41-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

4001. «U»nga bir boqingchi. Rangi qanday? Ko’k deysizmi?. Aslida qizil rangda bo’lgan «U» sizni ko’zingizga nurning yutilishi va qaytishi ta’sirida ko’k bo’lib ko’rinadi. «U»ning ustki «qoplamasi» da ko’k rang ko’zimizga qaytib ketib qizil rang yutilib ketadi. «U»ni topishingiz uchun ilmoq so‘z tibbiyot.Demak
«U» NI 2 so’zda ayting?

Javob: Qon tomirlari (vena)

4002. Ertaklarda aytilishicha ko’rsichqon bayram kunida ishlash mumkin emasligiga qaramay yer qazigani uchun tabiat tomonidan mashunday jazolanib, ko’r qilib qo’yilgan ekan.
Savol: Ana shu ertakda qaysi qush bayram kunida in qurgani uchun o’ziga xos tarzda jazolangan?

Javob: Kakku
Kakku bayram kuni ham in qurganligi uchun inini tabiat buzib tashlagan, shu sababli kakku boshqa qushlar iniga tuxum qo’yar ekan.

4003. Statistik maʼlumotlarga qaraganda, dunyoda eng past boʻyli odamlar Yaponiyada yashar emish. Siz esa menga eng baland boʻyli odamlar qayerda koʻproq yashashini ayting?
Javob: Gollandiya. Niderlandiya

4004. Itlar insonning do’sti hisoblanadi. Misol uchun qo’riqchi itlar biror xavf sezishsa bizga vovillab bu haqida xabar berishadi.
Savol: Aytingchi Abu Ali ibn Sino nimani inson tanasining qo’riqchisi deb atagan?

Javob: Og’riq
Tanamizning biror qismi og’rishidan u yoki bu tana a’zosiga shikast yetkanligi yoki kasallanganligini bilishimiz mumkin. Og’riq huddi qo’riqchi it kabi bizni ogohlantiradi demoqchi buyuk bobokalonimiz.

4005. Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada U omad ramzi hisoblanadi. Shotlandlarning ishonishicha, uyga kirgan U o‘zi bilan boylik va rivoj olib kelarkan. Unga egalik qiluvchi ayolning oshiqlari ko‘p bo‘larmish. Dengizchilar uyida albatta U bo’lgan, chunki dengizchining jonini U asraydi deb ishonishgan. O‘rta asrlarda ko‘plab kasalliklar tarqalishining bir uchi Ularga borib taqaladi
Savol: Uni nima ekanini aniq ayting?

Javob: QORA MUSHUK
Izoh: Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, Uni omad timsoli sifatida qaraydiganlar ham bor ekan. O‘rta asrlarda QORA MUSHUK shayton xizmatchisi deb qirib yuborilgan va oqibatda kalamushlar keskin ko‘payib ketgan. Ular esa yuqumli kasalliklarning faol tashuvchisi hisoblanadi!

4006. Bir asar voqealariga ko‘ra kichik bir qishloqda kasallik tarqaladi. Bu kasallikning nojo‘ya ta’sirlari avvalboshda hech kimni tashvishlantirmas edi. Biroz vaqt o‘tib barchani sarosimiga solib qo‘yadi. Bu kasal bilan og‘riganlar asta-sekin o‘z xotiralarini yo‘qota boshlaydilar. Dastavval ular bolalikdagi xotiralarni esdan chiqarishadi. Keyin buyumlar nomini, yaqin kishilar ismini, o‘z ismi va shu kabilar. Va oxirida UNI esdan chiqarishadi.
Savol: Ular eng so‘nggi bo‘lib NIMANI unutishadi?

Javob: Nafas olishni

4007. Dramaturg Sharof Boshbekov: “Vijdon huddi mana shu tana a’zoimizga o’xshaydi. Hech bir vazifasi yo’g’u og’rig’i olamni buzadi”
Savol: Sharof Boshbekov qaysi tana a’zosiga bu fikrni bildirgan?

Javob: Ko’richak
Ko’richak azobini tortganlar yaxshi bilishadi.

4008. Barchamizga tanish, aktyor va masxaraboz sirk artisti Yuriy Nikulin o’z memuarida shunday hazillashib bir fikrni aytgan: “Mening ikkita kamchiligim bor. Birinchisi xotiram pastroq, ikkinchisi … “
Savol: Ikkinchi kamchiligini siz toping?

Javob: “Ikkinchisi esimada yo’q” deydi hazillashib.

4009. Ular hech qachon butkul uhlashmaydi. Miyaning birinchi chap,keyin esa o’ng yarmi navbat bilan uyquga ketadi. Shuning uchun ham ular bir ko’zi yumuq holda uxlashadi.Bu qaysi hayvon ekanligini toping-?
Javob: Delfin

4010. «Аргументы и факты» gazetasi dunyodagi eng yaxshi inson kim mavzusida so’rov o’tkazadi. Unda 2000 dan oshiq xat ishtirok etdi. Nomzodlar ichida qo’shiqchi Jon Lennondan tortib Nikulingacha bor edi. So’rovnoma Yevropa bo’lganligi sababli 25% ovoz bilan 2-o’rinni Iso Alayhissalom egallaydi.
Savol: 30% ovoz bilan 1-o’rinni egallaganni toping?

Javob: Ona

4011. U san’atning bir sohasi vakillariga kerak bo‘ladi. U ni yosh bola paytimda xolam yoki onamning pardoz-andoz ashyolari ichida uchratib hayron bo‘lardim. U arzimas narsa ekanligi yuqoridagi gaplardan anglashilgandir balki. Ammo shoshilmang! U uzoq qit’aga sayohat, ko‘cha harakati qoidalari buzilishi, politsiyaga qarshilik qilish, baxtsiz hodisa, o‘g‘irlik, mushtlashuv kabi voqealarga sababchi bo‘lgan.
Savol: Cho‘ntagimdagi narsani maksimal aniq yozib bering?

Javob: YONGAN GUGURT CHO‘PI
Izoh: Rassomlar asarining nozik nuqtalarini chizayotganda YONGAN GUGURT CHO‘PI yoki sigaret qoldig‘idan foydalanarkan. Avvallari ayollar YONGAN GUGURT CHO‘PI bilan o‘sma qo‘yilgan qoshlarini tarashgan. Mashhur ,,Gugurtga ketib” filmida Amerikaga sayohat, ichib olib shaharda ko‘cha qoidasini buzish, politsiyaga qarshilik qilish, cho‘kib ketish, cho‘chqa bolasini o‘g‘irlash, Taxvo Kenenin bilan mushtlashuv kabilar aslida oddiygina gugurtdan boshlanadi. Ixolaynen film so‘ngida gugurt qutini ochganida ichidan birgina YONGAN GUGURT CHO`PI chiqadi!

