Osteologiya

Osteologiya (osteo… va … logiya) — suyaklar haqidagi ta’limot, normal anatomiyaning bir bo’limi. Suyaklarning shakli, qaysi joydan boshlanib qaysi joyga yopishuvini, funktsiyasi, jinslardagi tafovuti, kimyoviy tarkibini tekshiradi. Embrionda suyaklarning rivojlanish xususiyatlarini, yoshga, tashqi va ichki muhitga qarab suyaklar shaklining o’zgarishini, shuningdek, suyak to’qimasini, suyak ust pardasi (periost) ning ahamiyatini o’rganadi. Murdani yorib tekshirish, gistologiya texnikasi va suyaklarni mikroskopiya qilish, rentgenda tekshirish metodi amalda qo’llanila boshlagach, Osteologiya mustaqil fan sifatida rivojlandi. Umumiy, xususiy va qiyosiy Osteologiya hamda yosh Osteologiyasi farq qilinadi.