Quyi Tunguska

Quyi Tunguska – Rossiya Federatsiyasi Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk o’lkasidagi daryo. Yeniseyning o’ng irmog’i. Uzunligi 2989 kilometr, havzasining maydoni 473 ming km2. Lena — Angara suvayirg’ichidan boshlanib, O’rta Sibir yassitog’ligi bo’ylab oqadi. Ostonalari bor. Asosan, qordan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyida 3680 m3/sek. Oktabrda muzlab, mayda muzdan bo’shaydi. asosiy irmoqlari: o’ngda — Kochechum, Vivi, Tutonchana, Severnaya; chapda — Nepa, katta Eryoma, Ilimpeya, taymura, uchami. Suvi ko’payganda tura shaharchasidan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Quyilish joyida Turuxansk pristani joylashgan. Quyi Tunguska havzasida Tunguska ko’mir havzasi bor.