5-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

401. Ushbu hazil surat Ular miting uyushtirmoqda deb nomlanadi. Savol Ular?

Javob: Shifokorlar

402. Xalqimiz mentalitetiga ko’ra odamlarning ko’pchiligi shunday inson sirasiga kiradi. To’g’ri bazan biz shunday insonlarni boshqa bir salbiy sifat bilan nomlaymiz. E M Remarkning mashxur ”uch og’ayni» asaridagi fikrga ko’ra X(shunday insonlarda bor xususiyat) xatolarni aytmaslik va tuzatmaslik xususida tuzilgan norasmiy kelishuv. Jirkanch murosa. Bu savolga javob berishda X sifatingizni namayon etmasdan, javob berasiz degan umiddaman. Savol X?
JAVOB: ANDISHA

403. Nemis maqoliga ko’ra o’g’ri bilan o’pishgandan so’ng bu ishni qilib ko’rishni tavsiya etiladi. Sport hazillariga ko’ra boks, regbi va hokkey matchlaridan so’ng bu ishni qilishni taklif qilishadi. Savol ”bu ishni» ayting!
JAVOB: TISHLARNI SANAB KO’RISH

404. Quyidagi ro’yxatga e’tibor bering?
Hindiston 10,7 soat(haftasiga, barcha natijalar umumiy aholi uchun o’rtacha qiymatda olingan)
1. Tailand 9,4 soat
2. Xitoy 8 soat
3.Flippin 7,6 soat
4. Misr 7,5 soat
5. Chexiya 7,4 soat
6. Rossiya 7,1 soat
shuningdek keyingi o’rinlarda Shvetsiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Vengriya va Gonkong kabi davlatlar aholisi o’rin olgan. Bu savolni o’qiyotgan bilimdonlarda bu soatlar ko’proq deb o’ylaymiz.
Diqqat savol bu ro’yxat nima asosida tuzilgan?

Javob: KITOB MUTOLAASI VAQTI

405. Maks Brod ismli insonni hech kim tanimasa kerak. Bu shaxs adabiyot uchun juda katta xizmat qilgan. U o’zining eng yaqin do’stining asarlarini yoqib yuborish haqidagi vasiyatini bajarmagani uchun o’sha do’stini mashxur qilib yuborgan. To’g’ri bu mashxurlik o’limidan so’ng bo’lgan. Haligacha hatto adabiyot professorlari orasida ham Brodning do’stining asarlarini hech kim to’liq tushunib yetmagan. U o’zi haqida men adabiy so’zlashni bilmayman, mening o’zim adabiyotdan iboratman degan qaydni yozib ketgan. Uni kimlardir egoist yana kimlardir qo’rqoq deydi shaxsan men uni eng buyuk yozuvchilardan deb bilaman. Diqqat savol Brodning mashxur do’stining ism familiyasini ayting!
Javob: FRANS KAFKA

406. 1966-yil mashxur insonlardan biri, mashxurligining cho’qqisi paytida AQSHning mashxur jurnallaridan biriga bergan intervyusida: Biz hatto Iso Alayhissalomdan ham mashxur bo’lib ketdik deydi. Taqdirni qarangki uni otib o’ldirgan shaxs uning mashxurligini tortib olishni, ya’ni mashxur odamning qotili sifatida mashhur bo’lishni maqsad qilgan ekan. Yana bir ma’lumotga ko’ra mashxur gazetalardan biri o’tkazgan dunyodagi eng yaxshi inson so’rovnomasida yuqori o’rinlardan birini egallagan ekan. Diqqat savol barchamiz yaxshi biladigan taqdir zarbasiga uchragan mashhur insonni ayting!
Javob: Jon Lennon

407. Koko Shanel fikricha Ayol kishi uchun eng yaxshi, eng oxirgi urfdagi aksessuarni ayting!
Javob: kelishgan turmush o’rtoq

408. Bir arab shayxiga qon quyish kerak bo’libdi. Uning qoni kamyob bo’lgani uchun o’xshashini faqat bir yaxudiydan topishibdi. Shayx yaxudiyga qon bergani uchun mashina va uy sovg’a qilibdi. Bir yildan keyin yana shu hol takrorlanganda, yaxudiy xursand bo’lib qon beribdi. Shayx bu safar unga bir karobka pechenye sovg’a qilibdi. Yaxudiy hayron bo’lib o’tgan safar mashina va uy sovg’a qilgandizku? Diqqat savol Shayx nima deb javob bergan?
JAVOB: o’tgan safar menda yaxudiylar qoni oqmasdi-da

409. 1904 yilning 12-iyulida Parral shahrida Rikardo ismli bolakay tug’iladi. Rikardo ziyrak, iste’dodli va ta’sirchan bola edi. U bolaligidan ko’p o’qiydi va she’rlar mashq qiladi. Ayrim faktlarga ko’ra uning ijod qilishiga ota-onasi qarshilik qilgan, otasi va o’gay onasidan qo’rqib she’rlariga Rikardo Reyes(o’z ismi) emas Chexoslavakiyalik mashxur bir shoirga havas qilib uning nomini taxallus qilgan. Oxir oqibat bu taxallus uning rasmiy ism familiyasiga aylanib ketgan. 1971-Yil ”bashariyat qo’shig’i» epopeyasi uchun Nobel mukofotini olgan. Buxoroda esa uning nomida ko’cha nomi bor. Savol Rikardo Reyesni biz qaysi nomda taniymiz?
Javob: Pablo Neruda

410. Mashxur narkobaron Pablo Eskobar to’g’risida turli gaplar yuradi. Aytishlaricha polisiyadan qochib yurgan sovuq kunlarning birida qizining isinishi uchun millionlab pullarini yoqib yuborgan. Albatta bu pullarini yaxshi ko’radigan Eskobar uchun jasorat hisoblanadi. Yana bir ma’lumotga ko’ra tartibni yaxshi ko’radigan Eskobar har oyda 2000$ dan ortiq pullarini unga sarflagan ekan. Diqqat savol nimaga sarflaydi?
Javob: Pul Rezinkasi

411. Qadimgi Xitoyda ko’plab diniy ta’limotlar zo’ravonlik g’oyasi qoralanib targ’ib etilgan. Bu g’oyalar ortidan ergashuvchilar esa yuzlarini yupqa setka bilan yopib yurishgan. Savol: buning sababi nima? Nima uchun ular yuzlariga setka tortib yurishgan?
Javob: bexosdan mayda qumurskalarni yutib yubormaslik uchun

412. Umar Xayyom ruboiylari insonni bu hayotdagi adolatsizliklar jamiyatdagi notengliklar ustidan kulishga majbur qildiradi Umar Xayyom ijodi bebaho hisoblanadi uning naqadar so’z ustaligiga tan bermay ilojing qolmaydi chunki bir ruboiysida sultonni va gadonni teng kelganini X da ko’rganini aytib o’tadi X haqida esa siz juda yaxshi bilasiz deb o’ylayman marhamat X ni ayting?
Javob: Ko’zada.
Izohga esa ushbu ruboiysini misol keltiraman:

Bor edi kulol do’koni kirdim bir gal
Dastgoh boshida ko’zagar ishlardi jadal
Ko’rdimki gado ilkiyu shoh kallasidan
Ul ko’zaga bejirim, bo’yin, dasta yasar….

