? BAYRAMLAR:
?? Butunjahon Chagas kasalligi kuni.
? Butunjahon kvant kuni.
? Xalqaro darvozabonlar kuni.
? Xalqaro qo‘qqisdan kulgu lahzalari kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Angola – Yoshlar kuni.
?? Peru – Bolalar kuni.
?? Iroq ‐ Anfal genotsidini xotirlash kuni.
?? Gvineya, ?? Mali – N’Ko alifbosi kuni.
?? Gruziya – Ona tili kuni.
?? AQSh, ?? Urugvay, ?? Nikaragua, ??Gonduras, ?? Kosta-Rika – Pan Amerika kuni.
?? AQSh – Milliy delfinlar kuni.
?? Rossiya, ?? Belarus – Havo mudofaasi kuchlari kuni.
? VOQEALAR:
- 43 (mil. av.) – Gay Vibiy Pansa Setronian boshchiligidagi Sezar tarafdorlari qo‘shini Mark Antoniy qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi.
- 972 – Rimda Germaniya qiroli va Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Otton II Vizantiya malikasi Feofano bilan nikohdan o‘tdi.
- 1205 – Adrianopoldagi jangda shoh Kaloyan boshchiligidagi bolgar qo‘shini Balduin I yetakchiligidagi salibchilar ustidan zafar quchishdi.
- 1471 – Angliyada “Qizil va oq atirgullar” urushi paytida qirol Edvard IV qo’mondonligi ostidagi Yorklar va Uorvik grafi Richard qo’mondonligi ostida Lankasterlar xonadoni o‘rtasida Barnet jangi.
- 1543 – Bartolomeo Ferrelo ekspeditsiyasi San-Fransisko ko‘rfazini kashf etdi.
- 1611 – Federiko Sezi birinchi bo‘lib «teleskop» so‘zini ishlatdi.
- 1621 – Nemis knyazlarining «Protestant ligasi» ittifoqi o’z-o’zini tarqatib yuborishini e’lon qildi.
- 1687 – Angliya qiroli Yakov II katoliklar va protestantlarning huquqlarini tenglashtirdi.
- 1847 – Mumbaydan Singapurga mahbuslarni olib ketayotgan «Kleopatra» britan kemasi tropik to‘fon tufayli cho‘kib ketdi; 250 dan ziyod kishi halok bo‘ldi.
- 1849 – venger isyonchilari Vengriyaning Avstriyadan mustaqilligini e’lon qilishdi.
- 1864 – ispan floti Peru sohili yaqinidagi Chincha orollarini egallab oldi. Ispaniya-Janubiy Amerika urushi boshlandi.
- 1865 – AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga suiqasd uyushtirildi; og‘ir yaralangan Linkoln ertasiga vafot etdi.
- 1871 – Germaniyada parlament – reyxstag tashkil etildi.
- 1879 -Rossiya imperatori Aleksandr II ga suiqasd uyushtirildi. Aleksandr II omon qoldi.
- 1894 – Edison kinoproyektorining birinchi namoyishi.
- 1900 – Parijda Yevropadagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma ochildi.
- 1909 – ingliz-fors neft kompaniyasi («British Petroleum»)ga asos solindi.
- 1912 – «Titanik» kemasi Atlantika okeanida aysberg bilan to‘qnashib ketdi.
- 1927 – Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida birinchi «Volvo» konveyerdan chiqdi.
- 1929 – Monte-Karloda avtopoyga bo‘yicha Monako birinchi gran-prisi o‘tkazildi.
- 1931 – Ispaniyada 2-Respublika tashkil topdi.
- 1945 – besh yuzdan ziyod britan samolyoti bomba yog‘dirishi tufayli Potsdam (Germaniya) shahrining tarixiy markazidan asar ham qolmadi.
- 1956 – Birinchi videomagnitofon namoyish qilindi.
- 1967 – Gaiti poytaxt Port-o-Prensda bir nechta joyda bomba portlatildi.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1978 – Tbilisida xalq gruzin tilini rasmiy til qilish talabi bilan namoyishga chiqdi.
- 1980 – birinchi tijoriy videokasseta (Harri Nyumenning konserti) Angliyada sotuvga chiqdi.
- 1983 – birinchi radiotelefon Buyuk Britaniyada sotila boshlandi.
- 1988 – Afg‘onistondagi qurolli mojarolarni bartaraf etish bo‘yicha Jeneva shartnomasi imzolandi.
- 1991 – Van Gog muzeyidan 500 mln. dollarlik 20 ta surat o‘g‘irlab ketildi.
- 1996 – O‘zbekiston Respublikasining “Amir Temur ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
- 2007 – Turkiyada norozilik namoyishlari.
- 2010 – Islandiyada Eyyafyadlayokudl vulqoni otildi.
- 2010 – Xitoyning Yushu shahrida zilzila bo‘ldi; 300 dan ziyod inson nobud bo‘ldi.
? TAVALLUDLAR:
- 216 – Moniy (asl ismi Surayk; 273 yoki 276) – oʻzini paygʻambar deb eʼlon qilgan bobillik voiz, fors dualistik dini – moniylik asoschisi.
- 1126 – Ibn Rushd (Averroes) (1198) – andalusiyalik arab faylasufi.
- 1527- Abraham Orteliy (1598) – flamand kartografi, birinchi zamonaviy atlas muallifi.
- 1578 – Filipp III (1621) – Ispaniya qiroli.
- 1629 – Xristion Gyugens (1695) – golland matematigi, fizik, astronom.
- 1744 – Denis Fonvizin (1792) – yozuvchi, dramaturg, rus maishiy komediyalar yaratuvchisi.
- 1862 – Pyotr Stolipin (1911) – Rossiya davlat arbobi, Stolipin islohoti tashabbuskori.
- 1886 – Jakson Sidney (1966) – bokschi, xizmat ko’rsatgan sport ustozi (1938).
- 1886 – Abdulla To’qay (1913) – tatar shoiri, publisist.
- 1889 – Arnold Jozef Toynbi (1975) – ingliz tarixchisi va sotsiologi, tarixchi faylasuf va madaniyatshunos.
- 1906 – Faysal ibn Abdulaziz as-Saud (1975) – Saudiya Arabistoni Qiroli (1964-1975).
- 1907 – Fransua Dyuvalye (1971) – Gaitining doimiy prezidenti (diktator) (1957-yildan vafotigacha).
- 1908 – Mariya Shamanova (1994) – yengil atletika boʻyicha sovet sportchisi, 14 karra SSSR chempioni.
- 1916 – Sulaymon Yudakov (1990) – bastakor, Oʻzbekiston xalq artisti (1976).
- 1916 – Muhammedov Amin (2000) – gidrotexnik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi.
- 1940 – Julie Christie – ingliz kinoaktrisasi.
- 1965 – Yukixiro Matsumoto – yapon dasturchisi, «Ruby» dasturlash tili asoschisi.
- 1973 – Edriyen Broudi – amerikalik aktyor va prodyuser, «Oskar» va «Sezar» mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1976 – Jorjeta Damyan – ruminiyalik sportchi, eshkak eshish bo’yicha 5 karra jahon va Olimpiya chempioni.
- 1984 – Sharl Amlen – kanadalik short-trekchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.
- 1987 – Uche Iheruome – nigeriyalik futbolchi, 2008-yilgacha u Paxtakor FKda hujumchi sifatida oʻynagan.
- 1991 – Melissa Asli Pamuk -Turkiyalik aktrisa va model, 2011-yilda Miss Turkey unvonini olgan.