29-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2801. Bu qurilmaning bizga ma’lum ilk loyihalari taximinan XV-XVI asrda tuzilgan. Lekin birinchi nusxalari XX-asrni boshida qurildi. 1914-yilda Angliyadan Rossiyaga katta suv baklarida berkitib olib o‘tiladi va shundan keyin ularni hozirgi nomi bilan atab boshlashadi.
Savol: Bu qanday qurilma?

Javob. TANK
IZOH: Tanklarning birinchi loyihalari L. Da Vinchi tomonidan tuzilgani ma’lum. Suv bakining inglizchadagi nomi “WATER TANK”.

2802. Shavkat Rahmon she‘ryatidan parcha:
Muzlikdan
Yuxodek kelgan shamollar
Tuyalar jismini yalab ishlagan
Asrlar toblagan temirchi quyosh
Yomg‘irlar cho‘qigan
Qorlar qishlagan
Shu qadar metinki tuyalar jismi
Charsillab qaytadi otilgan o‘qlar
Ming yillab tinimsiz bo‘kirsa hamki
Metin tuyalarni yiqolmas to‘plar
Savol: Shoir bu she‘rda nimani tuyalarga o‘xshatgan?

Javob. Tog‘larga qiyoslagan

2803. O‘zbek adibi Muhammad Alining «Sarbadorlar «romanida shunday bir lavxa borki , u sarbadorlar jamoasida eng a‘lo odatlardan biriga aylangan. «U birlashmaklikning ulug‘ rusumlaridan, ota -bobolarimizdan qolgan ezgu udumdir» .
Savol: Adib bu ta‘rifni nimaga nisbatan bergan?

Javob. Hashar

2804. Yurtimizda va ko‘pgina davlatlarda futbol bahslarida eng xavfli vaziyatlar , gollar va to‘qnashuvlar takroriy efirlardan foydalanadi. Ammo Angilya futbolida shunday qoida borki o‘yinda shunday voqea yuz bersa takroriy efir uzatilmaydi sababi insonlar sog‘ligi va ruhiyatiga ta’sir etishi mumkin deb hisoblashadi.
Savol: Aynan o‘yindagi qaysi holat takroran ko‘rsatilmaydi?

Javob. O‘yin vaqtida o‘yinchilardan biri jiddiy jarohat olsa.

2805. Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan
foydalanishadi.
Savol:U nima ekanligini toping?

Javob. Til

2806. Xurshid Davron ijodidan
Eskidan odat bor
Yangi uy mozor
Va yoki vayrona uzra solinmas
Yangi uy tiklamoq uchun qadimdan.
….. uydan bir cho‘p olinmas.
Savol: Yangi uy qurilganda qanday uydan bir cho‘p ham olinmasligi kerak?.

Javob. Yong‘in bo‘lgan uydan

2807. Dunyoga mashhur avar shoiri Rasul Xamzatov o‘z hayoti haqida yozgan memuarlaridan birida o‘zi tug‘ulib o‘sgan kulbasini shunday ta’riflagan. «Torgina uyimizning shiftida bir nechta o‘q izlarini ko‘rish mumkun edi» .U ushbu izlarning ta’rifini keltirib, ular haqida hayajon bilan qayd etgan .
Savol: Bu o‘qlarini kimlar emas bu o‘qlarni nima maqsad uzishganligini toping?.

Javob: Shoirning aytishicha, avar oilalarida o‘g‘il bola dunyoga kelishi shunday nishonlangan. Uni o‘z yaqin qarindoshlari o‘g‘il farzand dunyoga kelganida otishgan.

2808. Bilamizki inson uchun birinchi navbatda sog‘ligi eng muhum hisoblanadi. Faktlarga qaraydigan bo‘lsak inson uyg‘unlik va sog‘ligini saqlash uchun bu ishni kuniga 10 000 marotaba bajarishi kerak ekan. Lekin hozirda ko‘pchilik buni oson usulidan foydalanishmoqda.
Savol:Inson sog‘ligini saqlash uchun kuniga qaysi ishni 10 000 marotaba bajarishi kerak ?

Javob. Qadam bosish ya’ni yurish

2809. Mashhur avar shoiri Rasul Xamazatovdan ajoyib o‘xshatish.
Piyoda yursang , uzoqqa borasa,
Otda yursang , manzilga tezroq yetasan.
Bu iborada nimadir piyoda yurishga yana nimadir otda chopishga qiyoslanmoqda.
Savol: Bu iboradagi o‘xshatishlar nimalarga nisbatan berilganini toping?

Javob. Piyoda yurishni -nazmga
Otda chopishni -nasrga
Qiyoslagan.

2810. Yaqin yillargacha,Shvetsiyaning eng baland cho’qqisi – Kabnekaise tog’ining janubiy nuqtasi sifatida belgilangan edi. Travelask.ru saytining xabariga qaraganda, hozirda bu maqom aynan shu tog’ning shimoliy nuqtasiga berilibdi.
Bunday o’zgarishga nima sabab bo’lganini ikki so’zda ayting?

Javob. Iqlim oʻzgarishi
Izoh: Iqlim oʻzgarishi sabab, janubiy nuqtadagi muzliklar erib ketadi,pirovardida shimoliy nuqta janubga qaraganda 1.2 metrga balandroq bo’lib qolganmish.
Manba: https://travelask.ru/blog/posts/18802-yuzhnyy-pik-stal-nizhe-pochemu-vysochayshaya-gora-shvetsii-p

2811. Ba’zi bir versiyalarga ko’ra,rassomning bu mashxur asarini SHUNDAY nomlashiga sabab,uning surunkali davom etyotgan xavotirlari, depressiyadan aziyat ko’ryotgani,muxtasar aytganda,ruhiy tushkun holati ekan.Ba’zi bir mutaxassislar,bu asarda bo’lajak ekologik fojialarning inikosi aks etganiga ishonishadi.
Berilgan ma’lumotlardan foydalanib,asar nomini ayting?