4012. Psixologlarning fikriga ko’ra, ushbu ikkita ichimlik zamonaviy G’arb madaniyatida bir-biriga zid ma’noga ega.
Ulardan biri ishdan dam olishga, boshqasi esa, aksincha, dam olishdan ishlashga o’tishni anglatadi.
Ushbu ichimliklarni nomlang?

Javob: Spirtli ichimliklar — ishdan dam olishgacha.
Qahva – dam olishdan ishgacha.

4013. Vokzalda, devor-ustunlarga yopishtirilgan e’londan:
Pul va qimmatbaho buyumlaringizga ehtiyot bo’ling, vokzalda o’g’rilar bor!!!
Vokzal hududiga bu e’lonlarni kimlar yopishtirib chiqishgan?

Javob: O’gʼrilar
Izoh: Bu e’lonni o’qigan yo’lovchilar darhol pul, qimmatbaho buyumlarini beixtiyor ushlab, paypaslab(yo’qolmaganini tekshirish u n), yoki joyini o’zgartirib(«xavfsiz» joyga) qo’yishgan, o’gʼrilar esa buni kuzatib, boyligi qayerdaligini osongina bilib olishgan. Politsiya tez tez e’lonlarni olib tashlagan ammo o’gʼrilar qayta yopishtirib chiqishgan.

4014. Bir inson xotiralari: “Rahmatli dadam brigadr edilar. Qo’shnimiz va qishlog’imizdagi ko’pgina kishilarni ikki harfli yoki 2428 km uzunlikdagi daryo bilan bog’liq X i bo’lar edi. Deyarli aksariyat qishloq kishilari X dan foydalanishardi”.
Savol: Ikki xil X ni nomini yuqori aniqlikda toping?

Javob: Ural va ij mototsikllari edi.

4015. O’tkir Hoshimov ularni charxpalakka qiyos qilgan. Charxpalak suv tomchilarini kaftiga olib, yuqoriga olib chiqadi. Suv tomchilari esa aslo ortiga qaramay, o’z yo’llaridan ketadilar. Charxpalak esa bundan ranjimaydi, yana o’z ishini davom ettiraveradi.
Savol: O’tkir Hoshimov kimlarni charxpalakka qiyoslangan?

Javob: O’qituvchilarni

4016. Odatda yosh bolalar so’rg’ichlarini otib yuborishadi va keyin uni yuvish kerak. Bir oila so’rg’ichni ifloslanmasligini yo’lini topdi. Ular farzandlarini so’rg’ichiga ip va X ni bog’lashdi.
Savol: X nima?
Maksimal aniqlikda

Javob: Geliyli pufak
Izoh: Ip bn pufakni bog’lashgan,so’rg’ich otib yuborilganda yerga tushmasligi uchun.

4017. Yod moddasi organizm va nerv funksiyalarida muhim ahamiyatga ega. Ma’lum bo’lishicha yod aralash dorilar ko’p sotila boshlagandan so’ng odamlarning X si 3,5 baravar oshgan.
Savol: X nimaligini aniq ayting?

Javob: IQ
Intellektual qobilyat(salohiyati)

4018. 1993 yilda, 13 yoshida ushbu mashhur futbolchi ommaviy axborot vositalari e’tiboriga tushadi. Bunga sabab bir o’yinda 23 ta gol urganidadir. Bugungi kunda bu futbolchining ishlari unchalik yaxshi emas.
Savol: Ushbu futbolchi kimligini yozib yuboring?

Javob: Ronaldinio (Ronaldinho)
2005-yilgi Oltin to’p sohibi

4019. Hewlett va Packard familiyalarini eshitmagan bo’lishingiz mumkin, lekin ular yaratgan brendni (hp) albatta eshitgansiz va hayotda ko’p uchratgansiz. Bu brend ostida ishlab chiqariladigan maxsulotlar elektronika bozorida anchagina muvafaqqiyatga erishgan. Brendning yaratilish tarixida bir qiziqarli fakt bor. Familiyalarning bosh harflar orqali brendni tuzishga kelishilgan, lekin kimning familiyasi bosh harfi birinchi kimniki ikkinchi bo’lishida baxs yuzaga keladi. Shunda ular bu ishni qilishga kelishishadi va muammoni oson hal qilishadi.
Savol:Bu ish deyilganda qaysi ish nazarda tutilgan?

Javob: Tanga tashlashgan
Shu tariqa kimning familiyasi bosh harfi birinchi kimniki ikkinchi turishini kelishib olishgan ekan.

4020. Dunyoda shunday narsa borki butun dunyo bo’yicha u uchun 2 ta so’z mavjud ekan. Ya’ni qaysi til bo’lishidan qat’iy nazar shu ikki so’z talaffuziga juda yaqin talaffuz qilishar ekan (deyarli bir xil).
Yordam: Millatimiz dasturxonida hoh nonushta bo’lsin, hoh tushlik, hoh kechki ovqat, u mavjud. Mehmon kelsa birinchilardan bo’lib uni qo’yishadi.
Savol: Uning nima ekanligini toping?

Javob: Choy
2 ta so’z esa “chai” (talaffuzda chay) va tea (talaffuzda ti)
Yapon tilida biroz o’zgarishni ko’rishimiz mumkin, “Ocha” deb talaffuz qilinar ekan.

4021. Amakimning yoshi meni yoshimdan 3 marta katta. Dadam amakimdan 5 yosh kichik. 11 yildan keyin mening yoshim dadamnikidan 2 marta kichik bo’ladi. Agar amakim 20 yoshda o’g’illi bo’lgan bo’lsa, amakimning o’g’li dadamdan necha yosh kichik?
Javob: 15 yosh

4022. Jenaro Gattuzo ismli Italiyalik futbolchi bo’lgan. Hozirda u murabbiylik faoliyati bilan shug’ullanadi. Karierasi mobaynida u Shotlandiyaning “Glasgow Rangers” jamoasida ham o’ynagan. Klubga yangi kelganda stadionga kiraverishda bir keksa ayolning suratini ko’rib, klub rahbari shu ayol bo’lsa kerak deb o’ylagan. Keyin bilsa (Bu kampir kim ekan deb yursa) bu ayol …
Savol: Bu ayol kimligini aniqlang?

