65-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6401. N.V. Gogoldan asarlaringizning yutug’i nimada deb so’rashsa, u «olovda» deb javob beribti. Yozuvchi nimani nazarda tutgan?
Javob: asarlarimni yozaman yoqaman, yozaman yoqmasa yana yoqaman.

6402. Ushbu Holywood aktyori aslida duradgor bo’lib u kino olamiga kino studiya eshigini ta’mirlash orqali kirib kelgan u hozirda yoshi o’tib qolgan bo’lsa hamki eng qimmat aktyorlardan biri hisoblanadi. Qaysi aktyor?
Javob: Harrison Ford

6403. Bu narsa go’zallarning shaydoyi ashyosi hisoblanib. O’zi yumshoq, metinni yora oladi, qilichni ham taslim qilib, mash’ala ham bo’la oladi.
DIQQAT SAVOL. Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Qalam

6404. Axmoniylar o’z kuch qudratlariga shunchalar ishonganki yangi poytaxti Persapolisni qurishda alfa dan voz kechishgan. Alfa nima?
Javob: Shaharni mudofaa devorlari bilan o’rashmagan ya’ni voz kechishgan

6405. Buyuk rus komedik asarlar yozuvchisi har doim qattiq uyqu paytida o’lib qoldi deb ko’mib yuborishlaridan qo’rqan va buni tekshirish uchun odamlar u yozuvchini o’limidan keyin qabrini ochib ko’rib xayratta qolishgan chunki u qo’rqan voqea ya’ni tiriklayin ko’milgani ma’lum bo’lgan. Diqqat savol u kim edi?
Javob: N. Gogol

6406. Bu so‘z arab tilida “yuk ko‘taruvchi” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z qaysidir ma’noda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Lekin bu so‘z deyarli umuman boshqa ma’noni anglatadi.
Savol Bu qanday so‘z?

Javob: Vazir

6407. Ulkan va mahobatli «Gindenburg» drijabli o’zining Nyu
Yorkdagi birinchi parvozidayoq yonib ketadi. Olimlar bu
drijablga ikki so’zdan iborat nom berishadi. Birinchi
so’zi «Havodagi …..» ikkinchi so’zni siz ayting?

Javob: Titanik
Izoh: Bu drijabl juda ulkan bo’lgan va o’zining birinchi parvozidayoq yonib ketadi. Olimlar unga «Havodagi Titanik» deya nom berishgan. Titanik ham birinchi safaridayoq cho’kib ketgan.

6408. Afrikadagi bir xalq iborasida shunday deyiladi: Do’st bo’lsang X va Y dek bo’l! Chunki X va Y haqiqiy do’stdirlar. X qahramonlarcha Y ni ortidan yetaklab, uni o’z himoyasida olib yuradi. Y esa X ni ko’rsatgan yo’lidan yuradi.
O’zimizdagi bir iborada X ni start va Y ni finish m’anosida keltirilishini aytib o’taman.
Savol: X va Y ni ikki so’zda ayting?

Javob: Igna va Ip

6409. Tasavvur qiling, Sandiqchadagi narsaning o‘rnini qadimgi Rimda bir qop toshchalar egallagan. Siz lotin tilida tosh so‘zi qanday aytilishini bilsangiz, sandiqchadagi narsani qiynalmasdan topasiz.
Savol: Sandiqchada nima bor?

Javob: Kalkulyator
Izoh: Lotinchada calculator – «hisoblagich» ma’nosini beradi. Bu so‘z calculus – «toshcha» so‘zidan olingan bo‘lib, rimliklar mayda toshlar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirishgan.

6410. Siz suratda ko‘rib turgan qo‘lqopni bir Britaniya firmasi ishlab chiqarmoqda. Agar qo‘lqopga diqqat bilan qarasangiz, bir poyida kichkina teshikcha borligini ko‘rasiz. Aytingchi, ushbu teshikcha nima maqsadda qilingan?

Javob: Bu teshikcha sigaret chakuvchi insonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, sovuq vaqti qo‘l muzlab qolmaslik uchun o‘sha teshikchaga sigaret qistirib, bemalol chakish mumkin.

6411. Yevropadagi bir mashhur shahar fuqorolarining 90% uyda mushuk boqadi. Chunki u yerdagi aholi uylariga sichqonlar emas , kalamushlarning hujumi ko’proq kuzatiladi . Eng qizig’i , mushuklarning o’zi ham bu shaharda ko’p zerikadi.
Savol: Bu qaysi shahar ?

Javob: Venetsiya

6412. Toxir Malikning «Murdalar gapirmaydilar» qissasida- «Tursunali zekvagonda yonma yon kelgan badbashara odamning laqabi «Udav» ekanini Tengizdan eshitdi. Eshitdi-yu, bular bilan xazillashib bo’lmasligini yana bir karra ishondi.» degan jumlasi bor.
Savol: Shu jumladagi qo’shtirnoq ichidigi «Udav» laqabinig ma’nosini ayting?

Javob: Bo’g’ma Ilon

6413. X bilimlar manbaidir. Y esa umidlar bulog’idir. X va Y oralig’ida ham nimadir bor. Yordam berib shuni aytishim mumkinki, bergan savolim ayni paytda X bilan, olinadigan javobim esa Y bilan bog’lik. Diqqat savol: X va Y ni ayting?
Javob: X-O’tmish Y- Kelajak

6414. Diqqat savolda almashtirish bor
Yashirin reklama tushunchasi ko’pchilikka tanish bo’lishi tabiiy. Marketing tilida «Рrodakt Рleysment» deb nomlanuvchi reklamaning bu turidan bugungi kunda o’zimizda ham juda keng foydalanishmoqda. Vikipediyada yozilishicha, uning tarixi 1929-yilda paydo bo’lgan ,,KAРITAN VRUNGEL» personaji bilan bog’liq ekan. Aynan VRUNGEL tufayli davlatning butun hududida bir qishloq xo’jalik maxsulotining iste’moli 30%ga oshgan. Aytingchi, Qaysi mahsulot haqida gaр ketmoqda?

