Xlor oksidlari
Xlor oksidlari — xlorning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari: S12O, S1O2, S12O6, S12O7, SYU8. Xlor (I) oksid, S12O — sarg’ish-jigarrang qo’lansa hidli (xlor hidi keladi) gaz; suyuqlanish trasi — 121°, qaynash temperaturasi 2°. Kuchli oksidlovchi. Kaltsiy gipoxlorit olishda ishlatiladi. Xlor (1U)oksid, S1O2 — qovoq rang o’tkir hidli gaz; suyuqlanish temperaturasi 59,5°, qaynash temperaturasi 11°, kuchli oksidlovchi, portlaydi. Matolar, tsellyuloza va yuqori navli qog’ozlarni oqartirish ishlarida foydalaniladi. Xlor (hch)oksid, S12O6 — havoda tutaydigan to’q qizil suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi 3,5°, qaynash temperaturasi 203°; oson oksidlanuvchan moddalarga tegsa portlaydi. Xlor (up)oksid (perxlorat angidrid), S12O7 — rangsiz suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi -93°, qaynash temperaturasi 83°. S12O8 — xlorid kislota va uning tuzlarini elektrolizlashda hosil bo’ladigan oraliq mahsulot. Erkin holda ajratib olinmagan.