Javob: Bu kampir kim ekan desa
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II ekan.
(Gattuzo uni oldin ko’rmagan ekan)

4023. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu hayvon ovqat tanlamaydi. U yer qurtlarini ham, hashoratlarni ham, zaharli ilon va zaharli qo’ng’izlarni ham, meva va rezavorlarni ham iste’mol qilaveradi.
Qaysi hayvon bo’lishi mumkin?

Javob: Tipratikon

4024. Ushbu meva boshqa mevalardan g’alati xususiyati bilan ajralib turadi: ya’ni mevasi ko’plik qilsa shox sinmaydi, mevalarini to’kib yuboradi.
Ushbu mevani ko’pchilik jannati meva deb ham nomlashadi.Ko’p manbalarda ushbu mevaning vatani Arabiston deb ham kiritilgan. Ushbu meva yurtimizda ham juda ko’p.
Diqqat savol:gap qaysi meva haqida ketyapti?

Javob: Xurmo

4025. O’tkir Hoshimov ,, Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobida:
Dunyoda Onaga qiyoslash mumkun bo’lgan ikki narsa bor: Birinchisi ona til ikkinchisi Y.
deb yozadi.
Diqqat savol: Y nima ekanini toping?

Javob: Ona vatan

4026. Ey so’zning qadriga yetmagan dunyo,
Kimga qarayapsan ko’zing qilib lo’q.
O’ldirdim g’olibman deysan behayo.
Uning ko’ksini teshib o’tgan o’q.
Diqqat savol: uning deya kimni nazarda tutgan?

Javob: A.S.Pushkin

4027. Stiven Fryning haziliga ko’ra, X dunyo yaratilganidan keyin Xudo depressiyaga tushganidan so’ng yaratilgan. Bir ishda qon to’kilmaslik uchun ozgina X yetarli ekanligini aytadi. X nomi davriy jadvalda bor ekanligini va ba’zi noodatiy kasalliklarga davo ekanligini hisobga olib X toping?
Javob: Litiy elementi

4028. Dunyoda bor bir narsa, o’limga teng u narsa, asal kabi totlidir, shirin erur bu narsa?
Javob: Uyqu

4029. Bu «kasb» egalari hech qanday oylik-maoshsiz ishlashadi. Ishlari ijobiy yakunlangan taqdirdagina manfaat ko’rishadi. Bizda ular o’zlarini juda past tabaqa bilan tenglashtiradi. Savol: Bu qaysi ,,kasb»?
Javob: Sovchilar

4030. U 1889-yilda, Londonda tug’uladi. Sahnaga ilk bor 5 yoshida chiqqan. Ingiliz komik aktyori, rejissor, bastakor. 1928 va 1972-yillarda “Oskar” mukofotiga sazovor deb topilgan. Bundan tashqari 1975 yilda Yelizavetta II tomonida ritsarlik unvoni bilan ham taqdirlanadi. Gollivudning shon-sharaf alleyasida birdaniga ikkita yulduzga ega yagona inson hisoblanadi. Umri mobaynida u 4 marta uylangan, 12 nafar farzandi bor. Eng kichik farzandi (o‘g‘li) aktyor 72 yoshligida dunyoga kelgan.
Bu aktyorning kimligini topgan bo’lsangiz, u bir qiziqarli tanlovda 3-o’rinni oladi.
Savol: Qanday tanlovda uchinchi o’rinni oladi?

Javob: O’zining qiyofadoshlari tanlovida uchinchi o’rinni egallagan.
Aktyor esa Charli Chaplin edi.

4031. Sadoqatni undan urganing
Yosh ko’nglini vayron etdilar
34 yoshida beva qoldirib
81 yoshida jonin oldilar
Diqqat savol: Ushbu ta’rif qaysi o’zbek ijodkoriga atalganini toping?

Javob: Zulfiyaxonim Isroilova

4032. Oskar Ualdning aytishicha «X qo’pol qizlarga juda mos keladi, lekin muloyim yigitlarga emas»,
Ondino Vera esa «Urugvay X i uning tarixiy o’rnini egallaydi» degan.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Futbol

4033. Yunon (grek) naqliga ko’ra bu o’simlikni ekishda avval bulbul suyagini, so’ng sher suyagini,so’ngra eshak suyagini qo’shib ekkanlar.
Savol: Bu qaysi o’simlik?

Javob: Bu uzum o’simligi edi.
Uzumdan vino tayyorlanadi,Uni ichgan avval bulbul bo’lib sayraydi, keyin sher bo’lib kuchayadi,so’ngra odamiylik qiyofasini yo’qotib eshakka aylanadi!

4034. 1966-yilning 15-oktabrida Texas shtati Makkini shahrilik 75 yoshlik haydovchi 20 daqiqa ichida to’rt marta qarama-qarshi yo’lga chiqib ketadi, to’rt marta avariya qiladi va to’rt marta voqea joyidan qochib ketadi. 10 marta jarimaga tortiladi.
Savol: Shundan so’ng haydovchi ismi qayerda paydo bo’ladi?

Javob: Ginnes Rekordlari kitobida.
Eng yomon haydovchi sifatida

4035. Ko’p ajoyib urf odat, udumlarimiz bor: ba’zan, (ko’proq yoshi ulug’lar tomonidan) dasturxonga fotiha o’qilgach, yana alohida «shirin ozod, manzil obod, payg’ambarga, Allohga salovot, mana shu qovun(tarvuz) ni ekkanni, yetishtirganni….. va hk» deb boshlanuvchi duoning o’qilishiga guvoh bo’lamiz.
Nega aynan qovun tarvuzga alohida fotiha o’qishadi?

Javob: Chunki qovun-tarvuz so’yiladi, boshqa meva sabzavotlarni to’g’ra, kes desak, qovun-tarvuzni «so’y» deymiz, ota-bobolarimiz so’yilgan narsaga alohida fotiha o’qishgan. (Shu uchun ham qovun-tarvuzni so’yayotganda doim birinchi «bismillo» deb»bosh»ini olib, keyin maydalash kk deb ko’p ta’kidlashadi)

4036. XX asrning 90-yillarida AQSHda ozodlik haykaliga uzun kelin ko’ylak tikishdi.
Savol: Bu voqea nima sababdan amalga oshirilgan?

