ARGENTIT
ARGENTIT (lotincha argentum — kumush so’zidan) (kumushtosh) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Ag2S. Kub singoniyali. Qattiqligi 2 — 2,5. Sof og’irligi 7,3. Rangi qo’rg’oshinsimon kul rangdan krragacha. Yer-tomirlarda va ba’zan cho’kindi jinslarda uchraydi. Argentin kumush olinadigan asosiy mineral. Rossiyaning Oltoydagi polimetall ruda konlarida, Sharqiy Zabaykalye, Saxada hamda Ukrainada (Zakarpate, Donbass) va boshqa joylarda uchraydi.