ARAQI
ARAQI — me’moriy bezak; binolarni bezashda ishlatiladigan handasiy naqsh. Ishlanishi jihatidan muqarnas, sharafani eslatadi. Chizmasining soddaligi, kam qatlamligi va qatlamlarni bog’lovchi handasiy shakllarning yotiq, qiya o’yilishi (elpig’ichsimon bo’lishi) bilan ulardan farq qiladi. Sharq, jumladan, O’zbekiston me’morligida keng qo’llaniladi. 5, 6, 7, 8 va undan ortiq burchakli yulduzlari bo’lishi mumkin. Muqarnas kabi yarim aylana, aylanali joylar — tokcha, taxmon va eshik tepalariga, sharafa singari tekis devor yoki taxtaga yonma-yon takrorlanib, davom ettirib ishlanadi. Araqi ganch va yog’och o’ymakorligida keng tarqalgan. Masalan, Usta Shirin Murodov bezagan Toshkent kuranti karnizi (1947). G’ozir yog’ochga o’yib yoki bo’yab ishlanadigan Araqining sodda turi keng qo’llaniladi.