Pesin Yakov Efimovich

Ma’nosi

Pesin Yakov Efimovich (1914.31.3, Belorussiyaning Bixov shahri — 1998.30.6, Toshkent) — huquqshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1964). Yuridik fanlari doktori (1972), professor (1974). Moskva yuridik institutini tugatgan (1939). Toshkent yuridik institutida katta o’qituvchi, kafedra mudiri, direktor o’rinbosari, dekan (1949 yildan). Ilmiy ishlari oila huquqi, fuqarolik prosessi masalalariga bag’ishlangan.

O‘xshash so‘zlar

P harfi: barcha so‘zlar