? BAYRAMLAR:
? Butunjahon antropologiya kuni.
? Butunjahon Begemot kuni.
? Xalqaro muxlislar kuni.
? Global axborotni boshqarish kuni.
? ENIAC kuni (birinchi kompyuter kuni)
? Xalqaro bolalar saratoni kuni.
? Xalqaro Angelman kuni.
? Galileo Galiley kuni.
?? Yevropa Ittifoqida operatsiya hamshirasi kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh – Syuzen Entoni kuni.
?? Singapur – Ommaviy mudofaa kuni.
?? Kanada – Bayroq kuni.
?? Ukraina, ?? Rossiya, ?? Belarus – Baynalmilalchilarni xotirlash kuni.
?? Vanuatu – Jon Frum kuni.
?? Serbiya – Milliy kun.
?? Afg‘oniston – Ozodlik kuni.
? VOQEALAR:
- 438 – Rim imperiyasida birinchi rasmiy qonunlar to‘plami – Feodosiy kodeksi qabul qilindi.
- 590 – Xusrav II Fors davlati taxtiga o’tirdi.
- 1045 – Rossiyada Sofiya ibodatxonasi qurilishi boshlandi.
- 1565 – Rossiyada oprichnina joriy qilinishi e’lon qilindi.
- 1786 – Uilyam Gershel “Mushuk ko‘zi” sayyoralar tumanligini kashf qildi.
- 1798 – Napoleonning generali Lui-Aleksandr Bertyer Rim shahriga bostirib kirishi natijasida Rim respublikasi e’lon qilindi.
- 1804 – Serbiya inqilobi boshlanadi.
- 1820 – Elektrning magnit ta’siri borligi kashf etildi.
- 1835 – Zamonaviy Serbiyada birinchi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
- 1895 – Moskvada “Gnesinlar musiqa bilim yurti” nomli Rossiyadagi birinchi bolalar musiqa maktabi ochildi.
- 1919 – Petrogradda Katta Drama teatri ochildi.
- 1922 – Gaagada Xalqaro sudning birinchi majlisi ochildi.
- 1923 – Gretsiya Grigorian taqvimini qabul qilgan so’nggi Yevropa davlati bo’ldi.
- 1933 – Mayamida Franklin Ruzveltga muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi.
-1942 – Yaponiya Singapurni bosib oldi. - 1965 – Kanada bayrog‘i tasdiqlandi.
- 1969 – Kembridjda odamning notabiiy koʻpayish amaliyoti oʻtkazildi.
- 1973 – Quyosh portlashlarini tadqiq qilish uchun “Prognoz-3” yo‘ldoshi uchirildi.
- 1976 – Kubaning 1976-yilgi Konstitutsiyasi umumxalq referendumi bilan qabul qilindi.
- 1989 – SSSR armiyasini Afgʻonistondan olib chiqish nihoyasiga yetdi.
- 1994 – Rossiyada prezident hokimiyatining timsoli – RF prezidenti Shtandarti rasman joriy qilindi.
- 2013 – Chelyabinskda (Rossiya) yerga meteorit tushdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1368 – Sigismund I (1437) – Vengriya va Xorvatiya qiroli (1387-yildan), Germaniya qiroli (1410-yildan), Chexiya qiroli (1419-yildan), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1433-yildan)..
- 1472 – Pero II di Lorenso de Medichi (1503) – 1492-1494 – yillarda Florensiyaning amaldagi hukmdori.
- 1564 – Galiley Galileo (1642) – italyan fizigi, astronomi va mexanigi, eksperimental fizika asoschisi.
- 1710 – Lyudovik XV (1774) – Fransiya qiroli (1715-yildan), Burbonlar sulolasi vakili.
- 1797 – Genrix Shtaynveg (1871) – fortepiano yasovchi avstriyalik va amerikalik usta, Steinway&Sons firmasi asoschisi.
- 1820 – Syuzen Entoni (1906) – amerikalik ayollar huquqlari uchun kurashchi.
- 1845 – Eliu Rut (1937) – amerikalik huquqshunos, Nobel mukofoti sohibi (1912).
- 1861 – Sharl Eduar Giyom (1938) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1920).
- 1862 – Savva Morozov (1905) – rossiyalik sanoatchi, homiy.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1902 – G‘ayratiy (Abdurahim Abdullayev) (1976) – o‘zbek yozuvchisi, O’zbеkiston xalq shoiri (1972).
- 1906 – Musa Jalil (1944) – tatar sovet shoiri, Sovet Ittifoqi qahramoni.
- 1926 – Zunnunova Saida (1977) – shoira, yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi.
- 1926 – Franko Fabritsi (1995) – italiyalik teatr va kino aktyori.
- 1934 – Niklaus Virt – shveysariyalik olim, bir qancha dasturlash tillarini ishlab chiqqan.
- 1934 – Toʻra Sulaymon – Oʻzbekiston xalq shoiri.
- 1954 – Jaloliddin Mirtojiyev – haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (2003).
- 1965 – Luqmon Bo‘rixon – o‘zbek yozuvchisi.
- 1972 – Yaromir Yagr – chex xokkeychisi, olimpiya chempioni (1998).
- 1988 – Ruy Patrisiu – portugaliyalik futbol davozaboni, Yevropa chempioni (2016).