23 dekabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon snoubord kuni (World Snowboard Day).

🔹 MillIY BAYRAMLAR:

🇸🇩 Sudan – Bolalar kuni.
🇪🇬 Misr – G‘alaba (Port-Saidning ozod qilinish) kuni.
🇸🇪 Shvetsiya – Qirolicha Silviyaning tug’ilgan kuni.
🇲🇽 Meksika – Rediska kuni.
🇮🇳 Hindiston – Fermerlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 484 – Gunerixning o’limidan so’ng Guntamund vandallar qiroliga aylandi.
  • 558 – Xlotar I Frank qirolligini o‘z qo‘l ostida birlashtirishni yakunladi.
  • 962 – Halab qamali.
  • 1558 – Ingliz sayyohi, savdo agenti va diplomati Antoniy Jenkinson Buxoroga keldi.
  • 1672 – Italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi – Reyani kashf qildi.
  • 1876 – Usmonlilar imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1888 – Vincent van Gog o’z qulog’ini kesdi.
  • 1900 – Rejinald Fessenden dunyodagi birinchi ovozli eshittirishni amalga oshirdi.
  • 1904 – Vilnyusda litva tilidagi birinchi gazeta – «Vilnyaus Jinios» nashr etildi.
  • 1913 – AQShda bir nechta yirik banklardan Federal zahira tizimi tashkil etildi.
  • 1938 – London muzeyiga Latimeriya balig’i olib kelindi.
  • 1953 – SSSRda L. P. Beriya, V. N. Merkulov, B. Z. Kobulov, S. A. Goglidze, P. Ya. Meshik, V. G. Dekanozov va L. E. Vlodzimirskiy otib tashlandi.
  • 1947 – Amerikada tranzistorning rasmiy taqdimoti o’tkazildi. Shu kun tranzistor ixtiro etilgan kun hisoblandi.
  • 1972 – Managua zilzilasi.
  • 1979 – Afg’oniston urushi: Sovet qo’shinlari Kobulni egallashdi.
  • 1990 – Sloveniyaning Yugoslaviyadan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi referendum. Qatnashganlarning 95%i rozilik bildirishgan.
  • 1991 – Shveytsariya Konfederatsiyasi O’zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
  • 1993 – Xalqaro Bobur jamg’armasi tashkil etildi.
  • 1994 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
  • 1994 – Moldova Respublikasi tarkibidagi Gagauziya (Gagauz-Yeri) avtonom hududiy birligi to’g’risidagi qaror rasman e’lon qilindi.
  • 2007 – Nepalda monarxiya tugatildi.
  • 2007 – Islom Karimov 7 yil muddatga uchinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
  • 2008 – Gvineyadagi harbiy to’ntarish.
  • 2009 – Nijniy Tagildagi «Yestyuninskaya» konida portlash sodir bo’ldi, 9 kishi halok bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1722 – Aksel Kronstedt (1765) – nikelni kashf etgan shved kimyogari va mineralogi.
  • 1777 – Aleksandr I (1825) – Rossiya imperatori (1801-1825).
  • 1790 – Jan-Fransua Shampolyon (1832) – fransuz tarixchi sharqshunosi va lingvisti, misrshunoslik asoschisi.
  • 1799 – Karl Bryullov (1852) – Mashhur rus rassomi.
  • 1810 – Karl Rixard Lepsius (1884) – nemis arxeologi va misrshunosi.
  • 1881 – Xuan Ramon Ximenes – Ispan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
  • 1908 – Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1982) – muftiy, din va jamoat arbobi.
  • 1911 – Niels Kaj Jerne (1994) – ingliz immunologi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
  • 1918 – Gelmut Shmidt (2015) – nemis siyosatchisi, GFR ning 5-federal kansleri (1974-1982).
  • 1920 – Asqad Muxtor (1997) – Atoqli shoir va yozuvchi.
  • 1931 – Lev Durov (2015) – teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti.
  • 1933 – Akixito – Yaponiyaning 125-imperatori (1989-2019).
  • 1943 – Najimatdin Ansatboyev – qoraqalpoq aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
  • 1953 – Mariya Romanova – Rossiya imperatorlik uyining rahbari.
  • 1976 – Sevarа  Nazarxonova –  xonanda, “Nihol” mukofoti sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2002).
  • 1976 – Yuliya Chepalova – rossiyalik chang’ichi, uch karra Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni.
    -1978 – Samandar Hamroqulov – oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
  • 1989 – Yulduz Rajabova ‐ oʻzbek hamda turk film va teatr aktrisasi.
  • 1997 – Mateya Yelich – xorvatiyalik taekvondochi, Olimpiada chempioni (2020).
  • 1999 – Dmitriy Kozlovskiy – rossiyalik figurali uchuvchi, Yevropa chempioni, Jahon chempionati sovrindori.