413. Fors podshohi Kir qo‘shinidagi jangchilariga raqiblar hayqirganda jim urushish, aksincha, jim turganda hayqirib jangga kirish buyrug‘i berilgan ekan.
Savol: faylasuf Plutarx kimlarni xuddi shu ellin askarlariga o‘xshatgan?

Javob: Ayollarga

414. Bilasizki, cho’llarda tunda havo harorati keskin pasayib ketadi. Shunday havo harorati keskin pasaygan tunlarda cho’lda yashovchi sug’ur bolalarida bir o’zgarish ro’y berar ekan. Bizda bunday o’zgarish ro’y berishi uchun boshqacha usuldan foydalanishadi. Qanday o’zgarish berishini siz ayting!
Javob: VAZN YO’QOTADI(5% vaznini yo’qotadi).

415. Jinoyat olamini oliy toifali jinoyatchilari bilamizki juda o’tkir farosat sohibi bo’lishadi ular toj kiyish uchun juda ko’p narsalardan voz kechadi, oilasidan ota onasidan qarindosh urug’ jamiki narsalaridan voz kechib toj kiyishga muvaffaq bo’lishganda Sxodnyak to’plantisi(o’g’rilar olamidagi kengash)undan yana bir narsasini tortib olishadi bu ular uchun hayotiy muhim ekanligini hisobga olib uning nimaligini aytib bering?
Javob: Laqabini.
Izoh: har bir toj kiygan jinoyatchi laqabini o’zgartirishga majbur!

416. Mashhur adibimiz o’zining hajviy hikoyalaridan birida hikoya qahramoni bir xatolikka yo’l qo’yib, yana shunday xatolikka yo’l qo’ysa, imtihon topshirishini eshitadi. Shunda u: «Xga imtihon topshirish – oliy matematikadan imtihon topshirishdan ham qiyin» deydi. X qaysi kasb egasi?
Javob: DAN XODIMIGA
(Manba: O’.Hoshimov «Mashina sotaman»)

417. Tarix tilsimlar g’aroyibotlar va o’xshashliklarga to’la bularni oradagi minglab kilometrlarga cho’zilgan masofalar va minglab yillar ajratib turganiga qaramay ular bir biriga juda o’xshash xolga tushishgan birinchisi Afrika qi’tasidan ikkinchisi Yevropadan uchinchisi esa Osiyodanligiga e’tibor qaratmang ularni bunday holga sabablarni aytib o’tam Afrika qi’tasidagiga vaqt o’z hukmni o’tkaza boshlaganligi bo’lsa Yevropadagiga esa bir yengiltak ayol sabab bo’lgan Osiyodagiga to’xtalsak uni yurtini yov oldida ojizligi shu narsaga undagan siz menga shu uchinchisini kimligini ayting!
Javob: Shiroq!
Bular Sfinks Van Gog va Shiroq edi o’xshashlik jihati ularni quloqlari kesilgan yoki yo’q!

418. Bir sanatkor xizmat gastroli bilan qishloqqa boribdi. Saxnaga chiqish oldidan soqoli olinmaganidan xijolat chekib shu yerlik bir kishidan soqol olish un sartaroshxona qayerdaligini surishtiribdi. Qishloqda hech qayerda soqol oladigan joy yoq ekan, ammo bir yo’lini qilib bir qari otaxon oldiga olib boribdi. Otaxon topchonga ikki ko’rpacha to’shab sanatkorga yotishni buyuribdi, okamiz ikkilanib, hayron bo’lib, yotibdi. 15 minutdan so’ng soqol shunaqangi sifatli olingan ekanki sanatkor akamiz bir pochka pul chiqAzib: birinchi marta bunaqa sifatli va g’alati soqol oldirishim desa, otaxon ham unga: » birinchi marta … » otaxon so’zlarini yakunlang!
JAVOB: Birinchi marta tirik odamni soqolini olishim degan(u o’liklarni soch soqolini oladigan inson bo’lgan)

419. Bir ilmiy filmda fir’avnlar haykallarining yuzidagi xarakterli ifodalar haqida gapiriladi. Bunga ko’ra, Misrda asalari xo’jaliklari ko’payib ketganidan so’ng ari keng tarqalib ketgan ekan. Savol: Savolda bir so’zda bir necha harf tushirib qoldirildi. Siz menga o’sha so’zni to’liq yozib bering?
Javob: Karies
Izoh: Ko’plab fir’avnlar haykallarining yuzida o’ziga xos nim tabassum saqlanib qolgan ekan. Bunga sabab esa o’sha paytda Misrda sifatsiz non va asal judayam ko’payib ketganidan so’ng tishlarda muammolar yuzaga kela boshlagan. U paytda esa stomatologiya rivojlanmaganligi ko’pchilikka ma’lum.

420. Qarshingizdagi rasm Xitoy Xalq Respublikasidagi bir tashkilotga tegishli marhamat rasmga qarab ushbu tashkilotni nomini ayting!

Javob: Komitet Gosudarstvennoy Bezopastnost!

421. «Uzuklar hukumdori» asariga ishlangan kino taxminan 300 mln dollarga ishlangan. Budjetning ko’p qismi asosan maxsus effektlar uchun ketgan ekan. Agar rejssorning kallasi ishlamaganda bundan ham ko’p ketgan bo’lishi mumkin edi.Gap shundaki oddiy Orglar Sauronning Orglaridan kichkina bolgan. Har bir Orgni kichraytirish uchun ancha vaqt va pul ketgan. Rejissor buning oldini olish uchun nima qilgan.
Javob: Ayollardan foydalangan.

422. Aleksandr Veledinskiyni filmida o‘qituvchi sinf o‘quvchilarini qo‘rqitib shunday deydi: «Agar to‘polonni to‘xtatmasangizlar «U»laringiz ham xuddi «»X»laringizday bir xil bo‘ladi».
Savol: «X»ni topgan bo‘lsangiz «U»ni ikkita so‘z bilan ayting?

