Reformizm
Reformizm — kapitalizm doirasida reforma (islohot)lar o’tkazish yordamida sotsializmga o’tish uchun asos yaratishga intiluvchi siyosiy oqim. 19-asrning so’nggi choragida vujudga kelgan (E. Bernshteyn, G. Folmar, A. Mileran va boshqalar). Sotsial-demokratik partiyalar orasida tarqalgan. Oktabr to’ntarishi va 1-jahon urushidan keyin siyosiy oqimga aylanib, demokratik sosializm tamoyillarini e’lon qilgan, kommunistik partiyalarga qarshi turgan.