Javob: 1992-yilda Amerika kashf qilinganligining 500 yilligiga

4037. Qadimgi Arablar sahroda yashashgan. Ular zaytun yig’ishtirish, tuya boqish, qo’y boqish bilan shug’ullanshgan va yog’ingarchilik suvlarini maxsus hovuzlarda yig’ishgan. Jazirama issiqda usti ochiq hovuzlarda suv bug’lanib ketadi. Buning oldini olish uchun Arablar bir xiyla ishlatishadi.
Savol: Suvga nima qo’shishadi?

Javob: Suvga zaytun yog’i qo’shishgan.
Yog’ suv yuzasida to’planadi va uni bug’lanib ketishiga yo’l qo’ymaydi.

4038. Bir ombor borki undan jism faqat tarozidan oʻtib chiqadi. Taroziga esa ombor ichidagi sandiqdan chiqadi. Eng qizigʻi ombor egasini faqat sandiqdan taroziga kelgan ohirgi jism qiziqtiradi.
Diqqat savol: gap nima haqida ketayapti?

Javob: Iymon

4039. Hamma joyda bo’lgani kabi Ugandada ham to’y oldidan kuyov kelinga sovg’a beradi. Agarda kuyov biz so’ramoqchi bo’lgan narsani kelinga sovg’a qilsa, bu bilan umrimning oxirigacha sen bilan birga yashashni istayman qabilidagi niyatini ifodalar ekan.
Diqqat savol: Gap qaysi predmet haqida ketmoqda?

Javob: Hassa (Aso)!
Izoh: Qarib, hassaga tayangunimizcha aslo ajralmaymiz degani, albatta, undan keyin ham.

4040. Oq ayiqlar pingvinlarni nega yemaydi?
1) Oq ayiqni tishi o‘tmaydi
2) Oq ayiqqa pingvinlarni mazasi yoqmaydi (buni bilish uchun oq ayiq bo‘lish kerak)
3) Oq ayiq va pingvinlar bir-biri bilan uchrashmaydi
4) Pingvinlar tez yuguradi
Variantlardan faqat bittasini tanlang va javobingizni asoslang?

Javob: 3
Ular bir biri bilan uchrashmaydi, oq ayiq Arktikada, pingvin esa Antarktidada yashaydi.

4041. Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin jarrohlikka o‘qiyotgan talabalar o‘z amaliyotlarini bir mevada sinashadi. Bo‘lajak jarrohlar shu tarzda qo‘llarini nozik operatsiyalarga o‘rgatishadi. O‘sha mevani yozib bering?
Javob: Uzum
Aynan uzum donalari bo‘lajak jarrohlar uchun trennajor vazifasini o‘taydi.

4042. Qadimgi Rim davrida ular juda keng tarqalgan. Rim imperiyasi parchalangandan so’ng ular yo’q bo’lib ketgan va XI asrdagina qayta paydo bo’la boshlagan. Venetsiyaliklar ularni o’z farzandlariga meros qilib qoldirishgan. Hozirgi kunda unga barchamiz egamiz.
U nima?

Javob: Familiya

4043. XX asr boshida ayollar orasida kalta soch turmagi ommalashishiga sabab, bir mashhur inson uyidagi gazli kalonkadan chiqqan alanga tufayli, uning soch turmagini kuydirib yuboradi. Oqibatda o’sha mashhur inson ommaga kalta soch turmagida ko’ringan.
Savol: O’sha mashhur inson kim edi?

Javob: Gabriel Bonyor Shanel (Koko Shanel)

4044. Bunday kimyoviy elementlar juda ko’p. Masalan: selen va eynshteyniy, brom va rubidiy, seziy va skandiy, qalay va nilsboriy va boshqalar.
Agar siz bu kimyoviy elementlar qanday asosda juftlanganini topgan bo’lsangiz, galliy elementini juftini toping. Bu element nomi qizlarni ismni esga soladi. Qaysi element bu?

Javob; Kumush
Izoh: Bu kimyoviy elementlarni birini teskarsi ikkinchisini aks ettiradi: Se-Es, Br-Rb, Cs-Sc, Sn-Ns… Ga-Ag.

4045. Bu kimyoviy element birinchi marta quyosh spektrini tahlil qilishganda quyoshda aniqlandi va unga «quyosh» deb nom berishdi. So’ngra yerda «kleveit» nomli mineral tarkibida qayta tug’ildi. Bu qaysi element? Yordam sifatida shuni aytishim mumkinki, bu element nomi qadimgi yunon mifologiyasida «Quyosh xudosi» nomiga nomlangan?
Javob: Geliy. Quyosh xudosi: Gelios.

4046. Kimyo
1.Yonish va oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyani qaysi olim yaratdi?
2.Dastlab element va korpuskalalar to’g’risidagi fikrlarni qaysi olim ilgari surgan?
3.Flogiston nazariyasini qaysi olim yaratgan?
4.Tajribalarni iloji boricha qayerda o’tkazgan ma’qul va xavfsiz?
5.Qaysi izozarrachalarda protonlar soni bir xil bo’ladi?

Javob:
1_ Lauvazye
2_ Lomonosov
3_ G. Shtal
4_ Mo’rili shkafda
5_ Izotoplar

4047. Kimyo
1.O’zaro bog’langan atomlar guruhidan iborat zarracha qanday nomlanadi?
2.Atomlar harakatining o’ziga xos turi bu – …..
3.Qaysi izozarrachalar bir-biridan neytronlar soni bilan farq qiladi?
4.Bugungi kunda yadro zaryadlari bilan farqlanadigan elementlar turi nechtani tashkil etadi?
5.Nisbiy atom massa Ar bilan ifodalanadi. Indeksdagi «r» qanday ma’noni anglatadi?

Javob: 1.Molekula
2.Kimyoviy reaksiya
3.Izotop
4.118 ta
5.Nisbiy

4048. Kimyo
1.Musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida harakatlanuvchi manfiy zaryadli elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Qaysi zarracha haqida gap boryapti?
2.Filtrdan o’tgan tiniq eritma nima deb ataladi?
3.Ikki va undan ortiq har xil moddaga parchalanuvchi modda – ……
4.Temir va oltingugurt bo’laklari aralashtirilgan, ularni bir-biridan qanday ajratish mumkin?
5.Cho’kib qolgan qattiq moddalardan suyuq moddani ajratib olish usuli nima deyiladi?