Javob: Qichqiriq (Edvard Munk)

2812. «Annaning hayvonlar kolleksiyasi» jurnalida jirafalar haqida so’z borar ekan,qiziq bir ma’lumot keltirilib o’tiladi.Unga ko’ra,bo’yi pastroq jirafalarning uzun jirafalarga nisbatan yashab qolishi va nasl qoldirishi ko’rsatkichi anchayin kamroq ekan.Buning sababi o’rnida esa,bo’yi nisbatan uzun jirafalar qurg’oqchilik mavsumida baland daraxtlardan bemalol ozuqlana olishi bilan izohlanadi.
Berilgan ma’lumotlarda bir so’zning 3 harfini tashlab ketilganini bilgan holda,uni asl ko’rinishida yozib bering?

Javob: Savannaning («Savanna hayvonlari kolleksiyasi» jurnali)

2813. She’riy savol:
Qo‘rqa-pisa boraman uning oldiga,
Yonida yuragimni yutib turaman.
Enkayib, bukchayib, yaqinlashib og‘ziga,
Tilini bilsam suyunib, yo‘qsa qiynalib,
Qizargan ikki yuziga boqib,
Atrofida aylanib parvona bo‘lib,
Sevinch bilan rizqu ro‘z olaman.
She’rda tasvirlangan jarayonni toping?

Javob. Non yopish jarayoni

2814. Sadriddin Ayniyning «Doxunda» romanida: «U zaifalar uchun ishonch va xotirjamlik» deb yozilgan. «Doxunda» da uning ilohiy kuchi ham borligi, lekin u bilan uyga kirib kelgan zaifa bu oilaga yomonlik tilagan bo‘lishi ham qo‘shimcha qilingan. «Doxunda» da yozilgan predmetga qarshi Turkistonda katta tadbirlar o‘tkazilgan.
Diqqat savol: uning nima ekani va Turkistonda unga qarshi marosimlarga bosh bo‘lgan yozuvchining nomini toping?

Javob: Bu narsa – paranji.
Izoh: Paranjiga qarshi yozuvchi Hamza Hakimzoda Niyoziy bir qancha tadbirlar o‘tkazgan.

2815. Liga 1 bahslaridan birida kalamushlar «Mukammallik faqat Yaratganga xos ekanligini» U orqali o’ziga xos shaklda ifodalaganini ko’rishimiz mumkin. Hazillardan biriga ko’ra, Italiya va Germaniya o’rtasidagi uchrashuvlardan birida, Bonuchchi hakamga bir necha bor baqirib, Uni so’raydi. Hakam Bonuchchini maqsadini tushunmay,o’zini haqoratlangandek his qilib, Bonuchchiga qizil ko’rsatib o’yindan chetlatadi.
Hakam Bonuchchini qanday haqoratda ayblaganini bitta so’zda ayting?

Javob: Varvar deb kamsitishda
Izoh: Qadimgi Rimda madaniyatdan yiroq xalqlarni Varvar deb atashgan. Bonuchchi aslida, bahsli vaziyat uchun VAR tizimini bir necha bor uzluksiz baqirib, talab qilgan ekan.
Liga 1 bahsi: https://penalti.uz/uz/news/show/51309

2816. Ko’pchiligimizga tanish «qizil dubulg’a uchi»ning o’z «qarindosh»lariga nisbatan o’zgacha ekanligiga bir qancha faktorlar keltirilib o’tiladi. Xususan: muzni osonlik bilan yora olishlik; qum to’plashga qulaylik; yerga qo’yib bo’lmaslik kabilar shular jumlasidandir.
Nimaga ta’rif berilayotganini 2 tadan kam bo’lmagam jumlalarda ayting?

Javob. Yong’in o’chirish chelaklari
Izoh: Konus yunonchadan «dubulgʻa uchi» deb tarjima qilinadi.

2817. Biz ko’chma ma’noda qo’llaydigan bu maqolning kelib chiqishi,aslida, o’tmishda o’z ma’nosida qo’llangan bo’lib,islom diniga ko’ra,xotin-qizlarning begona erkaklarga,ya’ni nomahramlarga ko’rinishi qat’iy man etilganligi natijasi ekan. Sababi,hozirda deyarli ayollar yumushi hisoblangan bu ishni,o’sha vaqtlarda aksariyat erkaklar bajarganligi bilan izohlanadi.
Berilgan ma’lumotlardan foydalanib,maqolni toping?

Javob: «Soyaga qarab to’n bichmoq»
Izoh: Kiyim bichish bilan asosan erkaklar shug’illaganligi uchun,ular buyurtmachi ayollar o’lchamlarini parda ortidan turib,yoki yerdagi soyasiga qarab olishgan ekan.

2818. Yevropaning bu qadimgi xalqi keyinchalik o’zlari o’rnashgan hududda o’z davlatlariga asos solishadi va davlat ham xalq nomidan kelib hozirgi nomini oladi. Keyinroq,pul birligi ham shu xalq nomi bilan atala boshlandi va hozirda ham amalda. Yordam sifatida shuni aytishim mumkinki,xalqning nomi bizning tilda «ozod» degan maʼnoni anglatadi.
Berilgan ma’lumotlardan foydalanib,menga pul birligini bitta so’zda ayting?

