Quyi janubiy Kaliforniya
Quyi janubiy Kaliforniya -Meksikadagi shtat, Kaliforniya yarim orolining Janub qismida. Maydoni 73,7 ming km2. Aholisi 424 ming kishi (2000). Ma’muriy markazi — Lapas shahri. Xo’jaligining asosiy tarmog’i — qishloq xo’jaligi. Sug’orib dehqonchilik qilinadi: paxta, bug’doy ekiladi, tsitrus mevalar yetishtiriladi. Sanoatining yetakchi tarmog’i — rangli metallurgiya. Shuningdek, oziq-ovqat, paxta tozalash sanoati korxonalari mavjud. Dengizdan marvarid olinadi, baliq ovlanadi.