Javob:
1.Atom
2.Filtrat
3.Murakkab kimyoviy modda
4.Magnit bilan
5.Dekanatsiya

4049. Kimyo
1.Bir stakan suvda 1 choy qoshiq tuz eritilsa, u necha gradus da muzlaydi?
2.Galogenlar qatorida tepadan pastga kislotalilik qanday o`zgaradi?
3.Ozon qanaqa rangda?
4.Kislotali muhitda lakmus qanday rangga kiradi?
5.MgO qanday rangda bo’ladi?

Javob:
1. -2 °C
2.Ortadi
3.Ko’k
4.Qizil
5.Oq

4050. Bu kimyoviy element — ispan tilidan tarjima qilinganda «Kichik kumush» yoki «Kumushcha» degan ma’noni anglatadi.
XVI asrda bu element kashf qilinganda uni eritib bo’lmasdi va foydalanishga yaroqsiz deb qaralgan. Bugungi kunda «Kumushcha» kumushdan 58 barobar qimmat turadi.
Diqqat savol:Bu qaysi element?

Javob: Platina

4051. Qaysi element nomi Yerning lotincha nomiga va qaysi element nomi Oyning yunoncha nomiga to’g’ri keladi?
Javob: Tellur va Selen
Izoh: Tellur elementining nomi Yerning lotincha nomi Tellusga, Selen elementining nomi Oyning yunoncha Seleneyga to’g’ri keladi.

4052. Rasmda nima reklama qilinmoqda?

Javob: Orbit Saqichlari

4053. Oramizda o’qishga kirish uchun imtihon topshirish maqsadida imtihonga kiradiganlar talaygina.
Imtihonlarning birida men bir o’quvchi nima qilib bo’lsa ham o’zi bilan shokolad olib kirmoqchiligini ko’rdim va so’radim shokolad ichida shpargalka bormi ? U yo’q deb javob berdi. Unda nega olib kirishga urinayotganini so’raganimda u yaqinda «X» davlatiga borib kelganini va u yerda ko’rganini aytdi. Keyinroq bilsam «X» davlatida shokolad omad keltirishi haqida yozilgan ekan.
Diqqat savol:»X» davlatini ayting?

Javob: Yaponiya
Izoh:Yaponiyada doimo imtihonga shokolad olib kirish mumkin va bu o’quvchilarga omad keltiradi deb yozilgan ekan

4054. Ushbu ko’rib turganingiz – Mirzo Ulug’bek suv ichgan idish. Ushbu idish nefritdan yasalgan.
Olimlar idishning nefritdan yasalishida 2 ta afzallik borligini aniqlashgan.

1.Bunday idishlarni hech qachon yashin urmaydi.
2.-sababini siz ayting?

Javob: 2. unda zahar o’z kuchini yo’qotadi.
Ulug’ hukmdorlarning idishlarini tayyorlashda eng avval xavfsizlikka e’tibor berilgan.

4055. Saltanat alfa ga o’xshaydi juda yaqin kelsang yonib ketasan, juda uzoq ketsang muzlab qolishing mumkun.
O’.Hoshimov ,,Daftar hoshiyasida bitiklar»
Diqqat savol: alfa ni toping?

Javob: Quyosh

4056. Internetni titkilasangiz, quyidagicha ma’lumot berilgan: «Inson tanasining bu qismi hech bir tilda nomga ega emas». Biroq bu joyning o’zbek tilida o’zbekcha nomi bor. O’tmishda qizlarni maqtashda yoki uloq o’yinida bu joyning nomi ishlatilgan. Tananing shu qismi qayerligini yoki uning 5 harfdan iborat nomini toping?
Javob: Taqim
Izoh:
-taqim tizzaning orqa chuqur joyi;
-sochlari taqimiga tushadi deb uzun sochli qizlar maqtalgan;
-maktabda «Uloqda» hikoyasini o’qigan bo’lsangiz, bir necha bor uloqchilar uloqni taqimga bosishgani aytilgan.

4057. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni birida bir foydalanuvchi o’z profiliga kirish parolini X ga almashtirganligini aytadi va bu parolni qulaylik tarafi deb, qo’yilgan bu parol hech qachon esdan chiqmasligini va doim eslatilib turulishini aytib o’tadi.
Savol siz menga o’sha parol sifatida qo’yilgan X so’zini topib bering?

Javob: Incorrect ( noto’g’ri )
Agar xoxlagan boshqa xato parolni tersangiz, komputer o’zi sizga » Your password is incorrect » yani sizning parolingiz » incorrect » deb eslatib turadi.

4058. Ikkinchi jahon urushi davomida nemislarning U-23 suv osti kemasi kapitani Otto Krichmark uzoq vaqt Ittifoqchilar hujumi ostida qolib ketgan payti ekipajning katta qismiga uyquga ketishini buyuradi.
Savol: U nima uchun bunday qarorga kelgan?

Javob: Kislarodni tejash

4059. Taniqli bo’lmagan, kambag’al oiladan chiqqan Shon Konneri zodagon Bond rolini ijro eta olishiga ko’zi yetmagan. Lekin film rejissyorining yordami sababidan Shonning iqtidori yarqirab ko’ringanligi uchun, sur’atga olish maydonchasida rejissyor C ni D ga aylantirgani haqida hazillashib gapirishgan.
Diqqat, savol: C va D nimadan iborat?(Tarkibini ayting)

Javob: C –> Uglerod
Rejissyor «ko’mir»ni (Coal) «olmos»ga (Diamond) aylantirdi, deyishgan ekan. Ko’mirning ham olmosning ham kimyoviy tarkibi bir xil element – ugleroddan C (Carbon) tashkil topgan…

4060. X-tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va tabiatda keng tarqalgan anorganik modda. Tish emali hujayralarida 10%, o’simlik hujayralarida 90%gacha bo’ladi. Yordam sifatida shuni aytishim mumkinki inson tanisida X 5%ga kamaysa hushidan ketadi. X – ?
Javob: H2O Suv

4061. Dunyoda bir qabila bor. Ularda qabriston yo’q. Ular o’lganlarni yoqib keyin banan bilan qo’shib iste’mol qiladi. Shu sababli qabila a’zosining ruhi ularning orasida yashashni davom ettiradi degan fikrda.
Savol: Bu qabila qayerda qo’nim topgan?

Javob: Amazoniyaning Yanomami qabilasida qabriston yo’q.
Ularning fikriga ko’ra, o’lim tabiiy hodisa emas. Qabilada vafot etgan kishini yoqish va uning kulini banan bilan aralashtirib iste’mol qilish urfga kirgan, shu sababli qabila a’zosi bo’lgan kishining ruhi ularning orasida yashashni davom ettiradi.