Javob: Ismaloq.
Izoh: Savolda «KAPITAN VRUNGEL» so’zi «DENGIZCHI PAPAY» personaji bilan almashtirilgandi. Ushbu Multfilmni ko’rganlar bilishadiki, Papay ismaloq iste’mol qilgandan so’ng mislsiz kuchga to’lib-toshib ketgan ))

6415. Bu narsaning asosiy 4 xil rangi mavjud:
•Qizil- bu rangdagisidan garchi komunizm o’tmishda qolgan bo’lsa ham, kommunistlar foydalanishadi.
•Yashil-bu ranglisidan musulmonlar foydalanishadi.
•Ko’k-bu rangdagisidan amerikaliklar foydalanadi, 1976 yilgacha ular ham yashil ranglisidan foydalanishardi.
•Qora- bu ranglisi juda kamyob bo’lib, kam uchraydi. Bu rang Yangi Zellandiyaning milliy rangi hisonlanadi.
Savol: Bu narsani toping?

Javob: Passport

6416.Volterning hikmatli gapi:
«U ahmoqlar uchun og’ir yuk, nodonlar uchun qish, aqllilar uchun kuz va hosil to’plash mavsumi»
DIQQAT SAVOL:Volter bu ta’rifni nimaga nisbatan aytgan edi?
Javob: Qarilik (keksalik)

6417. Hamyurtlarimmiz anchagina hazilkash bo’lib qolishgan! AQSH prezidenti Donald Tramp qasamyodi paytidagi tushurilgan rasmda bir narsa (aslida bo’lmagan) unga g’alaba keltirgan degan gaplar tarqaldi!
DIQQAT SAVOL: Tramp aka ga nima g’alaba keltirgannini aniq ayting?

Javob: Ko’zmunchoq

6418. Qadimgi Rim shoiri Vergiliy o’z uyi hududida pashshaning dafn marosimini o’tkazadi. Unda go’rkovlar, mehmonlar ishtirok etib, marhum xotirasiga uzundan-uzun xotira so’zlari aytilgan. Biroz ahmoqona tuyulishi mumkin, biroq Vergiliy bundan bir maqsadni ko’zlagan edi. Diqqat savol: U qanday maqsadda bu ishni amalga oshirgan?
Javob: Pashsha dafn qilingach, uning uyi mozor deb e-lon qilinadi. Mozorlardan esa soliq olinmagan. Vergiliy bu orqali soliqlardan qutulishni ko’zlagan.

6419. Shifokordan umri oz qolganini eshitganda hamma turlicha ish bilan hayol bilan mashg’ul bo’ladi.
pessimist bo’kkuncha ichadi.
Optimist boshqa shifokorga boradi
Savol realist nima qiladi?

Javob: Vasiyatnoma Yozadi

6420. Savol. Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posponidir, u yana 3 qo’riqchi ustidan ham posponlik qilguvchidir. Zero,ezgulik va yovuzlik aynan shu 3 a’zo orqali qalbga kirib boradi, insondagi shu 3 a’zoni toping?
Javob: Til, ko’z, quloq

6421. Antiqa ekspertlarning antiqa kuzatuvlari natijasida shu ma’lum bo’libdiki, mashinasi bor haydovchilar mashinalarini yuvishda 3 toifaga bo’linar ekan. Birinchichisi o’zlari mashinalarini yuvisharkan,
Ikkinchisi esa pul berib moykada boshqalarga yuvdirar ekanlar.
Savol uchinchi toifa odamlarni toping?

Javob: Yomg’irni kutishadi(yuvishadi)

6422. Veterinarlar mol tanasidagi qonni to’xtatishning eng oson va qulay yo’lini topishgan. Bint yoki paxta bo’lmagan hollarda bemalol qo’rqmasdan u qattiq narsani surkab qo’ya qolishgan. U qonni to’xtatgan.
Savol: Qonni to’xtatish xususiyatiga ega qaysi modda haqida ketyapti?

Javob: Shakar

6423. Qadimgi Xitoyda imperator shifokori sidqidildan ishlashi uchun unga shunday haq to’lash usuli joriy etilgan .
Savol: qanday usul?

Javob: Agar imperator kasal bo’lib qolsa, u sog’ayib ketmaguncha shifokorga haq to’lanmagan.

6424. Hammaga ma’lumki salomlashish madaniyat bilan bir qatorda salomatlik tilash hisoblanadi. VIII-IX asrlarda Mo’g’ul fuqarolari bir-birlari bilan noodatiy usulda salomlashgan.
Savol: Qanday salomlashishgan.?

Javob: Tilini chiqazib salomlashishgan

6425. 14-mart kuni AQSh da bir bayramni aholi keng nishonlashadi. Bu bayram nishonlash sababi Xitoyda kashf qilingan bir narsa sabab.
Savol: Xitoyda kashf qilingan nimani AQSHda nishonlanadi.?

Javob: Pi soni.
π ~ 3.14!

6426. Mutaxassislar kompyuterni axborot bo’limiga tushgan virusni alfaga qiyos qilishdi.
Alfani tarixiy bir voqea ekanligini bilgan holda mantiqdan kelib chiqib 2 yoki 3 so’zda nima ekanligini topinglar?

Javob: Iskandariya kutubxonasini yoqilishi!
Axborot va ma’lumotlarni virus kuydirib yuboradi.

6427. XX asr oxiriga kelib ekologiya butun dunyoda o’zgarib ketgani haqida bong urildi. «Труд» gazetasining yozishicha o’rta asrlarda Rossiyada ekologiyaga ta’sir o’tkazmaslik uchun cherkovlarni daryolar bo’yiga qurish taqiqlangan. Aytingchi daryo bo’ylariga o’sha paytda nima sabab cherkov qurish taqiqlangan?
Javob: Qo’ng’iroq tovushi baliqlarni bezovta qilgani uchun!

