66-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6501. U narsa ko’plab xalqlarda mavjud bo’lib, aytaylik, Azarbayjonlar uni «leyla-leyla», qoraqalpoqlar esa, «xeyla-xeyla» deyisharkan. Uning yaralganligiga ko’p yillar bo’lgan bo’lib, Navoiy ham o’z satrlaridan birida uni «navogul» degan.
Bir olimamiz esa, uni «mehr qo’shig’i» deb atagan.
Savol: U nima?

Javob: Alla

6502. Savol. Mashhur yozuvchi Kipling biografik asarida ota-onasining ilk bor bir ko’l bo’yida uchrashib, shu yerda ahdu paymon qilib, turmush qurishganini yozib qoldirgan. U ota-onasiga cheksiz hurmati yuzasidan bu fikrlarni izhor etgan.
DIQQAT SAVOL: Kiplingning ota-onasi qaysi ko’l bo’yida turmush qurishgan?

Javob: Rudyard Lake.(ko’li)

6503. Bir dramaturg tush ko’ribdi. Tushida shunday kutilmagan jonzotni ko’ribdiki, «Fojia, fojia bu» deb uyg’onib ketibdi. Tushda ko’rgan voqeani birovga aytsa ishonmasmish. U esa «Axir, bu fojiaku!» debdi o’ziga kelolmay.
DIQQAT SAVOL: U tushida nima ko’rgan?

Javob: Fojia-bu tragediya. Dramaturg tushida qo’shiq aytayotgan echkini ko’rgan. Yunoncha «Tragediya» so’zi echkilar qo’shig’i degani.

6504. Lev Kassilning «Qonundagi o’g’irlik» povestida dala hovlilarda o’g’irlik qilib yuradigan to’daga bir kasb egasini jalb etish uchun rosaa qiyinchilikka duch kelishadi. Chunki bu kasb bilan shug’ullanuvchilar juda ham kam edi. Dachalarni tunash ularsiz qiyin bo’lardi. Darvoqe, ularning fanda ilmiy bir nomi bor.
DIQQAT SAVOL: Ularning ilmiy nomini toping?

Javob: Kinolog.
Dachalarni asosan itlar qo’riqlaydi. Shuning uchun ham o’g’rilarga it bilan tez til topisha oladigan itshunos juda ham zarur bo’lgan.

6505. AQSH ning Kaliforniya shtatida istiqomat qiladigan Shanel Tepper bir rekord o’rnatdi.
Unga nisbatan biz bir o’zbek iborasini qo’llashimiz ham mumkin!
Diqqat savol: Shanel Tepper qanday rekord o’rnatgan?

Javob: Tilining uzunligi bo’yicha.
Izoh: Uning tilining uzunligi 9.65 sm ekan. Bu esa oddiy inson tilidan ikki barobar uzun degani.
Unga nisbatan O’zbek xalq iborasi esa: «Tili ikki qarich» ?

6506. Savol: 1985- yilda Angliyada telefakslar soni 30 mingta edi. 1990- yilga borib esa 500 mingtaga yetdi. Ularni soni boshqa mamlakatlarga qaraganda sezilarli oshib ketti.
Diqqat savol: Telefakslarni bu darajada tez oshib ketishiga nima sabab bo’ldi?

Javob: Pochtalyonlarni ish tashlashi.

6507. Gimnaziya direktori Dyakonov qishin-yozin oyog’ida kalish va qo’lida soyabon bilan yurgan. Muallif o’z ko’zi bilan ko’rgan kishi Rossiyaning aynan shu shahrida yashardi. Diqqat savol: qaysi shaharda?
Javob: Taganrog.
Izoh:Bu A.P.Chexovning «Человек в футляре» hikoyasi qahramoni Dyakonov edi. Uning prototipini Chexov o’zi tug’ilib o’sgan Taganrog shahrida ko’rgan.

6508. Mashhur yapon hokkuchi shoiri Matsuo Basyo she’riyatidan: Gul so’lib qoldi, Urug’i to’kilmoqda, Misoli…(uch nuqta). Diqqat savol : uch nuqta o’rnida qoldirib ketilgan ikkita so’zni toping?
Javobi: Ko’z yosh.
Gul so’lib qoldi , Urug’i to’kilmoqda Misoli «ko’z yosh «

6509. Hindiston va Birmada fili bor insonlar boy hisoblanishadi. Siam podsholarida esa gunohkor insonlarga fil sovg’a qilishgan. Diqqat savol: gunohkorlarga nega aynan fil sovg’a qilishgan?
Javob: Podsho sovg’a qilgan filni boqish juda qiyin. Uni sotib ham, qarovsiz qoldirib ham bo’lmaydi. Bu bir umrlik azob degani.

6510. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridan ikki misra:
Qaysi ishda ustun esa «u», Kuzatsam, o’sha ish gurkirar faqat. Diqqat savol: «U» o’rnida muallif qaysi so’zni ishlatgan?

Javob: Zakovat
Qaysi ishda ustun esa «zakovat», Kuzatsam, o’sha ish gurkirar faqat.

6511. Savol: 1928- yilda «Огонёк» jurnali bosh redaktori Mixail Kolsov o’z xodimlaridan biriga, topishmoq, rebus, hazillardan iborat maqolalar yozishni topshirdi.
Diqqat savol: Bu xodimni ismi nima edi?

Javob: Viktor.
Izoh: » Viktorina» so’zi shundan kelib chiqgan.

6512. Sandiqcha ichidagi narsani dunyoda moda bo’lib ommalashib ketishi sababli 30 ,40 yil oldin Italiyada iqtisodiy inqirozga sabab bo’ldi. Do’konlarda qaytim qaytarib bo’lmas, avtobuslarda yo’l haqini to’lab bo’lmasdi.
Diqqat savol: sandiqchada nima bor?

Javob: Djinsi?
Izoh: Bu kiyimlarni tugmasi temirdan ekan. Ularga tugma yasagandan ko’ra tayyor tangadan foydalanish qulay edi. Ishbilarmonla Italiya tangalarini yashirincha ravishda olib chiqib ketishardi. Natijada iqtisodiy inqiroz.

