?

1169. Kimdir sizni ozodligingizni cheklasa ham, u bilan bir necha soat yolg’izlikda qolish sizni uning muammolarini tushunishga olib keladi. Huddi shu vaziyatga 1962 yildagi multfilm qahramoni tushgan.
Diqqat savol: Bu personajning ismini yoki bu qanday sindromligini toping!

Javob: Bolakay/ Stokgolm sindromi.
Izoh: gap Karlson ortog’i bolakay haqida edi. Bolakayni ota onasi enaga bilan qolishga majbur qiladi. Avvaliga enagani yomon ko’radi. So’ngra bir xonada qamalib qolganda uni yaxshiroq tushuna boshlaydi.

1170. Tarqatma material:
Unne(…)
Ingliz maqolasiga ko’ra medetsinada yangi neologizm paydo bo’ldi, birinchi bo’lagi «unne» va ikkinchi qismi operatsiyadagi bir muolaja.
Diqqat savol: Siz bu so’zni to’liq holda yo inglizchasini yokim o’zbekcha tarjimasini ayting?

Javob: Unnecessery/ Muhtojsiz
Izoh: so’zning ikkinchi qismi
» cessary» ya’ni » кесеровая сеченя» – yangi davolash muolajasi
bemorni kesmasdan operatsiya qilish.

1171. Dmitriy Poslovskiyni bir asarida sudya jinoyatchini nafaqat o’lim jazosi bilan va yana uning ismini o’zga nom bilan ishni yopadi. Bu almashtirilgan nom tarixda qolgan jinoyatchining ismi.
Diqqat savol: Tarixda qolgan jinoyatchining ismi. ?

Javob: Gerostrat
Izoh: Artemida ibodatxonasini yoqib tarixda nom qoldirgan odam.

1172. Oldingi savol bilan hozirgi savol o’rtasida – IKS. Ayzek Azimov asarida turli avlodlar o’rtasida tushunmovchilik haqida gap ketganda, – «Bu – IKSda «deb izoxlanadi. IKSni biz ba’zida telefonimizda ham ko’rishimiz mumkin.
Diqqat savol: IKS o’rnida qanday ikki so’z yashiringan?

Javob: aloqa yo’q

1173. Terri Pratchet so’zlariga ko’ra, bu jonzotning bir xususiyati bargnikidan ustun bo’lsa va o’zib(o’tib) keta olsa bas, unga bu yetarli deb aytadi.
Diqqat savol: Bu qanday jonzot yoki qanday xususiyat haqida gap ketmoqda?

Javob: toshbaqa / tezlik

1174. Diqqat e’tibor bering!
«Ayol yumshoq, erkak qattiq»
Bu bir qisqa ikki so’zli iborani o’rganish uchun eslatma sifatida olingan gap.
Diqqat savol: Siz menga bu ikki qisqa so’zni qo’shib ayting!

Javob: In-yan☯️

1175. Diqqat zakovat sandiqchasi
Asotirlarga ko’ra bir kuni shayton Axenu shaxriga yo’lga tushibdi, yo’lda o’sha shahardan kelayotgan bir ayolni uchratibdi. Yo’l masofasini ayoldan so’raganida, ayol yo’l juda uzoqligini va isbot tariqasida unga sumkasidan UNI bir holatga kelganini ko’rsatibdi. Tush tabirlariga ishonadigan bo’lsak tushda UNI shunday holatda ko’rish muhtojlik va kambag’alchilikka olib kelarkan.
Diqqat savol: sandiqchada nima «unutib qoldirdik»?

Javob: Non
Izoh: mag’or bosgan non/ eskirgan non

1176. «Barilotto» italyanchadan ruschaga tarjimasida » bochonok» deb tarjima qilinadi. Tajribali kolleksionerlar uni sotib olish paytida noxush surprizlardan holi bo’lish uchun barilottoni o’lcham chamalab, yaxshilab haraktga keltirishadi so’ng bir qarorga kelishadi.
Diqqat savol: Bu kolleksionerlar nimani sotib olishyaptilar?

Javob: Kinder surpriz

1177. Muallif bu savolni oson topiladigan zo’r savol deb o’ylaydi.
» Bir qavatli Amerika» nomli romanda bir kompaniya haqida so’z boradi. Shu kompaniyaning ishchilari oyligi arzimagan bo’ladi. Hodimlar esa IKSni transport harajatlari uchun «ishlatishar ekan» deb xazillashadi.
Diqqat savol: AQSHda erkin sayyoh bo’lib ko’rib, javobni ko’rsatib bering?

Javob: 👍(bosh barmoq yuqoriga)
Izoh: bilimdonlarimizga bosh barmoq yuqoriga ko’tarish oson savol ma’nosida kelsa, AQSHda taxi yoki yo’l yo’lakay mashina to’xtatish belgisi va u Avtostop deb aytiladi.

