Kamfora

Kamfora (Camphora), kamfara, SShN|6O, — o’ziga xos hidli, rangsiz kristall, suyuqlanish temperaturasi 179°. Kamfora tabiatda keng tarqalgan, ko’pgina efir moylari (masalan, kamfora moyi) tarkibiga kiradi. Kamfora — nitrat va atsetat tsellyuloza plastifikatori (tselluloid va kinoplen- kalar ishlab chiqarishda), tutunsiz porox flegmatizatori; nerv faoliyati stimulyatorlari jumlasiga kiradi. Tibbiyotda kamfora daraxtilai olinadigan sof Kamfora yoki oqqarag’ay moyidan olinadigan Kamfora ishlatiladi. Yurak-tomir va Markaziy nerv sistemasi faoliyati, nafas susayganda, kol-lapepa., krupoz pnevmoniya va boshqa yuqumli kasalliklarda, narkotiklar va uyqu dorilaridan zaharlanganda moyli eritmasi teri ostiga yuboriladi, issiq tushirish, balg’am ko’chirish maqsadida poroshogi ichiriladi; saramas, parotit va boshqalarni davolashda antiseptik va og’riq qoldiruvchi modda sifatida (mazi) surtiladi.