Javob: U-O‘lgan yillaringiz
Izoh: Sinfdoshlar asosan bir yilda tug‘iladi. Agar to‘polon qilaversangizlar hammangni o‘ldiraman degan ma’noda aytgan.

423. Qo’rqoq odam shallaqi bo’larkan. Qo’rqsa ham og’zi tinmaydi. Bunga misol tariqasida sevimli yozuvchimiz O’tkir Hoshimov bir hayvonni ko’rsatgan. Qaysi hayvon?
Javob: Mushuk.
Izoh: O’zi kuchukdan qo’rqib, daraxt tepasiga chiqib oladi-da, yana qushlarga dag’dag’a qiladi.
Manbaa: «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»

424. Yapon tilida BU SO‘Z uchta iyeroglifdan iborat. ( MI- emas, inkor; BO- o‘lgan; DIN-odam)
-hali o‘lmagan odam.

Diqqat savol: Qaysi so‘z haqida gap ketmoqda?
Javob: Beva

425. Mashhur o‘zbek adibi Shukrullo o‘z asarlaridan birida UNI isitilgan oshga o‘xshatadi: «Isitilgan oshni yeganda ham kishining qorni to‘yadi, lekin baribir endigina qozondan suzilgandek bo’lmaydi.Damgirni ko‘targaningdagi uning gurkirab dimoqqa urilgan hidi, mazasi qayoqdayu qirmoch qilib isitilgan osh qayoqda».
Diqqat savol: Yozuvchi nima haqida gapirmoqda?

Javob: Tarjima asar

426. U filmda o‘ynash uchun 5-sinfligida kastingdan o‘tadi, ammo rejissyorning kuchli e’tiroziga duch keladi. Bunga sabab uning do‘mboqligi va shu sababdan nochor oilaning bolasi roliga to‘g‘ri kelmasligi edi. U kuchli iqtidori sabab rolni maromiga yetkazib ijro etdi.
Diqqat savol: Yuqoridagi ma’lumotga asoslanib gap kim haqida ketayotganini ayting?

Javob: Abduraim Abduvahobov.

427. Bu jarayonda 30 dan ortiq bo‘g‘im va 50dan ortiq mushaklar harakatga keladi. Shifokorlar fikricha miya faoliyatini ham rivojlantirar ekan. Shuningdek bu jarayon stol tennisidan ham omadli yurishlarda asosiy omil hisoblanadi degan fikrlar mavjud.
Savol: Gap qanday jarayon haqida ketmoqda?

Javob: Tayoqchalarda ovqatlanish

428. Aslida bu birikma so‘z bo‘lib jismoniy kamchilik hisoblanadi. Biroq ko‘chma ma’noda keksa cholu kampirlar yosh qizchalarga nisbatan erkalash hazil mutoyiba ma’nosida qo‘llaydilar. Ikkita so‘zdan iborat bo‘lgan birikmani topishga urinib ko‘ringchi?
Javob: Puchuq burun

429. Yaqinda Texas shtati Dallas shahridagi muzeyda ochilgan ko‘rgazmada bir insonning o‘z qo‘li bilan chizgan dunyo yetakchilari portretlaridan iborat galereyasi ommaga havola etildi. U dunyoning ba’zi yetakchilari bilan tanishgani va ular haqidagi hislarini tasvirlash orqali aks ettirish xohishi vujudga kelganini ta’kidlagan. O‘z qiziga bergan television intervyusida o‘zining buyuk rassom emasligini, biroq tanasida yashirin rembrandt yashashini bildirgan.
Diqqat savol : U kim?

Javob: AQSHning sobiq prezidenti kichik Jorj Bush

430. Rashod Alakbarov tomonidan yaratilgan ko‘k yurakchalardan tashkil topgan kompozisiya aslida sevgini emas, do‘stlikni bildiradi. Bu haqiqiy hissiyotlar o‘rnini «U» egallaydigan dunyoga qarshi norozilik edi. Balkim bu savol sizga ma’qul kelmas, lekin «U» nima ekanligini xorijiy so‘z bilan yozib bering.
Javob: Like?
Kompozisiya «Get Your Likes» deb ataladi

431. Rasmli duplet:
Ushbu birinchi va ikkinchi rasmlarda nimalar reklama qilinmoqda?

Javob: 1-saqich
2- printer

432. O‘tkir Hoshimov o‘z asarlaridan birida Uni shunday ta’riflaydi:
«Uning ishi bir tomondan uloqchi otga, ikkinchi tomondan omoch tortadigan otga o‘xshaydi. Uloqchi otdek manzilga yuguradiyu, yer haydaydigan otdek har kuni omoch tortadi».
Diqqat savol: Muallif U deganda kimni yoki kimlarni nazarda tutmoqda?

Javob: Gazetachi
Manbaa: O‘tkir Hoshimov «Dunyoning ishlari»

433. Litva mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakat poytaxtidagi bir qancha «X»larga o‘zgartirish kiritilgan va ular mamlakat ramzlaridan birini eslatib yuborar edi.
Xurmatli bilimdonlar «X»ortiga yashiringan so‘zni topishga urinib ko‘ringchi?

Javob: Svetoforlar.
Izoh: Pastki signal qizil, o‘rtadagisi yashil, yuqoridagisi sariq bo‘lgan.Uchta signallar bir paytda yoqilgan. Harakat esa yo‘l polisiyasi tomonidan tartibga solingan. Bu aksiya Litva poytaxtining asosiy magistralida o‘tkazilgan.

434. Ushbu rasmda nima reklama qilinayotganini ikkita so‘z bilan aniq ayting?

Javob: O‘yinchoq mashinalar.
Kompaniya esa Hot wheels

435. Arab yozuvida faqat undosh tovushlar belgilanadi, unlilari esa yozilmaydi. Shu boisdan «djb“ yozuvini ikki xil «djyab” va «djiba» ko‘rinishida o‘qish mumkin. Birinchi so‘z «Kamalak», «Kamon ipi» ma’nolarini bersa, ikkinchi so‘z «Bandargoh» deya tarjima qilinadi. O‘z vaqtida Yevropalik matematik adashib yuqoridagi yozuvni «Kamalak» deb emas, «Bandargoh» deb lotin tiliga tarjima qiladi.
Endi siz menga lotin tilida «Bandargoh» deb yozib beringchi?

Javob: Sinus.
Izoh: Matematikaning asosiy funksiyalaridan biri sinus grafigi kamalakka o‘xshashi barchamizga maktab davridan ma’lum. Yevropalik matematik esa uni «Bandargoh» deya tarjima qilgan.