6513. Savol: «Xalq Topishmoqlari» turkumidan topishmoq.
«Bolakay u yoqqa, bu yoqqa yuguradi. Yugurganda tuman bo’lib, so’ng quyosh chiqar».
Topishmoq javobi toping?

Javob: Ishqalab olov hosil qilish.

6514. Alloh o’z kitobini bir surasida
Shunday deydi.
Illo ular kaftlarini suvga cho’zib u suv og’izlariga yetishini kutib turuvchi kimsaga o’xshaydilar. Holbuki u (suv) uni og’ziga yetguvchi emasdir.. Savol Alloh qaysi surada va kimlarni qaysi amalini aytayabdi?

Javob: Ra’d surasi 14 chi oyat Kofirlarni duosi qabul bo’lmas.

6515. Uhud jangida Makkadan kelgan qurayshliklar ko’p sonli bo’lishlariga qaramay, musulmonlar bilan jangga kirishdan oldin bir chorani qo’llab jangga kirganlar. Mushriklar jangda qanday yo’l tutishgan?.
Javob: Yosh bolalar va xotinlarni birinchi safga qo’yishgan.

6516. Bir insonlar toifasi bor uyidan chiqib ketayotganida o’zi bilan nima olib ketayotganini biladi.
Uyga qaytayotganida nima olib kelayotganini bilmaydi kimlar?

Javob: To’yga tog’ora olib borgan ayol

6517. Ulamolarni fikricha bu surani shu oyatini o’qib yurgan insonlarni xotirasi kuchayishiga sabab bo’lar ekan. Bu fikrga ular tajribalar orqali shunday xulosaga kelishgan
Savol. Qurondagi qaysi surani qaysi Oyati?

Javob: A’lo surasi oltinchi oyat

6518. Inson bu dunyoda ikki maqsad bilan yashaydi. Ularsiz yashashda asli ma’no ham yashab ham bo’lmaydi. Qanday ikki maqsad?
Javob:
1.Bu dunyo tashvishi
2.Oxirat g’ami

6519. Islom dinida bir so’z bor asli u eng ulug’ so’zlardan lekin din dushmanlari bu so’zni musulmonlarni o’zlariga qarshi yomon yo’lda ishlatishib musulmonlarni obro’sini butun dunyoda tushirishga erishyaptilar qanday so’z bu?
Javob: Allohu akbar

6520. Bu familiyali mashhur kimyogar, sportchi, fizik, hatto bilimdon ham bor. Eng mashhuri 1906- yili tibbiyotdagi buyuk kashfiyoti uchun Nobel mukofotini ham olgan. Diqqat savol: Qaysi familiya so’ralmoqda?
Javob: 1906-yili sifilisga qarshi Vasserman reaksiyasini kashf etgan mashhur nemis -Nobel mukofotini olgan.
Anatoliy Vasserman degan sportchi ham bo’lgan. Anatoliy Vasserman degan bilimdon ham bor. Javob-Vasserman.

6521. «Yormungand» skandinav mifologiyasida ulkan ilon bor. U yer sharini o’rab olishi mumkin. Yormungand X ning analogi hisoblanadi. Ko’pgina zargarlik buyumlari ham X shaklida stilizatsiya qilinadi. Diqqat savol: Ma’lum unlidan, ketma-ket foydalangan holda, X ni yozib bering?
Javob: Uroboros
Izoh: Yormungand iloni yerni o’rab olib, o’z dumini tishlaydi. Uroboros ham o’z dumini tishlagan ilon.

6522. Piter Pol Rubensning rasmida U yerda yotibdi va bir necha o’nlab tirik ilonlar yon tomonlarga sudralib yurishadi. Uni aniq yozib bering?
Javob: Meduzaning boshi

6523. X – fors tilidan tarjima qilinganda ip ma’nosini bildiradi. X to‘garak chuvalchanglar tipiga kiruvchi parazit chuvalchang bo‘lib, uzunligi 32-100 sm gacha bo‘ladi. X tanasining yarmi teridan tashqarida osilib turadi. Tabiblar asta – sekinlik bilan parazitni teri ostidan tortib olishganida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi
X ni toping?

Javob: Rishta

6524. Said Ahmad fikricha :
Eng og’ir Jang X va Y o’rtasida bo’lar ekan, chunki bu jangda qurbon o’zingdan boshqa hech Kim bo’lmaydi deyiladi.
SAVOL: X va Y ni topgan bo’lsangiz endi menga ushbu iqtibos qaysi asarda uchrashini aniq ayting?

Javob: «ufq» (yurak VA aql jangi edi)

6525. Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?
Javob: Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi

6526. Mantiqiy savol:
1 ta fil
20 ta kuchuk
2 ta maymun
1 ta bulbul.
Bu nima?

Javob: futbol
Izoh:
1 ta fil stadion
20 ta kuchuk futbolchilar
2 ta maymun darvozabon
1 ta bulbul hakam.

6527. Bundan yuz yillar oldin Londondagi Belvillar oilasi vaqt sotish bilan shug’ullanganlar. Ular uyma uy yurishgan va mijozlarni soatlarini aniq vaqt bo’yicha to’g’irlab qo’yishgan Diqqat savol Ular o’z safarini qayerdan boshlashgan?
Javob: Grinvich ibodatxonasidan

6528. Rus tanqidchisi Vissarion Belinskiy USHBU kitob haqida shunday degan: «Hech qaysi sayohatchini yozuvlari USHBU kitobchalik sharq musulmonlarining odob-axloq qoidalarini urf odatlarini oilaviy munosabatlarini to’liq ochib berolmaydi» Diqqat savol gap qaysi asar haqida ketmoqda?
Javob: 1001 kecha

6529. Usmonli davlat yuksalishi haqida gap ketganda diplomatiyaning ahamiyati va Kutahya va Tavsanli kabi viloyatlar IKS vazifasini bajarib berganligi tilga olinadi. Hindistonda qizlarning o’z joniga qasd qilishi ko’payganligi bois 1961-yildan beri IKS taqiqlangan?
Javob: Sep

6530. 14-iyun 1800-yil ,Italiya. 26-avgust, 1812-yil, Moskva viloyati. 18-iyun,1815-yil, Belgiya. Lev Sergeyevich Pushkinning fikricha ,buyuk janglar o harfi bilan yakunlanar ekan. Diqqat savol: har uchala jangning nomini yozib bering?
Javob: Italiyada Morengo, Moskvada Borodino, Belgiyada Vaterloo janglari bo’lgan.

