19 fevral kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro Kazu kuni.
? Plagiatni bartaraf etish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Armaniston – Kitob sovg‘a qilish kuni.
?? Pokiston – Muhammad Tohir ul-Qadriy tavallud topgan kun.
?? Bolgariya – Vasil Levski kuni.
?? AQSh – Milliy Arab otlari kuni.
?? Rossiya – Ornitologlar kuni.
?? Meksika – Armiya kuni.
?? Puerto-Riko – Qahramonlar kuni.
?? Kanada – Oila kuni.
?? AQSh, ?? Guam – Vashingtonning tug’ilgan kuni (Prezidentlar kuni).

? VOQEALAR:

  • 197 – Lugdun jangi boshlandi, unda uzurpator Klodiy Albin Rim imperatori Septimiy Sever qo’shinlari tomonidan mag’lubiyatga uchradi.
    -1600 – Peruda Uaynaputina vulqoni yuzaga keldi.
  • 1726 – Yekaterina I ning farmoniga ko‘ra Yuqori Maxfiy kengash tuzildi.
  • 1800 – Napoleon I Bonapart o’zini Fransiyaning birinchi konsuli deb e’lon qildi.
  • 1855 – Fransuz matematigi va astronomi Urben Leverye birinchi ob-havo xaritasini tuzdi.
  • 1878 – Tomas Edison fonografni patentladi.
  • 1899  – Sankt-Peterburg politexnika instituti tashkil etildi. 
  • 1905 – Mukden jangi boshlandi.
  • 1915 – Dardanel operatsiyasi boshlandi.
  • 1918 – Turkiston Muxtoriyati qizil armiya va dashnoq armanlari tomonidan ag‘darib tashlandi.
  • 1938 – Dunyoda birinchi suzib yuruvchi “Severniy polyus-1” qutb stansiyasi o‘z faoliyatini yakunladi.
  • 1954 – Qrim Rossiyadan Ukrainaga oʻtdi.
  • 1955 – Moskva – Berlin muntazam temir yo’l aloqasi yo‘lga qo‘yildi.
  • 1957 – SSSR va Seylon (1972 yildan – Shri-Lanka) o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi.
  • 1959 – Turkiya, Gretsiya va Buyuk Britaniya o’rtasida mustaqill Kipr Respublikasiga asos solgan London bitimi imzolandi.
  • 1986 – SSSR tomonidan Mir orbital stantsiyasining ilk moduli kosmosga uchirildi.
  • 1992 – O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy va maxsus unvonlarni berish tartibi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
  • 2003 – Islom inqilobi gvardiyasining Il-76MD samolyoti Kerman (Eron) yaqinida qulab tushdi. 275 kishi halok bo’ldi.
  • 2008 – Su-35BM ko‘pmaqsadli qiruvchi samolyotining birinchi parvozi.
  • 2008 – Kuba rahbari Fidel Kastro katta siyosatdan ketishini e’lon qildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1473 – Nikolay Kopernik (1543) – polyak astronomi, matematik va mexanik, geliosentrik nazariya asoschisi.
  • 1859 – Svante Arrenius (1927) – shved olimi, fizik-kimyoning asoschilaridan biri. Nobel mukofoti sohibi (1903).
  • 1874 – Nikifor Begichev (1927) – rus dengizchisi, qutb tadqiqotchisi.
  • 1914 – Karim Ahmedov – kimyogar olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1968).
  • 1924 – Devid Bronshteyn (2006) – sovet shaxmatchisi, grossmeyster.
  • 1936 – Axbor Imomxoʻjaev (2022) – Oʻzbekistonlik sport sharhlovchisi, futbol hakami va pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.
  • 1940 – Saparmurat Niyozov (2006) – Turkmaniston prezidenti (1991-2006).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1952 – Mixail An (1979) – futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976).
    -1953 – Cristina Kirchner – Argentina prezidenti (2007-2015).
  • 1957 – Ray Uinston – ingliz aktyori.
  • 1960 – Shahzoda Endryu – britan shahzodasi, York gersogi.
  • 1962 – Dilorom Toshmuhamedova – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori (2018-yildan), Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri (2007-2015).
  • 1964 – Jennifer Dudna – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibasi (2008).
  • 1977 – Janluka Dzambratto – italyan futbolchisi, jahon chempioni (2006).
  • 1979 – Vitaliy Grachev (Vitas) – odatiy bo’lmagan tembr bilan mashhur rossiyalik qo‘shiqchi, bastakor.
  • 1980 – Ma Li – xitoylik stol tennischisi, uch karra Olimpiya chempioni.
  • 2004 – Milli Bobbi Braun – britaniyalik va amerikalik aktrisa, model.