1178. Zak Galifianakis takidlashicha
«Semirish xavfli, bundan ham battari agarda sizda BU bo’lsa»
Diqqat savol: Bu deganda u nimani aytmoqchi?

Javob: Klaustrafobiya

1179. Yaqin o’tgan yillarda London gazetalarida quyidagi maqolalar ko’paydi:
«Yaqin kunlarda Ularni YASHIL holatga o’tkazishar ekan, albatta ananaviy qizil rangi o’zgarmagan holda.
Unga sarf xarajat oshsa ham, atrofga zarar kamayadi…»
degan gaplar tarqalgan edi
Diqqat savol: Ular nimaligini topgan bo’lsangiz «yashil» deganda nima nazarda tutilyapti?

Javob: Elektroavtobus
Izoh: Ananaviy qizil rangdagi ikki qavatli Avtobusni hayolingizga keltirgan bo’lsangiz kerak. Kòpincha texnika va mashinasozlik olamida yashil rang deyilganda «ECO» atrof muhidga zararsiz, yoqilg’i o’rniga elektr tokida yuradigan transport vositalar tushuniladi.

1180. O’zi chavondozdek oldida turar, oyoqlari quloq ortiga yotar?
Javob: Ko’zoynak

1181. Uy yangi – egasi yo’q, egasi paydo bo’lsa – uy buziladi?
Javob: tuxum

1182. Visaya xalq topishmog’i:
Bugun bayram emas, lekin u barabani bilan yuribdi.
Kim u?

Javob: Homilador ayol

1183. Yugurush bo’yicha bir sportsmen pistoletning «BAX» tovushini eshitganda emas, UNI eshitganda start olishini aytdi. Rus pedagoglar esa UNi o’rgatish uchun «baraban» va «alladan» misol tariqasida foydalanishadi.
Diqqat savol: UNI o’rnida nima yashiringan?

Javob: » B » harfi

1184. Aka uka Strugatskiylarning «Irkit oq qushlar» asarning asosiy sahnalari restoranda bo’lib o’tadi. Sababi shaharda tinimsiz yomg’ir yog’ayotgan edi. Savol muallifi bu hodisani boshqa bir mashxur asarda ko’rgan. Asarda bunday hodisa IKSning 3 chisida bo’lib o’tgandi.
Diqqat savol: IKSni qaysi so’zlarga almashtirganini ayting?

Javob: do’zaxning 3 aylanasi (qatlami, qavati)
Mashxur asar: Dante Aligerining » Ilohiy Komediya»

1185. Maksim Semelyak «chandiqlarga burkanib o’lik tug’ilgan Nefertiti»
deb kimni aytgan ?

Javob: Frankenshteinning xotini

1186. Bir mashhur odam gaplashgisi kelmagan suxbatdoshini qisman OYGa o’xshatadi.
Diqqat savol: oyga o’xshatilgan suxbatdosh kim?

Javob: Makedoniyalik Aleksandr
Izoh: Diogen suxbatdoshi Aleksandrni qochib turishini so’raydi, chunki u quyoshni berkitib qo’yayotgan edi huddi oy kabi.

1187. Sibarislik bir bog’bon qiz bir dona pushtirang gulining bargi bukilib qolganidan qattiq hayajonga tushadi. Savol muallifi bog’bonni huddi 1835 yil nashrga chiqqan asarning qahramon qizga prototip sifatida ko’radi.
Diqqat savol: bu yerda pushtirang gul bargi bo’lsa, asardagi qahramonni nima bezovta qilgan edi?

Javob: No’hat
Izoh: No’hat ustidagi malika

1188. Ba’zi manbaalarga ko’ra, UNING otasi, Simon Rene o’g’lini o’qish – yozishga bolg’a, mixlar va taxta yordamida o’rgatgan ekan.
Diqqat savol: Uning familyasini toping?

Javob: Lui Brayl

1189. Dunyoda eng katta bog’ «Edem bog’i». Rossiyaning bir serial qahramoni shahar olimpiada qatnashchilarning bir partada o’tkazilganini ko’rib o’zini UYERDA turgandek his qiladi.
Diqqat savol: ruscha bilimingizni ishlatgan holda U YERDA so’zni ikki so’z bilan ayting?

Javob: Botanika bog’ida
Izoh: «BOTAN»- o’qishga qattiq berilgan bolalar ruslar shunday aytishadi!

1190. 1950 yillardagi Triest nomli Batiskaf (ilmiy ishlar uchun kerak bo’ladigan suv osti kemasi) proektiga qanday tarzda Aqsh xarbiy bo’limi mablag’ ajratgani haqida yozilgan ma’lumotnomalardan:
-Biror bir proektga Aqsh hukumatidan kredit olishning eng yaxshi yo’li: «Ularda bu proektni allaqachon amalga oshirishyapti deb baqirsangiz bas»
Diqqat savol: Ular kimlar?

