ASTRAXANIT haqida nimani bilasiz?
ASTRAXANIT (Astraxon shahri nomidan) — mineral, natriy bilan magniyning suvli sulfati. Qattiqligi 2-3. Sof og’irligi 2,3. Monoklin singoniyali. Kam uchraydigan kristallari ustunsimon yoki izotermik shaklda. Odatda zich massa holida uchraydi. Rangsiz yoki oqish. Shishaga o’xshash yaltiroq. 45-60° temperaturada tuzli eritmalarda hosil bo’ladi. Ko’pincha ko’llarda uchraydi, ta’mi sho’r-taxir. Markaziy Osiyoda Astraxanit Qora-bo’g’ozgo’l qo’ltig’i, quvli, Dengizko’l va Qoraumbet ko’llari yotqiziqlarida ko’p miqdorda topilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Astraxan baktriani
- Astraxan zot qoramol
- ASTRAXON haqida nimani bilasiz?
- ASTRAXON VILOYATI haqida nimani bilasiz?
- ASTRAXON-BOZOR haqida nimani bilasiz?
- ASTRO… haqida nimani bilasiz?
- ASTROBIOLOGIYA haqida nimani bilasiz?
- ASTROBOD haqida nimani bilasiz?






