Ortit
Ortit (Yunoncha orthok — to’g’ri) — silikatlar sinfiga mansub mineral. Monoklin singoniyali. Qattiqligi 5,5—6; zichligi 4100 kg/m3. Rangi qo’ngir, qora, sarg’ish-qo’ng’ir. Shishasimon yaltiroq. Kristall shakllari kalin prizmatik ustunsimon, ba’zan nayzasimon. Ko’proq xol-xol donalar, ba’zan yaxlit massalar holida bo’ladi. Radioaktiv. O’zbekistonda granit, granit-pegmatit, sienit tarkibida aktsessor mineral sifatida, nordon intruziv va effuziv jinslarda mavjud. Ortit tog’ jinslarining yoshini aniqlashda, siyrak yer elementlari (tseriy, ittriy va boshqalar)ni olishda qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Sinonimlari: allanit, uralortit, bodenit (eskirganlari: muromonit, trinorit).