Rum
Rum — qadimda ayrim Sharq mamlakatlarida Rimning, keyinchalik Rim imperiyasining keng tarqalgan nomi. Rim imperiyasining bo’linishidan keyin (milodiy 4-asr) Rum nomi faqat Vizantiyaga nisbatan ishlatilgan. Kichik Osiyo Saljuqiylar tomonidan bosib olingan davrda Rum nomi bilan atalgan (shundan Saljuqiylar yoki Ko’niya sultonliginpng boshqa nomi — Rum sultonligi olingan). Usmonli turklar Vizantiyani bosib olgach, Bolqon yarim orolidagi viloyat shu nom bilan atala boshlagan.