436. O‘tkir Hoshimovning asarlaridan birida Said Ahmaddan olingan intervyu keltirilgan. Unda adibning hibsga olinish sabablari haqida so‘z ketgan. S.Ahmadning aytishicha ruslar undan hech qanday ayb topa olmagach «Oqsoqol opa» hikoyasini sabab qilib hibsga olishgan. Bunga «X» aybdorliginiyam ta’kidlab o‘tadi. Diqqat savol: «X» qaysi kasb o‘rnida ishlatildi?
Javob: Tarjimon.
Izoh: Ushbu hikoyani rus tiliga «Belabarodaya sestra» deb tarjima qilishgan va sen o‘zbek ayolini soqolli degansan deb hibsga olishgan ekan

437. Qarshingizda siz reklama plakatini ko‘rib turibsiz. Ushbu reklamani berayotgan firma nima bilan shug‘ullanadi?

Javob: Plastik operatsiya

438. Bolalarga x ni o’rgating, y ni o’zi ham o’rganib olaveradi.
X- y nima?

Javob. Bolalarga jim turishni o’rgating, gapirishni o’zi ham o’rganib olaveradi.

439. …Burchak-burchakda Jim tortishar burun,
Bilmam qanday o’y-u xayol ichida.
Tuzsiz she’rlarim deb, shirindan-shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida…
DIQQAT SAVOL: «Uzr» deb nomlangan ushbu she’rning muallifi kim?

Javob: O’zbekiston xalq shoiri
Muhammad YUSUF

440. Turli xalqlar og’zaki ijodi asarlarida «U» g’ayriinsoniy tuyg’u sifatida qoralangan. Aynan «U»ning qotillik darajasigacha borib yetganligi haqidagi vokealar ham uchraydi. Rus yozuvchilaridan biri «U» rashk oqibatida yuzaga kelishini ta’kidlab o’tadi. Yana yordam sifatida shuni aytishim mumkinki o’zbek xalq ertagi «Yoriltosh» da «U»ning dahshatli manzaralari aks etgan.
Endi siz menga «U»ni ayting?

JAVOB: O’gaylik

441. Bu bolalarning biri biridan qaysar, biri biridan sho’x va aqlli hamdir. Ikki qo’chqorning boshi bir qozonda qaynamas iborasi bularga to’g’ri kelmaydi: ular juda ham qalin do’st.
Bu ikkisi kim ekanini topgan bo’lsangiz ularni «otasi» kim ekanini ayting?

JAVOB: Bu ikki bola Tom Soyer va Gekklberri Fin edi.
Ularning «otasi»- MARK TVEN

442. Mashhur Gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadze o‘z asar qaxramonlarini ta’riflash bo‘yicha juda usta yozuvchi hisoblanadi.U «Kukarasha» asarida bir toifa odamlarni «Suv osti kemasi» deb atagan. Diqqat savol: Qanday odamlarni?
Javob: Suvda suzib bilmaydigan odamlarni

443. Savol. Sibirdagi ovchilik do’konlarida ovchilikka xos bo’lmagan xo’jalik buyumi ham sotiladi.Bilasiz, Sibir o’rmonlarida ovchilar gilzalarga o’zlari o’q, ya’ni porox, drob va X ni joylashadi.Ovchilar buni ya’ni sandiqchadagi narsani yumshoq va kirishimliligi uchunham sotib olishmoqda.Unga nisbatan talab so’nggi paytlarda butun dunyoda judayam oshib ketdi. DIQQAT SAVOL: X nima edi?
Javob: Gap shundaki, gilzaga o’q joylash uchun pistondan tashqari yana 3 ta narsa zarur. Gilzaga porox va o’qlar, ya’ni mayda cho’yan zoldirlar solinib ustidan iloji boricha ko’proq qozg’oz bilan preslanadi.Buning uchun qog’oz yumshoq va kirishimli bo’lsa tiqin baquvvat bo’ladi.Ovchilar ishlatadigan qog’oz- bu XOJATXONA QOG’OZI.

444. 1902 U insonning qizi dunyoga kelgan, biroq qizga nima bo’lgani haqida hech qanday ma’lumot mavjud emas. O’lim to’shagida ohirgi aytgan so’zlarining hech kim bilmagan. U insonni Charli Chaplin bilan ancha yaqin tanish ekanligini ham bilamiz.
Savol u insonni kimligini bilgan bo’lsangiz, uni qayg’uga solgan kashfiyoti qaysi?

Javob: Atom bobmasi uning eng qayg’uga solgan kashfiyoti edi.
A.Eynshteyn
Izoh: U agar mening kashfiyotim insoniyatga shunchalik qayg’u keltirishini bilganimda edi. Bu narsa bilan shug’ullanish uyoda tursin, hatto qo’l teygizmas edim degan.

445. «Bu to’sqinlari bor, 2 qatordan tashkil topgan, har bir qatorda 15 tadan askar bor, ular hammasi bir-biriga qarama-qarshi 24 ta chiziqdan o’tib kelishadi, uning tuzilishi hanjarga o’xshar ekan.» men hoz ta’rif bergan ixtiro Mesopatamiyada paydo bo’lgan. Biz bu ixtironi ham hammamiz ko’rganmiz deb aniqlikda aytishim mumkin.
Yuqorida keltirilgan ta’rifga qarab men qanday ixtironi ta’riflaganimni ayting?

Javob: Narda

446. Germaniyaning bir konservatoriyasida, bir ustoz har imtihonda bitta savolni qaytarishni yoqtirardi: » Baxning 30 ta farzandi bo’lgan, u hayotining butun umrini …. o’tkazgan». Xazilkash studentlar biri «… Germaniyada», yana biri «…. Teatrda» deb aytgan ekan.
SAVOL: Siz esa menga haqiqiy javobni ayting?

