ARXARO’T

ARXARO’T (Angelica ternata) — ziradoshlar oilasiga mansub o’qildizli ko’p yillik o’simlik. Bo’yi 35 — 40 santimetr. Barglari murakkab. Guli ikki jinsli. Soyabonlari 7 — 15 soyabonchali, undagi gullari 15 — 20 ta. Arxaro’t iyun —iyulda gullaydi. Mevasi ellipssimon, uzunligi 9 millimetr. Sentabr — oktyabrda pishadi. Toshkent, Farg’ona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tog’li tumanlarining daryo bo’ylarida, shag’alli va toshli yerlarida o’sadi. Afg’onistonda ham uchraydi. Arxaro’t efirmoyli o’simlik bo’lib, gullaganda yer ustki qismida 0,65% gacha efir moyi bo’ladi.