6428. Bu uch o’rtoqni sizlar juda yaxshi taniysizlar.
Ular juda mujmal, ezma jo’ralar. Ustingizdan kulyabdimi, maqtayabdimi yo shunchaki indamay turibdimi bilmaysiz. Gapini lo’nda qib aytmaydi. Savol: gap nima haqda ketyabdi?

Javob: uch nuqta

6429. Ro’yhatga e’tibor bering:
№0 – 0 gradus
№1 – 30 gradus
№2 – 45 gradus
№3 – 60 gradus
№4 – 90 gradus
DIQQAT SAVOL: Yaxshilab o’ylab bu qanday gradusligini aniq ayting?

Javob: Barmoqlar orasidagi graduslar 🖐

6430. Jaloliddin Davoniy o’zining eng yirik «Axloqiy Jaloliy» risolasida, shohlar ham xuddi ular singari o’z mamlakati aholisining barcha muammolaridan xabardor bo-lishi shart, deb aytilgan.
Savol: Qaysi kasb egalariga shohlar qiyoslangan ?

Javob: Tabiblar

6431. Lotinlarda bu oy Rim kalendarining ilk oyidir. Rimning jang ilohi hamda yer va hosildorlik qo’riqchisi ma’budining avlodlari hisoblanmish Romulus va Remuslar ajdodi ismidan kelib chiqqan oydir.
Diqqat savol Bu qaysi yil oyi ekanligini toping?

Javob: Mart oyi, ya’ni hozirgi oy!

6432. 2007-yilda chiqqan bu mashhur filmning 3-qismida bosh qahramon kazinoga kirib 3 ta birin ketin keluvchi sonlarga tikadi. Savol shu 3 ta sonni yozib bering?
Javob: 11,12,13
Izoh: Oushenning do’stlari)

6433. “Sevadi – sevmaydi” filmi qahramoni oilali erkakni aqldan ozgudek bo’lib sevib qoladi va oxir – oqibat ruhiy shifoxonaga tushib qoladi. Film finalida qahramonga ruxsat berishganidan keyin vrach uning palatasida katta turli ranglardan foydalanilgan sevgilisini suratini ko’radi. Savol: Bu surat nimadan yasalgan edi?
Javob: Tabletkalardan.
Izoh: Tabletkalar turli rangda bo’ladi va ulardan suratlar hosil qilish mumkin.

6434. Najmiddin Kubro: «U maktabning derazasi tarafda bo’lishi kerak, ya’ni U derazadan ko’rinib turishi yoki maktabga boradigan yo’llar yoqasida, bo’yida bo’lishi kerak. Chunki, U yoshlarni, insonni tarbiyalash kuchiga ega. U bizni, vaqtni bekorga o’tkazmaslikka, hayotni sevish, qadrlashga undaydi.»
Savol: U ni toping?

Javob: Qabriston.
Izoh: chunki qabriston insonni o’tgan umrini sarhisob qilishga, qolgan umrini qadriga yetishga undaydi, umrning abadiy emasligini va uning bir marta berilishini yodimizga soladi

6435. Insondagi tana a’zolarini mukammal o’rgangan Leonardo Da Vinchi fikricha, insondagi eng serharakat a’zo u, u – cho’ziluvchan, qisqaruvchan, ozuvchan, semiruvchan va egiluvchandir. Undagi muskullar soni 7 ta. Bu a’zo nega Leonardo Da Vinchini qiziqtirib qolgani tushunarsiz holat.
Savol:Bu insonning qaysi azosi?

Javob: Til

6436. Sizga bir topishmoq aytamiz, topishga urunib ko‘ring:
“Mening onam – Yer, otam esa – Prometey. Ikki qo‘limni bo‘sh qornim ustiga qo‘yganman. Agar men yiqilsam, onam meni bo‘laklarga bo‘lib tashlaydi”.
Diqqat: Topishmoq javobini toping?

Javob: Xum, Ko’za

6437. Ularning hayotiga dunyoning manaman degan millionerlari havas qilsa arziydi. Masalan, ular yashaydigan uyning puliga butun boshli shaharcha qursa bo’ladi. Oddiy bir ish kiyimlariga esa kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olish mumkin. Ularga eng sifatli oziq-ovqat yetkazib berish bilan alohida firma faoliyat yuritadi. Kamiga ular dunyodagi eng tezkor internet bilan ta’minlanganlar!
Savol: Ular qaysi kasb egalari?

Javob: Kosmonavtlar

6438. Bizga u insonning Ikkinchi jahon urushidagi roli qanaqa bo’lgani ma’lum emas. Marhum yozuvchimiz O’tkir Hoshimovning fikricha esa u ayol kishi edi. Endi siz bizga shu ayolning o’limiga sabab bo’lgan meva nomini ayting?
Javob: qulupnay
Izoh: Agar O’. Hoshimovning «Urushning so’nggi qurboni nomli hikoyasini o’qigan bo’lsangiz, bilasiz. Unda bosh qahramon – ona qulupnay ekilgan joyga yotqizilgan elektr simlaridan vafot etadi.

6439. Bu film haqida gap ketganda quyidagi fikrlarni qayd etish mumkin:
Muallifi rus, bosh rol ijrochisi tuvalik Maksim Manzuk, Amerika kino akademiyasining maxsus sovrinini olgan, rejissori Akira Kurasova.
DIQQAT SAVOL: Bu qaysi film?

Javob: Dersu Uzala filmi.

6440. Ularning yaxshi rejalashtirilgan va tashkil qilingan harakatlanishlariga armiyadagilar hasad bilan qarashgan. Ularning o‘z boshliqlari bo‘lgan, yon taraflaridan old, qanotdagilar borishgan, orqada esa safini yakunlovchilar yurishgan. XX asr boshlarigacha, ya’ni temir yo‘l rivojlangunga qadar shunday davom etgan. Keyin ular real hayot qahramonlaridan ekrandagi qahramonlarga aylanishgan. Bu kimlar edi?
Javob: Kovboylar

6441. 1809 yili Venada otishmalar boshlangan payti, U ikkita yostiqni changallagancha, yerto‘laga tushib, ozgina saqlanib qolganini ham yo‘qotmaslik uchun harakat qiladi.
Savol: U kim?

