ASKAR
ASKAR -1) davlat va mamlakat muhofazasi yoki harbiy yurishlarda ishtirok etuvchi harbiy xizmatchi, qurolli jangchi; 2) davlatning qurolli kuchlari majmui yoki uning bir qismi; qo’shin. Arab tilining kuchli ta’siriga qaramay Askar istilohi O’rta Osiyo turkiy tillarida, xususan, o’zbek adabiy tilida asosan 15-asrdan cherik, sipoh, lashkar istilohlari qatori «qo’shin, lashkar» ma’nosida keng qo’llanishda bo’lgan. O’tgan asr oxirlaridan Askar ko’proq «jangchi, harbiy xizmatchi» ma’nosini ifodalash uchun ishlatiladi.