6531. E.Dyukgerm din haqida fikr yuritib, Din jamiyatni o’zaro bir butun va mustahkam qilib, jamiyatni yaxlitlab beradi deb uni Alfa ga o’xshatadi.
Alfa moddiy narsa bo’lsada, o’zbek xalqi ba’zida Alfa so’zini ko’chma ma’noda insonlarni ta’riflashda ham foydalanadi.
Savol alfa nima?

Javob: Mustahkamlash,bir butun va birlashtirish deyish orqali E.Dyukgerm dinni yelim(kley)ga o’xshatadi.

6532. Totemizm tushunchasiga misol qilinganda Avstraliyada kenguru.
Hindistonda sigir aytib o’tiladi.
Qirg’izlarning ham shunday bir alfa afsonasi bor hisoblanib, Ular uni baxt olib keladi deb ishonishadi.
Boshqa xalqlarda esa Alfa ni yil so’ngida sovg’a olib kelishda ishtirok etishini aytishadi.
Savol alfa nima?

Javob: Oq bug’u

6533. Basyo ijodidan hokku: Yo’q , sen uni emas, U seni otmoqda….
Diqqat savol: hokku oxirgi 2 ta so’z bilan tugaydi, ularni toping?

Javobi: o’yin toshlari ?
Izoh: hokkuda qimor o’yiniga mukkasidan ketgan insonlarni ogohlikka chaqirilmoqda

6534. 1888-yili Jon ismli ingliz o’g’lining velosipediga suv sepadigan shlangdan kamera yasab bergan. Ungacha velosipedlar temir g’ildirakda yurgan. Diqqat savol: Jon ismli ingliz kim edi?
Javob: Bu rezina g’ldiraklari qiroli Jon Deplop edi.

6535. Hindistonning Maxachshtra shtati markazi bo’lgan bu shaharda 9 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Diqqat savol: qaysi shaharda?
Javob: Bombeyda

6536. Arkadiy Vorobyov ulardan hech qachon qo’rqmaganini eslab o’tadi. Bunga sabab qilib esa oyoq kiyimi qo’rg’oshin va mis qotishmasidan tayyorlangani edi. Ularni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so’zda ayting?
Javob: Magnitli minalar.

6537. Bir eski xaritaning burchaklarida kit, ko’rsichqon, burgut va salamandra tasvirlangan. Bu tasvirlar bir ma’noni anglatgan. Agar bu to’rttasi qanday ma’noni anglatganini topgan bo’lsangiz , ularni barchasini o’zida jamlagan » hukmdor» nomini yozib bering?
Javob: Avatar

6538. Tarqatma material «Sbrbnmj Rbmb» Diqqat savol: Yuqorida biz mashhur romanlardan birining nomini kriptografiyaning eng sodda usulida shifrlab berdik. Agar asar nomini topgan bo’lsangiz bizga uning muallifini ayting?
Javob: Den Braun (Raqamli qal’a).
Izoh: Shifrlash usuli bu harfni alfabitdagi o’zidan keyingi harfga almashtirish edi. Raqamli qal’a esa aynan kriptografiya haqidagi asar.

6539. Fotih Dumanning «Sir(Oshiqlar oʻlmas!)» kitobida Yaqub ismli bola otasi bilan Yahyo afandining xonaqohiga boradi.Bola temir panjaralar ortidagi taxta sarqofalarni ya’ni tobutlarni Betta deb oʻylaydi.Qanday gʻalati-ya, odamzod yosh chogʻida ham haqiqatni anglaydi tobutni Bettaga oʻxshatadi.Toʻgʻri-da, tobut ham Bettadek gap.
Savol: Betta nima?

Javob: Beshik

6540. «Dunyoni boshiga ursinmi inson,
Boy berib qo’ysa gar butun qalbini… «
Ushbu satrlar kimning qaysi asaridan olingan?

Javob: Dorian Greyning portreti kitobi.
Oskar Uayld

6541. Alfa bu – yaponcha so’z bo’lib, bu juda ko’p kitob sotib olib, ularni uyda to’plash va hech qachon o’qimaslik odatidir.
Alfa oʻrnidagi soʻzni toping?

Javob: Tsundoku

6542. Ko‘pchilik bu smaylikni yig‘layotganini yoki bo‘lmasa xafa bo‘lganini bildirish maqsadida qo‘yadi. Lekin aslida bu smaylik umuman boshqa ma‘noni bildiradi. Diqqat savol: agar siz smaylik qanaqa ma‘noni anglatishini bilgan bo‘lsangiz, smaylikdagi «ko‘k tomchi» nimaning ramzi ekanligini ayting?

Javob: Tush ramzi
Izoh: ushbu smaylik «sleepy face» deb nomlanib, uxlayotganligini bildiradi. Ko‘k tomchi esa ko‘z yosh emas, tush ramzidir.

6543. Ushbu «Qor ostidagi Breton qishlog‘i» nomli rasm Polya Gogenga tegishli bo‘lib, uning o‘limidan so‘ng rasm kim ochdi savdosiga qo‘yiladi. Rasmni sotib olgan auksioner, «Niagara sharsharasi» deb ataydi. Diqqat savol: auksioner nima sababdan «Niagara sharsharasi» deb atagan?

Javob: auksioner xatolik qilib rasmni teskarisiga ilib qo‘ygan va unga niagara sharsharasi deb nom bergan!