Javob. «Baxning 30 ta farzandi bo’lgan, u hayotining butun umrini qarzda o’tkazgan

447. Osiyo bilan Yevropani madaniy va iqtisodiy bog‘lab turgan yo‘l biz bilamizki Buyuk ipak yo‘li deb ataladi. Ma’lumotlarga qaraganda bu yo‘ldan eng ko‘p metal yombilar, 2-o‘rinda teridan yasalgan buyumlar, 3- o‘rinda esa oziq-ovqat mahsulotlari quritilgan mevalar tashilgan. Savol: Unda nima sababdan bu yo‘l «Buyuk ipak yo‘li» deb atalgan?
Javob: Yevropada to‘qimachilik uchun zarur bo‘lgan kanop va paxta o‘simliklari o‘smagan. Asosan teridan kiyim kiyishgan. Yoz oylarida teridan tikilgan kiyimlar o‘zidan qo‘lansa hid chiqargan. Ipak matolar Yevropalik xonimlarning doimiy orzusi hisoblangan. Ular yuqoridagi sanab o‘tilgan maxsulotlarni ipakka ayriboshlaganlar. Shuning uchun Yevropalik savdogarlar bu yo‘lni «Buyuk ipak yo‘li» deb atashgan

448. Uni Pokistonda «Vakshu-nada»deb ataydilar. Bundan tashqari «Arang», «Raxa»,»Ranxa», «Aranxa» degan qadimiy nomlari ham bor. Gap nima haqida ketayotganini anglagan bo‘lsangiz Uni greklar qanday nom bilan atashganlarini ayting?
Javob: Oks (Oksos)
Yuqoridagi nomlar Amudaryoning turli xil tillarda va adabiyotlarda nomlanishi edi.

449. Suvning shunday qiziq bir xususiyati borki, baliqlar qishda shuning evaziga jon saqlaydi. Bu qanday xususiyat?
JAVOB: Suv 0ºCdan 4ºCgacha iliganda siqiladi. Ya’ni harorat 4ºCdan pasayganda, suvning sovuqroq qatlami yengilroq bo’lganligi sababli yuzaga chiqadi va muzlab qoladi. Muz ostida esa iliqroq harorat saqlanib qoladi.

450. Turkiya kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan «Xinoli qor» seriali g’oyasi qaysi ingliz ayol yozuvchisining asaridan olingan?
Javob: Jeyn Ostinning《Andisha va g’urur》romanidagi 5 ta opa-singil hayotidan

451. Menga karbonat angidrid to’ldirsangizgina, chiroyli kompozitsiya yasab sizga zavq bahshida eta olaman…
Men nimaman?

Javob: Shar pufak

452. «Avlodlar dovoni» bizga ma’lumki, «Yulduzli tunlar» asarining mantiqiy davomi hisoblanadi. «Yulduzli tunlar» romani esa Pirimqul Qodirovning «Ona lochin vidosi» nomli asarini mantiqiy davomi deyishimiz mumkin. Hurmatli bilimdonlar «Ona lochin vidosi» asarining bosh qahramoni qaysi temuriy malika hisoblanadi?
Javob: Gavharshodbegim

453. Erkaklar uni yomon ko’rishadi va to’g’ri qilishadi, chunki u qon aylanishini buzadi. Savol: u nima?
Javob: galstuk

454. XX asr Yevropa nasrini uch buyuk nahang ko’tarib turibdi. Bu Jeyms Joys, Mersel Prust va … … deb e’tirof etishadi g’arb adabiyotshunoslari. Nuqtalar o’rnidagi olmon nasrining yashirin quroli bo’lgan yozuvchi kim?
Javob Frans Kafka (1883-1924)-
Modernizm yo’nalishi asoschilaridan biri

455. O’rta asrlarda rus monarxistlari o’rtasida mashhur bir ibora bo’lgan: Samoderjaviya
monarxi hamma ishni qilishi mumkin, faqat bir ishdan boshqa. U nima qila olmagan?

Javob: MONARHLIKDAN VOZ KECHOLMAGAN

456. Savol.Akutagava Ryunoske va Sirano de Berjerak ijodidan shunday qahramonlar borki, Nikolay Gogolning bir novellasidagi obrazlar o’g’irlanganmi, deysiz. Ya’ni bu uchala muallif yaratgan obrazlarning beso’naqayligi xuddi bir odam ta’riflagandek bir xil.
DIQQAT SAVOL:Sirano de Berjerak qahramonning nomini toping?

Javob: Bu uchala qahramonda ham burun beso’naqayligi bo’lgan. Sirano de Berjerak qahramoni – Edmon Rostan.

457. Savol.Qadimgi Xitoy aforizmlari ko’p ma’noliligi bilan ajralib turadi.Ularning birida shunday deyiladi: «Uning tishi yo’q bo’lsayam odamni g’ajib tashlashga qodir».U narsa bu iborada ashaddiy mahluqqa qiyoslangan.Eng qizig’i,bu narsa faqat unga ega bo’lganlarnigina g’ajishi mumkin.Ammo ayrimlarda u narsa yo’qligi uchun ham ular qiynalishmaydi.
DIQQAT SAVOL:Bu yerda tishli mahluqqa qiyoslangan narsa nima?

Javob: Vijdonni tishi bo’lmasayam odamni g’ajiydi.

458. Savol.Uning asl vatani Qadimgi Xitoy hisoblanib
Uning kelib chiqishiga o’sha xalqning milliy madaniyati katta rol o’ynagan.Hozirgi kunga kelib esa uning eng ommaviy ko’rinishlari paydo bo’lmoqda.
DIQQAT SAVOL:Gap nima haqida ketayotganligini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Sirk

459. Savol.Akademik G’afur G’ulomning «Shum bola»qissasidan:
«Badanda bir sarkash a’zo bor bo’lib,u mening ixtiyorimdan tashqarida,biroz o’zboshimcharoq.Unga mening hukmim o’tmaydi. Bilmaganlar bilsinkim u a’zo kamdan kam kishilargagina vafo qilgan».
DIQQAT SAVOL:Yuqoridagi ta’rif nimaga nisbatan berilgan?

Javob: U ishtahaga qarab kattalashaveradigan QORIN edi.

460. Mashhur polyak astranomi Yan Geveliy juda ko’p yulduz turkumlarini ochgan olim sifatida nom qozongan. 1660 yili mayda yulduzlar turkumini kashf etib, unga «Ris» deb nom berganida ham mantiqiy ma’no bor.
Savol: Nega unga «Ris» deb nom bergan?

Javob: Gevelit uni shunday izohlagan: » Bu mayda yulduz turkumlarini ko’rish uchun mushuksimon Ris hayvonidek o’tkir ko’zga ega bo’lish kerak. Ris eng uzoqni ko’ra olish xususiyatiga ega hayvon.

461. Daraxt hayron edi bir holga xasta,
Uni turfa yo’lda ishlatdi usta,
Bir uchi X atalgan bo’lsa,
Bir uchi Y bo’lgandi dasta.
Savol: X va Y ni toping?

Javob: Daraxt hayron edi bir holga xasta,
Uni turfa yo’lda ishlatdi usta,
Bir uchi beshikka atalgan bo’lsa,
Bir uchi tobutga bo’lgandi dasta.

