23 noyabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon akvarel kuni.
🌏 Xalqaro jazosizlikni tugatish kuni.
🌏 Fibonachchi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy oila salomatligi tarixi kuni.
🇸🇮 Sloveniya – Rudolf Maister kuni.
🇱🇹 Litva – Qurolli Kuchlar kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston – Yo’l harakati politsiyasi kuni.
🇫🇲 Mikroneziya – Prezident kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Mehnatga minnatdorchilik kuni.
🇬🇪 Gruziya – Avliyo Jorj kuni.
🇺🇸 AQSh, 🇵🇷 Puerto-Riko, 🇵🇼 Palau, 🇬🇺 Guam – Shukrona kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1174 — Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi.
  • 1248 – Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi.
  • 1510 — Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi.
  • 1793 — Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi.
    -1831 — Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi ochildi.
  • 1852 — Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi.
  • 1904 — AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi.
    -1910 — Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi.
  • 1918 — Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi.
  • 1924 — SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi.
  • 1940 — Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi.
  • 1943 — Qohira konferensiyasi boshlandi.
  • 1946 — Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi.
  • 1955 — Kokos orollari Buyuk Britaniyadan​ Avstraliya nazoratiga o’tdi.
  • 1957 — Milanda Boris Pasternakning «Doktor Jivago» romani chop etildi.
  • 1980 — Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6,9 magnitudali zilzilada 4,800 kishi qurbon bo’ldi.
  • 1981 – Oltinsoy tumani tashkil etilgan.
  • 1985 — Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi.
  • 1991 – «Vatanparvar» tashkiloti tuzilgan.
  • 1992 – Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi.
  • 1993 — Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
    -1996 — Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi.
  • 2003 — Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi.
  • 2005 — Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasida ilk ayol rahbarga aylandi.
  • 2006 — Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi.
    -2007 — Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi.
  • 2011 — Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 870 – Aleksandr –  Vizantiya imperatori.
  • 912 – Buyuk Otton I (973) – Germaniya qiroli (936 yildan), Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (962 yildan).
  • 1527 – Li Chji (1602) – xitoylik faylasuf, tarixchi, yozuvchi va adabiyotshunos.
  • 1705 – Tomas Birx – ingliz tarixchisi.
  • 1804 – Franklin Pirs (1869) – AQShning 14-prezidenti (1853-1857).
  • 1837 – Yan Diderik Van der Vaals (1923) – golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1910).
  • 1899 – Vladimir Yaxontov (1970) – entomolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960). 
  • 1908 – Nikolay Nosov (1976) – Sovet bolalar nasr yozuvchisi, dramaturg, ssenariy muallifi.
  • 1914 – Krishan Chandar (1977) – hind yozuvchisi va jamoat arbobi, hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili.
  • 1925 – Xose Napoleon Duarte – Salvador prezidenti.
  • 1933 – Mahmud Salohiddinov (2018) – matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984),
  • 1960 – Bobomurod Fayziyev – sambochi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi (1988). 52 kg vazn toifasida O’zbekiston chempioni (1978, 1981), jahon kubogi g’olibi (1982), 3 karra jahon chempioni (1982, 1986,1987). 
  • 1962 – Nikolas Maduro – Venesuela prezidenti.
  • 1975 – Nihat Qahvachi – Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi.
  • 1976 – Junayd Chaqir – turkiyalik futbol hakami.
  • 1992 – Mayli Rey Sayrus – amerikalik aktrisa va musiqachi.