6544. Barchamiz ko‘rgan «Oltin baliq» multifilmda qari chol oltin baliqdan xotini uchun yangi tog‘ora, keyin yangi uy, xotinini qirolicha qib qo‘yishini so‘raydi. Oxirgi iltimosidan keyingina chol kampir hech vaqosiz qoladilar, bilamizki cholning oxirgi iltimosi xotini suv qirolichasi va unga oltin baliq xizmat qilishini so‘raydi. Bu ertakni aka uka Grimmlar boshqacha talqinda yozishgan. Diqqat savol: Grimmlar ertagida cholning baliqdan oxirgi tilagi nima bo‘lgan va hech vaqosiz qolgan?
Javob: «xudo» qilib qo‘yishini so‘raydi.

6545. 2012-yilda Gollandiyalik arxitektorlar guruhi «Alfavit_uy» deb nomlangan bino qurishdi, bino derazalari lotin alifbosidagai harflar shaklida qurishdi, natijada harflarning faqat 2 tasini qo’yishmadi, qolgan 24 ta harfni joylashtirishdi.
Endi aytingchi arxitektorlar qaysi harflarni joylashtirishmagan va nima uchun?

Javob: IQ(intelligence quotient)
Izoh: IQ intellektual salohiyat degani, arxitektorlar bu harflani qo’ymaganini sababi, IQ binoni ichida demoqchi bo’lishgan.

6546. 1930 yillarda Aqshda biz barchamiz bilgan mashhur inson o‘z imzosi uchun pul olgan. Imzo haqqi 1$. Yig‘ilgan pullar hayriya fondlariga ishlatilgan. Diqqat savol: man sizlardan bu insonning ism sharifini emas, qanday hollarda imzo uchun 5$ olganligini so‘rayman?
Javob: esda qoladigan biror bir buyumga imzo qo‘yganda 5$ olgan.
Bu inson, Albert Eynshteyn edi!

6547. Internetning bir sayti (online musiqa eshitish) har bir eshitilgan ashula uchun ashula egasiga qanchadir miqdorda pul bergan. Faqat ashula 30 sekunddan uzoq eshitilsagina. Bir gruppa o‘zining 10 ta ashuladan iborat albomini ushbu saytga joylaydi. Gruppa o‘z muxlislaridan ashulalarni kechasi tartib bilan eshitishini so‘raydi. Oradan bir hafta o‘tgach sayt ushbu albomni o‘chirib tashlashga majbur bo‘ladi, bu orada esa gruppa 20 ming $ ishlab olgan edi. Diqqat savol: savolga yaxshi e‘tibor bergan holda, gruppa qanaqa ayyorlik qilib 20 ming $ ishlab olganini aniq sababini ayting?
Javob: ashulalarning 30 sekunddan sal oshiqrog‘i jim-jitlik bo‘lgan.
Savolga e‘tibor bergan bo‘lsangiz, sayt faqatgina 30 sekunddan ko‘proq eshitilgan ashula egalariga pul bergan.

6548. 1830-yillarda nemis sozandasi,soz ustasi va kompozitor T.Byom tomonidan takomillashtirilgan zamonaviy X klapanli mexanizm bilan jihozlangan Diqqat savol: Xni yozib bering?
Javob: Fleyta

6549. Shatonning hujjati, nega sen Bir umr mendan o’zingni olib qochding. Nega meni bir umr azoblading? Ming la’nat , ming la’nat Diqqat savol: shoir Robert Berns she’rda nimaga ta’rif bergan?
Javob: Qog’oz pul

6550. Yozuvchilik qobiliyati bo’lmagan holda yozuvchilikka behuda urinib hadeb bemani narsalarni yozishdan charchamaydigan insonlarga nisbatan bir termin ishlatiladi. Diqqat savol: bu qanday termin?
Javob: Grafomaniya

6551. Siz bilimdonlar orasida mavjud bo’lgan bir mashhur iborani yodga olgan holda aytingchi, 1954-yilda dunyoning eng zo’r futbolchisi kim bo’lgan?
Javob: Ferens Pushkash
Izoh: Savol «Javobni bilmasang-Pushkin, deb javob ber»aqidasidan kelib chiqib qo’yildi

6552. Ularning umumiy soni 16-17 ta chiqishi mumkin. Ularning orasida Boris, Anatoliy, Aleksandr, Vasiliy, ikkita Mixail va hokazolar bo’lishgan. 1886-yildan beri ikkita Mixailni uchratish mumkin. Diqqat savol: Mixaillarning familiyasini toping?
Javob: Mixail Botvinnik, Mixail Tal.
Izoh: Shaxmat bo’yicha jahon chempionlari

6553. 1892- yilga kelib Jon Frolix neft mahsulotlarida ishlaydigan birinchi UNI ixtiro qildi. Diqqat savol: UNI toping?
Javob: Traktor

6554. SKY IS DEAD Qarshingizda «Daily news»ning 1940-yildagi voqeaga bag’ishlangan maqolasining sarlavhasi keltirilgan. Biz tarqatmadagi sarlavhadan bir necha harfni tushirib qoldirdik. Diqqat savol: Voqea qaysi mamlakatda sodir bo’lgan?
Javob: Meksika
Izoh: Maqola Meksikada Trotskiyning o’ldirib ketilganligi haqida edi.

6555. Bu shahar nomi Alisher Navoiyning Hamsa asaridagi Sabayyi sayyor asarida ham tilga olingan. Shaharda shunday saroy borki negadir uning nomi yashil emas oq deb tavsiflanadi. Diqqat savol: shahar nomini yozib bering?
Javob: Shahrisabz
Izoh: Shahrisabz ma’nosi yashil shahar degani, ammo shahardagi eng mashhur tarixiy yodgorlik nomi Oqsaroy.

6556. Bu turdagi vino vetnamliklarning milliy ichimligi boʻlib, uni alfa larni guruch vinosi yoki non spirti bilan konservalash orqali olinadi. Vetnamliklarning hisoblashicha bu vino sogʻliqqa sehrli taʼsir koʻrsatadi, tonusni koʻtaradi va baʼzi kasalliklarga shifo boʻladi.
Alfa nomli vinoni toping?

