? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh – Milliy pista kuni.
?? Tailand – Kooperativlar kuni.
?? Papua-Yangi Gvineya – Maykl Somareni xotirlash kuni.
?? Ukraina – Qrim va Sevastopolni bosib olishga qarshilik kuni.
?? Ozarbayjon – Xo‘jali qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Quvayt – Ozodlik kuni.
? VOQEALAR:
- 1658 – Shvetsiya va Daniya Roskill tinchlik sulhini imzolashdi.
- 1712 – Pyotr I Tula Qurol-aslaha zavodiga asos soldi.
- 1794 – Fransiyada Konvent inqilob dushmanlarining mol-mulkini musodara qilish toʻgʻrisidagi dekretni eʼlon qildi.
- 1815 – Elba oroliga badargʻa qilingan Napoleon I oroldan qochdi.
- 1832 – Polsha Rossiya imperiyasiga qo‘shib olindi, o’z armiyasi va Seymdan mahrum bo’ldi.
-1848 – Fransiyada zodagonlik bekor qilindi. - 1848 – Karl Marks va Fridrix Engelsning „Kommunistik Partiya Manifesti“ ilk bor chop etildi.
- 1878 – fransuz filologi Littre “mikrob” atamasini fanga kiritdi.
- 1886 – Rossiyada birinchi simob ishlab chiqarildi.
- 1888 – Buxoroga birinchi poyezd keldi.
- 1896 – Anri Bekkerel uran parchasi yonida turgan fotoplyonkani yoritganligini aniqladi.
- 1919 – AQShning Arizona shtatida Grand Kanyon Milliy Parkiga asos solindi.
- 1924 – Adolf Gitler „Pivo isyoni“ uchun 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
- 1930 – Amerika mafiyasining boshliqlaridan biri Gaetano «Tommy» Rein Nyu-Yorkda o’ldirildi; Nyu-York tarixidagi eng yirik mafiya urushi boshlanadi.
- 1935 – Ixtirochi Robert Uotson-Uatt birinchi bo‘lib radarni sinovdan o‘tkazdi.
-1936 – „Volkswagen“ zavodi ishga tushirildi. - 1936 – Yaponiyada harbiy to’ntarishga urinish.
- 1970 – Pontiac Firebird ikkinchi avlodi ishlab chiqarila boshlandi.
- 1990 – Chexoslovakiyadan Sovet qoʻshinlari chiqarila boshlandi.
- 1991 – Saddam Husayn Iroq qoʻshinlarini Quvaytdan chiqara boshladi.
- 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA) ga a’zo bo‘ldi.
- 1992 – Qorabog‘da Xo‘jali qirg‘ini.
- 1994 – GKCHP a’zolari amnistiya orqali Lefortovo qamoqxonasidan ozod qilindi.
- 1995 – Tojikistonda ilk parlament saylovlari.
-2004 – Latviya Seymi NATOga qoʻshilish haqida qaror qabul qildi. - 2019 – Hindiston va Pokiston o’rtasidagi chegara mojarosi: Balakotga havo hujumi.
- 2022 – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Shchastye shahri Lugansk Xalq Respublikasi nazoratiga o’tdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1361 – Vensel (1419) – Germaniya qiroli (1376-1400) ( Vatslav IV nomi bilan Chexiya knyazi (1378-yildan)).
- 1416 – Bavariya qiroli Kristofer III (1448) – Daniya (1440-yildan), Shvetsiya (1441-yildan) va Norvegiya (1442-yildan) qiroli.
- 1802 – Viktor Gyugo (1885) – fransuz yozuvchisi, fransuz romantitsizmining yetakchisi va nazariyachisi.
- 1808 – Domye Onore (1879) – fransuz rangtasvir ustasi, grafik rassomi va haykaltaroshi, tanqidiy realizmning yirik vakili.
- 1829 – Livay Strauss – (1902) – jinsi shim kashfiyotchisi, “Levi Strauss & Co” kompaniyasi asoschisi.
- 1845 – Aleksandr III (1894) – Rossiya imperatori (1881–94), Aleksandr II ning 2-o‘g‘li.
- 1903 – Julio Natta (1979) – italiyalik organik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1963).
- 1915 – Sattor Yarashev (1991) – taniqli opera artisti va xonanda, “O’zbekiston xalq artisti” (1959).
- 1938 – Muhiddin qiziq Darveshov (1995) – qiziqchi.
- 1946 – Gʻayrat Boymatov – grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989).
- 1946 – Ahmad Zevayl – misrlik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1999).
- 1954 – Rajab Tayyip Erdo’g’on – Turkiya Prezidenti (2014-yildan).
- 1956 – Mirza Kenjabek – shoir.
- 1957 – Nabijon Qodirov – kulol, rishton kulollik maktabining yirik vakili, Oʻzbekiston xalq ustasi (2001).
- 1959 – Ahmad Dovud oʻgʻli – Turkiya Bosh vaziri (2014-2016).
- 1983 – Pepe Képler – portugal – braziliyalik futbolchi.
- 1984 – Beren Saat – turk aktrisasi.
- 1985 – Xanna Kirni – amerikalik fristaylchi, Olimpiya chempioni (2010), uch karra jahon chempioni.
- 1988 – Antonella Rokkutstso – argentinalik ijtimoiy tarmoq shaxsi, Messining rafiqasi.
- 1992 – Demet O‘zdemir – turk aktrisasi.
- 1999 – Elvira Oeberg – shved biatlonchisi, Olimpiada chempioni (2022).