Javob. Frank

2819. Prinston universitetiga kelganda U o‘z kabinetiga katta sig‘imga ega axlat chelagi qo‘yishlarini iltimos qiladi. “Nega?” — deb so‘rashadi hayron bo‘lib. Olimning javobi esa sodda va lo‘nda bo‘ladi: «Chunki men juda ko‘p xato qilaman!”
Uni kimligini ayting?

Javob. Eynshteyn

2820. O’limga hukm qilingan jinoyatchilarning jasadida eksperiment o‘tkaziladi. Odam boshiga tekkizilgan elektr toki esa mushaklarning qisqarishiga va tananing qayta jonlanishiga sabab bo‘ladi.Yozuvchi bu haqida yozuvchi va olim do‘stlaridan eshitib ta’sirlanadi va o’zining mashxur 1818-yilda nashr qilingan fantastik asarini yozadi.
Asar nomini ayting?

Javob. «Frankenshteyn» asari (muallifi – Meri Shelley)

2821. Ular Zanjibarda uyning kishi diqqatini jalb etadigan asosiy va go‘zal qismidir. Ular
boshqa san’at turlari kabi Zanjibar xalqining shon-shavkati hisoblanganidan uni oroldan tashqariga chiqarmaydi
Savol : Gap nima haqida ketmoqda?

Javob. Eshik

2822. Rossiyaga u dastlab Mongoliyadan 1638 yilda dori sifatida yuborilgan; Rossiyada uni iste’mol qilish XVIII asr o‘rtalaridan boshlab odat tusiga kirgan.
Savol : U nimaligini topgan bo‘lsangiz uning vatanini ayting?

Javob. Choy vatani Xitoy

2823. Firavnga oddiy odamlar tegina olmagan. Faqat istisno tariqasida firavnga ikki kasb egalari tegina olishgan. 1) manikyurchi. Ikkinchi kasb egalariga firavn ham, bizda hukmdorlar ham bosh egishgan. Savol: ikkinchi kasb egasining kasbini toping?
JAVOBI: sartarosh edi.
IZOH: sababi «hukmdorlar bosh egishgan» deyilgan.

2824. Den Braunning «Da Vinchi siri» asarida yozilishicha, Eyfil minorasi Fransiya uchun unchalik ham mos kelavermas ekan. Bunga argument sifatida ramzlar bo’yicha mutaxxasislar ikkita atoqli otni misol keltirishadi.Diqqat savol, ushbu atoqli otlarni yozib bering?
Javob. Pipin pakana va Napaleon Bonapart

2825. Bunday zinapoyadan Yuta shtatidagi bir universitetda foydalanashingiz mumkin. Ko‘rib turibsizki, u 3 qismga bo‘lingan. Agar Siz oddiy tempda yurmokchi bo‘lsangiz, unda chapdagi qismdan yurasiz. Agar shoshib turgan bo‘lsangiz, unda o‘rtadagi qism Sizga kerak. Diqqat savol, o‘ng tomondagi qism kimlar uchun mo‘ljallangan?

Javob. O’ng tarafdagi zinapoya telefonda foydalanib ketayotganlar uchun mo’ljallangan edi.

2826. «Oбител зла» mavzusini davom ettiramiz. Pol Andersonning «Obitel zla» filmida «Alisa mo’jizalar mamlakatida» va «Alisa ko’zgu ortida» ertaklariga shama qilingan holatlarni ko’rish mumkin. Masalan, imperatorning ismi Qizil qirolicha, virus «T» tajribalari oq quyon ustida o’tkaziladi, press-papye «Alisa ko’zgu ortida» va hokozo. Savol, filmda ertakka nisbatan qo’llanilgan asosiy shamani toping?
Javob: Bosh qahramon ismining Elis ekanligi

2827. Franklin o’z biznesidan tashqari poygachi otlarga juda qiziqqandi. Tennesi shtatidan yer sotib olib 30ta otxona, poyga uchun trek, hayvonlar uchun ko’rgazma maydoni tashkil qilingan. O’limida keyin bo’lsa ham 1940 yilda uning xo’jaligidan Gallahadion laqabli ot «Kentukki derbi» poygasida g’alabaga erishdi. Savol, Franklinning eng mashhur brendini toping?
Javobi: Snikers.

2828. Uning eng qadimgisi Tutanxomonni tobutidan topilgan. O’rta asrlarda U muayyan bir ijtimoiy funksiyani ham bajargan. Fransiya qiroli Genrix IV davrida UNI tashlanishi natijasida 12 minggacha dvoryan hayotdan ko’z yumgan. Diqqat savol: UNI ni toping?
Javobi: Qo’lqop

2829. Vikipediyaga ko’ra, taxminan 1170-yillarda Gilyermo oilasida «yaxshi o’g’il dunyoga keladi». Savol, ushbu o’g’ilning ismini yozib bering?
Javobi: Leonorda

2830. Rossiya, Qozog’iston, Mo’g’iliston, Qirg’iziston, Shimoliy Korea, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Maynma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini bilgan bo’lsangiz men aytmagan davlatni topishingiz kerak?
Javob. Hindiston.Chunki bu davlatlar Xitoy bilan chegaradosh davlatlar

2831. Bir holatni ko’z oldingizga keltiring. O’rta asrlar sharq osuda tun. Bir musofir ketib bormoqda ammo u adashib qoladi. Unga yaqin yerda hech qanday qishloq ko’rinmaydi. Shunda u qo’lini og’ziga yaqinlashtirib vovilllashni boshlaydi nima uchun?
Javob. Agar yaqin atrofda qishloq bo’sa u yerdegi itlar uning ovozini eshitib vovilashardi. Shunda qaysi tomonda qishloq borligini bilardi

2832. Albaniya,Avstria,Gana, Misr, Iordaniya Yaman, Malavi Meksik Polsha, Panama va yana 11 davlatni birlashtirib turuvchi jonzotni toping?
Javob. Burgut.

