Kampiniy madaniyati
Kampiniy madaniyati – ilk neolit davriga oid arxeologik yodgorliklar (miloddan avvalgi 6-4-ming yillik). Frantsiyaning quyi Sena departamentidagi Kampiniy manzilgohi nomidan. 1886 yilda frantsuz arxeologi F. Salmon topgan. Kampiniy madaniyatida yashagan qabilalar dehqonchilik, ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan shug’ullanib, diametrik 3-6 metrli yarim yerto’lalarda yashagan. Uy hayvonlaridan faqat it boqilgan. Toshbolta, sanchqi, qum aralashtirilib loydan ishlangan naqshli va naqshsiz sopol idishlar topilgan. Kampiniy madaniyati ashyolari Germaniya va Boltiq bo’yidagi ilk neolit makonlaridan topilgan arxeologik yodgorliklarga o’xshab ketadi.