Javob: Ilonli vino??)

6557. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida yovuzlik ramzi hisoblangan bu jonzodni Rustamxon, Farhod, Kuntugʻmish va «Uch ogʻayni botirlar» ertagidagi oʻrtancha botir yengadi. Avom kishilarning e’tiqodicha, Uning yuragini isteʼmol qilgan odam qoʻrqmas,botir , agar terisi oshiq kishining taomiga qoʻshib berilsa, ishq dardidan forigʻ boʻlarkan. U nima?
Javob: Ajdar

6558. Rasmda koʻrib turganingiz
bir olim tomonidan ixtiro qilingan maxsus idish. Ushbu chashkani butunlay to’ldirish imkonsiz bo’lgan. Agar bunga urinsangiz, maxsus teshik orqali ortiqcha suv to’kilib ketardi.
U bu idishni Samosda suv kam bo’lgani sababli barcha qullar bir xil miqdorda suv ichishi uchun ixtiro qilgan deb hisoblaydi.
Ushbu olim kim ekanligini toping?

Javob: Pifagor chashkasi

6559. Tarqatma material. Savolda almashtirish bor.
Vikipediyadagi “Misrning  10 balosi” uchun bag’ishlangan maqoladan parchani ko’rib turibsiz. Tarqatmadagi qatorlar  “Birovning pichog‘i bilan o‘ldirmoq” sarlavhasi ostidagi Unga tegishli.
Savol. Uni aniq yozib bering?

Javob. Xitoyning 36 stratogemasidan uchinchisi
Qa’bul. Formaga mos va savol mazmunini ochib bera oladigan sinonimik variantlar.
Izoh. Savol matnida “Xitoyning 36 stratagemasi” jumlasini “Misrning 10 balosi” jumlasiga almashtirdik.

6560. Mifologiyaga ko’ra, jangda Undan foydalangan holda Keto mag’lub etilgan degan qarashlar mavjud.
Savol. Uni atoqli ot qatnashtirgan holda ikki so’zda yozib bering?

Javob. Meduzaning boshi
Izoh. Savolda sizga Meduzaning boshi kesilgan holatidan keyin qanday foydalanilganligi haqida aytib o’tdik. Tarqatmada ham Matrang tomonidan kuylangan “Meduza” taronasining boshlanishini ko’rib turibsiz. Tarqatmaning ayni shu holatda berilishi esa meduzaning ko’ziga qaragan odamlarning toshga aylanib qolishiga ishora edi.

6561. Bir qush soʻydim joni yoʻq
Boshini kesdim qoni yoʻq
Oʻrtasida boʻldim 3 ta tuxum
Tuxumdagi joʻjalarning soni yoʻq

Javob: Qovun

6562. Janni Rodarida shunday she’riy o’xshatish bor: Bu dengizda suzishni bilmaydigan kishilar cho’milsa, maza qiladi. Diqqat savol: qaysi dengiz?
Javob: Oydagi dengiz nazarda tutilgan

6563. A.P. Chexovning shunday falsafiy fikri bor: «Garchi biroz noxush bo’lsada, inson u damlar haqida uzoq va maroq bilan gaplasha oladi». Diqqat savol: A.P. Chexov nimani nazarda tutgan?
Javob: Insonlarning o’z xastaliklari haqida suhbatlashishi

6564. Nemislar bir necha asr bir kasb egalarini dala sartaroshlari deb atashgan. Sartaroshlikka ularni bir muncha daxli bo’lishi mumkin, lekin dalaga…..
Diqqat savol: Nemislar kimlarni dala sartaroshlari deb atashgan?

Javob: Feld — dala, sherer — sartarosh. Feldsherlarni.
Feldsher (nem. feld — maydon va scherer — sartarosh) — oʻrta maʼlumotli tibbiyot xodimi; davolashprofilaktika muassasalarida F. vrach yordamchisi boʻlib, u bilan hamkorlikda ishlaydi.

6565. Avstraliyada chumolilarning har xil turini uchratish mumkin, shulardan ozuqa yig‘adigan, ya‘ni asal yig‘adigan ishchi chumoli. Bu chumolilarning noyob cho‘ziladigan oshqozoni sababli ular asalni ichiga yutishadi, inlariga oborib katta miqdorda bo‘lmagan qismini qayta chiqarib, inning eng chuqur joyiga saqlashadi, chunki boshqa bir begona chumoli osongina o‘g‘irlab ketishi mumkin. Diqqat savol: Avstraliyalik aborigenlar bu chumolilarni nima maqsadda yig‘ishadi?
Javob: Qand (konfet) o’rnida iste‘mol qilish uchun!

6566. Bu yegulik nomi bir yengil tabiat ingliz nomi bilan ataladi. U ertayu kech qimorxonalarda qolib ketib, qorni ochganda bilr bo’lak non ustiga go’sht qo’ydirib yeb kun o’tkazgan. Qimorboz raqiblar yog’li qo’l bilan kartani ushlab , iz qoldirishda va qalloblikda ayblanaverishgan. Mijozlar keyinchalik bu ingliz nomini aytib «uni» yeguligidan bering deb uning nomini butun dunyoga tarqalishiga sabab bo’lishgan. Diqqat savol bu qaysi yegulik ?
Javob: Lord Sendvich.
Taomning nomi Sendvich.

6567. Yurtimizda ko’plab oliy o’quv yurtlari faoliyat olib bormoqda. Yoshlar o’zlari istagan va qiziqqan sohalarida bilim olishi mumkin. Xorijiy yurtlarda ta’lim olishga esa keng yo’l ochib berilgan, sharoitlar yetarli iqtidor va izlaninsh intilish bo’lsa bas . Yevropaning rivojlangan davlatlari qatoriga kiruvchi bu davlatda bironta ham oliy o’quv yurti yo’q ekan. O’qishga qiziquvchilar xorijda o’qishar ekan. Diqqat savol bu qaysi davlat -?
Javob: Lyuksemburg

6568. Shekspir «Xato komediyasi» pe’ssasida ularga Gromio deb nom beradi, hayotda esa o’zinikiga «Xemnet va Judit» deb nom bergan.
Savol gap kim yoki nima haqida ketmoqda?