Javob: Lyudvig Van Betxoven.
Izoh: Buyuk bastakor ozgina saqlanib qolgan eshitish qobiliyatini butunlay yo‘qotib qo‘ymaslik uchun shovqin-suron bo‘lgan otishma paytida yerto‘laga tushib ketgan.

6442. Zamonaviy aviakompaniyalar o‘z yo‘lovchilariga qulaylik yaratish maqsadida turli kutilmagan takliflar bilan chiqishadi. Shuni unutmagan holda aytingchi, «Lufthansa» aviakompaniyasining samolyotlarida nimani uchratish mumkin emas?
JAVOB: 13-raqamli qator
Izoh: Irimchi yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida 13-qatorlarni olib tashlashgan.

6443. Uning razmeri 157×67 mm bo’lib, old tomoni kulrang, orqa tomoni yashil rangda. XVIII asr oxirlarida uning tarkibida 1,6 gr sof oltin yoki 24,06 gr sof kumush bo’lgan. Keyinchalik bu miqdor yo’qolib ketgan. U ko’pchiligimiz uchun sevimli. Yana qolgan ko’pchiligimiz uning sevimliligini o’zimizcha rad etamiz. Yaqinda uning qimmatu juda ko’tarilib ketti va ancha shov-shuvlarga ham sabab bo’ldi.
Endi savol U ni toping -?

Javob: Aqsh Dollari

6444. “Garri Potter va otashli jom” filmi voqealari qabr toshlar bilan to‘la zim-ziyo qabristondan boshlanadi. Tomoshabinlarning kelgusidagi da’volarini oldini olish maqsadida film ijodkorlari antiqa qarorga kelishgan. Bu qanday qaror edi?
JAVOB: Qabr toshiga o‘z ismlarini yozishgan
Izoh: Chunki qabr toshidagi ism bironta tomoshabinning ismi bilan bir xil chiqib qolsa, film ijodkorlarini sudga berishi mumkin edi.

6445. 1976 yili bir shahar ma’muriyati armiyani qutqarib qolish maqsadida zamburug‘larga qarshi preparat ishlab chiqaruvchi Belgiya firmasidan yordam so‘ragan. Yaxshilab mantiqan o‘ylab aytingchi, o‘sha shahar va armiya qaysi davlatda joylashgan edi?
JAVOB: Xitoy
Izoh: 1976 yili Xitoydagi Sian shahri yaqinidagi dalalardan birida mahalliy dehqonlar tasodifan tosh haykallardan iborat Terrakota armiyasini topib olishadi. Mazkur armiya miloddan avvalgi 221 yildan 210 yilgacha hukmronlik qilgan Xitoyning birinchi imperatori Sin Shi-xuandi nafaqat Buyuk Xitoy devori quruvchisi sifatida, balki o‘sha mashhur haykallardan iborat armiya asoschisi ham hisoblanadi. 2 yillik qazishmalardan so‘ng, arxeologlar juda ko‘plab haykalchalarda turli darajadagi yoriqlar paydo bo‘lgani, mog‘or bosgani aniqlanadi. Ularni saqlab qolish maqsadida savolda ta’kidlanganidek, maxsus preparat ham buyurtma qilishgan.

6446. Bu insonning atrofidagilar u juda ko’p sayohat qilgan va ko’p narsani ko’rgan deb ishonishgan. Birsafar ichki ishlar vazirining kotibi uni qabul qilganida shunday degan: O’tiring, msye. Menimcha shuncha sayohatdan keyin juda charchagan bo’lsangiz kerak!
Savol: Kim u?

Javob: Jyul Vern

6447. Aforizmni 2 so’z bilan to’ldiring:
«Dunyoda yashash qanchalik yengil bo’lardi, agar erkaklar uyda xuddi …dagidek sabr ko’rsatganlarida»

Javob: Baliq ovidagidek

6448. Milliy ensiklopediyada «abad» so’ziga ta’rif berilarkan, doimiy ya’ni biror bir harakatning uzluksiz davom etishi deya izohlangan. Shuningdek, Islom dini ta’limotiga ko’ra bu tushuncha avvalo Allohga tegishli ekani aytilgan.
Savol: dindan kelib chiqib yana qanday tushunchalarga abadiy deya ta’rif berilgan?

Javob: Jannat va do’zax

6449. Aristotel u haqida shunday fikr bildiradi: «U yaxshi bo’ladi, qachonki hamma kerakli narsalar haqida so’zlasa va faqat kerak bo’lgan narsalar haqida so’zlasa».
Savol: Aristotel nimani nazarda tutgan?

Javob: Kitob

6450. Arablarning bir hikmatli maqolida insondagi bir fazilat quyidagicha tashbex qilinadi:
Ishonch qumdan yasalgan alfaga o‘xshaydi. Uni qurish qiyin, lekin buzish oson.
Alfa ni nima ekanligi aniqlang?

Javob: Qal’a qasr

6451. Aristotel qadimgi yunonistonda olimpiada bo’lidigan paytda olimp tog’ida yig’ilgan barcha aholini 4 toifaga bolgan.
1-toifa: olimpiada ishtirokchilari (atletlar , hakamlar)
2-toifa: Ishqibozlar ya’ni stadionga kelgan muhlislar
3-toifa: olimp tog’idagi sotuvchilar
Savol: 4-toifaga mansub insonlar qaysilar ?

Javob; 4-toifali insonlar bular Faylasuflar.
Manba :»Falsafa» fani. Toshkent2009. oliy ta’lim maskanlari uchun qo’llanma kitob

6452. Aforizmga ko’ra, inson yoshlikda BIRINCHI ning ko’proq bo’lishiga intilib, IKKINCHI ni sarflaydi. Qariganida esa IKKINCHI ni uzaytirishni istab qoladi va endi BIRINCHI ni sarflashga kirishadi. Diqqat savol: Sandiqchada nimalar bor?
Javob: SOAT va PUL
Izoh: Gap PUL va VAQT haqida ketmoqda.