2833. Dunyodagi eng yetuk jonzot albatta insondir. Unga yetuklik borasida hech bir jonzot tenglasha olmaydi.lekin inson ham boshqa jonzotlar singari hom sut emgan. U ham adashishi bir ishni aytib ikkinchisini qilishi mumkin. Masalan o’z fikridan qaytishi mumkin. Bu masalada bugungi kundagi kishilar usta bo’lib ketishgan. Xuddi shu masalada ingliz shoiri David Louel ajoyib o’xshatish qilgan.
Faqat axmoqlar va ular o’z fikridan qaytishmaydi.
Savol axmoqlar va yana kimlar o’z fikridan qaytishmaydi?

Javob. Murdalar

2834. Diqqat qiling savolda o’zgarish bor. TERMINATOR noqonuniy yo’l bilan olib kelingan yashirincha tovar. TERMINATOR ta’riflanganda kerosin, zuluk va yarim yil so’zlari ishlatilgan. Narxi 3 so’m 12 tiyin. Savol: TERMINATOR so’zini qaysi so’z bilan almashtirdik?
JAVOB: Titanik
IZOH: «12 stul» asarida «Titanik» nomli bo’yoq shunday ta’riflangan: «issiq-sovuq suv ham, sovun ko’pigiyam , kerosin ham kor qilmaydi. Zulukday qora. Bir shishasi yarim yilga yetadi. Narxi 3 so’m 12 tiyin. «TITANIK» filmi rejjisyori Jeyms Kemeron «TERMINATOR» filmini ham suratga olganidan xabaringiz bor.

2835. Dunyoda bir davlat borki, uning hududida umuman daryo yoq. Yog’ingarchilik ham kam boladi. Buni qarangki, ba’zi ba’zida ular kutishmaganda «qor» ham yog’ib turadi.
Diqqat savol: Bu qaysi davlat?

JAVOB: «Saudiya Arabiston» edi.

2836. Chester Karlson o’zining nusxa ko’chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o’zbekchasiga «quruq» deb nomlagan?
JAVOB: O’sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko’chiruvchi apparatlar bo’lgan xolos.

2837. Har yili Gannibal shahrida bir festival bo’lib o’tadi, u yerda o’tadigan devor bo’yash bo’yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o’rtasida katta qiziqishga sabab bo’ladi. Endi o’ylab ko’rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?
JAVOB: «Mark Tven» edi.

2838. 1ta Yaguar, 2 ta It, 1 ta qunduz, 4 ta ayiq, 1 ta burgut, 4 ta boyqush, 1 ta o’rdak, 1 ta o’rdakburun, 1 ta yexidna, 1 ta yenot, bir bola va bir qiz, 1 ta quyon, 1 ta koyot, 1 ta bo’ri hamda 2 ta yunon ma’budi. Ushbu qatordagi bog’likligni toping?
JAVOB: «Olimpiada talismanlari» edi.

2839. Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo’lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Diqqat savol, qaysi inventar?
JAVOB: «Xokkey darvozaboni shlemi» edi.

2840. Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining «shoxchasiga» qarab «Merining qo’zichoqlari bor edi» deb qichqiradi. Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting?
JAVOB: «Fonograf» edi.

2841. Ko’pchilik hayvonat bog’larida «Dushanba sindromi» nomli kasallik mavjud. Savol hayvonlarga dushanba sindromi qayerdan keladi?
JAVOB: Albatta yakshanbadanda
Izoh!: Chunki yakshanba kuni ko’proq odamlar kelishadi ular ESA hayvonlarga turli narsalarni berib kasal qilishadi

2842. Eyfil minorasi ichidagi estalik sovg’alari magazinida turist estalik sifatida Eyfil minorasi maketini sotib oldi. Estalikdagi narx belgisini olib tashlaganda bir yozuvga ko’zi tushdi va xafa bo’ldi.
Savol: Narx belgisi orqasida qanaqa so’z yozilgan edi?

JAVOB: «Made in CHINA» edi.

2843. U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish uchun kansertlar qo’ya boshlagan. So’ngi kanserti u uchun fojiali yakunlangan. Manga bosh qahramon va uni qotilini ayting?
JAVOB: «Bo’g’irsoq va tulki» edi.

2844. Yaponlarda «be» o’tirmoq degani. Xo’sh unda «teribe» qanday tarjima qilinadi?
JAVOB: Televizor oldida o’tirish

2845. Ozarbayjon, Jazoir, Mavritaniya, Mo’g’ilistonda X – 1 ta Y – 1 ta
Komar orolarida X – 1 ta Y – 4 ta
Maldiv orolarida X – 1 ta Y – 0
Savol: O’zbekistonda X va Y qiymatini ayting?

JAVOB: 1 va 12
Izoh: Bayroqdagi yarim oy va yulduzlar soni

2846. Ma’lumki XIX asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Temirni 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
JAVOB: Temir yo’l

2847. Birinchi Sovet yadroviy qurolarini sinovdan o’tkazish paytida olimlar bir muamoga duch kelishadi. Bombani tashlayotgan samolyotlar portlash joyidan yetarli darajada uzoqlasha olmaganligi sababli, portlashni to’lqin kuchi samolyotlarga sezilarli darajada tasir qilar edi. Ammo olimlar bu muamodan osonlikcha chiqib keta olishdi.
Savol: Qanday qilib?