Javob : Ruslar

1191. 1841 yilgi Argentina va Urugvay flot janglar paytida Urugvay admiralida o’tishga zambarak to’plari qolmaydi, taslim bo’lishga ham tayyor turishgan paytida, kema kapitani kema yerto’lasida bir necha ULAR borligi yodiga tushadi va ULAR bilan zambarakni o’qlab jang g’olib chiqishadi. Ruminyada esa Ularning 4 bankasini garov ostida kredit ham berilgan ekan. Kredit olganlar UNING «yetilib bo’lishigacha» kreditlarini ham to’lab bo’lishar ekan.
Diqqat savol: Uni nimaligini ayting?

Javob: pishloq

1192. Mongol folkloriga ko’ra mo’g’ullardagi u tufayli iblis ularning tanasiga kira olmaydi
Diqqat savol: Ularni ikki so’z bilan ayting?

Javob: Piska ko’z

1193. Ko’pgina davlatlarda uni olma deb atashardi.
Fransiyada – sevgi olmasi,
Germaniyada jannat olmasi,
Italiyada oltin olma,
Qadimgi Atsteklarda esa katta
«Meva» deb chaqirganlar.
Diqqat savol bu qanday «meva»?

Javob: pomidor
Fransuzchasiga – «pomme d’amour»,
Nemischasiga – «paradeiser»,
Italyanchasiga – «pomo d’oro»
Atstek – «tomatl».

1194. Devid Vetter ismli odam yoshligidan immun tanqisligiga uchragan odam edi. Chaqaloqligidan stirillangan hududda yashashga majbur bo’lgan.
1977 yil bir tashkilot uning tug’ilgan kuniga tashqi dunyoga chiqishga imkoniyat bergan.
Diqqat savol: bu qaysi tashkilot?

Javob: NASA
Izoh: Nasa tashkiloti bolaga mahsus skafandr yasab berishgan. Bu skafandrni bor yo’g’i 7 marta kiygan va keyinchalik sig’may qolgan.

1195. 1917 yilgi sovet plakatida chor rossiya tuzumini buzmoqchi bo’lgan odamlar ketma ketlikda ko’rsatilgan.
Birinchi, talaba harakat qilib ko’ryapti.
Keyin, dehqon(krestyanin) harakat qilib ko’ryapti,
Ortida ishchi hamda harbiy urinib ko’ryaptilar.
Faqatgina hammasi birgalashibgina ular maqsadlariga yetishdi.
Diqqat savol: chor rossiyasi nimani ko’rinishda tasvirlangan edi?

Javob: Sholg’om
Izoh: esingizda bo’lsa rus ertaklaridan birida katta sholg’omni bir oilaviy hatto hayvonlar bilan birgalikda tortib olishadi.

1196. O’tgan asr 70 yillarida bir mashxur odam «mevashunoslik» bilan qiziqib ketdi. Shundan keyin, u va uning do’sti bir logotipda mashxur olimning rasmini shunday yaratishdi.
Diqqat savol: bu olim kim edi?

Javob: Nyuton
Izoh: olmali dieta bilan shug’ullanayotgan Stiv Jobs kompaniyasi nomini apple deb nomladi. Ron Veyn esa olma tagida ijod qilgan Nyutonni ko’rsatdi.

1197. Djon Lokk uni » fikrlash anatomiyasi» deydi.
Xelman Nor esa uni » fantaziyaning tinchlantiruvchi kiyimi» degan.
Stanislav Yeji Lets esa «Agar u noto’g’ri bo’lib qolsa, u poeziyaga(she’riyatga) aylanadi.
Diqqat savol: nimaga shunday ta’rif berilyapti?

Javob: mantiq

1198. Tarqatma material:
Call me anytime
Just ring 36-24-36, hey!
Qarshingizda AC/DC guruhining qo’shig’idan parcha. Vaytlar oilasi bu guruhni shu qo’shiq chiqqandan biroz o’tib sudga beradi. Chunki guruh muxlislari Vayt oilasini tinmay bezovta qilishar ekan.
Diqqat savol: Vaytlarning 7 ta raqamlik telefon raqamini yozib bering?

Javob: 36-24-368
Izoh: yuqoridagi sonlardan so’ng «hey» so’zi inglizchasiga «eight» deb eshitilar ekan

1199. Hazil.
Bir odam ikkinchi odamga qarab:
-Bir kuni tog’da burgut qo’y to’dasidan bir qora junli qo’yni olib ketdi. Va bir zumdan so’ng oq junli qo’yni qo’yib ketdi. Bu nimani anglatishi mumkin?
-Shunchaki qo’yboqar va burgut…
Diqqat savol: ikkinchi jumlani ikki so’z bilan yakunlang?

Javob: shaxmat o’ynashyapti

1200. Aqshda negativ so’zlar o’rnini bosuvchi lug’at tuzilibdi.
Aytingchi qaysi so’z o’rniga
«Xaridning noodatiy usuli» deb nom berishgan.
Diqqat savol: Xaridning noodatiy usuli nima?

Javob: o’g’rilik