Javob: Egizaklar.
Xemnet va Judit Shekspirni egizak farzandlari.

6569. Urush yillaridagi nemislar tajovuzi payti da tinch xalqni har qayoqqa qochayotgani eslanganda, U yozuvchi toptalgan chumoli inini esga oladi.
Savol: U yozuvchini ayting?

Javob: Antuan de Sent Ekzyuperi!
Izoh: U uchuvchi edi va Yer unga shunday ko’ringan!

6570. Rebus
1.Uni qattigi ham, yumshog’i ham bor
2.Sharqona familya
3.Greklar bu buyruqni bosh barmog’ini tepaga ko’tarib beradi
4 (ruscha so’z)inson nafsoniyatiga teguvchi
1+2+3+4=L.Tolstoy asari

Javob: 1-h
2-O
3-jim
4-urod
«Hojimurod» asari.

6571. Bir asalari boquvchining bog‘ida har xil gullar bor. agar asalarilar har bittasi bitta gulga qo‘nsa bitta asalari gulsiz qoladi, agar bitta gulga ikkita asalari qo‘nsa bitta gul ortib qoladi. savol: Bu odamning nechta asalari va gullari bor?
Javob: 4 ta asalari
3 ta gul

6572. Turmada o‘tirgan bir kishining oldiga ko‘rgani bir inson keldi. mahbus ko‘rgani kelgan insoni bilan bir muncha suhbat qilib qaytarkan, turma qo‘riqchisi mahbusdan, oldiga kim kelganini so‘radi. shunda mahbus qo‘riqchiga javoban shunday dedi: -meni aka-ukam yoki opa-singlim yo‘q, mani ko‘rgani kelgan odamning otasi mani otamning o‘g‘li deb javob qaytardi. savol: mahbusni oldiga kelgan inson kim bo‘ladi mahbusga?
Javob: Mahbusning oldiga o‘z «o‘g‘li» kelgan.

6573. Tasavvur qiling siz jinnilarni ushlaydigan tuzoqqa elektro energiya o‘chgan payt tushib qoldingiz. hammayoq qop qorong‘u. siz tuzoqdan chiqib ketishga urunyapsiz, siz tuzoqdan chiqib ketish uchun 3 ta xonadan o‘tishiz kerak. Birinchi xonaning eshigi ko‘k rangda, ikkinchi xonaning eshigi sariq rangda, uchinchi xonaning eshigi esa qizil rangda. 3ta xonadan o‘tganizdan keyin jinnini ko‘rasiz, jinni sizga tuzoqdan chiqib ketishiz uchun, 10 minut suvni ichida nafas olmay o‘tirasiz, yoki yirtqich ayiq bor xonadan o‘tasiz yoki bo‘lmasa yoniq turgan elektr stulga kamida 6 sekund o‘tirasiz digan taklif qildi. Savol: siz tuzoqdan qutulish uchun qaysi birini tanlaysiz?
Javob: elektr stulni tanlash kerak. chunki elektr energiya o‘chib qolgan payt tuzoqqa tushgansiz

6574. itob tokchasida bir qancha kitoblar turibdi. Shulardan bittasi chap tarafdan 4 chi qatorda, o‘ng tarafdan 6 qatorda turibdi. savol: tokchada nechta kitob bor?
Javob: 9ta

6575. Kanada bayrog’ini ko’z oldingizga keltiring. Ikki qizil chiziq o’rtasida barg tasviri tushirilgan. Menga bu qaysi daraxt bargi ekani emas, nima sababdan aynan shu barg chizilganini ayting?
Yordam. Uning vazifasi Rossiya beryozalari (oqqayin) bilan bir xil bo’lgan

Javob: Kanada tub aholisi ushbu daraxtdan (Klen) sharbat olish maqsadida foydalanishgan.

6576. Ko’rib turganingiz bir «davlat»ning bayrog’i hisoblanadi. Qizil rang bu «davlatning» hozirgi ko’rinishi bo’lsa, yashil va ko’k ranglar kelajakda bo’lishi kutilayotgan ko’rinishni bildiradi. Qizig’i shundaki bu davlatning fuqarolari yo’q va bayroq hech qanday yuridik kuchga ega emas. Savol bu qaysi «davlat»ning bayrog’i?

Javob: Mars
Izoh: Bayroq Planetariy Jamiyat tomonidan qabul qilingan.

6577. 1978-yilda hali tarixda sodir bo’lmagan bir voqea yuz berdi. Bu voqea tufayli Yatko ismli yigit yer yuzidagi bir antiqa huquqqa ega bo’lgan yagona insonga aylanadi. Ammo u hozirgacha bu huquqidan biron marta foydalanmagan ekan.
Diqqat savol: Uning ismi bir kompaniya sharafiga qo’yilganini hisobga olib, hozirda bu kompaniya qanday atalishini yozib bering?

Javob: AirSerbiya.
Izoh: 1978-yilda bu kompaniya JAT deb nomlangan. Yatko esa parvoz vaqtida samalyot bortida dunyoga kelgan birinchi inson.

6578. Alfa-qadimgi Skandinaviya afsonalarida: arvoh, pari kabi afsonaviy mahluq hisoblangan. Alfa- nemischadan, «oq» ma’nosini anglatadi. Alfa- german-skandinaviya va kelt folklorida tilga olingan sehrgar xalq hisoblanadi. Diqqat savol: alfa ni yozib bering?
Javob: Elflar

6579. G’afur G’ulom ijodidan:
Ninaning uchila quduq qazigan
Azamat erlarning keng maydonisan.
Sadafday ko’ksingga injular tuzgan
Oshiq shoirlarning jon, jononisan.
Diqqat savol: shoir bu to’rtlikni nimaga bag’ishlagan?

