ASKANIYA-NOVA haqida nimani bilasiz?
ASKANIYA-NOVA — davlat dasht qo’riqxonasi, Ukrainaning Xerson viloyatidagi Chaplin tumanida. Ukraina Janubida dashtlarning tabiiy o’simlik qoplamini saqlash maqsadlarida 1828 yilda xususiy qo’riqxona tarzida tashkil etilgan. Qo’riqxonada iqlimlashtirish hayvonot bog’i va Dendropark (daraxt va butalarning 120 dan ortiq xili o’stiriladi), Ukraina «Askaniya-Nova» dasht rayonlari chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti bor. Iqlimlashtirish hayvonot bog’ida turli mamlakatlardan keltirilgan yovvoyi hayvonlarning noyob kollektsiyasi to’plangan: antilopa, bizon, zubr, zebra, lama, bug’ular uchun tabiiy yashash sharoitlari yaratilgan. Yovvoyi qushlarning 270 dan ortiq turi bor (nandu, oqqushlar, flamingo, Afrika tuyaqushi, turnalar va boshqalar). Qo’riqxonada Prjevalskiy otlari muvaffaqiyatli ko’paytirilmoqda. Qo’riqxonada turli yo’nalishlarda ilmiy ishlar olib boriladi.
O‘xshash so‘zlar
- ASKANIYA QO’Y ZOTI haqida nimani bilasiz?
- Askaniya qo’y zoti
- ASKAR haqida nimani bilasiz?
- ASKARIDALAR haqida nimani bilasiz?
- ASKARIDOZ haqida nimani bilasiz?
- ASKARIY haqida nimani bilasiz?
- ASKARIY MIRZO kim bo’lgan?
- ASKETIZM haqida nimani bilasiz?











