17 aprel kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Butunjahon gemofiliya kuni.
🌎 Xalqaro hayku sheʼriyati kuni.
🌎 Xalqaro ko’rshapalaklarni qadrlash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇸🇾 Suriya – Mustaqillik kuni.
🇨🇦 Kanada – Milliy Kanada kinolari kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Yong‘in xavfsizligi xizmati kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Migratsiya xizmati xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya – Ichki ishlar organlari va ichki qo’shinlar faxriylari kuni.
🇦🇸 Amerika Samoasi – Bayroq kuni.
🇬🇦 Gabon – Ayollar kuni.
🇮🇶 Iroq – Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti kuni.
🇸🇾 Suriya – Evakuatsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1492 – Xristofor Kolumb Ispaniya bilan Hindistonga yangi yo‘l ochish haqida shartnoma imzoladi.
  • 1521 – Martin Lyuter o’zining bid’atidan voz kechmagani uchun Rim-katolik cherkovidan chiqarildi.
  • 1555 – Kosimo I 15 oylik qamaldan so’ng Siyenani egallab, Toskanaga qo’shib oldi.
  • 1790 – Amerikalik davlat arbobi, olim, Amerika asoschilaridan biri Benjamin Franklin olamdan o’tdi.
  • 1824 – Shimoliy Amerikada Rossiya Imperiyasi hududlari chegaralari aniqlab olindi.
  • 1831 – 1830-1831-yillardagi Polsha qo’zg’oloni paytida Vronovo jangi bo’lib o’tdi.
  • 1839 – Markaziy Amerika respublikalari federatsiyasi tarqaganidan so’ng Gvatemala davlati tashkil topdi.
  • 1856 – Kvebek shahri Kanada poytaxti deb eʼlon qilindi.
  • 1861 – Virjiniya shtati AQShdan ajralishga qaror qildi.
  • 1875 – 19 yoshli Nevil Frensis Fitsjerald Chemberlen snuker o‘yinini o‘ylab topdi.
  • 1877 – L.N.Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozib tugatdi.
  • 1895 – Xitoy-Yaponiya urushi Shimonoseki shartnomasi tuzilishi bilan tugadi.
  • 1924 – Metro-Goldwun-Mayer kinostudiyasi tashkil etildi.
  • 1941 – Injener Igor Sikorskiy birinchi vertolyot – amfibiyani ommaga ko’rsatdi.
    Ikkinchi jahon urushi paytida – 1941 – Yugoslaviya armiyasi taslim bo’lishi haqidagi aktining imzolandi.
  • 1946 – Fransiya Suriya mustaqilligini tan oldi.
  • 1969 – Buyuk Britaniyada ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning yoshi 21 dan 18 yoshga kamaydi.
  • 1970 – «Apollon-13» kosmik kemasi ekipaji Yerga sog‘-salomat qaytib keldi.
  • 1975 – Kambodjadagi fuqarolar urushi paytida qizil kxmerlar mamlakat poytaxti Pnompenni egallashdi.
  • 1980 – Janubiy Rodeziya o’z nomini Zimbabvega o’zgartirdi.
  • 1982 – Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitutsiyaviy qonunini tan olib, uni to’liq mustaqil deb e’lon qildi.
  • 1989 – Polshada «Birdamlik» mustaqil kasaba uyushmasi qonuniylashtirildi.
  • 1992 – Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya”.
  • 2021 – Edinburg gersogi shahzoda Filippning dafn marosimi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1403 – Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1474) – XV asrda ilmiy faoliyat ko’rsatgan matematik va astranom, Mirzo Ulug‘bekning shogirdi.
    1598 – Jovanni Battista Ritsioli (1671) – italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzuvchilaridan biri.
  • 1745 – Semyon Shchedrin (1804) – rus rassomi, peyzaj ustasi.
  • 1812 – Anatoliy Demidov (1870) – rus va fransuz metsenati, sayyoh, tadbirkor.
  • 1820 – Aleksandr Kartrayt (1892) – amerikalik sportchi, beysbol qoidalarini ishlab chiqqan.
  • 1837 – Jon Perpont Morgan (1913) – amerikalik moliyachi, sanoatchi, General Electric kompaniyasining asoschisi.
  • 1855 – Semyon Vengerov (1920) – rus adabiyotshunosi, tanqidchi, muharrir, bibliograf.
  • 1916 –  Elenio Errera (1997) – buyuk futbol murabbiyi.
  • 1929 –  Jeyms Last (2015) – nemis bastakori.
  • 1946 – Georg Koxler (1995) – nemis biologi va immunologi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
  • 1959 – Shon Bin – britaniyalik aktyor. 
  • 1968 – Valeriya – rus estrada xonandasi, Rossiya xalq artisti.
  • 1974 – Viktoriya Bekxem (Adams) – qo‘shiqchi, Spice Girls guruhi a’zosi, qo’shiq muallifi, raqqosa, model, aktrisa, dizayner.
  • 1985 – Takuya Honda  – yaponiyalik futbolchi.