Quyi Kaliforniya vodiysi

Quyi Kaliforniya vodiysi – AQSh va Meksikadagi pasttekislik. Kaliforniya qo’ltig’i botig’ining davomi — tog’ oralig’idagi tektonik botiqda joylashgan. Vodiyning Janub qismidan oqib o’tgan Kolorado daryosi oqizib keltirgan allyuvial jinslarning qalin qoplami bilan to’lgan. Qadimda bir necha marta Kolorado daryosi suvi bosishi natijasida sho’r ko’llar vujudga kelgan. Iqlimi subtropik quruq iqlim. Yillik yog’in 100 mm chamasida. Usimlik dunyosi kreozit butalar, kaktus va boshqalardan iborat. Kolorado daryosi bilan Soltonsi ko’li oralig’idagi yerlarda sug’orib dehqonchilik qilinadi, asosan, paxta ekiladi.