Javob: Qog’ozga

6580. Birdan kechki soat sakkiz yarimda Alfa teleseriali boshlandiyu, kazarmada bir birini televizor qarshisiga chorlagan shov-shuv ko’tarilib ketdi. Ertasiga esa harbiy qismdagi 120 nafar askar 5-10 daqiqa oldin bittagina televizor qarshisiga kelib joylashib oldi. Boshlangach pashsha uchsa eshitiladi, hamma go’yo nafas olishi ham sustlashganday ekranga tikilib qolgan. Har kuni 17 kun, shu ahvol! Keyin eshitishimcha, serial boshlanganda hatto Moskva ko’chalarida ham odam siyraklashib qolgan ekan. Savol. Bu qaysi serial edi?
Javob: «Bahorning 17 lahzasi» teleseriali

6581. Sarg’ish rangga bo’yalgan bu ikki qavatli qadimiy uy aylanma xiyobon yoqasida, atrofi choyan panjara bilan o’ralgan, daraxtlari majmagil bog’ etagiga joylashgan edi. uy oldida mo’jazgina maydoncha asfaltlangan bo’lib, qishda bu yerda qor tog’ qilib uyulib, tepasiga kurak tiqilib qo’yilardi, yozda esa bu joy kanop soyabon ostida yozlik restoranning muxtasham bo’limiga aylanardi.
Keyword: Massolit
Savol: Bu uyning nomi qaysi mashhur adibning nomiga qo’yilgan?

Javob: Griboyedov.

6582. Yevropa mamlakatlarida 13 soni omadsiz raqam hisoblanadi. Xattoki oyning 13 sanasida ular biror muhim ishni rejalashtirishmaydi ham. Yana hafta kunlari ichida shunday bir kun ham borki oyning 13 kuni haftaning bu kuniga to’g’ri kelsa yevropaliklar baxtsizliklar kuni deb ishonishadi .
Diqqat savol: bu qaysi kun va qanday holatlarda oyning 13 sanasi bu kunga to’g’ri keladi?

Javob: bu juma kuni
Oyning birinchi kuni yakshanba kuni bilan boshlansagini 13 kuni juma kuniga tog’ri keladi

6583. XIX asrda Gruziyada unday oilalar juda ko’p bo’lgan. Chunki unga erishish uchun oilaning bir necha arka yeri va 15-20 ta qo’yi bo’lsa bo’lgani edi. Diqqat savol: bir necha arka yeri va bir nechta qo’yi bo’lgan oila nimaga erishgan?
Javobi: Knyaz unvoniga.

6584. XVIII asrda Yevropaliklar ajoyib g’oyani ilgari surishgan, «Do’sting sevganinga tajovuz qilishi mumkin, Sevgiling ham tashlab ketishi bor gap, Vafodor iting ham bir kun seni tark etadi, Ammo «X» senga sodiq qoladi». Aytingchi X nima?
Javob: Tatirovka

6585. Tolstoy mashhur asarlaridan birida bir hayoti davomida bir narsani juda ko’p izlaganini qayd etadi. U narsa u uchun shu darajada muhim ediki, hatto butun bir asarini unga bag’ishlagan. Uni kambag’alarda, boylarda, bazmlarda, hayotning turli burchaklarida va barcha barcha joylarda qidirgan. Eng qizig’i uning shu asari 61 yoshida yozilgan bo’lsada, uni hech qachon topolmagan. U nima?
Javob: Ma’no

6586. Ming yil oldin to’rt nafar yashab o’tdi sehrgar, Bosh kiyim sifatida meni shunda tikdilar. Buyuk ajdoddir bugun, siz bilgan o’sha zotlar Mo’tabar nomlari-la atalgan fakultetlar. Qo’lingga ol do’stim meni, quloqqacha kiyib ol, Men ko’rsatgan yo’l sari faoliyatni boshlab qol. Diqqat savol: Ushbu she’r qaysi asardan olingan, ushbu she’rning muallifini toping va yuqorida she’rda aytib o’tilgan to’rt nafar fakultet asoschilarini toping?
Javob: J.K.Roulingning «Garri Potter» romani, she’rning muallifi taqsimlovchi sehrli shlyapa va to’rt fakultet asoschilari Godrik Griffindor, Salazar Slizerin, Xelga Xafflpuff, Ravena Ravenklov lar hisoblanishadi.

6587. Alfa-arabchadan kirib kelgan so’z bo’lib, tozalanish degan ma’noni anglatadi. Buning sababi bor, chunki alfa molni tozalaydi deyishadi. Xalq dostonlarida aka-uka janjaliga sabab bo’lgan alfa ni toping?.
Javob: Zakot

6588. Yapon hokkusi:
Zarang bargiga havasim keladi,
U go’zallik cho’qqisiga ko’tariladi,
Va….
Diqqat savol: jumlani bitta so’z bilan tugating?

Javob: «to’kiladi».

6589. Amir Temur davrida uning yetti xilidan foydalanishgan. Suls, muxaqqaq, nasx, tavqe’, riqo, ta’liq, nastaliq. Diqqat savol: nimaning yetti turi sanaldi?
Javob: Xattotlik uslublari.

6590. Rossiyada ilgari izvoshlar ko’chada bir holatda bir necha daqiqa to’xtab, qalpoqlarini tishlab turishga majbur bo’lishgan. Diqqat savol: qaysi vaqt?
Javob: Imperator karetasi ko’chadan o’tgan payt hamma shapkasini yechishi kerak. Izvoshning ikki qo’li band bo’lgani uchun qalpog’ini tishida tishlab turgan.

6591. O’zbek xalq topishmog’ida «Zakovat » sandiqchasidagi eski bir buyumga shunday ta’rif berilgan:
Hovuz,
Hovuz ichida suv,
Suv ichida ilon,
U og’zidan o’t purkaydi.
Diqqat savol: sandiqchada nima bor?