JAVOB: Bombalarni parashut yordamida tashlashni boshlashgan

2848. Bernard Shou aforizmlaridan biri: «Agar unga osmonda 921 219 127 182 dona yulduz bor desang ishonadi. Ammo, mana bu o’rindiq hozirgina bo’yaldi deb aytsang …» aforizmni davom etiring?
JAVOB: U albatta qo’li bilan tegib ko’radi

2849. XX asr 80-yillarida bir bankir o’z merosxo’riga katta miqdorda meros qoldiradi. Faqat vasiyatnoma shartiga ko’ra, merosxo’r bankir tobutiga 300 ming dollar qo’shib ko’mish lozim edi. Merosxo’r dafn marosimida yuridik tomondan bankirning shartini to’liq bajargan, ammo buni natijasida merosxo’rga hech qanday moddiy zarar yetmagan.
Savol merosxo’r nima qilgan?

JAVOB: Chek yozgan

2850. Afinada o’tgan Olimpia o’yinlarining final baxslarida Nuriya Dokinges Asensio ismli sportchi finish chizig’ini kesib o’tgan paytda, uning barcha raqiblari uning ortida edi. Lekin shunga qaramay u oltin medal bilan taqdirlanmagan.
Diqqat savol Nuriya Dokinges qaysi sport turidan ishtirok etgan?

JAVOB: Akademik eshkak eshish. Bu turdagi sportda sportchilar chalqanchasiga o’tirgan holda eshkak eshadi va sportchining ort tarafidegi raqibi undan oldinda bo’ladi

2851. «Kamaз» aftomashinasi SSSR davrida lotin amerika davlatlarida 2 xil variantda sotilgan: 1-eksport uchun mo’ljalangan varianti bo’lsa, 2- SSSR ni mahaliy bozori uchun ishlab chiqarilgan variant. Qiziq tomoni negadir Lotin Amerika aholisi 2-variant olishni xush ko’rishgan. Sababi ular mahaliy bozorga mo’ljallangan «Kamaз» lar nisbatan yangiroq deb xato o’ylashgan.
Diqat savol Lotin Amerika aholisi nima uchun ichki bozorga mo’ljallangan «Kamaз» lar eksport variantidan yangiroq deb o’ylagan?

JAVOB: Sababi eksport varianti uchun chiqarilgan mashinada «Камаз» yozuvi lotinchada yozilgan. Mahaliy bozor uchun chiqarilganlarda esa kirilcha yozilgan. Lotinchada «Z» harfi 2 ga o’xshidi, «З» harfi esa 3 ga o’xshidi. Shuni uchun mahaliy bozordegi kamazlarni yangicha versiyasi deb o’ylashgan

2852. Dunyoda aniq qancha chapaqay borligini bilmaymiz. Ammo golfchilar orasida chapaqaylari juda kam ekanligi haqida ma’lumotga egamiz.
Diqqat savol aytingchi nima uchun AQSH dagi ayrim golf maktablarida imkon qadar chapaqay murabbiylarni olishga harakat qilishadi?

JAVOB: Chapaqay murabbiylar shogirtlariga yuzma-yuz turib o’rgatishadi va bu samaradorlikni oshiradi

2853. Hindistondagi ilon o‘ynatuvchilar uchun asosiysi surnay chala olish emas (baribir kapchailonlar eshitmaydi). Asosiysi surnayni zarur masofada ushlab turish ekan. Surnayni ilonga yaqin olib borish ham, uzoq tortish ham birdek xavfli ekan.
Diqqat savol: Birinchi holatda nima bo‘ladi, ikkinchi holatdachi?

JAVOB: Yaqin olib borilsa – hujum qiladi, uzoqlashtirilsa – qochib ketishi mumkin

2854. Dunyo xalqlari salomlashuvlaridan.
Nepalliklar: «Sening yuzing ko’rinishidagi Xudoga salomlar»
Shimoliy Amerika hindulari qabilasi: «Sen mening boshqa Menimsan»
Afrikadagi basuto qabilasi: «Salom senga, … …!»
Diqqat savol: tepadagi ikki xil salomlashuvdan pastga tushgan holda, uchinchi salomlashishda nuqtalar o’rnidagi ikki so’zni mantiqan toping?

JAVOB:​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ Yovvoyi hayvon.
Insonning bir-biriga bahosi naqadar rang-barang. 🙂
Izoh: savolda bekorga pastga tushgan holda deyilmagan edi.
Xudo – Odam – Hayvon

2855. Fransuz topishmog’i:
U olamdagi barcha ovozlarni yutadi, lekin o’zi biror bir so’z chiqarmaydi. Uni juda aqlli desa bo’larkan.
Diqqat savol: Uni toping?

Javob. Quloq

2856. Basketbolda kuch hamma narsani hal qilmaydi. Basketbolda egiluvchanlik, moslashuvchanlik va aniqlik ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham basketbol X va Y dan tashkil topgan deyishadi.
Diqqat savol: X va Y ni toping?

Javob: X – balet, Y – boks
Izoh: b-a-l-e-t-b-o-k-s harflaridan basketbol so’zini terish mumkin. Savoldagi ,,tashkil topgan» so’zi o‘z ma’nosida qo‘llangan!

2857. Bir safar Stalin o’z huzuriga ishlab chiqarishdagi bir tarmoq yetakchisini chaqiradi. Uchrashuv bir daqiqagina davom etdi. Stalin unga hech qanday so’z aytmadi, lekin ushbu yetakchi rahbar uni nega bu yerga chaqirishganini juda tez tushunib oldi.
Diqqat savol: o’sha bir daqiqa davomida Stalin qaysi ishni qilishga bir necha marta urinib, 6-martada bunga erishdi?

