Xeydenstam (Heidenstam) Karl Gustav Verner fon
Xeydenstam (Heidenstam) Karl Gustav Verner fon (1859.6.7, Olsxammar, Erebru — 1940.20.5, Evralid, Esteryyotland) — shved shoiri va yozuvchisi. Shved akademik a’zosi (1912). Ilk she’rlar to’plami — «ziyorat va dunyo kezish yillari» (1888). O’rta yer dengizi atrofidagi ko’hna dunyo «Endimion» (1889) romanida aks etgan. «Renessans» (1890) romanida o’zining adabiy manifesti e’lon qilingan. Unda naturalizmni tanqid qilib, boy tasavvur, go’zallikni jonli his qiladigan va tushkun bo’lmagan realizmga asoslangan yangicha estetika yaratishga chaqirgan. Xeydenstam «She’rlar» poetik to’plamidan so’ng shved adabiyotida yirik shaxs sifatida tanilgan. Xeydenstam Shvetsiyani qudratli saltanatga aylantirgan qirol Karl XII davri askarlari haqida hikoyalar yozib (1897-98), ularni bir- biriga mazmunan ulab, «Karl XII ning yurishlari» kitobini yaratadi. Bu kitob orqali yangicha, milliy afsona yaratmoqchi bo’lgan. «Avliyo Birgit ziyorati» (1901), «Folkunglar shajarasi» (1905-07, 2 jildli) romanlari hamda «shvedlar va ularning dohiylari» (1908-10, 2 jildli) dostonida u o’zining dastlabki g’oyalaridan chekinib, aristokratik dunyosiga qaytgan. 1915 yil nashr etilgan «Yangi she’rlar» kitobidan so’ng Xeydenstam Shvetsiyaning ko’zga ko’ringan lirik shoiri sifatida tan olingan. Nobel mukofoti laureati (1916).