Main

Main — Janub Arabistondagi qadimgi qabila va davlat (yamay Arab Respublikasining shimoliy hududi). Main davlatining ilk yodgorliklari miloddan avvalgi 6 — 5-asrlarga oid. Main davlatining poytaxti — Iasil shahri, keyinchalik Kariavul shahri (milodiy 5-asr). Main — ilk sinfiy davlat; uni boshqarishda kohinlar va urug’ zodagonlarining roli katta bo’lgan. Mainning gullab yashnashiga xushbo’yliklar bilan qilingan tranzit sanlo sabab bo’lgan. Main Arabistondan o’tadigan karvon yo’lini nazorat qilgan, bu yerda miloddan avvalgi 4— 2-asrlarda Mainliklarning katta koloniyasi — Delan (hozirgi Al-alo) mavjud bulgan. Miloddan avvalgi 1-asrda Main davlati Katabai podsholariga qaram bo’lib qolgan. ko’p o’tmay uning hududi Saba davlati tarkibiga kirgan. Milodiy 4-asrdan Xim’yariylar podsholigi tarkibida.