Xarsangtosh

Xarsangtosh — ko’pincha ohaktosh, dolomit, qumtosh, ba’zan fanit kabi tog’jinslarining ajratib olinadigan noto’g’ri shaklli (ko’ndalangiga 15— 50 santimetr) bo’laklari. Xarsangtosh tayyorlash uchun qisilishga mustahkamlik chegarasi 100 Mn/m2 (1000 kGs/sm2)gacha bo’lgan tog’ jinslaridan foydalaniladi. Xarsangtoshlar poydevorlar ostiga solishga, ehromlar, yordamchi devorlar, kanalizatsiya, kanallar, gidrotexnik inshootlar va boshqalar qurishda ishlatiladi. Ilgarigi vaqtlarda tegirmon toshlari sifatida keng foydalanilgan. Xarsangtosh o’tmishda ko’pincha ochiq usulda, kam hollarda yer ostidan ajratib olingan. Qadimda Xarsangtosh keng ko’lamda Xitoy, Misr, Mesopotamiya, Yunoniston, Rimda, o’rta asrlarda hozirgi O’rta Osiyo hududida oddiy usudda qazib olingan. 18-asrdan Xarsangtosh olishda burg’ilab portlatish usulidan foydalanila boshladi.