462. Bir romanning aqldan ozgan qahramoni o’zining X ni askarlari deb ataydi. Hamma «askarlar» teng huquqli bo’lishi uchun, ularni hammasini yuzini devorga qaratib qo’yadi. X ni toping?
Javob: Kutubxona

463. To‘qima savol ! Bir inson sevgilisiga maktub yozmoqchi bo‘ldi hamda ruchka qog‘oz olib yoza boshladi negadur ruchka yozmadi nariroqda turgan yangisini olib yozib ko‘rdi u ham yozmadi nihoyat u qalamni oldi va maktubni yozib bitirdi. Men sizladan ruchkalar nimaga yozmaganini so‘ramiman manga uni qayerda ekanini aytilar?
Javob: Kosmosda
Izoh: Gravitatsiya yo‘ligi sababli ruchka kosmosda yozmasakan

464. Bu qurilmadan odatda hammamiz har kuni bo‘lmasa ham, kunora tik turgan holda yoki o‘tirgan holda foydalanamiz.Ammo xalqaro ixtirolar ko‘rgazmasida bir ispan undan hatto yotgan holda foydalanish mumkinligini ko‘rsatib bergan. Ixtirochining fikriga ko‘ra radikulit bilan og‘riyotgan bemorlar uchun u juda foydali. Men esa undan o‘tgan yili asab tizimini yaxshilash uchun foydalanish mumkinligini bilib olganman.
Diqqat savol: Gap qanday qurilma haqida ketmoqda?

Javob: Dush

465. Antik davr teatrlarida tomoshabinlarga e’tibor nihoyatda kuchli bo‘lgan. U yerga hamma borgan: Oddiy xalq, zodagonlar, askarlar…
Teatrda janglarda bir qo‘lidan ajragan askarlar ham bo‘lgan albatta. Ular tomosha paytida qarsak chalishlari uchun teatr boshqarmasi bir shavqatsiz yo‘ldan foydalangan. Xurmatli bilimdonlar qanday yo‘l ekanini topishga urinib ko‘ringchi?

Javob: Teatr boshqarmasi bir qo‘lli askarlar oldiga boshi kal qullarni o‘tirg‘izib qo‘yishgan. Askarlar o‘sha qullarning boshiga urishgan.

466. Pedagoglarga Doskaga sariq I, jigarrang U hamda g’ishtrang qizgish A ni yozish tavsiya etialdi. Shunda bolalar ularni chalkashtirib yubormaydilar.
Diqqat savol nimani?

Javob: Nif, Naf, Nuf
3 ta cho’chqacha

467. Muhaddislar sultoni bo’lmish Imom Buxoriy aytishicha: «Bilim qudratli qurol, u bilan hamma narsaga erishish mumkin, lekin sizda X bo’lmasa xalq orasida hurmatingiz bo’lmaydi. X bilimdan bir pog’ona tepada, tarbiyadan esa bir pog’ona pastda.»
Savol: X nima?
Yordam: X boylik yoki muomala madaniyati emas.

Javob: X- Farosat

468. Mulla Bozor Oxund kimning ustozi bo’lgan?
Javob Mulla Bozor Oxund
Boborahim Mashrabning ustozi bo’lgan.

469. Islom dunyosinging birinchi muazzini bo’lgan Bilol Habash Makkadagi eng zolim mushriklardan biri Umayya ibn Halafning quli bo’lgan. Qulining musulmonlikni qabul qilganini eshitgan Umayya jahl otiga minadi va qamchi bilan Bilol r.a. ni savalashga tushadi.
Bir qamchi, ikki qamchi, uch qamchi…
100 qamchi ursa hamki, Bilol r.a.ning tilidan faqatgina
«Bir, bir, bir»- degan gapni eshitgan. Umayya ibn Halaf nega shuncha ursam ham meni kalaka qilib, birdan boshqa sanamayaosan deydi?…
Diqqat savol: Bilol r.a. nima deb javob berganlar?

Javob: Johiliyat davrida arab mushriklari ko’p Xudolikka sig’inishgan. Ilohlari sonining sanog’I bo’lmagan. Bilol r.a. esa «Ahad, Ahad, Ahad» -ya’ni Alloh yagona, bitta, bitta deyavergan.

470. Organizmimizda qayerda 5 ta tishni uchratishimiz mumkin?
Javob: Yurak faoliyatini EKG orqali qog’ozga tushirilganda 5 ta tish-P, Q, R, S va T tishlari paydo bo’ladi. Ushbu tishlarning past-balandligi, bir-biri bilan oraliq masofasiga qarab yurakdagi ancha o’zgarishlarni aniqlash mumkin bo’ladi.

471. Platonning yozishicha, bunday joylarni qurish davlat uchun burchdir. Qadimgi Rimda xatto qullarni xam ma’lum kunlari bu joyga borishlari majburiy edi. Ayniqsa, faylasuf notiqlar u joyga tez-tez borib turishgan. Savol, u joyning nomi nima?
Javob: Hammom

472. Men hozir bajarayotgan harakatni Robinzon Kruzo kimsasiz orolga tushib qolgach o’tkazgan yillarining dastlabki ikki yilida umuman bajarmaydi, garchi buni o’zi juda xohlasada… Faqatgina ikki yil o’tgach ko’zlarida sevinch yoshlari bilan Tangriga shukronalar keltirganicha kun yarmida bajaradi.
Diqqat savol: Bu harakatni ayting!?
Yordam sifatida ba’zi bir insonlarga bu harakatning aksini bajaradigan degan ibora ko’chma ma’noda ishlatiladi o’zbek tilida…??

Javob: Non yegan.
Ibrasi esa : Non yemas)

473. X larning ilk vakillarini aniqlash 1912- yildan boshlanib,dastlab X larni polyak olimlari aniqlashadi. X larning soni hozirda 20 dan ortiq.Ularni bir biridan ajratish uchun X larning alifbosini tuzish lozim bo’ldi. Alifbo tuzishdan avval X larning maxsus tashkiloti tuziladi. So’ng tashkilot tomonidan «X lar alifbosi» deb nomlangan lotin harflari bilan ifodalanadigan alifbo tuziladi.X larning inson va hayvon hayotidagi o»rni beqiyos bo’lib X larning miqdori o’zgarishi turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Gap nima haqida ketayotganini anglagan bo’lsangiz X nima ekanini aniq ayting?