4062. Sayyoramizda bir hayvon bor.
U sizning ovozingizdan kimligingiz ya’ni jinsingizni va yoshingizni bilib oladi. Uni insonlarning do’sti ham deb atashimiz mumkin. U haqida filmlar ham ishlangan.
Diqqat, savol: Hayvonning nomini ayting?

Javob: Fil

4063. Yaponiyadagi maktablar faoliyatidagi bir xususiyat biznikidan butunlay farq qiladi. O’quvchilarni hech biri ajralib turmasligi uchun ustozlar bu usulni qo’llaydilar. Agarda bu jarayon bizda qo’llansa, norozichiliklarga olib kelishi mumkin.
Diqqat, savol: Bu xususiyat nima?

Javob: Yaponiyada o’quvchilarga ustozlar tomonidan qo’yilgan baho aytilmaydi(e’lon qilinmaydi)Bolalar baho uchun o‘qimaydi.

4064. Dehqonlar ekinlarni biroz kechroq ekishganda ustiga qora ko’mir sepib qo’yishar ekan.
Savol: Nega qora ko’mir sepishgan?

Javob: Qora rang o’ziga yorug’lik nurini yutgani uchun sepishgan.

4065. Hammaga Tanish bo’lgan «makas» oyoq kiyimi Yevropada emas balki ular ya’ni qoloq bo‘lgan bir xalq tomonidan ixtiro qilingan edi. Lekin madaniyatli Yevropa buni hech qachon tan olmagan .
Savol: Bu oyoq kiyimni aslida qaysi xalq yaratgan?

Javob: Hindular(Asteklar)

4066. X nomli so’z, qadimda turkiylar orasida ko’p qo’llanilgan. Hozirda kam holatda shoirlar she’rlarida kuzatiladi. Ma’nosi bizning tushunchamizda «borlik», «mavjudlik». So’z nomi bilan ataluvchi buyumni hindlar va xitoyliklar e’zozlashadi. Shu bilan birga ularga ishonishadi ham.
X juda qisqa so’z.
Diqqat, savol: X o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Bud

4067. Erkak kishi haqidagi eng to’g’ri ma’lumotni kim biladi deyishsa ayollar deb javob qilish mumkin. Lekin turmush o’rtog’ingiz (eringiz) qayerda degan savolga ba’zan ular ham aniq javob topisha olmay qolisharkan. Bu savolga faqat bir toifa ayollar har qachon ham 100%lik to’g’ri javob berisha olishadi.
Savol: Qanday ayollar bu savolga eng to’g’ri javob berisha oladi?

Javob: Beva ayollar

4068. Dunyodagi mavjudotlardan biri haqida Qur’onda yozib o’tilganda «sinib» qoladi deb ta’kidlab o’tilgan. Bu keyinchalik g’arb olimlari tomonidan Qur’onni xatoligi bor deb takidlashiga olib keldi. Ular «sindirmoq» emas «ezilmoq» deb yozilishi kerak deb ta’kidladi. Bu tanqiddan so’ng 2 yil ham o’tmay, olimlar tomonidan uning tarkibida shisha borligi aniqlandi va Qur’onda uning tarkibiga qarab to’g’ri jumla ishlatilgani isbotlandi.
Savol: Bu qaysi mavjudot edi?

Javob: Chumoli

4069. Fransiya biroz g’alatiroq urflarga ega. Ikki asr davomida, 2012 yilga qadar Parijda hech qanday ayol bu ishni qilishi mumkin emas edi. Lekin hech kim bu qonunga amal qilmagan. Shu sababdan bo’lsa kerak bu qonundan voz kechilgan.
Yordam: Bugungi kunda yurtimizda ham bu holat ancha ommalashdi.
Savol: Voz kechilgan qonunda nima ta’qiqlangan edi?

Javob: Ayollarning shim kiyishi

4070. Sayyoramizda shunday joy bor bo’lib, eng ko’p kislorodni ishlab beradi. Uni «Sayyoramizning o’pkalari» deb ham atashadi.
U yerda ham suvlik, ham quruqlikni uchratamiz. Ajablanarlisi bu yerda hozir ham ibtidoiy jamoalarni ham uchratishimiz mumkin.
Savol: Joy nomini toping?

Javob: Amazonka o’rmonlari

4071. Amerikada hammamiz biluvchi bir ob’ekt mavjud. Ushbu ob’ekt dastavval yangi kvartallarni reklama qilish uchun qurilgandi. So’ngra ikki yildan keyin buzib tashlanishi kerak edi. Mahalliy hududda bir soha keskin rivojlanib ketishi natijasida ushbu ob’ektning 13 dan 4 qismigina buzildi holos.
Bugungi kunda ba’zi sayyohlar mazkur hududga shu ob’ektni hayotda, o’z ko’zlari bilan ko’rish uchun ham borishadi.
Savol: Gap qaysi ob’ekt to’g’risida bormoqda?

Javob: Bu ob’ekt Los-Anjelisdagi HOLLYWOOD edi

4072. Afinada o’tgan olimpiya o’yinlarining final baxsida Nuriya Domingez Asensio ismli sportchi finish chizig’ini kesib o’tgan paytda, uning barcha raqiblari uning ortida edi. Ammo shunga qaramay u oltin medal ololmagan.
Savol: Nima uchun u oltin medal olmagan?

Javob: Marraga eng oxiri bo’lib yetib kelgan.
Izoh:Bu sport akademik eshgak eshish deb nomlanadi. Bu sport turida sportchilar teskari o’tirgan holatda eshkak eshishadi, shu sababli sportchining orqa tomonidagi sportchilar undan oldinda bo‘ladi va tabiiyki undan oldin finishga yetib borishadi.

4073. Amerika bog’chalaridan birida, bolalarni hamkorlikga o’rgatish uchun ular dastlab orqaga joylashtiriladi.Keyinroq bolalar mustaqil bo’lishlari uchun oldinga ko’chiriladi.
O’zimizda esa ularni nafaqat oldinga yoki orqaga balki yelka qismga ham joylashtirilganini ko’rishimiz mumkin.
Diqqat savol: gap nima haqida ketayotganini toping?