6453. U narsa juda ko’p insonlarga kerak. Bolalarga ham, injener-u, hisobchilarga ham. Yaponlar U haqida shunday deyishadi: Agar boshing bilan xato qilsang, orqang bilan UNI to’g’rilashing kerak! Diqqat savol: Aniq ayting, sandiqchada nima bor?
Javob: Orqasida o’chirg’ichi bor qora qalam✏️

6454. U degani daraxt yaprog’iga o’xshaydi.
Bahor chog’i behisob. Kuz kelganda sanoqli. Yoshlik chog’i behisob. Keksayganda sanoqli.
Daftar hoshiyasidagi bitiklar kitobida O’tkir Hoshimov u deb kimni nazarda tutgan yoki kimlarni?

Javob: Do’st

6455. Hammamiz tanigan rus shoiri Sergay Yesenin 1925-yili 28-dekabrda Sankt Peterburgdagi X da isitish quviriga osilgan holda topiladi. Ammo guvohlar koʻrsatmalariga koʻra shoir bu fojea arafasida quvnoq va xushchaqchaq boʻlgan. Oʻlimi oldidan u oxirgi Y nomli sherini qon bilan yozib ketadi. Buni oʻqigan politsiya oʻlimga uning doʻsti sabab degan gumonga kelishadi. Diqqat savol sher nomini emas balki u X oʻrnidagi joy nomini maximal aniqlikda aytib bering?
Javob: Angletar mehmonxonasi

6456. U 1969-yilda Nyu York Times jurnaliga bergan intervyusida tabassumni ifodalaydigan yozuv belgisi boʻlishi kerakligini aytadi. Shunga koʻra adib oʻz imzosini qavs va nuqtalar bilan bezatardi. Koʻp oʻtmay u hammamizga maʼlum X larni ixtiro qilgan va ularni hayotimizda keng qoʻllab kelmoqdamiz. Diqqat savol X nima ekanligini anglagan boʻlsangiz uning ixtirochisini ayting?
Javob: Vladimir Nobokov

6457. U Tumanli Albionda tug’ildi. Cherkov uni shaytonning farzandi deb e’lon qildi. Plantagenet, Lankaster va Tyudorlar uning umriga zomin bolishga zo’r berib harakat qilishdi. U Tinchlik bo’yicha Nobel mukofotini olishga loyiq deyishadi. Diqqat savol: UNI toping?
Javob: Futbol

6458. Bir faylasufning fikricha dunyoda 4 ta narsa insonga hech  qachon do‘st bo‘lmas ekan.
1.Pul bugun menda ertaga boshqalarda.
2.Mansab bugun men o‘tiraman,ertaga  birovlar.
3.Jazman bugun men bilan ertaga boshqasi bilan.
4. …………..?
Savol: To’rtinchi nima ekanligini toping?

Javob: 4. Tobut bugun meni oborsa qabrga, ertaga  birovni olib boradi.

6459. Afsonaga ko‘ra, Sohibqiron AmirTemur uni ko‘rgach, shunday xitob qilgan ekan: «Mana endi, biz ikki nogiron – barcha insonlar ichida eng qudratlilarimiz». Siz menga uning kim ekanligin emas, bu xitob qaysi shaharda yangraganini ayting?
Javob: Anqara.
Izoh: 1402 yil 20-iyulda Anqarada bir ko‘zli Yildirim Boyazidni ko‘rganida aytilgan xitob

6460. U ilohiy emas lekin ilohiylikka dahldor ham deyish mumkin va u bunga loyiq. Uning oldida ko’pchilik bosh egib turadi va shunisi ham, har jihatdan foydaliriroq. Savol U Nima?
Javob: Kitob

6461. Miloddan avvalgi III asrda Xitoyda ixtiro qilingan X qushlarning ahamiyatini ma’lum darajada pasaytirib yubordi.
Savol: Ushbu ixtironi nomini toping?

Javob: Kompas
Izoh: Dengizchilar dengizdan orolga qaytish yo’nalishini qushlarning uchishiga qarab emas, kompasga qarab aniqlashni boshlagan

6462. Nikolay Chukovskiy SSSR ga kelgan Yamaykalik shoirdan sizga sevimli shoirlar kimlar deganda, U biri Rossiyalik va biri Yevropalik bo’lgan adashlarni aytganini eslaydi.
Savol: Bu adashlarni ayting?

Javobi: Aleksandr Pushkin, Aleksandr Dyuma
Izoh: Izoh bular ham yamaykalik shoirga o’xshab negr, to’g’rirog’i mulat edi.

6463. Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy qurib bo‘lingandan so‘ng, barcha saroy atrofidagi maydon axlat bilan to‘lgan edi. Pyotr III maydonni axlatdan oson va tekin tozalash uchun shunday yo‘l tutdi, natijada maydon 1 soat ichida top toza bo‘lib qoldi. Savol: Pyotr III qanday yo‘l tutgan?
Javob: Xalqqa, kim maydondan nima topsa o‘ziniki va tekin deb e‘lon beradi.

6464. Chilida bir yilda-1000 dan ortiq, Yaponiyada-430, Meksika-100 dan ortiq, Kaliforniyada-90.
Savol: Gap nima haqida ketayotganligini toping?

Javob: Bir yildagi zilzilalar soni.

6465. Bu san’at XVI-XVII asrlar bo‘sag‘asida, Uyg‘onish davrida paydo bo‘ldi. Italiyaning Florensiya shahridagi shoirlar, musiqachilar, rassomlar bu san’atning asoschisi bo‘lishgan. Bu san’atda ular san’atning har xil turlarini (she’riyat, musiqa, drama, tasviriy san’at) birlashtirishdi. O’shandan buyon bu san’at butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi.
SAVOL: Bu qaysi san’at?

