Qo’ldoshev Murod
Qo’ldoshev Murod (1900 – Qo’qon — 1975) — aktyor. O’zbekiston xalq artisti (1970). Qo’qon teatri (1920-27; 1950 yildan), O’zbek davlat drama truppasi (Samarqand, 1927-28), Andijon (1928-40), Yangiyo’l (1941 — 50) teatrlarida ishlagan. Andijon teatrini mustahkamlashda faol ishtirok etgan. Qahramonlari kuchli tuyg’ularini tabiiy va haroratli ifoda etish, ohangdor nutq, harakat rang-barangligi, musiqiy va serma’nolikka erisha olish Qo’ldoshev ijodiga xos. Majnun (Xurshid; T.Sodiqov, N.Mironov, «Layli va Majnun»), Ne’mat (G’.Zafariy, «Halima»), Tartalya (K.Gossi, «Malikai Turandot»), Asqar (U.Hojibekov, «Arshin mol olon») va boshqa rollari bilan tanilgan.