Javob: Tugma

4074. Biz hozir 121 aka-ukamiz, eng katta akamiz 1869 yilda tug’ilgan. Yana hali kichik ukalarimiz yaratilishi ham mumkin. Biz 7 ta davrni bosib o’tdik va 8 ta gruppaga joylandik. Ayrimlarimiz juda yengil, ayrimlarimiz og’ir, ayrimlarimiz juda qimmat, ayrimlarimiz portlovchi, ayrimlarimiz nodir xususiyatga ega aka-ukalarmiz. Vaznimiz yengillari eng tepada, og’irlarimiz esa quyida joylashganmiz. Xo’sh, biz kimmiz yoki nimamiz?
Javob: Davriy jadval elementlari

4075. Shvetsariyadagi ba’zi bookinistic do’konlarda kitoblar kilolab sotiladi.
Savol:Qanday kitoblarda qo’shimcha chegirmalar mavjud?

Javob: She’riy janrdagi kitoblar
Izoh: Bu kitoblarda bo’sh joy ko’p bo’lganligi sababli.

4076. Bir kuni bir bola boshqa bir notanish boladan ismini so’radi. Notanish bolaning ismini bilgach uning asabiga tega boshladi:
“Ohho ismingni kim qo‘ydi?
Senga atayin Osiyoda ishlab chiqariluvchi avtomobillar nomini qo‘shib qo‘yishganini qaranga isminga” deydi.
Savol: Notanish bolaning ismini nima?

Javob: Xondamir

4077. X har bir sinf uchun bir yil muddatga beriladi. X ni doimo o’qituvchilar o’zlari bilan birga olib yurishadi va juda ehtiyot qilishadi. Bir yili mening ikkichi sinfdoshlarim X ni sekingina yoqib ham yuborishgan. X doimo har bir darsda to’ldirib boriladi. Uni bo’yash mumkin emas. Hozir bu narsa boshqasiga o’zgargan.
Sinfdoshlarim yoqib yuborgan X ni toping?

Javob: Sinf jurnali

4078. Uyg’ur xalqining urf-odatlariga qaraganda, yangi tug’ilgan qizaloq bir haftalik bo’lganidan keyin onasi yoki buvisi bu ishni amalga oshira boshlashar ekan. 1982 yilda suratga olingan sevimli kinofilmimizda film qahramonlaridan biri bilan ilk bor o’sha ish ustida tanishamiz.
Savol: O’sha ishni MAKSIMAL ANIQLIKDA ayting?

Javob: Ikkala qoshni tutashtirib o‘sma qo’yish.
Izoh: Uyg’ur xalqi qizning qoraqosh bo’lishi uchun, shuningdek, ota-onasiga yaqinroq joyga kelin bo’lishi uchun yetti kunlik bo’lgan kunidan boshlab unga IKKI QOSHNI TUTASHTIRIB o’sma qo’yishar ekan. “Suyunchi” kinofilmidan Nazira obrazi keltirildi.

4079. Bu qabila eng qoloq xalq sifatida jahonda birinchi oʻrinda tursada hali bu qabila hech qachon urushda taslim bo’lmagan edi deb yozadi Amerikalik tarixchi. Ular bir holatdagina mag’lub bo’lishdi ya’ni bu qabiladan hech kim tirik qolmagandan so’ng .
Xo’sh bu qaysi qabila, bu qabila haqida Hollywood kinolari ishlangan.?

Javob: Siu qabilasi

4080. 1)qopqoqli bakalashka
2)Igna va ip
3)qog’oz va qaychi
4)qo’ng’iroqcha
5)daftar va ruchka
…………
Bu ro’yxatni uzoq davom ettirishimiz mumkin.
Diqqat savol: bu predmentlar bilan yoshbolalarning nimasini aniqlash mumkin. Kattalarda ham aniqlasa bo’ladi?

Javob: Chapaqayligini

4081. Napoleon Bonapart past bo’yli bo’lganligi uchun har gal otga chiqayotganda harbiy maktabdagi o’rtoqlari- «sen otga chiqquningcha urush tugab bo’ladi»- deb mazax qilar ekan. DIQQAT SAVOL: Siz o’sha mashhur Napoleon bu gaplarga qarshi aytgan ajoyib javobini ayting?
Javob: «Urush men otga chiqqandan so’ng boshlanadi».

4082. Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi. Buni butun jahon tan olgan. Uning harbiy nizomlari, jang taktikalari hozirda ham qo’llanilishi aytiladi. Sarkarda haqida ko’p ma’lumotlar bor. Askarlari sanoqsiz bo’lgan. DIQQAT QILING! Sizga qiziq ma’lumot yuzasidan savol: Amir Temur jangdan so’ng askarlarining qanchasini yo’qotganini qanday bilgan?
Javob: Jangdan oldin katta qozonga har bir askar o’z idishida ichimlik quyib ketgan. Jang tugagach o’sha idishda ichimlikdan ichishadi. Qozonda qolib ketgan ichimlik esa qancha askar yo’qotilganini aniqlagan.

4083. Sovet armiyasi dastlab, yadroviy bombalarini sinash vaqtida, bombalarni tashlagan samolyotlar uning portlash nuqtasidan yetarli darajada uzoqlashishga ulgurmasdan yadro to’lqin kuchidan zarar ko’rar edi. Biroq, olimlar darhol buning chorasini topdi. Savol qisqa: qanday qilib?
Javob: Bombalarni parashyutda tashlashgan.

4084. O’zbek xalq maqolini davom ettiring: » Ko’cha hovli supurilmagan bo’lsa, demak bilingki, ………».
Javob: «Ko’cha hovli supurilmagan bo’lsa, demak bilingki, uyda ikkita kelin bor».

4085. Aytishlaricha, Jon Shepard Berronning xotini xatoga yo’l qo’ymaganda hozirgi kunda biz foydalanayotgan plastik kartochkalarning kodi 4 talik emas, 6 talik raqamdan tashkil topgan bo’lar emish. Ayting-chi, Berroning xotini qanday xatoga yo’l qo’ygan?
Javob: Berro kod o’rnatishda xotinidan sinov tariqasida foydalangan. Xotini esa 6 talik kodni unutib qo’yavergan 4 talikni esa aniq eslab turolgan

4086. Eng katta va qiziqarli sir-sinoatlar harbiylar orasida va ular haqida bo’ladi. Havo desant qo’shining parashyutdan sakrash holatlarini televizor orqali ko’p bora ko’rgansiz. O’sha holatni ko’z oldingizga keltiring. Barcha desantchilar parashyutdan sakrash vaqtida ikki qo’li bilan parashyut xalqasi va arqonini ushlab turgan holda bo’ladi va shunday sakraydi. Aslida, buning hech zarur tarafi yo’q. Bu faqatgina ba’zi harbiylarga kerak xolos. DIQQAT SAVOL: Ayting-chi, bunday turishi kerak bo’ladigan harbiylarning boshqalaridan nima farqi bor?
Javob: Ular parashyutdan sakrashga qo’rqadigan harbiylar. Ikki qo’li bilan xalqani ushlashi, agar, qo’rqsa samalyotning biror joyidan ushlab olmasligi va serjant itarib tushurishi oson bo’lishi uchun komandirlar o’ylab topgan g’oya.