Javob: Opera

6466. X haqidagi dastlabki ma’lumotlar m.avv 2700-yildayoq Misrda ma’lum bo’lgan. Qadimgi Rim va Yunon manbalarida ham X haqida ma’lumotlar mavjud. Gomer va Platon asarlaida ham X ga o’rin berilgan. Geradotning yozishicha Lidiyada ekin bitmay ocharchilik bo’lgan yillari odamlar X orqali ocharchilikni unutganlar.
Savol: X ni toping?

Javob: Shashka

6467. Uning vazifasi Qadimgi Rimliklar hayotida juda katta o’ringa ega edi, va shu tufayli U ni o’shadavrdayoq ixtiro qilishgan. dastlab u yog’och doskachalar ko’rinishida edi. Yuliy Sezar davrida esa yanada takomillashdi. Xatto sezar davridagi Uning vazifasi hozirgi kunda ham bajarilmoqda. XVI asrga kelib zamonaviy ko’rinishga ega bo’ldi.
Diqqat ana endi savol: Italiyanlarning o’sha davrdagi tangasini nomini toping?

Javob: Gazeta

6468. Monakoda bu kasb egalarining soni monako harbiylari sonidan ham ko’p.
Savol: bu qaysi kasb egalari?

Javob: Milliy orkestrlar

6469. Ispan tilida so’roq gap ikkita so’roq belgisi bilan yoziladi: birinchisi oddiy so’roq belgisi, gapni oxirida qo’yiladi, ikkinchisi gapni boshida tepadan pastga osiltirib qo’yiladi. Masalan: «ishlaring qanday?» «¿Como estas?», arab tilida esa so’roq gapni oxirida so’roq belgisini oynadagi aksini koramiz— ؟. Diqqat savol: siz bizga grek tilida so’roq belgisini o’rniga qanday belgi qo’yilishini ayting?
Javob: Nuqta vergul bilan — ;
Masalan: ishlaring qanday;

6470. Inglizcha xayrlashuv «goodbye» qadimda umuman boshqacha aytilgan: «god be with you», ya’ni «alloh doim san bilan bo’lsin». Vaqtlar o’tib bu so’zga o’zgartirish kiritiladi, ya’ni qo’shimcha yana bitta «o» harfi qo’shiladi. Diqqat savol: nima sabab yana bitta harf qo’shilgan?
Javob: Salomlashuv so’zlariga aloqador bo’lishi uchun!
«Good morning», «good day»
Good bye

6471. Yaponiyadan asosan chorvadorlik bilan shug’ullanuvchi Mo’g’ulistonga asosan televizor, radio va boshqa yapon mahsulotlari eksport qilinadi. Mo’g’ulistondan Yaponiyaga esa an’anaviy mo’g’ul mahsuloti eksport qilinadi. Bu mahsulot yaponlar uchun g’ayrioddiy va avvallari yaponlar uni iste’mol qilishmasdi. Lekin, aniqlashdiki, u artosklerozni va erta qarishning oldini olar ekan. Bu mahsulot O’zbekistonda ham sevib iste’mol qilinadi.
Savol: Bu mahsulotni toping?

Javob: Ot go’shti

6472. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Yevropa va Shimoliy Amerikaning zamonaviy xonimlarini ko’chada bu predmetsiz uchratish qiyin edi. Misrliklar uni birinchi marta aktrisa Teddi Barrning sayohati davomida ko’rishdi. Italiyalik va lotinamerikaliklar uni biroz qisqartirishni taklif qilishgan.
Diqqat savol: Bu predmetni toping?

Javob: Soyabon

6473. UNI 1940 – yili Yaponiyada ko’rishimiz kerak edi. Yaponiya uni Xitoy bilan bellashuvda olgan edi. U keyinchalik Fillandiyaga berildi. Xullas Fillandiya uni 1952 – yili qabul qildi, Yaponiya esa 1964 – yilga kelibgina. UNI Navbatdagisini ham 2020 yilda Yaponiyada ko’rishimiz mumkun.
Savol: U Aynan nima ?

Javob: Yozgi Olimpiada o’yinlari

6474. Ptolemeylar hukumdorlik davrida Misr poytxatiga kirayotgan har qanday kemani sinchiklab tekshirishgan. Agar kemadan bir predmetni topishsa uni olib qo’yishgan va egasiga kompensatsiya to’lashgan. Diqqat savol: nimani zo’rlik bilan sotib olishgan?
Javob: Kitob.
Izoh: Shu yo’l bilan Aleksandriya kutubxonasi boyitilgan. Ya’ni Misrga kirgan kitob qaytib chiqmagan.

6475. XVIII-asr oxirida Fransiyada vaqtinchalik un yetishmovchiligi bo’lgan, zero xosil odatdagidek ko’rinish olgan bo’lsada. Savol: Buni sababini tushuntirib bering, ya’ni un yetishmovchiligi nimaning hisobiga yuzaga kelgan?
Javob: Ayollar unni upa sifatida ishlatishgan
Izoh:Har-xil dog’larni berkitish biroz oqarish uchun unni yuzlariga surtishgan ekan.

6476. XX asrning oxirgi yillarida bo’lib o’tgan jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi 2- o’rinni olgan. 2-o’rinni olishganiga qaramay, ularga oltin medallar taqdim etilgan. Nega 1-o’rinni olgan Terma jamoaga oltin medallar taqdim etilmagan?
Javob. Chunki 1-o’rin egallagan Fransuzlarga oltindan ham qiymati baland bo’lgan Platina medallari topshirilgan ekan.

6477. Kaliforniya Universiteti olimlari imperator pingvinlarining yurishini o’rganib chiqib shuni qayd etishadiki, bunday qadam tashlash umurtqaga tushadigan og’irlikni kamaytirar ekan. Darvoqe bunday holat faqat pingvinlarga emas boshqa bir holatga ham taalluqli.
SAVOL. Biz yana bunday holatni kimlarda ko’rganmiz?

