Hosildorlik

Hosildorlik – ekin maydoni birligidan olinadigan dehqonchilik mahsuloti miqdori; ts/ga bilan hisoblanadi. Hosildorlik bir necha turga bo’linadi: potentsial Hosildorlik, rejali Hosildorlik, kutilayotgan Hosildorlik, tupdagi Hosildorlik, 1 gektardan olingan haqiqiy Hosildorlik. Potentsial Hosildorlik — ekin navida mavjud hosil berish imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar ta’minlanganda 1 gektar ekinzordan olinishi mumkin bo’lgan mahsulotning maksimal miqdori. Uni ilmiy tadqiqot muassasalari (nav originatorlari), davlat nav sinash tarmog’i, ilg’or shirkat, fermer xo’jaliklari mutaxassislari ideal hamda odatdagi agrofonga tatbiqan hisoblab chiqadilar. Bu esa navlar tarkibi hamda xo’jalik, viloyat, mintaqa va hokazolardagi dehqonchilik tarmoqlarining tuzilmasini belgilashga yordam beradi. Rejali Hosildorlik — xo’jalik sharoitlarida 1 gektar yerdan olinishi mumkin bo’lgan mahsulot miqdori; Hosildorlikda erishilgan daraja tuproq unumdorligi, texnika vositalari, o’g’itlar va hokazolar bilan ta’minlanganlikni hisobga olgan holda ekin ekilgunga qadar belgilanadi. Kutilayotgan Hosildorlik (hosilga qarab mo’ljallanadigan Hosildorlik) — 1 gektar yerdan olinishi mo’ljallanayotgan mahsulot. Ekinzorlarning umumiy holatini baholash asosida xo’jaliklar tomonidan hisoblanadi. Kutilayotgan hosil ko’rsatkichlari sharoitga qarab o’zgarishi mumkin. Kutilayotgan Hosildorlik har 1 gektardan ts hisobida yoki taxminiy hisobda (yuqori, o’rta, past, o’tgan yilgi darajada) aniqlanadi. Tupdagi Hosildorlik (biologiya Hosildorlik) — o’z vaqtida boshlanadigan yig’im-terim oldidan dalada etilgan tayyor mahsulot miqdori. Haqiqiy Hosildorlik — 1 gektardan olingan haqiqiy hosil (ombor Hosildorlik) — yig’ilgan va kirim qilingan mahsulot. turli usullarda: dastlabki kirim yoki har 1 gektar ekin, bahorgi mahsuldor maydon hisobiga to’g’ri keladigan sof massa va boshqalar bilan qayd etiladi. Hosildorlik darajasi iqlim, geografik, tuproq, mikrobiologik, biologik, agrotexnik, tashkiliy-iqtisodiy va boshqa sharoitlar bilan belgilanadi. Dehqonchilikning intensiv sistemalarini joriy qilish bilan ekinlar Hosildorliki, asosan ishlab chiqarishni intensivlash omillari hisobiga ortib boradi. Dildora Saidova.