4087. Gaydnda u raqam – 30, Kromvelda – 24, Shekspirda – 23, Gitlerda – 20, Franklinda – 16, Biskmarkda – 1.
SAVOL: raqam va insonlarni birlashtiruvchi sababni bitta so’z bilan toping?

Javob: Ularning hammasi aprel oyida tug’ilgan.

4088. Faylasuf Beme, Matematik Bernulli, kimyogar Bertselius, bastakor Offenbax, general dela Gardi, yozuvchi Grimmlar. Bu mashhur shaxslarni yaxshi bilasiz.
SAVOL: ularni birlashtiruvchi nomni toping?

Javob: Hammasining ismi Yakob bo’lgan . Grimmlarning kattasining ismi ham Yakob bo’lgan…

4089. Afinada bo’lib o’tgan 1896 yilgi olimpiada medalining old tarafida Olimpiya stadioni ustida g’alaba ma’budasi tasvirlangan. Siz menga bu medalda tasvirlangan, o’yinlarning yangi erasini bildiradigan qushni ayting?

Javob: Feniks. Qabul Qaqnus

4090. Shoir Iqbol Mirzoning she`ridan bir parcha:
Xalviroq kitobni zarb bilan yopdim,
Ko’xna bo’y urilib buzdi ko’nglimni.
Xazon to’shagidan bir gavxar topdim;
U – muxabbatning go’zal o’limi.
SAVOL: shoir nimani 《 muxabbatning go’zal o’limi》deb ta’riflagan?

Javob: Visol

4091. Shimoliy Koreyada bozor oyning faqat 1, 11, 21 sanalarida bo’lib o’tar ekan. Bu 1990 – yillarga oid ma’lumot.
SAVOL: u paytlarda bozor nega oyning 1, 11, 21 kunlarida bo’lgan?

Javob: Dehqonlarga faqat shu kunlari dam berilgan. Boshqa kunlari ular maxsulotlarini bozorga olib bora olmaganlar. Shimoliy Koreada davlat tuzumi juda qattiq bo’lgan.

4092. Janubiy Koreyaning Xitoyliklar yashaydigan orolida xitoyliklar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni ko’paydi. Bunga qarshi hukumat politsiyachilarga qo’shimcha topshiriq yukladi. Savol: Hukumat Koreys politsiyachilariga qanday topshiriq yuklagan?

Javob: Xitoy tilini o’rganish topshirilgan

4093. Rolls – Roys avtomobilining reklama roliklari efirda ketyapti. Avtomobil harid qilayotgan mijozga salon ichidagi bu ovoz yoqmaganini aytadi.
SAVOL: haridor nimaning ovozini o`zgartirish kerakligini aytadi?

Javob: Soatning. Shovgin shunchalik pastligidan soatning chiqillashi ham eshitilgan.

4094. Yapon faylasuflari fikricha, ularning birinchisidan toqqa chiqib qutulish mumkin. Ikkinchisidan esa daryoga tushib qutulish mumkin. Lekin uchinchisidan toqqa chiqib ham, suvga tushib ham qutulish qiyin.
SAVOL: yapon faylasuflari qaysi 3 ta salbiy narsa haqida fikr bildirishgan?

Javob: 1- suv toshqini
2- yong`in
3- zilzila.

4095. Lasklar, archinlar, tabasaranlar, darginlar. Bular juda kichik sonli elat sanaladi. O’z tili, harfi va albatta yozuvlariga ega.
SAVOL: Ular qaysi respublika hududida yashaydilar?

Javob: Dog’iston

4096. XX asr boshlarida Belgiyada siyoh ishlab chiqarish sohasi juda rivojlangan edi. Avtomat, sharikli ruchkalar bo’lmagan paytlari siyohning qadri juda baland bo’lgan. Buyurtmalarga muvofiq 15 foiz siyoh tez quriydigan sifatda ishlab chiqarilar edi. Narxi biroz qimmat bo’lsada, unday siyohlarning o’z buyurtmachilari bor edi.
SAVOL: kimlar buyurtma bergan?

Javob: Chapaqaylar

4097. Buyuk ertakchi Xans Xristian Anderssenlar oilasi xonadoniga kiraverishda yog’ochdan yasalgan qo’sh burgutning surati osig’liq turar edi.
SAVOL: bu xonadon tepasidagi qo’sh burgut nimani anglatadi?

Javob: Ertakchilar qiroli nomini olgan Xans Xristian Anderssonning ota – bobolari Daniyaning mashhur etikdo’zlari bo’lishgan. Qo’sh burgut qo’sh etikni anglatgan

4098. Inson bilan bog’liq bu birinchi jarayon paydo bo’lganiga endigina 40 ming yil bo’ldi. Ikkinchi jarayon esa qariyb bir necha yuz ming yillarni o’z ichiga oladi.
SAVOL: Har ikkala jarayonning nimadan iborat ekanini ayting?

Javob: Birinchi jarayon – so’zlashuv, ikkinchi jarayon – imo-ishora.

4099. Dunyoda lug’atlar ko’p. Fasmer lug’atida hammamiz kiyadigan bir kiyim haqida juda qiziq ma’lumot berilgan. Unga ko’ra, bu kiyim ko’proq bagor tugashi arafasida kiyilgan. Shu kiyim 《zakovat》sandiqchasi ichida turibdi.
SAVOL: sandiqchada nima bor?

Javob: Nomi may oyidan olingan kiyim – mayka.

4100. Yozuvchilar uning muallifi bo’lmaydi, u doimo ham mualliflikda yaratiladi, deyishadi. Balki salbiy holatni aks ettirgani uchun ham unga muallif topilmas. Uning paydo bo’lishi uchun eng kamida ikkita odam zarur.
SAVOL: ular kimlar?

Javob: G’iybatchilar.