Qo’rg’oshin sulfid
Qo’rg’oshin sulfid, qo’rg’oshin (P)-sulfi D, R8 — qo’rg’o-shinning oltingugurt bilan bo’lgan birikmasi. Qoramtir-kulrang yaltiroq kristall modda; suyuqlanish temperaturasi 1114°, qaynash temperaturasi 1281°, zichligi 7,59 g/sm3. Qo’rg’oshin sulfid — yarimo’tkazgich. Suv, suyultirilgan NS1, N2804da, ishqorlarda erimaydi, suyultirilgan NTMO, da eriydi. Qo’rg’oshin sulfid sun’iy yo’l bilan qo’rg’oshinga yuqori temperaturada oltingugurt ta’sir ettirib yoki R2+ tuzlari eritmalaridan vodorod sulfid yordamida cho’ktirish usulidan foydalanib olinadi. Tabiatda galenit minerali holida uchraydi. Foto qarshiliklar tayyorlashda qo’llanadi.