13 dekabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇷🇺 Rossiya – Ayiqlar kuni.
🇵🇱 Polsha – Harbiy holat qurbonlari xotirasi kuni.
🇨🇳 Xitoy – Nankin qirg‘ini qurbonlarini xotirlash kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Nusantara kuni.
🇺🇸 AQSh – Skripka kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy ot kuni.
🇺🇸 AQSh – AQSh Milliy gvardiyasining tug’ilgan kuni.
🇧🇷 Braziliya – Dengizchilar kuni.
🇱🇨 Sent-Lyusiya – Sent-Lyusiya milliy kuni.
🇲🇹 Malta – Respublika kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1476 – Uilyam Kekston birinchi bo’lib tipografda kitob chop etdi.
  • 1545 – Reformatsiyaga qarshilar Trent ibodatxonasida namoyishlar oʻtkazishdi.
  • 1577 – Frensis Dreyk o’zining birinchi katta ekspeditsiyasiga jo’nadi.
  • 1642 – Gollandiyalik dengizchi Abel Tasman yevropaliklar orasida birinchi bo’lib Yangi Zelandiyani kashf etdi.
  • 1742 – Yelizaveta Petrovnaning buyrug’i bilan yahudiylarni zudlik bilan chet elga chiqarib yuborish va bundan buyon ularni Rossiyaga qo’ymaslik buyurilgan.
  • 1864 – Paragvay Braziliya imperiyasiga urush e’lon qildi. Paragvay urushining boshlanishi.
  • 1888 – Toshkentda mix-tosh bosmaxonasi ishga tushirildi.
  • 1903 – Muzqaymoqning konussimon idishi patentlandi. 
  • 1917 – Toshkentning eski shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o‘tkazdilar.
  • 1918 – “Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasi Ishchi-dehqon sovet militsiyasi to‘g‘risidagi Nizomi” ishlab chiqildi hamda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.
  • 1920 – Gaaga shahrida Xalqaro sud tashkil etildi. 
  • 1937 – Nankin qirgʻini boshlandi.
  • 1938 – Germaniyaning shimoli-g’arbiy qismidagi eng yirik konslager – Neuengammening ochilishi.
  • 1943 – Kalavritada qirg’in sodir bo’ldi, bir yarim minggacha odam halok bo’ldi.
  • 1967 – AQShda Pioneer-8 kosmik kemasining parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
  • 1971 – Moskvada «Omadli jentelmenlar» komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
  • 1981 – Polshada harbiy holat joriy qilindi.
  • 1989 – SSSRda Liberal – demokratik partiya tashkil topdi.
  • 1996 – Kofi Annan BMT Bosh kotibi etib saylandi.
  • 2003 – Tikrit (Iroq) shahri yaqinida Saddam Husayn asir olindi.
  • 2006 – Xitoyda daryo delfinlari yoʻq boʻlib ketganligi aytildi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1553 – Buyuk Genrix IV (1610) – Fransiya qiroli (1589-1610), Burbonlar sulolasining asoschisi.
  • 1720 – Karlo Gotsi (1806) – italyan dramaturgi va yozuvchisi.
  • 1749 – Norbo‘tabiy (1798) – Qo‘qon xoni (1763-1798).
  • 1797 – Genrix Geyne (1856) – nemis shoiri, publitsist, tanqidchi.
  • 1816 – Verner fon Simens (1892) – nemis muhandisi, olim, ixtirochi, “Siemens” asoschisi.
  • 1873 – Valeriy Bryusov (1924) – rus shoiri, nasr yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos.
  • 1878 – Adriana Budevskaya (1955) – bolgar aktrisasi, Bolgariya xalq artisti.
  • 1890 – Bertels Yevgeniy (1957) – sharqshunos olim, O’zbekiston FA a’zosi (1956).
  • 1895 – Toʻxtasin Jalilov (1966) – apdoqli sozanda (gʻijjakchi) va bastakor, oʻzbek musiqali drama janri asoschilaridan, Oʻzbekiston xalq artisti (1937).
  • 1899 – Mariya Kuznetsova (1956) – Oʻzbek professioval teatrining birinchi aktrisalaridan, Oʻzbekiston xalq artisti (1939).
  • 1908 – Rostislav Plyatt (1989) – sovet kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
  • 1923 – Filipp Uorren Anderson (2020) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1977).
  • 1930 – Nikolay Ribnikov (1990) – Sovet teatr va kino aktyori, RSFSR xalq artisti.
  • 1947 – Rustambek Abdullayev – musiqashunos, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002).
  • 1961 – Ural Rahimov – Rossiyalik yirik tadbirkor, sobiq deputat, „Bashneft“ kompaniyasining sobiq rahbari, milliarder.
  • 1961 – Mirzabek Xolmedov – taniqli oʻzbek estradasi hajviy aktyori, qiziqchi, soʻz ustasi va qoʻshiqchi.
  • 1984 – Santyago Kasorla Gonsales – ispan futbolchisi, Yevropa chempioni (2008, 2012).
  • 1989 – Teylor Elison Svift – amerikalik pop-qoʻshiqchi, shoira, musiqachi va aktrisa.