Javob: Homilador ayollarda

6478. Shekspir fikricha U bir maxluq, Servantes fikricha “Uning egasi chumolini fil, qumursqani bahaybat maxluq kabi ko’radilar”, Goldoni fikricha U azob- uqubat va ranj- iztirob keltiradi. Toroning fikricha Undan qo’rqish kerak. Larashfuko fikricha Uning 99% shaxsiyatparastlikdan iborat.
Savlol: U nima?

Javob: Rashk

6479. U bolaligida tili chuchukligidan odamlar orasida uyalib deyarli gapirmasdi. Keyinchalik tiliniravon qilishga ahd qilib g’orda mashq o’tkazgan ekan. O’zini ayovsiz jazolaganiga bir misol: gapirganda yelkalari titrab ko’tarilib ketaverishini to’xtatish uchun tepaga uchini pastga qaratib 2 ta qilichni shunday osib qo’yganki, yelkalari salgina ko’tarilsayam qonatib yuborgan. Og’ziga tosh solib yurgan ekan. Lekin, u o’z qat’iyati va irodasi bilan yunon uyg’onish davrining buyuk notiq olimlaridan biri sifatida tarixda qolgan.
Savol: U kim?

Javob: Demosfen

6480. Arxeologlar qadimgi Yunon polislarini qazish chog’ida suyakdan yasalgan lavhalarni topishadi. Ularning barchasida so’zlar, sanalar, sonlar yozilgan edi. Hozirda uning analogi boshqa narsadan tayyorlanadi.
Diqqat savol: Bu suyak lavhalardan qadimgi Yunonlar nima maqsadda foydalanishgan?

Javob: Teatrga kirish uchun bilet sifatida.

6481. Xalq o’rtasida ota-onasi ham o’lgan bola «Chin yetim» deyiladi. Faqat otasi o’lib onasi bilan qogan bola X deb, onasi o’lib Otasi bilan qolgan bola Y deb ataladi. Ayrim hollarda otasi ham onasi ham tirik bo’lib bolani tashlab ketgan bola «Tirik yetim» deyiladi.
Savol: X va Y ni toping?

Javob: X-gul, Y-Shum
Izoh: Ya’ni otasi o’lib onasi bilan qolgan bola «Gul yetim», onasi o’lib otasi bilan qolgan bola «Shum yetim deyiladi.
Manba: «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi»

6482. «Hamma narsani kim biladi?»- degan shogirdlarining savoliga Aflotunning ustozi bo‘lmish buyuk donishmand, qadimgi yunon faylasufi Suqrot: «Hamma narsani U biladi, lekin Uning bir qismi o‘lib ketgan, ikkinchi qismi hali tug‘ilgan emas» – deb javob bergan.
Savol: U ?

Javob: Hamma
Izoh: Ya’ni Suqrot «Hamma narsani hamma biladi» deb javob bergan ekan.

6483. Qadimgi yunonlar bu yerga kelganlarida bu yerda ozuqa bop o‘t, o‘simlik va chorvamollari ko‘pligini ko‘rib hayratga tushganlar. Shuning uchun ular o‘sha yerni aynan shunday atagan ekanlar.
Savol: Qanday ataganlar?

Javob: Buzoqlar mamlakati deb ataganlar-ya’ni Italiya.

6484. Muhammad Yusufning «Vido» she’rida:
Ig‘vo tarqatmanglar maza-bemaza,
Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol.
Toshkentda ochmasin, hech qanday aza,
Sim qoqqing, Unga darhol!
Kolumbda alami bo’lgan Uni kimligini topgan bo’lsangiz, menga Uni qaysi kunda tavallud topganini aniq ayting.

Javob: 21-mart(Navro’z).
Gap Abdulla Oripov haqida ketayotgan edi

6485. XVII asrda xitoyliklarga manjurlar bostirib keladi bilasiz xitoyliklarda urf-odat ko’p xitoyliklar manjurlarning bosimi ostida hamma urf-odatlaridan kechsalar-da, ammo bir urf-odatidan o’lsalar ham voz kechmasliklarini aytishdi. Diqqat savol: xitoyliklar qaysi urf-odatidan o’lsalar ham voz kechmasliklarini aytishgan?
Javobi: Sochlarini olish
Qabul:Sochni kaltalatish, sochni qirqish,sochni kesish

6486. Alfa insonlarning ikkinchi umri hisoblanadi. Qadimgi yunonlarning buyuk shoiri Gomerning «iliada» va «odissey» dostonlarida tangrilar alfa dan foydalanishadi. Alfa ning ikki turi mavjud: Ramziy va Karomatli. Insoniyat kashf qilgan buyuk ixtirolarning bir qanchasida Alfa ning o’rni katta ekanligini isbotlovchi misollar tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. Diqqat Savol: alfa ni toping?
Javob: Tush

6487. Aleksandr Makedonskiy o’zining Hindistonga yurishlaridan so’ng Gretsiyaga xushtam – “xind tuzi “ ni olib keladi. Keyinchalik , o’rta asrlarda, dorixonachilar uni sotish mobaynida uning “ukropli”, “arpabodiyonli” «kashnichli” turlarini o’ylab topishgan. Napoleon uni o’rtacha miqdorda iste’mol qilish kerak deb aytib o’tgan.
Diqqat Savol Uni toping?

Javob: Shakar (Shakarqamish)

6488. Qadimgi Misrda uni oltindan yoki qimmat metalldan tayyorlashgan. Italyaliklar uni stussikadenti deyishsa , makedonlar chepkalka za zabi deyishadi.
Savol: Biz uni qanday ataymiz ?

Javob: Tish kovlagich

6489. Bu so‘z forschadan olingan bo‘lib, boshdan oxirigacha, butunlay, tamoman, to‘liq degan ma’nolarni bildiradi. Biz bu so‘zni ishlatganimizda uning o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan birgalikda qo‘llaymiz. Savol: Bu qanday so‘z bo‘lishi mumkin?
Javob: Sarpo
Izoh: (Forschada sar-bosh, poy-oyoq degani, biz esa «bosh-oyoq sarpo» deymiz).

