Olamiy ruh
Olamiy ruh — neoplatonizm falsafasidagi Markaziy tushunchalardan biri. Llatonning koinotni harakatga keltiruvchi ibtido bo’lgan Olamiy ruh to’g’risidagi ta’limotidan kelib chiqqan; ideal (jismeiz) dunyo bilan Olamiy ruh yaratgan xissiy dunyo oralig’ida turadi. Olamiy ruh haqidagi ta’limot Uyg’onish davri panpsixizmi (italyan neoplatoniklari, J.Bruno), nemis romantizmi va 19- asr idealistik falsafasi (F.V.Shelling, G.T.Fexner, E.Gartman) tomonidan qabul qilingan.