ARTERIIT

ARTERIIT — arteriyalar devorining yallig’lanishi. Allergenlar ta’sirida yuzaga keladigan allergik Arteriit, kasallik qo’zg’atuvchisining tomirlar devoriga bevosita ta’siri bilan bog’liq bo’lmagan zaharli allergik ko’rinishdagi aseptik Arteriit, yuqumli kasalliklar (revmatizm, skarlatina, gripp va boshqalar) oqibatida kelib chiqadigan yuqumli Arteriit farq qilinadi. Obliterasiyalovchi endarteriitda arteriyaning ichki devori, tugunli periarteriitda esa devorining hammasi yallig’lanishi mumkin.