6490. Psixologlar bunday bolalar ta’sirchan, ko’proq o’zini o’ylaydigan, maqsadga intiladigan va hayotda ko’p yutuqlarga erishadi deb hisoblashadi. Lekin birorta ham AQSh prezidenti bunday bola bo’lmagan, bu olimlarning xulosalarini shubha ostiga qo’yadi.
Savol gap qanday bolalar haqida ketmoqda?

Javob: Oilada yolg’iz farzandlar

6491. Bu asarning muallifi o‘z asari haqida shunday yozgan: «Men bu kitobni mahsus alifbe tartibida hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim».
Savol: Bu qaysi asar va uning muallifi kim?

Javob: Mahmud Koshg’ariyning «Devon-u lug’otit turk» asari

6492. 20 yil davomida qurilgan bu bino to‘g‘risida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha ma’lumot beradi: «Temur ishga yaroqli bo‘lganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnaxrga ko‘chishga buyruq berdi». Savol: Qaysi binoning qurilishi haqida gap bormoqda?
Javob: Oqsaroy

6493. 1966 yil Toshkentdagi zilziladan so’ng ayrim xonadonlarda sodir bo’lgan voqealar mish-mishlarga aylanib ko’pchilikka ovoza bo’la boshlaydi. Ayrim adabiyotchilarning fikricha, aynan mana shu voqealardan biriga asoslanib,yozuvchilarimizdan biri 1969 yili o’lmas asarlardan birini yaratdi.
Diqqat Savol: o’sha asar qaysi?

Javob: «Oltin devor’ pyesasi

6494. Butun dunyoga mashhur bu anjomni kelib chiqishi Turkistonga, aniqrog’i, Shimoliy Turkistinga borib taqalishini ko’pchilik «yetti uxlab, tushida ham ko’rmagan» bo’sa kerak. Ajdodlarimiz «Buyuk ipak yo’li» orqali savdo-sotiq qilishgan paytlari tog’lardagi sovuqqa qarshi bu narsani o’ylab topishgan.Uni tarjima qiladigan bo’lsak, «bo’yin osti» degan ma’noni anglatar ekan.
Savol: Gap nima haqida ketyapdi?

Javob: Galstuk
Izoh: «Gal osti» bu «bo’yin osti» ekan.

6495. Tomas Stoddard 1928-yilda «Speakman Company» ga kuryer sifatida ishga kirdi, 2008-yilda esa direktorlar kengashi a’zosi sifatida pensiyaga chiqdi. www.libo.ru saytida Stoddard haqidagi maqolada bir irlandiyalik esga olingan.
Savol: Uning familyasini ayting?

Javob: Ginnes

6496. Flober qalamiga mansub asarda bir tadbirkor qorovul kartoshka ekib undan katta foyda ola boshlaydi. Biroq shaharda vabo tarqalgach qorovul qayg’uga botadi.
Diqqat savol: Ho’sh u qayerda qorovullik qilgan?

Javob: Qabristonda
Izoh: Vabo tarqalgach, odamlar ko’p o’la boshlagan va qabristonda kartoshka ekish uchun bo’sh joy kamayib ketgan ekan😐

6497. Xitoyda tarkibida alfa mavjud salfetkalar ayrim baliq pishiriladigan restoranlarda taqdim etiladi. Alfa dan yana zargarlar unumli foydalansa, siz ham uyda birinchi tibbiy yordam sifatida albatta uni sinab ko’rgansiz.
Savol: U nima?

Javob: U Tish pastasi edi.

6498. (2017-yil) moskvaning metro gazetasida bir maqolani o’qib qoldim. 1 mayda Kolomenskiyda o’rta asrni sog’inganlar «ritsarlar turnirini» tashkil qilishgan. Musobaqadagi har bir narsalar o‘rta asrni eslatadi, ajrataolmaysiz, masalan ritsarlar kiyimlari, ularning otlari, o‘sha yerda taom tayyorlayotgan ayollar kiyimi, idish tovoqlari, hullas hamma hammasi o‘rta asrga xos. Metro gazetasi jurnalisti shunday degan: bu turnirni o‘rta asr turnirlaridan hech ham ajratolmaysiz, faqatgina «bu narsani» hisob olmaganda! Diqqat savol: jurnalist nimani nazarda tutgan?
Javob: Mikrafon
Izoh: oldingi zamonlarda ritsarlarni turnir boshlovchisi jonli ovozda, baqirib oborgan. Kechagi turnirda esa jurnalist mikrafonni nazarda tutib aytgan!

6499. Tibbiyot olimlari bir antiqa xavfli narsa haqida ma’lumot berishgan. Bu xavf shundayki, uni ushlab bo’lmaydi, ammo, ko’rish va eshitish, qog’ozda yasvirlash mumkin. Aytishlaricha, ular ro’yhatda 5 ta ekan. Ular sabab kasallanish ehtimolligi juda kam bo’lsada, aynan Ular kasallikni tarqalishiga sababchi bo’ladi. Ular faqatgina bir necha kishi orasida kasallangan odam ishlatganda xavfli bo’lishi mumkin. Diqqat: chuqur mulohaza qilib ayting-chi, olimlar ta’kidlagan ushbu 5 ta unsur nima?
Javob: T, D, S, P va F harflari
Izoh: bu harflarni talaffuz qilganda og’izdan eng ko’p ko’pik ajraladi. Bu esa yuqumli kasalliklar tarqalishi uchun sabab.

6500. Bunday odamlar oramizda ko’p bo’lib, aytishlaricha, Navoiy davrida har ikki kishidan bir kishi bu ish bilan shug’ullangan. Muhammad Yusuf esa, ularni: «Ular doim shoshilib yurishadi, Xudoning erkatoylari» degan.
Savol: Ular kimlar?

Javob: Shoirlar