JAVOB: Gugurtni yoqish.
Izoh: Yetakchi esa gugurt ishlab chiqarish tarmog’i rahbari bo’lgan. Stalin bu bilan unga chiqarayotgan gugurtlari talab darajasida emasligini tushuntirib qo’ygan ekan.

2858. «Tun ortidan chopuvchi devona»
Eronlik xonanda Rita o’z qo’shig’idagi ushbu o’xshatishni tushuntirar ekan, ikki nomni eslab o’tadi.
Diqqat savol: o’sha ikki nomni yozib bering?

JAVOB: Majnun va Layli

2859. 12 qavatli uyda lift bor. Birinchi qavatda bor yo’g’i ikki kishi yashaydi. Ikkinchi qavatda esa to’rt kishi va hokazo, qavatlar soni oshib boravergani sayin, unda yashaydigan odamlar soni ikki barobarga oshaveradi.
Diqqat savol: bu ko’pqavatli uyning qaysi qavatida liftning tugmasi eng ko’p bosiladi?

JAVOB: 1-qavatida
Izoh: Qaysi qavatda qancha odam yashashidan qat’iy nazar, birinchi qavatdagi tugma eng ko’p bosiladi.

2860. U yerdagi havo oqimi tezligi odatda 2-4 km/soat ekan. Ammo shunday bir vaziyat yuzaga kelganda tezlik soatiga 170 kilometrgacha chiqarkan.
Diqqat savol: Qanday vaziyatda?

JAVOB: Aksirganda

2861. Men 2 yoshligimda, ukamning yoshi menikining yarmiga teng edi. Hozirgi yoshim 50 bo’lsa, ukamning yoshini toping?
Javob. 49 yosh

2862. Olimlarning aytishicha, Qadimgi Xitoyda kashf qilingan ikki ixtiro insoniyat taqdirini o’zgartirgan ekan. Birinchisi yordamida biz o’z sayyoramizni bilganmiz, ikkinchisi yordamida esa biz dunyoni bo’lib olganmiz.
Savol: Ularni toping?

JAVOB: Kompas va Porox

2863. Bernard Shou bir semiz odam bilan uchrashib qolganida u ozg’in yozuvchi ustidan kulmoqchi bo’lib, deydi: -Sizni ko’rgan odam Angliyada ocharchilik boshlanibdi deb o’ylaydi.
Shou qanday mos javob qaytarganini tahmin qiling?

JAVOB: Siz o’sha ochirchilikning sababchisisiz

2864. XIX asr Germaniyada hamma nemislar 10-14 yoshli bolalarni bo’ynini egib olish uchun hamma narsaga tayyor qilish uchun ko’chaga chiqarib bir ish buyurishgan. Diqqat savol bu qanday ish?
JAVOB: Ularni oyoq kiyim tozalashga majbur qilishgan

2865. Bir maktabning kunlik rejasi:
5.00 — Uyqudan turish
5.15 — Ertalabki badantarbiya
6.40 — Tongi darslar
7.45 — Nonushta
9.00 — Har kungi yumushlar
11.30 — Tushlik
12.00 — Dam olish
14.00 — O’z-o’zini mashq qildirish
17.10 — ma’ruza va xutbalar,
18.50 — kechki nonushta,
21.00 — sport mashg’ulotlari,
23.30 — Uyquga ketish.
Maktab nomini toping?

Javob. Shaolin maktabi

2866. Agar yapon asalarilari begona arini ko’rib qolishsa, juda ko’pchilik, ya’ni 300-400 tasi uni o’rab olishadi va 20 minutcha ushlab turishadi. Shundan so’ng, asalarilar tarqalishadi va o’rtada faqat o’lik arining tanasi qoladi. Qizig’i, o’lgan arining tanasida hech qanday tishlash yoki boshqacha jarohat izlari bo’lmaydi. Savol: ushbu ari nimadan o’lgan bo’lishi mumkin?
Javob: Isib ketishdan

2867. Tayvan maqoliga ko’ra X qal’a kabidir. Tashqaridan unga kirishga, ichkaridan esa undan chiqishga harakat qilinadi. Gollandlar fikricha X birinchi gal vazifa, ikkinchi marta ko’ngilxushlik, uchunchi marta azob bo’ladi.
Savol: X nima ekanligini toping?

JAVOB: Uylanish edi

2868. Sichqonlar ustida tajribalar o’tkazish natijasida shunday natijaga erishildi. Sichqon mutatsiyaga uchraydi va qora rangdan oq rangga aylanadi. Shu tufayli ham bu sichqonni olimlar X-deb atashadi.
Savol: X-?

JAVOB: Maykl Jekson

2869. Dastlab uni Hindular o’ylab topishgan. Har hil hayvonlarni terilaridan tayyorlashgan. Keyinchalik esa bu narsa 1965- yilda Italiyada ishlab chiqarilgan. Bu buyumning nomi ham italyanchadan olingan.
Savol: Bu buyum nima?

