Panno

Panno (Fransuzcha panneau — mato bo’lagi) — 1) atrofi naqsh chiziqyoki bo’rttirib ishlangan qoshiya bilan chegaralangan tasvir, bo’rtma tasvir, naqshli devor bo’lagi; 2) maxsus joyga mo’ljallab ishlangan rangtasvir asari yoki bo’rtma tasvir (relef). Jumladan, Navoiy teatri foyesidagi O’. Tansiqboev, M. Arinin, Cheprakovlar birgalikda ishlagan O’zbekiston tabiatini aks ettiruvchi manzara Panno hamda Ch. Ahmarovning Navoiy dostonlari asosida yaratgan devoriy rasmlari, San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti devoriga ishlangan asarlari; 3) naqsh mujassamoti.