Horun
Horun — Qur’onda zikri kelgan payg’ambarlardan biri. Musoning akasi. Alloh Musoni payg’ambar etib, unga Fir’avnni hidoyatga da’vat qilish mas’uliyatini yuklaydi. Fir’avnga ro’baro’ bo’lib uni imonga, to’g’ri yo’lga da’vat etish kishidan shijoat va kuchli Iroda talab qilar edi. Muso biroz tezroq va duduqlanib gapirar edi. Shu bois, Muso Parvardigordan bu mas’uliyatli va og’ir vazifani ado etishda o’ziga akasi Horunni yordamchi qilib berishni so’raydi. Qur’onda yozilishicha, nihoyatda fasohatli va ta’sirli so’zlash qobiliyatiga ega bo’lgan Horun Musoga yordamchi qilib beriladi (Toho surasi, 25-36-oyatlar). Aka-uka Fir’avnni hidoyat yo’liga da’vat etadilar. Ammo Fir’avn Allohning birligi va borligini e’tirof qilmay, zalolatdan qaytmaydi. O’zini Xudo deb bilgan Fir’avnni Alloh suvga g’arq etib, halok qiladi.