JAVOB: MAKASIMA

2870. Al Buxoriyning «Al-jome As sahih» kitobida shunday hadis bor: munofiqlikning uchta belgisi bor: yolg’on gapirgay, vadaga vafo qilmagay va……….qilgay. Siz uchinchi munofiqlik belgisini toping?
JAVOB: Omonatga hiyonat qilgay

2871. Bir boladan ota-onang qayerda ishlaydi deyishsa: otam loyga loyni qo’shadi, onam loydan loyni ajratadi dermish. Savol bolani otasi va onasi qaysi kasbda ishlaydi?
JAVOB: Otasi go‘rkov onasi doya

2872. Savol: Forsiydan tarjima qilinganda yurakni ezuvchi qalbni tirnovchi o’zbek kuyini nomini ayting?
JAVOB: Dilhiroj

2873. AQSH liklar bu joyni 40-shtat sifatida o’z mamlakatlariga qo’shib olmoqchi edilar. Ular bu hududni egallab olib, fan-texnika yutuqlarini joylashtirmoqchi va rivojlantirmoqchi bo’lgan edilar. Ammo ma’lum sabablarga ko’ra bunga erisha olmadilar.
Savol: Bu qaysi hudud?

Javob. Oy

2874. Saveliy Kramarov o’z intervyularida shunday degan: «Mening yuzimni filmlarda ikki marta ot va fillar bosib ketgan.»
Diqqat savol: u qaysi ikki filmni nazarda tutgan?

JAVOB: Birinchi film «Omadli jentelmenlar», ikkinchi film «12 stul». Shu filmlarda uning yuziga shaxmat donalari uloqtirishgan

2875. Yapon ieroglifida ikki ayolning bir biriga qarab turgan tasviri bor.
savol bu ieroglifning ma’nosi nima?

JAVOB: Janjal, kelishmovchilik

2876. XVI asrda Samаrqandlik Mir Ibrohim qog’ozgar nomli qog’oz ishlab chiqaruvchi usta bo’lgan. U usta tomonidan qog’oz tayyorlashning yangi bir usuli ishlab chiqilgan. Unga ko’ra tayyorlangan qog’ozning ichida bir tangalik doira shaklidagi oppoq «suv belgisi» bo’lgan. Uning qog’ozlariga xorijda ham talab juda katta bo’lgan. Bir soha vakillari uning qog’ozlari sifatiga yuqori baho berib, tez tez va ko’p miqdorda buyurtma berib Yevropaga olib ketishgan.
Diqqat savol:
Bu soha vakillari kim?

JAVOB: Pul ishlab chiqaruvchilar

2877. Bu rasm Unga atab yaratilgan. Uni 2 ta so’z bilan ayting?

JAVOB: Global isish
Izoh: materiklar ko’rishida tuxumlar aks etgan bo’lib, tuxum asosan oqsildan tashkil topgan. Oqsil esa issiqda denaturatsiyaga uchrab ivib qoladi. Rasmda Tabiatni asrashga undovchi ma’no yashiringan…

2878. Mashhur fizik Robert Uatson Uayt bir kuni mashinada ketayotib tezlikni me’yoridan oshirib yuboradi. Tezlikni o’lchaydigan zamonaviy radar uskunasi bilan qurollangan nazoratchi uni to’xtatadi. Professor e’tiroz bildirmay, jarimani to’lagach shunday deydi:
-Keyingi gal sal o’ylab ko’rish kerak…
-Siz tezlikni aytayabsizmi?- … Uning shaxsidan kelib chiqib qanday javob berganini toping?

Javob. Yo’q, men radarni ixtiro qilishdan oldin o’ylash kerak demoqchiman.

2879. Yaponiyada katta magistrallarda yo’l chetiga turli rangdagi bolalar o’yinchog’ini osib qo’yishgan. Nima uchun?
Javob. Haydovchilar diqqatini tortib, ularni uxlab qolishdan saqlash

2880. Turkman maqolini tinglang: U birinchi kun oltin, ikkinchi kun kumush, uchinchi kun mis. U -?
Javob: Mehmon

2881. Berlin hokimiyati shahar ko’chalarida uning yangi xilini o’rnatishmoqchi. Ularning sirtiga ,,Katta rahmat” deb yozilgan. Diqqat savol: Nimalar?
Javob. Ahlat qutisi

2882. Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qizni
tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidan
berilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan?

Javob: Sut haqi

2883. Sizga bitta savol bor,
Kelar doim so’ragim,
Bugun tunda mobodo
Bo’lmaydimi keragim?!
Achom qilib yotardik,
Tun tugab, tong otguncha,
So’ngra xayrlashardik,
Yana tun kelgunicha,
Shu maqsadda yozgandim,
Nima derdim ortiqcha,
Sizga xayrli tun tilab
hurmat bilan …
Ushbu she’r «muallifi»ni toping!

Javob: Yostiqcha

2884. Abdulla Oripovning shunday satrlari bor:
Men ham yashayapman o‘z zamonamda,
Davrimdan qayga ham tushardim yiroq.
Va lekin bilmadim mening qonimda
Qaysi bir bobomning hislati ko‘proq.
Yuqoridagi satrlarning mazmunidan kelib chiqqan holatda aytingchi, ushbu she’r qanday
nomlanadi?

JAVOB: Genetika

2885. Islomda bu narsa kishilarning qaysi ijtimoiy guruhga tegishliligiga qarab turlicha
bo‘ladi. Shiyalik ruhoniylarida u qora, sayyidlar va hojilarda yashil bo‘lgan. Siz menga uning nima
ekanligini emas, balki ba’zi holatlarda u nimaning o‘rnini bosishi mumkinligini ayting?

JAVOB: Kafanlik
Izoh:Gap salla haqida ketmoqda

2886. Yapon choyxo’rligi 4 ta qat’iy tamoyil asosida o’tadi:
1 — hurmat,
2 — kamsuqumlik,
3 — ozodalik.
Savol: 4-tamoyilni siz toping?

