Xloratlar

Xloratlar — xlorat kislota (NS1O3) tuzlari. Oddiy temperaturada barqaror kristall modda, qizdirilganda yoki katalizatorlar ishtirokida kislorod chiqarib parchalanadi. Ko’pchilik Xloratlar suvda va ba’zi organik erituvchilarda eriydi. Organik va oson oksidlanadigan moddalar bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Metall xloridlarning suvdagi eritmalarini elektrokimyoviy oksidlanish, metall gidroksidlarni xlorlash usullari bilan olinadi. Xloratlardan natriy xlorat NaClO3, kaliy xlorat KS1O3 (Bertolle tuzi), kaltsiy xlorat Sa(S1O3)2, magniy xlorat Mg(ClO3)2 sanoat miqyosida ishlab chiqariladi. Natriy xlorat gugurt va pirotexnik tarkiblarni tayyorlashda, kaltsiy xlorat kaliy xlorat olishda oraliq mahsulot sifatida ishlatiladi. Magniy xlorat desikantlar guruhiga kiradi. Unga oz mikdorda etanolamin fosfatning suvdagi eritmasini qo’shib samarali ta’sir etuvchi defoliantlar olinadi. Bu preparatlar g’o’zaga qo’llanganda yosh yashil ko’saklar saqlanib qoladi, barglar qurimasdan 80-90% gacha to’kiladi, hosil gektariga 3-4 ts ga ortadi.