Javob: Lampa, chiroq. Ya’ni moychiroq

6592. Yapon hokkularidan:
Kakkuning qisqa ovozi
Bulbul xonishiga almashdi
Yana kakku va yana bulbul.
Zamonaviy yapon shoiri bu she’rni Tokio ko’chalarini sayr qilib yurgan chog’ida to’qigan.
Diqqat savol: hokku nimaga bag’ishlangan?

Javob: Svetoforga

6593. G’afur G’ulom ijodidan:
Ko’z g’ilay, yuz burush, tarashaday qoq.
Parvosiz ming koyib po’stak qilib qoq.
Soqolin pesh qilar nasihat qilsang,
Foydasiz: boshiga gulmix qilib qoq.
Diqqat savol: bu tuyuqda kimlar tasvirlangan?

Javob: Tuyuqda spirtli ichimlikka ruju qo’ygan kishilar tasvirlangan. Tuyuqning nomi «Piyanista». Qabul: Mast kishilar, piyanistalar, aroqxo’rlar

6594. Bir ayol oddiy bir ayollar jinnixonasida yotibdi. Doktor ayolni tekshirib bo‘lgach, ayolni xonasidan chiqdi va eshikni qulfladi. Biroz vaqt o‘tgach ayolni tekshirgani doktor yana keladi, eshikni ochib qarasa, xonada ayolni o‘lgan jasadi va bir odam bor? Doktor ketishidan oldin xonada ayoldan boshqa hech kim yo‘q edi, kelganda esa xona qulf edi. savol: qanday qilib bunaqa bo‘lishi mumkun?
Javob: Ayol homilador bo‘lgan va tu‘gruq paytida olamdan o‘tgan!

6595. XX asrning 40-yillarida yaratilgan bu ixtiro hali hanuz dunyoga o’z «ovozini» eshittirmoqda. Biz bu ixtironi dunyoning 80% ga yaqin odamlarida ko’rishimiz mumkin. Lekin har narsaning salbiy tomoni bo’lgani kabi uning ham salbiy tomonlari yo’q emas. Lekin uning salbiy tomoni haqida hech kim o’ylab ham o’tirmaydi. Olimlarning aytishicha reaktiv dvigatel 10 m uzoqlikda turgan odamga qanday zarar yetkazsa, u ham odamga huddi shunday ta’sir ko’rsatadi. Diqqat savol: bu olamshumul ixtironi toping?
Javob: Naushnik(quloqchin)
Izoh: 10 m uzoqda turgan odamga dvigatel qanday zarar ketkazishi mumkin? Albatta ovozi bilan. Naushnik ham odam qulog’iga shunday zarar ketqazar ekan.
«Ovoz» ham qo’shtirnoq ichida! Bu sizlarga yana bir yordam edi. Naushnikda qo’shiq eshitishni kamaytiring.

6596. Bir «Boy» insondan dunyodagi eng ko’p «pul» ni qanday topamiz deyishganida «bu ishni » qilishni buyuradi. «bu ishni» qila yotganinngizda ham «pul» o’zi keladi deydi. «Bui ishni» qilganlardan «nalog» olinmasligi haqida vada berilgan
«Bu ish» o’rnidagi asl so’zni ayting?

Javob: Ro’za tutish
Izoh: «Boy» inson (Muhammmad s.a.v) so’raganlarida dunyodagi eng yaxshi savob qaysi -Ro’za tuting Alloh uchun va u sizlarga cheksiz savob beradi.
Yana aytadiki kishi ro’za tutgan kishi hech ish qilmay yotog’ida yotsa ham unga savob yozilaveradi deydi. Savolda ham e’tibor bergan bo’lsangiz «qila yotganida ham» so’zi ajratilib yozilgan edi *kalit so’z uchun.
Ro’za tutgan insonni oxiratda «nalog» jahannam olovidan» Alloh saqlaydi deyilgan

6597. Savol. Bir xazilda shunday deyiladi: Agar qarg’a bulbuldek sayray olgandami olamni qarg’alar bosib ketardi. Lekin Bulbul o’zining naqadar shirali ovozini borligini bilgandami umuman kiborlanib ovozini ishlatmay qo’yardi:.
Bu xazilni yana bir O’tkir Hoshimovning ajoyib bir xazili bilan to’ldiring: Agar X o’zining go’zalligini bilsa aqlini ishlatmay qo’yardi:.
X ni bir so’zda ayting?
Javob: Qizlar yoki ayollar.

6598. Sizda 2 ta bir xil uzunlikdagi arqon bor. 1 ta arqon roppa-rosa 1 soat yonadi. savol: siz ikkita arqonni roppa rosa 45 minutda yoqib bering?
Javob: Birinchi arqonni ikki tarafidanam yoqamiz, ikkinchi arqonni bir tarafidan. Birinchi arqon 30 minutda yonib bo‘lgach, yarmigacha yongan ikkinchi arqonni ikkinchi tarafdan yoqvoramiz

6599. Uylarga santexnika jihozlarini o‘rnatish va suv quvurlarini ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi firma nomi inglizcha 5 harfli so‘zdan olingan bo‘lib, faqatgina bitta farqi 1 va 2-harflari orasiga bir raqam qo‘yilgan. Tashkilotchilar bu nom bilan o‘z faoliyatini kengroq yoritib bera olishgan. Siz o‘sha nomni yozib bering?
Javob: H2Ouse.
Izoh: Firma nomi inglizcha House (uy) so’zidan olingan bo’lib 2 raqamini qo’yilishi orqali suvning ximik formulasini ham ifodalaydi!!

6600. Xitoyliklarda shunday gap yuradi:
«Har qanday muammo o’zi bilan Xni olib keladi.
Bu gapni xitoylik inson aqshlik bemorga aytgandi.
Bu aforizmga misollar ko’p hayotda. DIQQAT SAVOL: X nima?

Javob: Tortiq/sovg’a.
Izoh: Tun o’z o’rnini tongga bo’shatganidek, uzoq cho’zilgan og’riqli tug’ruq jarayonidan keyin hayot ne’mati chaqaloq dunyo yuzini ko’radi.