Javob: Jimlik saqlash

2887. Polsha, Avstriya, Avstraliya, Finlandiya, Fransiya, Portugaliya, Rossiya, Italiya, Germaniyada qora oqda. Britaniyada qora sariqda. Belgiya qizil oqda. Monakoda ko’k oqda. Yaponiyada yashil oqda.
Diqqat savol: gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Avtomobil raqamlari

2888. «Queen» musiqiy guruhi a’zosi bo’lgan, Gitarist Breyn Mey aksariyat hollarda samolyotda uchmoqchi bo’lsa, 2 ta bilet olar ekan: 1 ta kattalarga, 1 ta yosh bolalarga.
Diqqat Savol: Uning farzandi bo’lmasa, unda 2-biletni nima uchun olgan?

Javob: O’zining gitarasi uchun

2889. Uning o’lchami 157×67 mm bo’lib, old tomoni kulrang, orqa tomoni yashil rangda. XVIII asr oxirlarida uning tarkibida 1,6 gr sof oltin yoki 24,06 gr sof kumush bo’lgan. Keyinchalik bu miqdor yo’qolib ketgan. U ko’pchiligimiz uchun sevimli. Yana qolgan ko’pchiligimiz uning sevimliligini o’zimizcha rad etamiz.
Diqqat savol: U nima?

Javob: Dollar $

2890. Sirk eng qadimgi san’at turlaridan biridir. Uzoq o’tmishdayoq Misr, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, shaharlaridagi maydonlarda bayram kunlari akrobatlar, dorbozlar, fokuschilar, chavandozlar, hayvon o’rgatuvchilar, o’z san’atlarini namoyish qilganlar. Dunyodagi barcha sirklarda arena o’lchami doimiy bir xil qilib belgilangan. Arenaning doira shakli ham doimiy qilib belgilangan. Qadimdan hozirgacha dunyodagi barcha davlatlaridagi sirk arenalari doira shaklida quriladi, Savol nima uchun sirk arenalari doira shaklida quriladi?
JAVOB: Chunki qachonlardir sirk programmasining katta qismini chavandozlar va o’rgatilgan otlarning chiqishlari egallagan. Otlar maydonchada aylana hosil qilishgan, uning atrofini tomoshabinlar o’rashgan. Dastlabki sirk binolarini qurishdayoq artistlarga har bir shaharda otlarni qaytadan o’rgatib o’tirmasliklari uchun maydonchalarni doira shaklida hamda bir xil o’lchamda qurishgan

2891. Bizga ma’lumki dunyodagi barcha mashhur brend (kompaniya nomlari) o’ziga xos ma’noni anglatadi. Masalan, Hyundai – hozirgi zamon degani,abadiy zamonaviy degani Canon – Buddaviylarni rahm shavqat ma’budi Cwanno nomidan olingan, Samsung degani Xitoy tilida uch yulduz, Koreys tilida porloq yo’l yaxshilikka intilish ma’nolarini beradi, Mitsibusi uch brilliant, Yahoo Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asaridagi yomon odamlar shunday atalgan. Google – bir raqamidan keyin yuzta noli bor son google deyiladi. Nokia esa Finlandiyaning Tur-Nokia daryosi nomidan olingan.
Savol qaysi brend ulkan koinot ma’nosini anglatadi?

JAVOB: Daewoo

2892. Birinchi qahvaxona aynan mana shu davlatda 1554 yili ochilgan.Qaysi davlatda?
JAVOB: Turkiya

2893. Eruvchan kofeni ishlab chiqarishning birinchi texnologiyasi XX asrning 30-yillarida aynan
mana shu kompaniya mutahassislari tomonidan ishlab chiqilgan?

Javob: nestle

2894. Petr I aynan mana shu davlatda bo‘lganida qahvani yoqtirib qoladi va vataniga qaytgach,u
Assambleyalarning ajralmas atributiga aylanadi. U qaysi davlatda bo‘lganida qahvani yoqtirib qoladi?

Javob: Gollandiya

2895. Turklar aslida mehmondo’st xalq. Ammo bir joyda turk mezbonlarning mehmonlarga atab ,,Do’zaxga xush kelibsiz!’- deb yozib qo’yganini ko’rish mumkin. Diqqat savol: Qayerda?
JAVOB: Stadionda!
Izoh: Turklar o’zlarining o’ta jo’shqin va agressiv futbol muxlisi ekanligi bilan nom chiqargan!

2896. Iskandar Zulqarnay (Qonuniy)vafotidan oldin uch narsani vasiyat qilgan ekan:
•1.Tobutini davlatining eng zo‘r tabiblari qabrga ko‘tarib borishini;
•2.Bor boyliklari-javohiru oltinlarini qabrgacha boradigan yo‘lga sochib qo‘yishlarini;
Diqqat savol! uchinchi vasiyatida nima degan edi?

Javob: tobutidan ikki qo’lini chiqarib qo’yishlarini.

2897. AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko’rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab bo’lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Mona liza- Jakonda

2898. Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamlakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o’sha ikkita davlatni ham ayting?
Javob: Daniya – Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo’yicha Yevropa Chempioni bo’lgan.

2899. M C L N S O Z
Ilm-fan va texnologiyalar unversitetining olimlarining so’ngi izlanishlari shuni ko’rsatadiki, ULARning ko’p foydalanidiganini siz yuqorida ko’rsatilgan harflarga o’xshaydi ekan. Ya’ni odamlar ULAR uchun namunani shu harflardan olgan.
Diqqat savol: Ular deganda nima nazarda tutilgan?

Javob: Telefonimizdagi grafik parol

2900. Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, yana qayerga borganda ular bronjelet kiyib olishadi?
Javob: Futbol uchrashuvlariga