ASTRAXANIT

ASTRAXANIT (Astraxon shahri nomidan) — mineral, natriy bilan magniyning suvli sulfati. Qattiqligi 2-3. Sof og’irligi 2,3. Monoklin singoniyali. Kam uchraydigan kristallari ustunsimon yoki izotermik shaklda. Odatda zich massa holida uchraydi. Rangsiz yoki oqish. Shishaga o’xshash yaltiroq. 45-60° temperaturada tuzli eritmalarda hosil bo’ladi. Ko’pincha ko’llarda uchraydi, ta’mi sho’r-taxir. Markaziy Osiyoda Astraxanit Qora-bo’g’ozgo’l qo’ltig’i, quvli, Dengizko’l va Qoraumbet ko’llari yotqiziqlarida ko’p miqdorda topilgan.