Javob: X- Vitaminlar

474. Futbol tarixida turli qiziqarli voqealar kuzatilgan. Bundan ancha yillar avval Futbol bo’yicha Rossiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish yo’lida hal qiluvchi o’yinda yutqazib qo’yadi va ruslar uchun Jahon chempionati eshiklari yopiladi. Bu mag’lubiyatdan so’ng rus ommaviy axborot vositalari tomonidan Rossiya termasining mana shu hal qiluvchi o’yini haqida maqola chop etiladi. Unda Rossiyaning Musobaqani tark etgani haqida yoritilgan. Maqola nomi ham juda ajoyib edi.
Diqqat savol mantiqqa tayangan holda va ruslarning musobaqani tark etganini inobatga olgan holda aytingchi Ruslar qaysi davlat termasidan mag’lub bo’lishgan edi?

Javob: Daniya.
Izoh:Maqola nomi «dosviDANIYA

475.

  1. Pifagorning karra jadvalidan tashqari yana nimasi mashxur?
    Javob: Pifagor teoremasi

2. Boshqalarning biror inson haqidagi fikri qanday ataladi?
Javob: Rename

3. Qaysi metalning erish harorati eng yuqori?
Javob: Volfram 3422º

4. Qadimgi Xettda yog’ingarchilik va hosildorlik Xudosi?
Javob: Teshub

5. Xitoy pul birligi?
Javob: Yuan

6. Fizika bo’yicha Nobel mukofotini kim kamtarligi tufayli pochtadan olgan?
Javob: V. Rentgen

7. Titofiya nima?
Javob: Qabrtoshdagi yozuvlar

8. Yevropani Afrikadan ajratib turuvchi bo’g’oz?
Javob: Gibraltar

9. Odam organizmida xromosomalar soni qancha?
Javob: 46
23 juft

10. Frans Kafkaning eng mashhur asari?
Javob: Evrilish

11. Geometriyaning qadimda Sharqda nomlanishi?
Javob: Handasa

12. Kassit hukmdori Gandosh o’zini kim deb e’lon qilgan?
Javob: To’rt iqlim podshos

476. Mashhur arxitektorning estaliklariga nazar solamiz:
«Quduk juda mashhur bo‘lib, asli sozoq va so‘zandan o‘rilib chiqilgan, so‘ngi vaqtlarda turli formalardagi toshlar va g‘ishtlardan o‘rilgan. Toshdan o‘rilish ham uch to‘rt xil bo‘lib, quduqning eng tagi hozir ham sozoq-so‘zandan o‘rilganligi ko‘rinib turibdi. Quduqning chuqurligi yetti metrdan bosimroqdir. Bu quduq dastlab odamlarni suvsizlik balosidan saqlagan bo‘lsa, hozirda eksponat vazifasini o‘tamoqda».
Xurmatli bilimdonlar siz menga ushbu quduk qayerda joylashganini yoki u sababli mashhur nomga ega bo‘lgan shahar nomini ayting.

Javob: Xiva.
Sahrodagi bu quduqdan chanqab suv ichganlar lazzatlanib «evoh», «he-voh» deb xitob kilishgan. Bora bora chashmaning nomi «Hevak» deb ataladigan bulgan. Vaqtlar o‘tib quduq joylashgan joyda barpo qilingan shahar nomi Xiva deb atala boshlangan

477. Hazrat Navoiyning mo‘ysafid odamlar o‘zini qanday tutishlari to‘g‘risidagi mulohazalarini tinglaymiz: «Qarilik aybini yashirib bo‘lmaydi. Soqolning oqi o‘limga boshlovchi emas, balki tiriklik sabzasiga tushgan qirov kabidir. Soqolining oqini yuladigan yoki bo‘yaydigan kimsalarning qiliqlaridan hatto X lar xam tishlarini ochib kuladilar. Hech bir odam makr-hiyla bilan yigitlikka qayta olmaydi».
Bilimdonlar qaysi so‘zni X bilan almashtirdim?

Javob: Taroq
Manbaa: Farhod va Shirin dostoni

478. Beruniyning nikoh turlari haqida yozgan juda ko‘plab ma’lumotlari bizgacha yetib kelgan. U Arablar, Majusiylar va Yahudiylarga hos bo‘lgan «Maqt» nomli nikoh haqida fikr yurita turib , bu nikohdan tug‘ilgan bolaga Arablarda «Zayzan» deb ism berilganini ta’kidlab o‘tadi.
Savol: Ushbu nikohning boshqa nikohlardan farqli jihatini aytib bering?

Javob: Yuqorida sanab o‘tilgan xalqlar o‘zlariga yaqin bo‘lgan birodari vafot qilsa va undan bola qolmagan bo‘lsa uning nomi unutilib ketmasligi uchun yaqin qarindoshlariga (otasi, akasi, ukasi) bevani nikohlab berishgan. Tug‘ilgan bolani o‘sha o‘lgan birodariga tegishli va uning nasli deb bilish farz qilingan.

479. 2010-yil iyunning so‘ngida Las-Vegasda auksion tashkil qilindi auksionning asosiy mahsuloti uning qo‘lqopi edi. Qo‘lqop 190 ming dollarga sotiladi. Savol: Kimning qo‘lqopi?
Javob: Maykl Jekson

480. Qadimgi Rimliklar ULARNI quyidagi turlarga ajratishgan: basium» [basium] — oddiy, romantik; «osculum» [ossulum] — do‘stona; «savium» [savium] — ehtirosli. Jurnalist Melo Sturua fikricha UNGA yana bir toifani – siyosiy arbob bilan aloqadorini qo‘shish mumkin. Savol: Ushbu siyosiy arbobning familiyasini toping.
Javob: Brejnev.
Izoh: ULAR— bo‘salar; «brejnium» — Siyosiy bo‘sa turi.

481. Siddxa-motrika,
Orjovarta, ardxanogare,
Nogora, saydxava, andxre, Karnata, Kashmir, gaure, bxaykshuke…
Bu ro‘yhatni uzoq davom ettirishim mumkin.
Beruniy ushbu ro‘yhatdagilar haqida juda ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirgan. Uning aytishicha ularning eng mashhuri – Siddxa motrika ekan.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Hind yozuvlari

482. U ning QUYUGʻI mavjud. Suyug‘i haqida eshitmaganman.
Lekin biz ba’zi holatlarda, U ning QURUGʻI dan foydalanamiz. Bunga asosiy sabab masofa bo‘lsa kerak)
Menimcha ta’riflardan U ning nima ekanini topdingiz. Endi o‘sha U ning «QURUGʻIdan foydalangan eng mashhur insonni kimligini ayting?

Javob: Sezar (Ave Sezar.
U murojaatlarni qabul qilishdayam, ruhsat ma’nosidayam ✋ dan foydalangan.
Savoldagi U – salom edi.
«Quyuq so‘rashdi» degan gap bor xalqimizda. Sizlar ham tanishingizni uzoqdan ko‘rib qolsangiz, salomning qurug‘i–✋dan foydalanganingiz aniq.

