Xardi-Vaynberg qonuni

Xardi-Vaynberg qonuni – bir gen allellari bo’yicha farq qiluvchi, o’zaro erkin chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining taqsimlanishini tasvirlovchi qonun. 1908 yilda bir-birlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan. Xardi-Vaynberg qonuniga binoan, mutatsiya, tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning o’zaro uchrash tezligi avloddanavlodga o’zgarishsiz o’tadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi ota-onalarinikiga o’xshash bo’lar ekan, u holda genotiplarning ham uchrash chastotalari o’zgarishsiz qoladi. Aallelini «r», aallelini esa «q» harfi bilan belgilansa, u holda p+q=l bo’lishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi; AA, AA, AA genotiplarning uchrash tezligini esa p2+2pq+q2 formula yordamida aniklash mumkin. Xardi-Vaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchun muhim ahamiyatga ega. Qonun populyatsiyalarda kam uchrovchi allellarning aksariyat hollarda geterozigota organizmlarda saqlanib qolishini ko’rsatib beradi. Xardi-Vaynberg qonuni tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin, chunki populyatsiyalarga genetik muvozanatni buzuvchi tashki va ichki omillar doimo ta’sir etib turadi. Shu sababli Xardi-Vaynberg qonunini keyingi populyatsi-ongenetik modellar yaratishning boshlang’ich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq bo’ladi.