483. O‘tmishda U Yerga tashrif buyurgan sayyoh uni shoirona ta’riflab-«Qum gardishli durdona» degan ekan.
Savol: U YeR deganda qayer nazarda tutilayotganini toping?

Javob: Xorazm.
Bilamiz Xorazm yer yuzining ikki ulkan sahrosi Qoraqum va Qizilqum oralig‘ida joylashgan.

484. Mashhurlardan birining so‘zlariga qaraganda U ilohiydir, unga pala-partish munosabatda bo‘lish gunohdir. Yana rivoyat qilishlaricha allox taolo odamni loydan yasagan va U orqali jon ato etgan. Aynan u sabab qo‘l-oyoq, gavdasi, ko‘zlari harakatga kirgan.
Boshqa bir olim esa uni lashkarlarning jang qilayotgan holatiga o‘xshatgan, ya’ni qahramonlik harakatini o‘zida aks ettiradigan elementlarga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Bilimdonlar siz menga Uni bitta yoki ikkita so‘zda aniq qilib aytib bering?

Javob: Xorazm lazgisi

485. Halifa Umar ularni Qur’onga to‘g‘ri kelmaydiganlarini barchasini yo‘q qilishga farmon bergan.Rimda yashovchilar u haqida «Bu yerda o‘liklar yashaydi, tiriklar so‘zlaydi»deyishar ekan.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Kitob

486. Ushbu suratning berkitilgan qismlarida nima yashiringan?

Javob: 15 va 15

487. 2002-yil.
Yaponiya bosh vazirining xonasidan gumburlagan ovozlar haqoratlik so‘zlar kela boshladi qo‘rqib ketgan kotiba tan soqchilarni chaqirdi. Soqchilar kirgach xonadagi tartibsizlik va koptokni ko‘rib bosh vazirga yuzlanishdi.
U esa tirjayib «Havotir olmanglar, men shunchaki……. ….. ……. » deya javob qaytardi.Nuqtalar o‘rnini to‘ldirgan holda U qilgan ishni toping?

Javob: «To‘p tepishni mashq qilyapman»
Izoh: Bosh vazir Koidzumi 2002- yilgi jahon chempionatining ochilish marosimini birinchi zarba bilan ochib berishi kerak bo‘lgan.

488. Ingliz olimlari g‘aroyib kashfiyot yaratishdi. Kashfiyotni amalda bajarish uchun ko‘p narsa kerak emas, bor yo‘g‘i odam serqatnov ko‘cha yoki hiyobonlarga, yo‘lovchilar tirband bo‘ladigan avtobus bekatlari yoki metro stansiyalari poliga mahsus moslamalar o‘rnatilsa bas. Ixtirochilar o‘zlari yaratgan qurilmani kelgusida avtomobil va poyezdlarda ham qo‘llab ko‘rish niyatidalar.
Xurmatli bilimdonlar siz menga ushbu qurilmadan qanday maqsadda foydalanishni aytib bering?

Javob: Elektr toki olish uchun!
Izoh: Odatda odam qadam tashlaganda yer tebranadi va elektr toki xosil bo‘ladi. Uni jamlasangiz bir soatda 5 vattdan 7 vattgacha elektr energiyaga ega bo‘lasiz. Agar jamoat joylarida shu vaqt ichida 20 ming odam u yoqdan bu yoqqa o‘tsa, ushbu ko‘rsatkich 100000-140000 vattga tenglashadi.

489. Nima uchun ko’pchilik islom dinidagi davlat ramzlarida yarim oyning tasviri tushirilgan?
Javob: Sababi Muhammad S.A.V Makkaga kechasi safar qilgan.Yo’llarini oy yoritgani uchun.

490. Bitta faylasuf shunday degan ekan: «Dunyoda quyosh to’rt tarafdan chiqadi». Savol: U nimani nazarda tutib shunday degan?
Javob: Yozuv.
Izoh: Dunyoda 4 taraflama yoziladigan yozuv mavjud.

491. Bu taniqli inson haqida barchamiz ko’p bor eshitganmiz. Bu inson bir jurnalistni tuxmati uchun 5 mlrd talab qilib sudga bergan ekan. Savol: Bu inson kim va nima sababdan jurnalistni sudga bergan?Javob: Tramp

492. Yevropaning qaysi davlatida qamoqdan qochgan maxbusga muddat qo’shilmay yana qayta qamab qo’yishadi?
Javob: Germaniya

493. Futbolda eng tez gol urgan o’yinchi kim va u Ginnes kitoblariga necha sekundda gol urgan deya kiritilgan?
Javob: Navaf Al Obid. 2-sekundda

494. Dunyoda kasblar juda ko’p. Lekin bu kasbning dolzarb kasb sifatida qaralishiga bir halokat sabab bo’lgan. Bu kasbda patrul lovozimi ham joriy qilingan. Ishchilarga oylik maosh lavozimiga qarab belgilanadi. Diqqat savol : siz qanday halokatligini bilgan bo’lsangiz bu qaysi kasb ekanligini aniq ayting?
Javob: Aysberg Suruvchilar

495. Yevropadagi eng katta ko’prik qaysi davlatida joylashgan hamda uning uzunligi?
Javob: Portugaliya. 17.2 km

496. Qiziq o’zbekchilikda bir odat bor: Choy quyib berishda piyolaga choy uch marta qaytariladi. Savol: bu holat nima uchun qilinadi?
Javob: O’zbekchilikda suv 7 marta dumalasa halol deyilgan. 3 marta qaytarilsa 7 marta suv dumalagan

497. Yurak nasos kabi ish bajarishini bilgan ilk inson kim?
Hurmatli bilimdonlar sizlarga yordam tariqasida qo’shimcha ma’lumot aytaman. U inson eramizdan oldin yashagan hamda kasbi vrach bo’lgan?

Javob: Xioslik vrach Erasistratus. Eramizdan avvalgi 304-250-yillar

498. Yong’in xavfsizligi xizmati qaysi davlatning qaysi shahrida ilk bor yo’lga qo’yilgan?
Javob: Britaniyaning Edinburg shahrida

499. Hayvonlar ichida faqat X lar o’zini-o’zi o’ldirar ekan. Yegulik topolmay och qolsa qalin o’t poyasini uzib olib daraxtga o’zini osarkan. Savol: X ni toping?
Javob: Burunduqlar

500. X dunyo bo’yicha quruq mevalar ichida tishlar uchun eng foydalisidir. U emal qavatini mustahkamlab, kariesdan himoya qiladi. Savol: X ni toping?
Javob: Xurmo finiki